Karvonsaroy
Xavfsizlik

Tolibon hujumlari davom etar ekan, Oʻzbekistonning Afgʻoniston bilan chegarasidagi vaziyat xavotirli tus olmoqda

Rustam Temirov

14-iyul kungi surat: Tolibonlar Pokiston bilan chegaradagi Spinboldak oʻtish punktining Afgʻoniston tarafini egallaganini iddao qilgach, odamlar Pokistonning Chaman shahri boʻylab toliblar bayrogʻini koʻtarib oʻtmoqdalar. [Asgʻar Achakzay/AFP]

14-iyul kungi surat: Tolibonlar Pokiston bilan chegaradagi Spinboldak oʻtish punktining Afgʻoniston tarafini egallaganini iddao qilgach, odamlar Pokistonning Chaman shahri boʻylab toliblar bayrogʻini koʻtarib oʻtmoqdalar. [Asgʻar Achakzay/AFP]

TOShKENT – Soʻnggi haftalarda tolibonlar hujumi oʻzbek-afgʻon chegarasiga yetib kelar ekan, Oʻzbekiston bilan chegaradosh mintaqa aholisi xavotirga tusha boshlagan.

Oʻzbekistonning Afgʻoniston bilan chegarasi 144 km uzunlikka ega boʻlib, Amudaryo boʻylab oʻtadi.

“Hayraton” doʻstlik koʻprigi Surxondaryo viloyati markazi Termizdan 18 km uzoqlikda joylashgan – aynan shu koʻprik orqali 1989-yilda Sovet armiyasi Afgʻonistonni tark etgan edi.

Iyun oyda bir nechta toʻqnashuvlar ortidan oʻnlab afgʻonistonlik harbiylar Oʻzbekiston hududiga qochib oʻtgan.

2019-yilning 9-fevral kuni olingan bu suratda Balx viloyatining Hayraton shahrida joylashgan Afgʻoniston-Oʻzbekiston doʻstlik koʻprigi oldida qoʻriqchilik qilayotgan Afgʻoniston chegara qoʻshinlari aks etgan.

2019-yilning 9-fevral kuni olingan bu suratda Balx viloyatining Hayraton shahrida joylashgan Afgʻoniston-Oʻzbekiston doʻstlik koʻprigi oldida qoʻriqchilik qilayotgan Afgʻoniston chegara qoʻshinlari aks etgan.

34 yashar Dilnavoz Jabborova hech qachon oʻz uyi yaqinida urush tovushlari eshitiladi, deb oʻylamaganini aytadi.

Oilamiz chegarada sodir boʻlayotgan voqealarga beparvo boʻla olmaydi, deydi Surxondaryo viloyati Termiz tumanida yashovchi Jabborova.

“Men otishma va baqir-chaqir ovozlarni eshitdim. Bolalarni tinchlantirish uchun har safar qandaydir bahona topishga toʻgʻri keldi”, deydi Jabborova. “Ular qoʻrqishyapti.”

“Ular [toliblar] bizdan 10-15 daqiqalik masofada joylashgan chegarani kesib oʻtmasliklariga kafolat yoʻq. Qoʻshning tinch – sen tinch, degan maqolni unutmaylik”, dedi u.

“Mamlakatimizdagi tinchlik va Vatanimiz chegaralarini qoʻriqlayotgan insonlar uchun duodamiz”.

Mustaqillikning ilk yilida (1991) Oʻzbekiston bu mamlakat bilan chegarani yopgan, deydi termizlik 47 yoshli oʻqituvchi Muhiddin Begimqulov.

Oʻzbekistonning birinchi prezidenti Islom Karimov davrida chegaralar yopiq edi.

Endi Afgʻoniston bilan doʻstona munosabatlar oʻrnatilganidan keyin hammasi oʻzgarmoqda, dedi Begimqulov.

“Hozir yoz, koʻp vaqtimni tashqarida oʻtkazyapman. Oʻq ovozlari quloqqa chalinib turibdi”, dedi u.

“Ishonamanki, prezidentimiz chegara daxlsizligining buzilishiga yoʻl qoʻymaydi”.

Afgʻoniston prezidenti Ashraf Gʻani “Markaziy va Janubiy Osiyo: mintaqaviy oʻzaro bogʻliqlik. Tahdidlar va imkoniyatlar” xalqaro konferensiyasida ishtirok etish uchun payshanba (15-iyul) kuni Toshkentga kelgan.

Tashrifi davomida Gʻani Afgʻonistondagi vaziyatni muhokama qilish uchun Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev bilan uchrashishi kutilmoqda.

Afgʻonistondagi mojarolar bu mamlakat bilan chegaradosh boʻlgan Oʻzbekiston va Tojikistonda ham qurbonlarga sabab boʻlishi mumkin, deydi Londonda yashovchi jurnalist Shohida Toʻlaganova.

“Chegaradagi barqarorlikni tiklash, janglarni toʻxtatish uchun barcha vositalarni ishga solish zarur. Tolibonning keyingi maqsadlari va harakatlari qandayligini bilmaymiz”, dedi Toʻlaganova.

Tinchlikka tahdid

“Tolibonga qarshi kurashuvchi jangchilar avval ham Oʻzbekiston chegarasini tez-tez kesib oʻtgan, hozirda ham shunday”, deydi Plexanov nomidagi Rossiya iqtisodiyot universitetining Toshkent filiali oʻqituvchisi Ravshan Nazarov.

“Ular orasida etnik oʻzbeklar koʻp va albatta Oʻzbekiston ularga – nafaqat oʻzbeklar, balki har qanday millatga mansub qochqinlar, jumladan tojiklar, turkmanlar, hazorlar va hatto Tolibonga qarshi urushayotgan pushtunlarga ham boshpana berishi kerak”, deb hisoblaydi u.

