VASHINGTON – Qozogʻiston va AQSH olimlari, aholi, xususan qozoq yoshlarining 1930-yillarda qasddan paydo qilingan ocharchilikka oid xabardorligini oshirishga harakat qilmoqdalar.
Bu ocharchilik sovetlar siyosatining mahsuli boʻlib, uning maqsadi qozoqlarni koʻchmanchilikdan voz kechish va oʻtroq dehqonchilik bilan shugʻullanishga majburlash edi. Hukumat shafqatsizlarcha ularning zimmasiga bajarib boʻlmaydigan gʻalla majburiyatlarini yuklab, chorva mollarni tortib olgan edi.
Buning natijasida aholi ocharchilik balosiga duch keldi.
8-iyun kuni Qozogʻistonning AQSHdagi elchixonasi va Jorj Vashington universitetining Markaziy Osiyoni oʻrganish dasturi tomonidan “Qozogʻistonda 30-yillardagi ocharchilikni xotirlash” mavzuidagi video anjuman tashkil etildi, deyiladi Qozogʻiston tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmatining xabarida.
Onlayn davra suhbatida Qozogʻistonning AQSHdagi elchisi Yerjan Ashikbayev, Merilend universiteti tarixchisi Sara Kameron va qozogʻistonlik siyosatshunos Doʻsim Satpayev ishtirok etdi.
Tadbirni ochiq deb eʼlon qilar ekan, Ashikbayev ocharchilik mavzuini oʻrganish uchun puxta ilmiy yondashuv zarurligini taʼkidladi va bu masalani siyosiylashtirmaslik kerakligini aytib oʻtdi.
Hisob-kitoblarga koʻra, oʻtgan asrda Qozogʻistonda yuz bergan ocharchilik 1,5 million kishining hayotiga zomin boʻlgan, bu Qozogʻiston aholisining taxminan toʻrtdan bir qismini tashkil etgan, dedi ayni mavzuda kitob yozgan Kemeron.
Satpayevning xususiy madaniy-maʼrifiy jamgʻarmasi 2020-yil may oyida “Och qolgan dasht: ocharchilik, zoʻravonlik va sovet Qozogʻistonining tashkil etilishi” deb nomlangan kitobning qozoq tilidagi tarjimasini nashr etgan.
“Tadqiqotning ahamiyatli tomoni, unda Qozogʻistonda yuz bergan ocharchilikni 20 asrning eng katta fojealaridan biri deb tan olinishi uchun faktlarga tayanilgan va mavzuga olim sifatida imkon qadar xolis nazar solingan”, deb yozgan Satpayev oʻzining Facebook sahifasida.
“Yoshlarimiz Qozogʻistondagi Stalin qatagʻonlari va majburiy mehnat lagerlari haqida bilishlari kerak”, degan edi u.
Yashirish
Qozogʻistondagi, shuningdek, Ukrainadagi ocharchiliklar, Iosif Stalin boshchiligidagi ommaviy qatllar va sovet tuzumining boshqa koʻplab jinoyatlari Kreml toʻqnash kelishni istamaydigan nozik masalalardan biridir.
2019-yilda Rossiya tashqi ishlar vazirligi Qozogʻistonda 1930-yillarda yuz bergan fojia bilan bogʻliq qoʻshimcha faktlarga javoban oʻzini himoyalovchi bayonot bilan chiqqan edi .
Ocharchilikka qurgʻoqchilik va qahatchilik kabi tabiiy sabablar taʼsir koʻrsatgan, bunga qoʻshimcha ravishda “favqulodda choralar vaziyatni yanada ogʻirlashtirgan”, deb bayonot bergan edi oʻshanda vazirlik oʻzi uchun noqulay tafsilotlarni ochiqlamay.
Moskvaning tarixni qayta yozishga urinishlari bugungi kunda ham davom etmoqda.
Rossiya hukumati ayniqsa, Stalin davridagi tozalashlar va fashistlar Germaniyasi bilan hamkorlik borasidagi Moskvaning tarixiy narrativiga qarshi boʻlgan tadqiqotchilar va faollarga nisbatan bosimni kuchaytirmoqda, deb xabar bergan xalqaro huquqbon tashkilot payshanba (10-iyun) kuni.
Xalqaro inson huquqlari federatsiyasi (FIDH) tomonidan eʼlon qilingan hisobotda aytilishicha, tarixchilar, faollar va jurnalistlarning Rossiya tarixiga oid tadqiqotlari uchun nishonga olinishi bilan bogʻliq “repressiv harakatlar tizimli tus olgan”.
FIDH Kremlning “tarixga qarshi jinoyatlari” haqida ogohlantirar ekan, bu holatni “avtoritar va totalitar rejimlar tomonidan tarixning haddan tashqari suiisteʼmol qilinishi” deb taʼriflagan.
Tashkilot oʻnlab qonunlar orqali tarixiy asarlarni tanqid qilish va jamoatchilikning arxivlardan foydalanishini cheklash orqali “soʻz erkinligining jinoiylashtirilayotganiga” eʼtibor qaratdi.
Hisobot Moskvani Sovet davri jinoyatlari qurbonlariga “moddiy yoki ramziy” kompensatsiya taqdim etmaganlikda ayblaydi.
