Karvonsaroy
Energiya

AQSH Markaziy Osiyoga energetika va seysmologiya sohasiga oid yordam taqdim etdi

Karvonsaroy

Quyosh panelini koʻzdan kechirayotgan ishchilar, sanasiz surat. [AQSHning Tojikistondagi elchixonasi]

Quyosh panelini koʻzdan kechirayotgan ishchilar, sanasiz surat. [AQSHning Tojikistondagi elchixonasi]

TOSHKENT – Yaqinda AQSH Markaziy Osiyoga aholini zilzilalardan himoya qilishga va sof energiyadan foydalanishni kengaytirishga qaratilgan yordamni taqdim etdi.

Chorshanba (2-iyun) kuni AQSHning Toshkentdagi elchixonasi Oʻzbekiston Favqulodda vaziyatlar vazirligining Respublika seysmoprognostik monitoring markaziga (RSMM) ijaraga olingan uskunalarni taqdim etdi, deyiladi elchixonaning oʻsha kungi bayonotida.

Respublika seysmoprognostik monitoring markazi Kaliforniya shtatidagi San-Diyego universiteti (UCSD) bilan birgalikda Qoʻytosh va Qorasoyda ikkita vaqtinchalik seysmik stansiya oʻrnatishni rejalashtirmoqda. Maqsad – hududdagi akustika va infratuzilmani oʻrganish.

Joriy yilning oxirida Qorasoyda doimiy stansiya qurish rejalashtirilgan.

2-iyun kuni Toshkentda AQSHning ijaraga olingan seysmik uskunalarini Oʻzbekistonga taqdim etish vaqtida qoʻl siqishayotgan AQSH va Oʻzbekiston rasmiylari. [AQSHning Oʻzbekistondagi elchixonasi]

2-iyun kuni Toshkentda AQSHning ijaraga olingan seysmik uskunalarini Oʻzbekistonga taqdim etish vaqtida qoʻl siqishayotgan AQSH va Oʻzbekiston rasmiylari. [AQSHning Oʻzbekistondagi elchixonasi]

AQSH Davlat departamenti kelajakda Qorasoydagi doimiy stansiya uchun uskunalar sotib olish va oʻrnatish ishlarini moliyalashtirmoqchi.

UCSD va Seysmologiya qoʻshma tadqiqot instituti (IRIS) 152 stansiyadan iborat Global seysmik tarmoqni (GSN) boshqaradi. GSN stansiyalarining uchdan birining faoliyati (ular orasida Qorasoydagi stansiya ham bor) IRIS va AQSH Milliy ilmiy fondi (NSF) tomonidan qoʻllab-quvvatlanadigan AQSH Geologiya xizmati tomonidan olib boriladi.

Oʻzbekiston seysmologik faol hududda joylashgan. 1966-yilgi zilzila Toshkentning taxminan 80 foizini vayron qilgan edi.

Yuz bergan tabiiy ofatlarni oshkor qilmaslikdek zararli odatga ega Sovet hukumati qurbonlar soni atigi 15 tani tashkil qilganini aytgan, ammo aksariyat hisob-kitoblar bundan ancha yuqori boʻlgan.

Butun Markaziy Osiyo uchun yashil energiya

Bu orada AQSH Xalqaro taraqqiyot agentligi (USAID) Tojikiston Energetika va suv resurslari vazirligi bilan hamkorlikda yaqinda besh yilga moʻljallangan 39 million dollarlik “USAID – Markaziy Osiyodagi energetika” mintaqaviy energiya dasturini ishga tushirgan.

Mazkur dastur Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Tojikiston, Turkmaniston va Oʻzbekistonga energiya sohasidagi ustuvor milliy maqsadlariga erishish, energiya tashuvchilarning transchegaraviy savdosidan iqtisodiy foyda koʻrish va mintaqaviy aloqalarni kengaytirish orqali energiya xavfsizligini yaxshilashga” yordam beradi, deb xabar beradi elchixona.

“Biz energetika sohasini rivojlantirishga qoʻshgan hissasi uchun USAID va taraqqiyot boʻyicha hamkorlarimizga minnatdorchilik bildiramiz”, dedi Energetika va suv resurslari vazirining birinchi oʻrinbosari Jamshed Shoimzoda Dushanbeda loyihaning ochilish marosimida.

“Muvaffaqiyatli faoliyat yuritayotgan raqobatdosh energiya bozorlari va energetik xavfsizlik Markaziy Osiyoda ijtimoiy, iqtisodiy va siyosiy taraqqiyotni taʼminlashda muhim ahamiyatga ega”, deydi USAIDning Tojikistondagi missiyasi rahbari vazifasini bajaruvchi Kit E. Simmons.

USAID “mintaqa hukumatlari, energetika kompaniyalari, investorlar va taraqqiyot tashkilotlariga texnik xizmat koʻrsatish”, shuningdek “milliy va mintaqaviy energiya bozoridagi islohotlarni qoʻllab-quvvatlash, mintaqadagi elektr energiyasi bozorini mustahkamlash va sof energiya texnologiyalarini keng joriy etishga koʻmaklashish” niyatida, deyiladi elchixona xabarida.

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 1

Siyosat * Majburiy 1500 / 1500

AQSH Rossiyadan 100 karra yaxshiroq.

Javob berish