“Ammo bu vaqtinchalik boʻlishi lozim, qochqinlar Tolibonga qarshi kuchlar tomonidan nazorat qilinadigan (Afgʻonistondagi) hududlarga koʻchirilishi kerak”, deb qoʻshimcha qildi u.

Toliblarning MDH (Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligi) janubiy chegaralariga qaratilgan eng agressiv kuch sifatida paydo boʻlishi yaxshilik nishonasi emas, deydi Nazarov.

“Oʻtgan yillar davomida toliblarga qarshi qarshilik tojik-oʻzbek alyansiga tayanib kelganini unutmaslik kerak. Toliblar har qanday tojik yoki oʻzbekka, xoh afgʻonistonlik boʻlsin, xoh MDHdan boʻlsin, juda salbiy munosabatda”, dedi u.

“Bundan tashqari, agar ular Afgʻonistonda hokimiyat tepasiga keladigan boʻlsa, mulkni taqsimlash boʻyicha global mojaro boshlanishi mumkin. Zamonaviy Afgʻonistondagi “eng daromadli” biznes boʻlgan giyohvand moddalar savdosi ustidan nazorat – shular jumlasidan”.

Nazarovga koʻra, Tolibonning hokimiyat tepasiga kelishi tinchlik uchun doimiy va uzluksiz tahdiddir. Markaziy Osiyo davlatlari toliblarga qarshi kurashuvchi kuchlar bilan ham mintaqada, ham undan tashqarida hamkorlikni kuchaytirishi zarur.

Biroq, ayrim kuzatuvchilar Tolibonni Markaziy Osiyo uchun xavfli deb hisoblamaydi.

“Oʻylashimcha, Tolibon Markaziy Osiyo davlatlari uchun bevosita xavf tugʻdirmaydi”, deydi Fransiyada yashovchi oʻzbekistonlik siyosiy tahlilchi Kamoliddin Rabbimov.

“Afgʻonistondagi 20 yillik urush davomida Tolibonning dunyoqarashi sezilarli darajada oʻzgargan. Toliblar hokimiyatni qoʻlga kiritsa, Afgʻonistondan tashqarida, jumladan shimolda tajovuzkor harbiy operatsiyalar oʻtkazishga urinadi, deyishga hech qanday asos yoʻq”, dedi u.

“Toliblar oʻz yerlaridagi partizanlik urushlaridagina kuchli. Ammo chet elda, ularga notanish boʻlgan va yerlik aholi ularni qoʻllab-quvvatlamaydigan hududlarda muvaffaqiyatga erishishi dargumon”, dedi Rabbimov.

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 14

Siyosat * Majburiy 1500 / 1500

Men ham chegara yaqinida yashovchi oʻzbeklarni zudlik bilan evakuatsiya qilish kerak deb oʻylayman. Va bu doʻstlikni toʻxtating. Yoshlarga va yordamga muhtoj bolachalarga achinaman. Hammani oʻldirib tashlashyapti.

Javob berish

Salom. Men vatanim Oʻzbekiston fuqarosi va oʻgʻloni boʻlganim, vatan, prezident va Oʻzbekiston xalqi oldida qasamyod qilganim uchun, vatanimni va uning xalqini himoya qilishga doim tayyorman.

Javob berish

Odamingizni bersin! Olgʻa!

Javob berish

Tolibonlar ham odam. Odamga qarshi borayotgan odam. Savdoyi va qonxoʻr. Agar bu ishlari javobsiz qoladi, deb oʻylayotgan boʻlishsa, xato qilishadi. Yuqorida ularning tushiga ham kirmagan hukm kutib turibdi. Ular bu dunyoda ham bamisoli doʻzax ichida yashaydilar.

Javob berish

Nazarovning fikriga qoʻshilaman.

Javob berish

Chegaralarni boshqattan yopish kerak, tamom. Zarar keltiradigan doʻstlikdan voz kechish kerak.

Javob berish

Tinchlik boʻlsin

Javob berish

Evakuatsiya qilish kerak odamlarni chegaraga yaqin boʻlganlarini

Javob berish

Hech kim kafolat bermaydi Tolibon harakatini Oʻzbekistonga daxli yoʻq deb, chunki haligacha Muhammad Sodiqdek vatan xoinlari vatanimizga tish qayrab kelmoqda. Balki bu harakatlar Oʻzbekistonga qaratilgan urush taktikasidir avval chegaralarimiz yopiq edi, hozir doʻstona munosabatlarni tiklash uchun chegaralar ochildi, balkim bu tolibon harakati uchun ayni muddaodir, harqalay ogoh boʻlishimiz kerak, birinchi prezidentimiz aynan shu soʻzni takror va takror aytar edi

Javob berish

Biz yurtimizni himoya qilishga doim tayyormiz

Javob berish

Majburiy

Javob berish

Tinchlik boʻlsin

Javob berish

Fikrim shuki, hech kim toliblarning hujim qilmasligiga vaʼda berolmaydi. 2-Jahon urushida nemislarning qilgan ishi esimizda, hamon ruslar xotirjam oʻtirgan edi, bizga hujum qimiydi deb. Lekin biz hushyorlikka eʼtibor berishimiz va chegara hududlarimiz daxlsizligiga oʻz kuchlarimizni joylashtirishimiz kerak, deb qatʼiy ayta olaman, chunki ularga ishonib boʻlmaydi, deb hisoblayman. Davlatimizni asrash har birimizni burchimiz, kim boʻlishimizdan qatʼi nazar.

Javob berish

Botken voqealarini eslang oʻshanda qanday muammolar boʻlganini

Javob berish