FIDH vatanparvar tashkilotlar orqali rejimning narrativini ilgari surishda “tashviqotdan” foydalanish va yagona tarixiy darsliklarni amalga kiritishni qoralagan.
2000-yilda hokimiyatga prezident Vladimir Putin kelganidan beri Kreml Rossiyaning global qudrat sifatida yuzaga chiqishini va Sovetlarning Ikkinchi jahon urushidagi gʻalabasi kabi yutuqlarini ulugʻlab keladi.
Unutmaymiz ham, kechirmaymiz ham.
Javob berishFikrlar 16
SSSR jinoyatchi mamlakat edi. Rossiya ham xuddi shunday boʻlib qoldi.
Javob berishFikrlar 16
SSSR yovuz boʻlgan, bugungi Rossiya esa koʻcha jinoyatchisi.
Javob berishFikrlar 16
SSSR va Germaniyani taqqoslash xato. Germaniya millionlab fuqarolarini oʻldirmagan.
Javob berishAmmo ular millionlab boshqa odamlarni, jumladan frontda jang qilgan qozoqlarni ham yoʻq qildilar.
Javob berishSSSR esa oʻzinikilarni ham, begonalarni ham oʻldirgan.
Javob berishFikrlar 16
Nega ruslar shu sharmandali 9 mayga yopishib olishgan? Bu urush allaqachon tugagan va uni unutish kerak. Buning ustiga urushni SSSR olib borgan, Rossiya emas. U butunlay boshqa mamlakat edi.
Javob berishYoʻgʻe, shunaqami. Urush haqiqatan ham tugagan, lekin Germaniya gʻalaba qozonganida, oʻzingizni qoʻyib turing, qarindoshlaringiz qayerda boʻlardi?
Javob berishAncha ilgari oʻtib ketgan bu urushni ununtinglar.
Javob berishFikrlar 16
Xoʻsh, agar buyuk amerikalik olimlar bu borada ish boshlagan boʻlsa, hamma sohalarda yutuqlarni kutishimiz kerak! Shunda yetmish yillik Sovet hukmronligini xato deb qabul qilish haqiqatan ham toʻgʻri boʻlar edi! Tezda asl ildizlarimizga qaytishimiz kerak! Koʻchmanchi chorvachilikka qayting! Qozogʻistonning cheksiz yaylovlaridagi qoʻzichoqlarning xushboʻy goʻshti uchun butun dunyo navbatga turadi! Yana 30 yildan keyin, ukrain birodarlarimiz kabi toʻkin-sochinlikda yashashni boshlaymiz!
Javob berishAvval Sovet hukumatingiz oʻldirgan millionlab odamlarni tiriltiring.
Javob berishFikrlar 16
Rossiya davlat Dumasi Ikkinchi jahon urushidagi SSSRning xatti-harakatlarini fashistlar Germaniyasiga tenglashtirishni taqiqlovchi qonun loyihasini qabul qildi. Va nihoyat! Charchagan miyalarimizni tartibga solish uchun qabul qilingan bu qonun juda oʻrinli boʻldi. Qachongacha Stalin va Gitlerni bir-biriga tenglashtirish mumkin? Albatta, moʻylov, oliy maʼlumotning yoʻqligi, demokratiyaga nafrat, Polshani boʻlib olish, bular bor, ammo ochiq tafovutlarni koʻrmaslik mumkinmi? Ikkinchi Jahon urushi paytida ham, umuman ham... Natsistlar Milliy sotsializm qurdilar; biz esa kommunizm, tushunyapsizmi? Ularda ming yillik Reyx bor edi, bizda esa cheksiz “porloq kelajak”. Axir bu butunlay boshqa narsa emasmi? Nobakor Gitler ariylarning ustunligini targʻib qilgan va faqat yahudiylar, qora tanlilar va loʻlilarni oʻldirgan, Stalin esa internatsionalist edi; Qrim tatarlaridan tortib, estonlarga qadar, turli xalqlar vakillarini qilichdan oʻtkazgan. Mehnatkashning manfaatlari yoʻlida! Farqni his qilyapsizmi? Albatta, geylar, Iyegova shohidlari va SSSRdagi boshqa nostandartlar ham bosimga duchor boʻldilar. Lekin, fashistlar buni hayvonga oʻxshab qilishdi, chunki ularning insonlarga nisbatan nafratga asoslangan mafkurasi shunga buyurar edi, ammo biz esa bu ishlarni kommunizm barpo etish yoʻlida birodarlarcha amalga oshirdik. Shunga qaramay, Stalin Gitlerdan koʻra koʻproq kommunistlarni oʻldirdi - shunaqa boʻpqoldi endi. Shunchaki ular Gitlerda u qadar koʻp boʻlmagan. Farqi shu. Nahotki shuni bilm
Javob berishFikrlar 16
Amerikaga rahmat
Javob berishFikrlar 16
SSSR xalqlarga qarshi mudhish jinoyatlar sodir etgan. Gitler qatori
Javob berishBu yerda SSSRni Germaniyaga tenglashtirgan, qoʻylar tishlagan odamlarni koʻryapman
Javob berishHammangizni allaqachon choʻchqalar tishlab tashlashgan, qiliqlaringizdan maʼlum
Javob berishFikrlar 16