Karvonsaroy
Siyosat

Markaziy Osiyoliklar: “Navalniyning ekstremist deb tan olinishi – bemaʼnilik”

Kseniya Bondal va Rustam Temirov

Qamoq muddatini oʻtayotgan Kreml tanqidchisi Aleksey Navalniy 2021-yil 26-may kuni Moskvadan 120 km uzoqlikda joylashgan Petushki shahrida oʻtkazilgan sud majlisida videoaloqa orqali ishtirok etgan. [Dimitar DILKOFF/AFP]

Qamoq muddatini oʻtayotgan Kreml tanqidchisi Aleksey Navalniy 2021-yil 26-may kuni Moskvadan 120 km uzoqlikda joylashgan Petushki shahrida oʻtkazilgan sud majlisida videoaloqa orqali ishtirok etgan. [Dimitar DILKOFF/AFP]

OLMAOTA/TOSHKENT – Kremlning Rossiya muxolifati yetakchisi Aleksey Navalniy va uning Korrupsiyaga qarshi kurash jamgʻarmasiga (FBK) nisbatan tazyiqlari Markaziy Osiyoda tanbeh va istehzoga sabab boʻlmoqda.

9-iyun kuni Moskva shahar sudi Navalniyning mintaqaviy idoralari va FBKni “ekstremistik” tashkilot deb topish haqida qaror chiqardi va ularning Rossiyadagi faoliyatini taqiqladi.

Aprel oyida prokuratura Navalniyning tashkilotlarini Gʻarb qoʻllovida fitna uyushtirishni rejalayotganlikda ayblab, ularni “ekstremistik” deb topish talabini ilgari surgan edi.

FBK muntazam ravishda hukumatning barcha darajalaridagi mansabdor shaxslari bilan bogʻliq poraxoʻrlik va korrupsiya holatlariga oid tekshiruvlarni eʼlon qilib boradi.

17-may kuni advokatlar Ivan Pavlov (oʻrtada) va Ilya Novikov (chapdan ikkinchi) qamoqqa olingan Kreml tanqidchisi Aleksey Navalniyning Korrupsiyaga qarshi kurash jamgʻarmasini (FBK) ekstremizmda ayblash bilan bogʻliq ishni koʻrib chiqish qoldirilgach, Moskva shahar sudi binosi oldida OAVga intervyu bermoqda. 9-iyun kuni sud Navalniyning FQB va mintaqaviy idoralarini “ekstremistik” deb topish haqida qaror chiqarib, ularning Rossiyadagi faoliyatini taqiqlagan. [Dimitar DILKOFF/AFP]

17-may kuni advokatlar Ivan Pavlov (oʻrtada) va Ilya Novikov (chapdan ikkinchi) qamoqqa olingan Kreml tanqidchisi Aleksey Navalniyning Korrupsiyaga qarshi kurash jamgʻarmasini (FBK) ekstremizmda ayblash bilan bogʻliq ishni koʻrib chiqish qoldirilgach, Moskva shahar sudi binosi oldida OAVga intervyu bermoqda. 9-iyun kuni sud Navalniyning FQB va mintaqaviy idoralarini “ekstremistik” deb topish haqida qaror chiqarib, ularning Rossiyadagi faoliyatini taqiqlagan. [Dimitar DILKOFF/AFP]

Shu yil boshida fond YouTube tarmogʻida ikki soatli hujjatli tergov filmini chiqargan va prezident Vladimir Putinga tegishli deb taxmin qilingan oʻta hashamatli koʻchmas mulk haqida maʼlumot bergan edi.

Filmda “tarixdagi eng yirik pora” evaziga Qora dengiz boʻyida bunyod etilgan 1,35 mlrd dollarlik qasr haqida hikoya qilinadi.

Ushbu hisobot 19-yanvar kuni – Navalniy avgust oyida Sibirda Novichok moddasi bilan zaharlanishi ortidan Germaniyada davolanib, Rossiyaga qaytganidan ikki kun oʻtgach eʼlon qilingan edi.

117 milliondan koʻproq marta tomosha qilingan bu video va Navalniyning hibsga olinishi aholi orasida misli koʻrilmagan noroziliklarni keltirib chiqardi.

Avvalroq Navalniyning mintaqaviy tashkilotlari tarmogʻi aqlli ovoz berish tizimini yoʻlga qoʻyishga yordam bergan edi. U saylovchilarni Kremlga aloqador nomzodlarni magʻlubiyatga uchratishi mumkin boʻlgan nomzodlarga ovoz berishga chaqirgan.

FBKning “ekstremistik tashkilot” deb topilishi ortidan Navalniyga sentabr oyiga belgilangan parlament saylovlarida qatnashish taqiqlangan, ularda Putinning tobora obroʻsizlanib borayotgan “Yagona Rossiya” partiyasi kurash olib borishi kutilmoqda.

“Mutloq bemaʼnilik”

Ayblovlar va sud qarori “mutlaqo bemaʼni”, deydi Olmaotada yashovchi Milliy xavfsizlik qoʻmitasining (KNB) isteʼfodagi zobiti Arat Narmanbetov.

