Karvonsaroy
Xavfsizlik

AQSH Afgʻonistondan qoʻshinlarni olib chiqib ketgach, “Al-Qoida” va IDga bosim oʻtkazishga vaʼda bermoqda

Karvonsaroy

Afgʻonistondagi “Islom davlati”jangarilari, surat qayerda olingani nomaʼlum. [Fayl]

Afgʻonistondagi “Islom davlati”jangarilari, surat qayerda olingani nomaʼlum. [Fayl]

KOBUL – AQSH harbiylari “Al-Qoida” va “Islom davlati” (ID) kabi terrorchi guruhlarning Afgʻoniston va Suriyada qayta toʻplanishiga yoʻl qoʻymaydi, dedi oʻtgan hafta AQSHning Yaqin Sharqdagi bosh qoʻmondoni.

AQSH va NATO kuchlari 11-sentyabrga qadar Afgʻonistondan barcha qoʻshinlarni olib chiqib ketar ekan, AQSh harbiylari mamlakat tashqarisidan turib ID va “Al-Qoida”ga bosim oʻtkazishda davom etadi. Bu haqda AQSH Markaziy qoʻmondonligi (CENTCOM) qoʻmondoni, general Kennet “Frank​” MakKenzi juma (11-iyun) kuni Military Times nashriga maʼlum qildi.

“Oʻz holiga qoʻyiladigan boʻlsa.. ular, shubhasiz tiklanadi va mustahkamlanadi”, dedi u.

“Mamlakatni tark etganimizdan keyin qiladigan ishimiz – “Al-Qoida” va “ID”ga qarshi bosim oʻtkazishda davom etish”, dedi MakKenzi.

CENTCOM qoʻmondoni general Kennet “Frank​” MakKenzi Pentagonda nutq soʻzlamoqda, 22-aprel, Vashington. [CENTCOM]

CENTCOM qoʻmondoni general Kennet “Frank​” MakKenzi Pentagonda nutq soʻzlamoqda, 22-aprel, Vashington. [CENTCOM]

Al-Qoida” ham, “ID” ham Qoʻshma Shtatlarga hujum qilishga intilayotganini ishonch bilan ayta olamiz, deydi u.

“Bu guruhlarga nisbatan bosim soʻnggi bir necha yil ichida ham Afgʻonistondan, ham Suriyadan bunday hujumlarning kuchayishiga toʻsqinlik qilib keldi.”

Suriya demokratik kuchlari (SDF) va Afgʻoniston Milliy mudofaa va xavfsizlik kuchlari (ANDSF) bu bosimni ushlab turishga harakat qilmoqda, dedi u.

Uning aytishicha, agar bu guruhlar “Qoʻshma Shtatlarga real tahdid” soladigan boʻlsa, va agar ANDSF kuchlari ularga qarshi yakka oʻzi kurasha olmasa, AQSH armiyasi mamlakatga “kirish” va “chora koʻrishga” tayyor.

“Bu bizning Afgʻonistondagi kinetik harakatlarimizning chegarasi boʻladi”, dedi u.

Ufq chizigʻi ortida

Garchi AQSH harbiylari Afgʻoniston zaminiga qadam qoʻymasa-da, ular “afgʻon harbiylarini ufq ortidan qoʻllab-quvvatlashda” davom etadi, dedi MakKenzi.

“Biz ularni moliyalashtirishni davom ettirish niyatidamiz. Afgʻoniston havo kuchlarini “ufq ortidan” qoʻllab-quvvatlashga imkon qadar harakat qilamiz”, dedi u.

“Afgʻonistonliklarning ustun taraflaridan biri ularning havo kuchlaridir... soʻnggi bir necha oydan beri ular koʻplab foydali ishlarni amalga oshirmoqda”, dedi u.

AQSH kuchlari ANDSF askarlariga “masofadan turib maslahatlar berish” orqali ularni qoʻllab-quvvatlashni davom ettiradi, dedi MakKenzi. U, shuningdek, mintaqaning boshqa hududlaridagi afgʻon qoʻshinlarini oʻqitish, shuningdek, afgʻon samolyotlarini taʼmirlash uchun mamlakat tashqarisiga olib chiqish yoʻlllari “koʻrib chiqilayotganini” aytdi.

Yakunda mamlakatni toliblar isyoni va boshqa terroristik tahdidlardan himoya qilish ANDSF kuchlariga bogʻliq, dedi MakKenzi.

“Endi kurashish yoki magʻlub boʻlish ularning qoʻlida, va menimcha, bu narsani amalga oshirish uchun ularda imkon bor”, dedi u.

ANDSF kelayotgan davr ichida “sinovdan oʻtkaziladi” va ular bu vazifani uddalashi mumkin, dedi u.

“Taxminan oʻtgan yildan beri, hatto koronavirusdan avval Afgʻonistondagi askarlarimiz soni sezilarli darajada kamaydi”, deb aytgan Makkenzi.

“Afgʻonlarning oʻzlari aksar jangovar harakatlarni bizsiz olib borishmoqda, shu sababli bu borada deyarli hech qanday oʻzgarish boʻlmaydi.”

“Biz ularni hozirgidan farqliroq boʻlsa-da, qoʻllab-quvvatlashni davom ettiramiz”, deb qoʻshimcha qildi u.

Oʻtgan hafta AQSH mudofaa vaziri Lloyd Ostin AQSH kongressi qoʻmitasiga AQSH qurolli kuchlari mamlakatdan tashqarida yoki harbiychasiga aytganda “ufq ortidan” Afgʻonistonni kuzatish missiyalarni amalga oshira boshlagani haqida xabar bergan.

“Aksar jangovar samolyotlarimiz va missiyalarimiz Koʻrfazdagi platformalarimiz orqali amalga oshirilmoqda”, deydi u. “Bunga imkoniyatimiz bor.”

“Biz qoʻshni mamlakatlarga oʻz kuchlarimizni qisman joylashtirish orqali yuz berishi mumkin boʻlgan harakatlarga chek qoʻyishni koʻzlamoqdamiz”, deb qoʻshimcha qildi u. “Bu jarayon hali davom etmoqda.”

Kelajakdagi tahdidlar

Xitoy va Rossiya Afgʻonistondagi saʼy-harakatlarini jadallashtirib, NATO chiqib ketganidan keyin u yerda hosil boʻlgan hokimiyat vakuumini toʻldirish yoʻllarini izlamoqda, deydi Makkenzi.

Ammo ikkala rejim ham oʻz geosiyosiy manfaatlari nuqtai nazaridan Afgʻonistonga koʻz tikmoqda.

Pekin mamlakatdagi qazilmalarga boy konlardan foydalanish imkoniyatiga ega boʻlish uchun Afgʻonistonda oʻz mavqeini mustahkamlashni istaydi, deb taʼkidladi u. Kreml esa Markaziy Osiyo orqali shimolga terrorchilik tarqashidan xavfsiraydi.

“Afgʻonistonda ekanligimizda ularning hech biri bizni qoʻllab-quvvatlamadi, biz ketsak, ular oʻzlari vakuum deb oʻylagan boʻshliqni toʻldirishga harakat qilishadi”, deydi Makkenzi.

“Shunga qaramay, ular bu ish taxmin qilinganidan qiyinroq boʻlishi mumkinligini tushunib yetadilar.”

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 0

Siyosat * Majburiy 1500 / 1500