Karvonsaroy
Inson huquqlari

Oʻzbekiston va Qirgʻiziston odam savdosiga qarshi kurash reytingida yuqoriladi

Kanat Altinbayev

11-iyun kuni “Rodnik” (Chashma) nodavlat tashkiloti xodimlari va politsiya noziri Olmaota shahridagi bozorda xaridorlarga odam savdosi tahdidi yuzasidan tushuntirish-profilaktika ishlarini olib bormoqda. [Rodnik]

11-iyun kuni “Rodnik” (Chashma) nodavlat tashkiloti xodimlari va politsiya noziri Olmaota shahridagi bozorda xaridorlarga odam savdosi tahdidi yuzasidan tushuntirish-profilaktika ishlarini olib bormoqda. [Rodnik]

BISHKEK/TOShKENT – 2020-yilda Qirgʻiziston va Oʻzbekiston odam savdosiga qarshi kurash sohasida yutuqlarga erishdi, deyiladi AQSH Davlat departamenti tomonidan eʼlon qilingan yillik hisobotda.

1-iyul kuni AQSH Davlat departamenti dunyo boʻylab odam savdosiga qarshi kurashdagi yutuq va kamchiliklar sarhisobiga bagʻishlangan “Odam savdosi toʻgʻrisidagi” 2021-yilgi hisobotini eʼlon qildi.

Davlat departamenti veb-saytida maʼlum qilinishicha, ushbu hisobot xorijiy hukumatlarini odam savdosi muammosiga eʼtibor qaratishda AQSH tarafidan qoʻllanadigan asosiy diplomatik vosita hisoblanadi.

Shuningdek, bu hujjat “jahonda odam savdosiga qarshi kurashda hukumat tomonidan olib borilayotgan saʼy-harakatlarning keng qamrovli manbai boʻlib, u AQSH hukumatining inson huquqlari va huquq-tartibot faoliyatiga oid hayotiy muhim masalada global yetakchilikka sodiqligini aks ettiradi”, deyiladi xabarda.

11-iyun kuni “Rodnik” (Chashma) nodavlat tashkiloti xodimlari va politsiya noziri Olmaota shahridagi bozorda xaridorlarga odam savdosi tahdidi yuzasidan tushuntirish-profilaktika ishlarini olib bormoqda. [Rodnik]

11-iyun kuni “Rodnik” (Chashma) nodavlat tashkiloti xodimlari va politsiya noziri Olmaota shahridagi bozorda xaridorlarga odam savdosi tahdidi yuzasidan tushuntirish-profilaktika ishlarini olib bormoqda. [Rodnik]

Hisobotga koʻra, Hisobotga koʻra, Qirgʻiziston va Oʻzbekiston hukumatlari 2020-yilda odam savdosiga qarshi kurashni jadallashtirib, Tojikiston va Qozogʻistonni oʻz ichiga oluvchi 2-darajali guruhga oʻtgan.

Bu pogʻona hukumatning 2000-yilgi Odam savdosi qurbonlarini himoya qilish toʻgʻrisidagi Aktning (TVPA) minimal standartlariga toʻliq javob bermasligini, ammo bu meʼyorlarga rioya qilish uchun jiddiy harakatlarni amalga oshirayotgani anglatadi.

Xususan, Qirgʻiziston hukumati odam savdosiga qarshi kurashish boʻyicha milliy harakatlar rejasini ishlab chiqqan, odam savdosi bilan bogʻliq hodisalar boʻyicha toʻxtatilgan tekshiruvlarni qaytadan boshlagan va oʻnlab qirgʻizistonlik bolalarni qurolli mojaro hududlaridan evakuatsiya qilgan.

Hukumat mobil ilova ishlab chiqib, odam savdosi qurbonlari uchun ishonch telefonini ishga tushirdi, ushbu masala yuzasidan axborot kampaniyasini boshladi, ijtimoiy soha va huquq-tartibot idoralari xodimlari, prokuror va sudyalar uchun treninglar tashkil etdi.

Maxsus videomurojaat bilan chiqqan AQSHning Qirgʻizistondagi ishonchli vakili Brayan Stimmlerning aytishicha, Qoʻshma Shtatlar Qirgʻizistonning oʻtgan yilgi saʼy-harakatlaridan ruhlangan.

“Umid qilamizki, bu yil Qirgʻizistondagi odam savdosi qurbonlari adolat qaror topganini, ularni sotganlar esa jinoyatlari uchun sudlanib, qamoqqa tashlanganini koʻradilar”, dedi Stimmler.

2020-yilda Oʻzbekistonda mehnat nazorati, huquqni muhofaza qilish idoralari va fuqarolik jamiyatining odam savdosiga qarshi kurashga oid faoliyati jadallashdi va fuqarolar majburiy mehnatdan bosh tortish va bu boradagi huquqbuzarliklar toʻgʻrisida xabar berish zarurligini koʻproq anglay boshladilar, deyiladi AQSHning Oʻzbekistondagi elchixonasi bayonotida.

Markaziy Osiyo mamlakatlarining odam savdosiga qarshi kurashida Qoʻshma Shtatlar koʻmak yordam koʻrsatib keladi.

2019-yil sentyabr oyida AQSH Xalqaro taraqqiyot agentligi (USAID) Markaziy Osiyoda xavfsiz migratsiyaga oid loyihani boshlagan boʻlib, u Winrock International tomonidan Markaziy Osiyoning besh mamlakatida amalga oshirib kelinmoqda.

