Karvonsaroy
Jinoyat va adolat

AQSH hukumati jinoyatchilikka qarshi kurashda yordam sifatida Tojikistonga yangi elektron roʻyxatga olish tizimini taqdim etdi

Karvonsaroy

21-iyun kuni AQSH elchixonasi va Tojikiston ichki ishlar vazirligi Qubodiyon, Jayhun, Farxor, Istaravshan va Isfara tumanlarida beshta militsiya va jamoatchilik hamjihatligi markazini ochdi. [AQSHning Tojikistondagi elchixonasi]

21-iyun kuni AQSH elchixonasi va Tojikiston ichki ishlar vazirligi Qubodiyon, Jayhun, Farxor, Istaravshan va Isfara tumanlarida beshta militsiya va jamoatchilik hamjihatligi markazini ochdi. [AQSHning Tojikistondagi elchixonasi]

DUSHANBE – AQSHning Dushanbedagi elchixonasi 25-iyun kuni Tojikiston hukumatining jinoyatchilikka qarshi kurashiga koʻmaklashish boʻyicha AQSH tomonidan olib borilayotgan saʼy-harakatlar doirasida Tojikiston ichki ishlar vazirligiga (IIV) jinoyatlarni elektron roʻyxatga olish (E-Crime) tizimini taqdim etdi.

Ushbu tizim IIVga odil sudlovni taʼminlash hamda fuqarolarning huquq va manfaatlarini himoya qilishga koʻmaklashish, shuningdek politsiya xodimlariga sudlanganlikka oid yozuvlarni boshqarish va jinoiy-protsessual jarayonlar ishtirokchilariga yuridik hujjatlarni olish imkoniyatini berishga moʻljallangan.

Jinoyatlarni elektron roʻyxatga olish tizimi IIV soʻroviga binoan, AQSH elchixonasining narkotiklarga qarshi kurash va huquqni muhofaza qilish idorasi (INL) va Jamoatchilikka yoʻnaltirilgan militsiya dasturining (CPP) ijrochisi Saferworld tomonidan ishlab chiqilgan.

Loyihaning umumiy qiymati 662 ming dollarni (7,6 million somoniy) tashkil etgan boʻlib, dasturiy taʼminotni ishlab chiqish, server, uskunalar, aloqa infratuzilmasi va tizimni boshqarish uchun 275 dan ortiq IIV xodimlarini oʻqitishni oʻz ichiga oladi.

Jamoatchilik militsiya markazlari

Yaqinda, 21-iyun kuni Tojikiston huquqni muhofaza qilish organlariga yordam sifatida AQSH elchixonasi va IIV Qubodiyon, Jayhun, Farxor, Istaravshan va Isfara tumanlarida ham beshta jamoatchilik militsiya markazlarini (JMM) ishga tushirgan edi.

Saferworld barpo etgan markazlar elchixonaning Jamoatchilikka yoʻnaltirilgan militsiya dasturi tomonidan moliyalashtirilgan.

JMMlar jamoatchilik va militsiya hamjihatlik guruhlariga ofislar taqdim etadi. Ushbu guruhlar politsiya xodimlari va jamoatchilik vakillaridan tarkib topgan. Ular joylarda jamoat xavfsizligiga oid muammolarni hal qilishda birgalikda ish olib boradilar.

Dastur doirasida hamjihatlik guruhlari jamoat xavfsizligiga oid ustuvor masalalarni aniqlash, jamoatchilik muammolarini birgalikda hal qilish hamda “ishonchni mustahkamlash va muloqot orqali militsiya-jamoatchilik hamkorligini” kuchaytirishni oʻz ichiga olgan “jamoatchilik militsiyasi tamoyillari va amaliyotlarini” oʻrgandilar.

Saferworld 2016-yildan beri 3000 dan ziyod militsiya xodimlari va fuqarolarni oʻqitib, 37 ta hamjihatlik guruhini shakllantirdi.

Jamoatchilikka asoslangan huquq-tartibot dasturini amalga oshirish 2010-yilda boshlangan. AQSH elchixonasi butun mamlakat, jumladan Afgʻoniston chegarasi boʻylab 54 ta hamjihatlik markazini barpo etgan va qayta qurgan.

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 0

Siyosat * Majburiy 1500 / 1500