Karvonsaroy
Tahlil

Ulkan soxtakorlik: Xitoy COVID-19 masalasida dunyoni qanday qilib aldashga uringani haqida

Karvonsaroy

Oʻtgan yilning 3-noyabr kuni Pekindagi bozorlarning birida 2021-yil uchun moʻljallangan taqvimlarni yigʻishtirib olayotgan sotuvchi. Taqvimlarning birida COVID-19 koronavirusiga qarshi kurashda mukofot olgan toʻrt nafar tibbiyot olimining suratlari ustida qoʻl silkib turgan Xitoyning amaldagi raisi Si Szinpin, ikkinchisida sobiq kommunistlar rahbari Mao Szedun aks etgan. [Greg Baker/AFP]

Oʻtgan yilning 3-noyabr kuni Pekindagi bozorlarning birida 2021-yil uchun moʻljallangan taqvimlarni yigʻishtirib olayotgan sotuvchi. Taqvimlarning birida COVID-19 koronavirusiga qarshi kurashda mukofot olgan toʻrt nafar tibbiyot olimining suratlari ustida qoʻl silkib turgan Xitoyning amaldagi raisi Si Szinpin, ikkinchisida sobiq kommunistlar rahbari Mao Szedun aks etgan. [Greg Baker/AFP]

Dunyo liderlari va epidemiologlar koronavirusning kelib chiqishi masalasida shaffof tergov oʻtkazishni talab qilishda davom etar ekan, Pekin oʻzining muqobil tashviqot kampaniyasida tobora tajovuzkorroq boʻlib bormoqda.

2019-yilning dekabrida Uxan shahrida COVID-19 bilan bogʻliq ilk holatlar aniqlanganidan beri, Xitoydan olingan maʼlumotlar eng kamida noaniq edi.

Tanqidchilar Pekinni epidemiyaning ilk davrida uning koʻlamini kamaytirib koʻrsatganlikda ayblagan boʻlsa, ayrim nazariyotchilar orasida virus Uxan virusologiya instituti (UVI) laboratoriyasidan sizib chiqqan, degan taxminlar ham bor.

Bu orada mazkur laboratoriya Xitoy harbiylari bilan aloqador boʻlishi mumkinligi haqida yangi dalillar paydo boʻlgan.

Xitoylik virusolog Shi Chjenlini (chapda) 2017-yil 23-fevral kuni Xitoyning Xubey provintsiyasi Uxan shahridagi P4 laboratoriyasida koʻrishgan. [Johannes Eisele / AFP]

Xitoylik virusolog Shi Chjenlini (chapda) 2017-yil 23-fevral kuni Xitoyning Xubey provintsiyasi Uxan shahridagi P4 laboratoriyasida koʻrishgan. [Johannes Eisele / AFP]

COVID-19 koronavirusining kelib chiqishini oʻrganayotgan Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti (JSST) vakillari 3-fevral kuni Xitoyning Xubey provintsiyasi Uxan shahridagi Uxan virusologiya institutiga yetib kelishdi. [Hector Retamal/AFP]

COVID-19 koronavirusining kelib chiqishini oʻrganayotgan Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti (JSST) vakillari 3-fevral kuni Xitoyning Xubey provintsiyasi Uxan shahridagi Uxan virusologiya institutiga yetib kelishdi. [Hector Retamal/AFP]

Yanvar oyida AQSH Davlat departamenti UVIni “yashirin harbiy faoliyat” bilan shugʻullanishda ayblagan edi.

“Xitoy kommunistik partiyasi (XKP) bir yildan ortiq vaqt mobaynida muntazam ravishda COVID-19 pandemiyasining kelib chiqishini shaffof va puxta tergoviga toʻsqinlik qilib, buning oʻrniga aldov va dezinformatsiya uchun ulkan resurslar sarfladi”, deyiladi 15-yanvar kuni chop etilgan axborot byulettenida.

XKPning maxfiylik va nazoratga halokatli tarzda mukkasidan ketgani Xitoy va butun dunyo aholisining salomatligi uchun qimmatga tushmoqda”, deyiladi unda.