USAID veb-saytida yozilishicha, besh yilga moʻljallangan ushbu loyihaning maqsadi odam savdosi jabrdiydalarining imkoniyatlarini kengaytirish, ularga koʻrsatiladigan xizmatlar samaradorligini taʼminlash va zaif guruhlarni himoya qiladigan tizimlar yaratish orqali odam savdosiga qarshi kurashishdir.

Koronavirus va odam savdosi

AQSH Davlat kotibi Antoni Blinken yaqinda qilgan yoʻllanma murojaatida kuchaytirayotganini aytdi. COVID-19 pandemiyasi, iqlim oʻzgarishi va diskriminatsiya kabi global inqirozlar zulmga uchragan odamlarning ahvolini ogʻirlashtirayotgani va odam savdosi oldidagi zaifligini yanada kuchaytirayotganini aytdi.

“Qachondir odam savdosiga barham berilishiga umid qilar ekanmiz, biz bu gʻayriinsoniy diskriminatsiya va adolatsizlik zanjirini buzishimiz kerak”, deb yozgan Blinken.

Qirgʻiziston migratsiya xizmatining sobiq mutasaddisi, odam savdosiga qarshi kurash boʻyicha bishkeklik mutaxassis Ulan Shamshiyevga koʻra, mehnat yoki jinsiy ekspluatatsiya uchun odamlarni qonunga xilof ravishda boshqa mamlakatlarga tashish va sotish Qirgʻizistonga xos asosiy muammo hisoblanadi.

Ayniqsa, soʻnggi yillarda bolalar savdosi bilan holatlar tez-tez yuz bermoqda, deydi u.

“Xorijda bunday jinoyatlarni tergov qilish va jinoyatchilarni javobgarlikka tortish mushkul masala”, dedi Shamshiyev.

“Bundan tashqari, bu kabi hodisalar koʻpincha ochiqlanmaydi – masalan, jinsiy tajovuzga uchragan koʻp ayollar oshkor boʻlishdan qoʻrqib, politsiyaga xabar bermaydilar”.

Oʻzbekiston ham xuddi shunday muammolar bilan yuzma-yuz kelmoqda.

2020-yil iyun oyida Oʻzbekistonning odam savdosi va majburiy mehnatga qarshi kurash boʻyicha milliy komissiyasi odam savdosi bilan bogʻliq barcha jinoyatlarning 43 foizi yangi tugʻilgan chaqaloqlarni pullash bilan bogʻliqligini aytgan.

Ayollar bolalarni asosan qashshoqlik tufayli yoki nikohsiz homiladorlikni yashirish uchun sotishga urinadilar. Chaqaloqlar 200 dan 20000 dollargacha boʻlgan narxlarda sotiladi, baʼzida ularni kvartiralarga almashtirishadi.

Odam savdosiga qarshi samarali kurashishning yagona usuli bu barcha tomonlar– davlat, xalqaro tashkilotlar, nodavlat notijorat tashkilotlari va ommaviy axborot vositalarining faol hamkorligidir, deydi “Rodnik” nodavlat tashkiloti rahbari, olmaotalik Nina Balabayeva.

“Fuqarolarning saʼy-harakatlari ham muhim. Bu kurashga har bir inson oʻz hissasini qoʻshishi mumkin: u shubhali voqealar toʻgʻrisida politsiyaga xabar berishi, kerak boʻlganda yordam koʻrsatishi va bir chekkada turmay, muhim va foydali maʼlumotlarni tarqatishda yordam berishi mumkin”, dedi Balabayeva.

Rossiya va Xitoy “minimal standartlarga” javob bermaydi

Qirgʻiziston va Oʻzbekiston tarafidan erishilgan takomillashuv AQSH Davlat departamenti 3-darajali deb baholagan Rossiya va Xitoyning koʻrsatkichlaridan keskin farq qiladi.

Davlat departamentiga koʻra, bu darajadagi hukumatlar “ TVPA-ning minimal standartlariga toʻliq javob bermaydi va buning uchun jiddiy harakat qilayotgani yoʻq”.

Rossiya Shimoliy Koreyalik ishchilarining majburiy mehnatidan foydalanishda faol ishtirok etmoqda, deb qoʻshimcha qildi u.

“Oʻtgan yillarda Koreya xalq demokratik respublikasi (KXDR) Rossiyada mehnat lagerlariga ega boʻlgani va minglab Shimoliy Koreyaliklarni majburiy ravishda ekspluatatsiya qilganiga qaramay, hukumat Shimoliy Koreya ishchilarini odam savdosi belgilari va Shimoliy Koreyaliklarning odam savdosi qurboni boʻlgani bilan holatlarni tekshirmagan”, deyiladi hisobotda.

Xitoy hukumati esa oʻtgan toʻrt yil ichida asosan musulmonlardan iborat etnik uygʻurlar, qozoqlar, qirgʻizlar, oʻzbeklar va tojiklar, shuningdek Xitoyning Shinjon viloyatidagi boshqa etnik ozchiliklar vakillarini ommaviy hibsga olib, ularga qarshi siyosiy va mafkuraviy qayta tarbiyalash ishlarini olib borgan, deb taʼkidlagan Davlat departamenti.

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 0

Siyosat * Majburiy 1500 / 1500