Navalniyni zaharlashga qaratilgan muvaffaqiyatsiz urinishdan soʻng, Kreml endi uning mamlakatda korrupsiyaga qarshi kurashadigan tashkilotlarini taʼqib qilmoqda, dedi u.

Narmanbetovning taʼkidlashicha, FBKni “ekstremistik tashkilot” deb topish bilan Rossiya bosh prokuraturasi uni “haqiqiy ekstremistlar, oʻtaketgan kallakesarlardan” iborat “Islom davlati” (ID) bilan tenglashtirmoqda.

Korruptsiyaga botgan amaldorlar, jumladan Rossiyaning ayrim davlat xizmatchilari esa... ekstremistlar deb tan olinmaydi, aslida ular terrorchilardan ham battar”, dedi u.

Moskva sudining qarori mutloq siyosiy xarakterga ega, chunki sudyalar Kremlning fikriga mos ravishda qaror chiqarishdi, deydi Fransiyada yashovchi oʻzbekistonlik siyosiy tahlilchi Kamoliddin Rabbimov.

“Navalniy boshchiligidagi FBK axborot kampaniyasi rossiyaliklarning Vladimir Putinga boʻlgan ishonchini keskin pasaytirib yubordi”, dedi u, jumladan prezidentniki deb iddao qilingan “poraxoʻrlik qasri” haqidagi YouTube videolavhasini nazarda tutib.

“Navalniy fondining shu va boshqa harakatlari Putin hokimiyatining legitimligiga jiddiy putur yetkazdi”, dedi Rabbimov.

“Shu tariqa Kremlning Rossiyada chindan ham korruptsiya va avtoritarizmga qarshi kurashayotgan mustaqil jamgʻarma faoliyatini qonun darajasida taqiqlashdan boshqa chorasi qolmadi.”

“Nazoratni qatʼiylashtirish”

Chimkentlik jamoatchilik faoli Kuanish Satayevga koʻra, Bosh prokuraturaning bu qarorini avvaldan taxmin qilish mumkin edi.

Rossiyada nazorat yanada qatʼiylashtirilmoqda: “Meduza” muxolifat nashri “xorijiy agent” deb tan olindi, “Vedomosti” jurnalistlari tomonidan yaratilgan loyiha OAV maydonidan siqib chiqarildi, Navalniy zaharlandi, keyin sud qilindi. Endi esa uning tarafdorlari ekstremizmda ayblanmoqda”, dedi u.

Ushbu xatti-harakatlar Rossiya hukumatining har qanday shakldagi oʻzgacha fikrga qarshi kurashayotganini anglatadi va bu kurash oʻtgan yildan beri ancha qatʼiylashgan, dedi Satayev.

FBK “muxolifatni va mamlakat yetakchisi kabi fikrlamaydiganlarni yoʻq qilayotgan rejimning nazaridagina” ekstremistdir, deydi u. “Rossiyada ekstremizmga oid jinoiy moddalar mujmal boʻlgani sababli ularni istagancha talqin qilish mumkin.”

Satayevning soʻzlariga koʻra, Rossiyadagi jazolash mashinasi “oʻz-oʻzini yoʻq qilmagunicha yoki uning oʻrniga boshqa rejim kelmagunicha keraksizlarni jazolashda davom etadi”.

Putinni qoʻllab-quvvatlovchilar hech kimning yordamisiz mamlakatni inqirozga yetaklamoqda, deydi olmaotalik IT-mutaxassis Rustam Abiboyev.

“Dunyoni katta bir uy deb tasavvur qiling, unda boshqalarga kun bermaydigan ahmoq qoʻshni boʻlsa. Ikkita kuchliroq qoʻshni bu ahmoqni boshqalarga zarar yetkazmasligi uchun uni nazoratga olsa”, deydi u.

“Yevropa Ittifoqi va Qoʻshma Shtatlar sanksiyalar koʻrinishidagi madaniyatli choralar bilan Rossiyani jilovda ushlab , unga oʻz joyini koʻrsatib qoʻymoqda”, deydi u.

“Ammo Rossiya sovet oʻtmishiga asoslangan nosogʻlom nafsoniyatidan voz kecha olmayapti”, deydi Abiboyev.

Aslida Rossiyaning shaxsiy yutuqlari yoʻq, faqat yadroviy qurollari bor xolos, ular ham Sovet Ittifoqi parchalanganidan keyin qolgan, deydi u.

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 2

Siyosat * Majburiy 1500 / 1500

Putin ekstremist emasmi? Rossiyada huquq va va qonunlar allaqachon yoʻq boʻlib ketgan.

Javob berish

Ular hech boʻlmaganda Rossiyada soʻz erkinligi va demokratiya bor deb koʻrsatishar edi. Endi esa bunday qilishmayapti ham. Oxir-oqibat Rossiya oʻzining asl basharasini koʻrsatdi.

Javob berish