Karvonsaroy
Salomatlik

Xitoyning COVID-19 bilan bogʻliq “global jamoatchilik manfaati” shundoq ham ogʻir vaziyatni yomonlashtirmoqdami?

Karvonsaroy va AFP

Indoneziyada kasallanishlar soni koʻpayib borayotgan bir paytda, Bogor shahridagi kasalxona tashqarisida qurilgan chodirda COVID-19 bemorlarini qabul qilayotgan tibbiyot xodimlari, 29-iyun. [Aditya Aji/AFP]

Indoneziyada kasallanishlar soni koʻpayib borayotgan bir paytda, Bogor shahridagi kasalxona tashqarisida qurilgan chodirda COVID-19 bemorlarini qabul qilayotgan tibbiyot xodimlari, 29-iyun. [Aditya Aji/AFP]

PEKIN – Xitoyning COVID-19 ustidan erishgan “gʻalabasi” dushanba (28-iyun) kuni kechqurun Pekindagi “Qush uyasi” stadionida oʻtkazilgan Kommunistik partiya yubileyini nishonlash tadbirining diqqat markazida boʻldi.

Muhtasham tadbir kommunistlar tarixini aks ettiruvchi eng sara dekoratsiyalar, Mao Szedundan tortib, prezident Si Szinpin doxil asosiy rahbarlarga atab katta ekranda namoyish etilgan bagʻishlovlar, 100 ta karnay va hozir fazoda boʻlib turgan xitoylik kosmonavtlar guruhining tabrigini oʻz ichiga oldi.

Biroq, shou davomida Xitoyning shiddatli yaqin oʻtmishiga oid noqulay boblar – ocharchilik, madaniy inqilob doirasidagi tozalashlar, Tyananmen maydonidagi talabalar namoyishining bostirilishi, Gonkongdagi demokratparast gʻalayonlar, shuningdek, bir milliondan ortiq shinjonlik uygʻurlar va boshqa musulmonlarning oʻzboshimchalik bilan hibsga olinishi va inson huquqlarining buzilishiga oid holatlar tushirib qoldirildi.

Buning oʻrniga ijrochilar gʻolibona tarzda havoga musht urib raqsga tushdilar va kechaning asosiy lahzalarini teatrlashtirilgan koʻrinishda bayon qildilar.

24-dekabr kuni poytaxt Manamadagi Bahrayn xalqaro koʻrgazmalar va anjumanlar markazida COVID-19ga qarshi vaksina sertifikatlarini namoyish etayotgan bahraynliklar. [Mazen Mahdiy/AFP]

24-dekabr kuni poytaxt Manamadagi Bahrayn xalqaro koʻrgazmalar va anjumanlar markazida COVID-19ga qarshi vaksina sertifikatlarini namoyish etayotgan bahraynliklar. [Mazen Mahdiy/AFP]

Himoya kombinezonlari kiygan ijrochilar va niqob taqqan askarlar Xitoyning COVID-19 pandemiyasiga qarshi kurashiga alohida eʼtibor qaratishga urindilar.

“Global jamoatchilik manfaati”

Si Xitoy markazidagi Uxan shahrida paydo boʻlgan pandemiyani sinchkovlik bilan qayta koʻrib chiqib, uni oʻz nazorati ostidagi partiya tashkilotchiligi va Xitoy barqarorligining gʻalabasi sifatida taqdim etgan.

Pandemiya boshlanganidan beri Xitoy shunday tashviqot bilan toʻlib toshgan, xususan Internet orqali axborotni qattiq nazorat qiladigan davlat apparati oʻzgacha fikrlarni tezda bostirmoqda.

Xitoylik diplomatlar virusning kelib chiqishi va Gʻarbda ishlab chiqarilgan vaksinalarning samaradorligi borasida dezinformatsiya tarqatish, shuningdek Xitoyda ishlab chiqarilgan vaksinalarni yaxshi muqobil sifatida targʻib qilish orqali Xitoydan tashqarida ham jamoatchilik fikrini shakllantirishga urindilar.

Oʻtgan yili Xitoy oʻzining vaksina diplomatiyasi” bilan bogʻliq kampaniyasini boshlagan, oʻshanda Si dunyodagi millionlab xaridorlar, xususan, nochor mamlakatlarga oson saqlanadigan va tashiladigan vaksinani vaʼda qilgan edi.

U buni “global jamoatchilik manfaati” deb atagan, partiyaning boshqa rahnamolari ham bu iborani takrorlagan edi.

Qimmatroq yoki talabgirroq vaksinalarga qurbi yetmaydigan mamlakatlarga vaksina yetkazib berish – Pekinning tarixni qayta yozishga urinishida muhim rol oʻynaydi.

90 dan ortiq mamlakat Xitoydan keltirilgan COVID-19 vaksinalarini qoʻllamoqda, ammo tahlilchilarga koʻra, ayrim joylarda kasallanishlarning keskin ortgani ogohlik boʻlib xizmat qilishi lozim.

Xitoy vaksinalari bilan emlash vaqtidagi epidemiyalar

Xitoy vaksina diplomatiyasi choralarining samarasi u taklif qilayotgan mahsulot sifati kabidir, faktlar esa sifatning past ekanligini koʻrsatmoqda.

Aprel oyida mahalliy OAV Xitoy kasalliklarni nazorat qilish va ularning oldini olish markazi direktori Gao Fu “muassasa amaldagi vaksinalar samaradorligining past ekani bilan bogʻliq muammoni hal qilish ustida ishlayotgani” haqida xabar bergan edi.

BBC xabariga koʻra, u hozirgi vaksinalar, ular qatorida Sinovac va Sinopharm vaksinalari ham “yuqori himoya darajasiga ega emasligini” aytib oʻtgan.