Bunday maxfiylik va aldov holati koronavirusning kelib chiqishini yanada chuqurroq oʻrganishni, xususan, UVIga yaqindan nazar solishni taqozo etadi.

“UVI Xitoy harbiylari bilan nashrlar va maxfiy loyihalar boʻyicha hamkorlik qilgan”, deb bayonot bergan Davlat departamenti. “UVI kamida 2017-yildan beri Xitoy harbiylari nomidan maxfiy tadqiqotlar, shu jumladan hayvonlar ustidan laboratoriya sinovlari bilan shugʻullanib kelmoqda.”

Sizib chiqish nazariyasiga yana bir qarash

Bu ayblovlar Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti (JSST) nozirlari bir yildan ortiqroqqa choʻzilgan kechikishlar va siyosiy tortishuvlardan soʻng, koronavirusning kelib chiqishiga oid tadqiqotlarini boshlash uchun Uxanga yetib kelishganida yangradi.

Jahon sogʻliqni saqlash tashkilotining uzoq kutilgan tergovi Pekin tomonidan qattiq nazoratga olindi.

Xitoy hukumati JSST inspektorlariga COVID-19ning ilk holatlariga oid qayta ishlanmagan maʼlumotlar berishni rad etgani xalqaro ekspertlar guruhini ranjitdi. Tadqiqot ishtirokchilarida bir oy davom etgan missiyadan soʻng ham aniq xulosalar yoʻq edi.

Haqiqatni topishda yordamlashish oʻrniga, Xitoy hukumati aybni oʻzidan soqit qilish orqali Xitoyning “mardonavor” harakatlari va iqtisodiy tiklanishiga eʼtibor qaratishga urindi.

Pekin virus Xitoyga muzlatilgan dengiz mahsulotlari kabi qadoqlangan tovarlari orqali kelib qolgani haqidagi nazariyalarni yoki Italiya yoxud Qoʻshma Shtatlarda paydo boʻlgani haqida dalilsiz taxminlarni qayta-qayta ilgari surdi.

Avvaliga bu saʼy-harakatlar UVI va virusning laboratoriyadan sizib chiqishi nazariyasidan eʼtiborni chalgʻitayotgandek tuyulgan edi.

Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti jamoasi mart oyida oʻz hisobotida UVIdan virus sizib chiqqani ehtimoldan yiroq ekanligini aytganida, tanqidchilar, hatto Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti bosh direktori Tedros Adxanom Gebreyyesus ham bu fikrni shosha-pisha berilgan, deb rad etishdi.

“Men bu bahoning yetarli darajada keng boʻlganiga ishonmayman” dedi u 30-mart kuni.

May oyida AQSH prezidenti Jo Bayden maxsus xizmatlarga virusning kelib chiqishiga oid masalani, jumladan, uning laboratoriyadan sizib chiqqani haqidagi nazariyani tekshirishni va unga 90 kun ichida hisobot berishni buyurdi.

Oʻtgan oy dunyoning eng boy demokratik mamlakatlari yetakchilari G7 sammitida Xitoyni koronavirusning kelib chiqishiga oid yangi tergovda ishtirok etishga chaqirdilar. Ular tergov doirasida Xitoy laboratoriyalariga kirish huquqini olish muhimligiga eʼtibor qaratdilar.

“Shaffoflik hamma uchun muhim”, deb aytgan Bayden.

“Biz asrning eng kuchli pandemiyasini tergov qilish-qilmaslik borasida Xitoyga veto huquqini bera olmaymiz”, deb aytgan JSSTning inson genomini tahrir qilish qoʻmitasi maslahatchi mutaxassisi Jeymi Mettsl.

Harbiy aloqa

Xitoyning UVIga nisbatan mustaqil oʻtkazilishiga qarshilik qilishi yoki oʻz tadqiqotlari natijalari bilan oʻrtoqlashishdan bosh tortgani – pandemiya koʻrshapalaklar koronavirusi ustida ishlashi bilan tanilgan institut joylashgan shahardan tarqagani haqidagi gumonlarni kuchaytirgan, xolos.

UVIga nisbatan diqqatning kuchayishi Xitoyning yetakchi virusolog olimi, UVIning yangi yuqumli kasalliklar markazi rahbari Shi Chjenliga nisbatan eʼtiborni jalb qilgan.