Xitoyda ishlab chiqarilgan vaksinalarga ishongan bir qator mamlakatlardagi maʼlumotlar tahlili bu xavotirlarni tasdiqlagan, deb xabar beradi New York Times gazetasi 22-iyun kuni.

Masalan, Seyshel orollari, Chili, Bahrayn va Mongoliyaning 50 dan 68 foizigacha aholisi toʻliq emlangan, deb xabar bergan maʼlumotlarni kuzatib boruvchi Our World in Data loyihasi.

Gazeta tadqiqotlariga koʻra, iyun oyida COVID-19 epidemiyasidan eng koʻp jabrlangan 10 mamlakatning dastlabki toʻrttasi Sinopharm va Sinovac vaksinalariga qattiq ishongan edi.

“Agar vaksinalar sezilarli darajada yaxshi boʻlganida, biz bu holatga guvoh boʻlmas edik”, deydi Gonkong universiteti virusologi Szin Dunyan. “Xitoy buni toʻgʻirlashi kerak.”

Pekin biologik mahsulotlar instituti bilan hamkorlikda ishlab chiqilgan Sinopharm vaksinasining samaradorligi 78.1 foiz boʻlsa, Sinovac vaksinasiniki – 51 foiz.

Amerika va Germaniyaning Pfizer-BioNTech hamda AQSHda ishlab chiqarilgan Moderna vaksinalarining samaradorligi mos ravishda 95 va 94 foizni tashkil etadi.

Xavotirli raqamlar

Hech qanday vaksina mutloq kasallanishning oldini ololmaydi, ammo Xitoyda ishlab chiqarilgan vaksinalarning past samaradorligi soʻnggi epidemiyalar sabablaridan biri sifatida koʻrilmoqda, deb xabar bergan New York Times gazetasi.

Barcha dalillarni hisobga olganda, Sinopharm vaksinasi kasallanishning oldini olish boʻyicha eng kam samaraga ega, deydi Avstraliyaning Adelaida shahridagi Flinders universiteti tibbiyot va jamoat salomatligi kolleji professori Nikolay Petrovskiy.

Uning gazetaga maʼlum qilishicha, Xitoy vaksinasining eng katta xavfi emlanganlarda kam yoki hech qanday asoratlar kuzatilmasa-da, ular boshqalarni zararlashda davom etadilar.

Xitoy vaksinasining samaradorligi “kasallanishni maʼlum darajada toʻxtatish, odamlarni shifoxonadan tashqarida ushlashiga qaramay, yuqori darajada emlangan aholi oʻrtasida kasallanishlar paydo qiladigan” darajada past, deydi AQSHning Tennesi shtati Neshvil shahridagi Vanderbilt universitetining yuqumli kasalliklar milliy fondining tibbiyot yoʻnalishi boʻyicha rahbari Uilyam Shaffner.

Ammo soʻnggi maʼlumotlar xavotirli.

Masalan, Indoneziyada 350 dan ortiq shifokor va tibbiyot xodimlari Sinovac vaksinasi bilan toʻliq emlangan boʻlishiga qaramay, COVID-19 bilan kasallangan, deb xabar bergan Indoneziya tibbiyot uyushmasining xavfni bartaraf etish jamoasi.

Fevraldan 7-iyunga qadar mamlakat boʻylab bir nechta shifokor kasallik sababli vafot etgan. Ulardan oʻn nafari Xitoyda ishlab chiqarilgan vaksina bilan emlangan boʻlgan, deb xabar beradi uyushma.

Bu raqamlar Singapur sogʻliqni saqlash xizmati rahbari Kennet Makni vaksinalar sifatidagi farqqa eʼtibor qaratishga majbur qilgan.

“Bu faqat Pfizer bilan bogʻliq muammo emas”, degan edi u 18-iyun kungi anjumanda. “Bu muammo aslida Sinovac vaksinasi bilan bogʻliq.”

Boshqa mamlakatlardagi aholi ham Xitoyda ishlab chiqarilgan vaksinalar bilan emlangan boʻlishiga qaramay, kasallanishlar qayd etilayotgan haqida juda koʻp xabarlar tarqagan.

Hatto soʻnggi bosqichdagi klinik sinov maʼlumotlari chiqarilishidan avval, Sinopharm vaksinasini Bahrayn va Birlashgan Arab Amirliklari (BAA) birinchilardan boʻlib tasdiqlagan edi.

Bahraynda vaksinalash dasturi ishga tushishi bilan “odatiy hayot tarziga qaytish” boshlanadi, deyilgan edi. Ammo Our World in Data maʼlumotiga koʻra, 29-may kuni mamlakatda kuniga har million kishi uchun 1923 ta yangi COVID-19 holatlari qayd etilgan.

Bahrayn va BAA rasmiylari oʻz emlash dasturlarini himoya qilib chiqqan boʻlsa-da, ular uchinchi vaksinani ham taklif qilishmoqda. Pfizer – ulardan biri.

May oyida xabar berilganidek, Qozogʻistondagi ommaviy emlash kampaniyasi tezlashgan, u yerda bir qator vaksinalar taklif etilmoqda, qozogʻistonliklar Xitoyda ishlab chiqarilgan vaksinalarni emas, koʻproq boshqa variantlarni tanlagan.

Aprel oyida Turkmanistonning COVID-19 vaksinatsiya kampaniyasi jiddiy toʻsiqqa – Xitoydan keltirilgan vaksinalarning “dahshatli nojoʻya taʼsirlariga” uchragan edi.

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 0

Siyosat * Majburiy 1500 / 1500