Ayrim olimlarning aytishicha, Shi yetarli xavfsizlik choralari koʻrilmagan laboratoriyalarda koʻrshapalak koronavirusi bilan xatarli tajribalar oʻtkazgan. Boshqalar esa Shining Xitoy harbiy olimlari bilan UVIdagi hamkorligi qoʻshimcha tergov qilinishi kerak, deyishmoqda.

Shi iyun oyida New York Times gazetasi bilan avvaldan rejalashtirilmagan nodir intervyusida Xitoy armiyasi bilan aloqadorligini rad etgan boʻlsa-da, uning qator harbiy rasmiylar bilan aloqasi boʻlgan, deb xabar beradi NBC News nashri.

U va boshqa xodimlar 2018-yil bahorda Xitoy armiyasi olimi Tong Igan bilan, 2019-yil dekabrda esa Chjou Yusen bilan hamkorlikda koronavirus tadqiqotlarini olib borishgan.

Pekin virusning odamdan odamga yuqishini tan olganidan besh hafta oʻtib, Xalq ozodlik armiyasining harbiy olimi Chjou 2020-yil 24-fevral kuni koronavirus vaktsinasi uchun patentga hujjat topshirgan, deb xabar beradi Weekend Australian nashri.

Bu xabarning ochiqlanishi Xitoy rejimi COVID-19 pandemiyasini rasman tan olishidan avval nomsiz vaktsina sinovdan oʻtkazilgani haqidagi xavotirlarni kuchaytiradi.

2020-yil may oyida Chjouning nomaʼlum sabablar tufayli vafot etgani yana bir shubhali hodisa boʻldi.

UVIga aloqador Chjouning mukofotlarga sazovor boʻlgan harbiy olim degan nomi borligiga qaramay, Xitoy OAV uning oʻlimi haqida xabar bermagan va uning “mardonavor” ishlariga hurmat bajo keltirmagan.

Shi va Chjou orasidagi kuchli munosabatlar, rejimning Chjouning oʻlimi haqidagi xabarlarni bostirishi UVI “maxfiy harbiy faoliyat” olib borganligi haqidagi nazariyalarni qoʻllab-quvvatlaydi, deydi tahlilchilar.

“Harbiylar koronavirusni oʻz ichiga olgan maxfiy dasturni moliyalashtirganiga ishonaman”, deb aytgan AQSH davlat departamentining sobiq tergovchisi David Asher NBC News nashriga. “Men bu haqda harbiy laboratoriyada tajriba oʻtkazgan mutaxassislarni kuzatgan bir qator xorijiy tadqiqotchilardan eshitdim.”

Pandemiya boshlanganidan beri Xitoy rejimi “xalqaro shaffoflikka tahdid solgan holda” virusga oid dalillarni atayin yashirgan yoki yoʻq qilgan, deb xabar bergan edi Avstraliyaning Saturday Telegraph gazetasi 2020-yil may oyida.

Nashr Qoʻshma Shtatlar, Avstraliya, Yangi Zelandiya, Kanada va Buyuk Britaniyaning razvedka agentliklarining “Besh koʻz” (Five Eyes) alyansi hisobotidan iqtibos keltirgan.

Xitoy hukumati “boshqa mamlakatlarni xavf ostida qoldirgan holda”, gapirishga uringan shifokorlarning ovozini oʻchirish yoki “yoʻqotish”, laboratoriyalardagi COVID-19 virusiga oid dalillarni yoʻq qilish va vaktsina ustida ishlayotgan olimlarga namunalarni taqdim etishdan bosh tortish orqali virusning tarqalishiga oid xabarlarni yashirgan, deyiladi gazetada.

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 1

Siyosat * Majburiy 1500 / 1500

Virus tikanidagi S-oqsilining ketma-ketligi OIV oqsili ketma-ketligi fragmentinining nusxasi boʻlsa, yana qanday dalil kerak? Qanday qilib? Bunday mutatsiya oʻzidan oʻzi sodir boʻlishi mumkin edimi? Ehtimollar nazariyasiga koʻra, bunday boʻlishi mumkin emas!!!

Javob berish