Karvonsaroy
Diplomatiya

AQSH va Markaziy Osiyo joriy hamkorlik va Afgʻonistondagi vaziyatni muhokama qildi

Karvonsaroy

Amerika Qoʻshma Shtatlari, Afgʻoniston, Pokiston va Oʻzbekiston afgʻon zaminidagi tinchlik jarayonini qoʻllab-quvvatlash uchun toʻrt taraflama diplomatik platformani tuzdilar. [AQSHning Oʻzbekistondagi elchixonasi]

Amerika Qoʻshma Shtatlari, Afgʻoniston, Pokiston va Oʻzbekiston afgʻon zaminidagi tinchlik jarayonini qoʻllab-quvvatlash uchun toʻrt taraflama diplomatik platformani tuzdilar. [AQSHning Oʻzbekistondagi elchixonasi]

TOSHKENT – AQSH rasmiylari sheriklik munosabatlari istiqboli hamda COVID-19 pandemiyasi va Afgʻonistondagi beqarorlik kabi dolzarb muammolar yuzasidan Markaziy Osiyo bilan doimiy muloqot olib bormoqdalar.

Oʻtgan hafta AQSH prezidenti Jo Baydenning milliy xavfsizlik boʻyicha maslahatchisi Elizabet Shervud-Rendall AQSHning idoralalaro delegatsiyasi rahbari sifatida Toshkentda oliy darajadagi xalqaro anjumanda ishtirok etdi, deyiladi Oq Uy milliy xavfsizlik kengashining shanba (17-iyul) kungi bayonotida.

“Markaziy va Janubiy Osiyo: mintaqaviy bogʻliqlik. Tahdidlar va imkoniyatlar” nomli anjuman oʻtgan haftaning payshanba-juma kunlari boʻlib oʻtgan.

Oq uy Xavfsizlik kengashi, AQSH mudofaa mahkamasi va davlat departamenti vakillaridan iborat bu delegatsiyaning maqsadi Qoʻshma Shtatlar bilan mintaqaviy hamkorlikni mustahkamlashdir.

AQSH prezidenti Jo Baydenning milliy xavfsizlik boʻyicha maslahatchisi, doktor Elizabet Shervud-Rendall iyul oyida Toshkentda Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev bilan uchrashgan. [AQSHning Oʻzbekistondagi elchixonasi]

AQSH prezidenti Jo Baydenning milliy xavfsizlik boʻyicha maslahatchisi, doktor Elizabet Shervud-Rendall iyul oyida Toshkentda Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev bilan uchrashgan. [AQSHning Oʻzbekistondagi elchixonasi]

Oʻzining kirish nutqida Shervud-Rendall AQSHning Markaziy Osiyo bilan qariyb 30 yillik sheriklik aloqalarini alohida qayd etdi.

U tranzit, savdo va energetika markazi sifatidagi Markaziy Osiyo salohiyatini roʻyobga chiqarish vazifalariga AQSH hukumatining sodiqligini va ekologik sof infratuzilmalarni rivojlantirish zarurligini yana bir karra taʼkidladi.

U shuningdek, Markaziy Osiyo uchun tuzilgan C5+1 diplomatik platformasining davra suhbatida ham qatnashdi, uning ishtirokchilari COVID-19 pandemiyasi va Afgʻonistondagi beqaror vaziyat bilan bogʻliq muammolarni muhokama qildilar.

Shervud-Rendall Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev bilan turli masalalarni, shuningdek Qozogʻiston, Tojikiston, Turkmaniston va Oʻzbekiston rasmiylari bilan mintaqaviy xavfsizlikni mustahkamlash, gumanitar muammolarni hal qilish va mintaqada COVID-19ga qarshi vaksinatsiya koʻlamini kengaytirish masalasini muhokama qildi.

Afgʻoniston xavfsizligi

Anjuman davomida Shervud-Rendall, AQSHning Afgʻonistondagi tinchlik jarayoni boʻyicha maxsus vakili Zalmay Xalilzod va Oʻzbekistondagi AQSH elchisi Deniyel Rozenblyum Afgʻoniston prezidenti Ashraf Gʻani va ichki ishlar vaziri Muhammad Hanif Atmar bilan muzokara oʻtkazdi.

Ular Afgʻonistondagi xavfsizlik bilan bogʻliq beqaror vaziyat, AQSHning afgʻon hukumat kuchlariga yordami va tinchlikka siyosiy muzorakalar yoʻli bilan erishishda AQSHning diplomatik koʻmaginini muhokama qildilar.

Oʻtgan juma kungi uchrashuv yakunlari boʻyicha eʼlon qilingan C5+1 qoʻshma bayonotida olti ishtirokchi mamlakatning Afgʻonistondagi xavfsizlik va tinchlik maqsadlariga sodiqligi taʼkidlandi.

Markaziy va Janubiy Osiyo oʻrtasidagi savdo, transport va energetika aloqalarini mustahkamlash zaruriyati bilan bir qatorda, C5+1 Afgʻoniston xavfsizligiga oid maqsadlarini ham belgilab oldi. Bular quyidagilardan iborat: “Afgʻon zamini uchun barcha tomonlarning tasdigʻi bilan barqaror va qulay shartlar yaratish, siyosiy tartibga solishga oid mustaqil muzokaralarni tezlatish, adolatli va mustahkam tinchlikka erishishning yagona yoʻli sifatida muzokaralar vositasida siyosiy tartibga solish orqali barcha afgʻonistonliklarning asosiy huquqlarini hurmat qiluvchi inklyuziv siyosiy tizimga erishish, Afgʻonistonda zoʻrlik bilan yangi hokimiyat oʻrnatilishini qoʻllab-quvvatlamaslik, C5+1 aʼzolari yoki boshqa mamlakatlarga tahdid yoki hujum qilish uchun terrorchi va uchinchi taraf kuchlarining Afgʻoniston hududidan foydalanishiga hech qachon yoʻl qoʻyilmasligi

Toʻrt taraflama sheriklik

“Mintaqaviy aloqalarni mustahkamlashga qaratilgan yangi, toʻrt taraflama diplomatik platforma” AQSH delegatsiyasining Toshkentda olib borgan saʼy-harakatlarining yana bir samarasi boʻldi, deyiladi Toshkentdagi AQSH elchixonasining oʻtgan juma kungi bayonotida.

Amerika Qoʻshma Shtatlari, Afgʻoniston, Pokiston va Oʻzbekiston rasmiylari mintaqaviy aloqalarni mustahkamlashga qaratilgan yangi toʻrt taraflama platformani tuzishga kelishib olganlar.

Tinchlik va mintaqaviy aloqalar bir-birini mustahkamlashini eʼtiborga olgan holda, toʻrt mamlakat “savdo-sotiqni kengaytirish, tranzit aloqalarini yoʻlga qoʻyish va biznes aloqalarini mustahkamlashni koʻzlamoqda”, deyiladi elchixona bayonotida.

Tomonlar yaqin orada ushbu hamkorlikka oid tafsilotlarni ishlab chiqish uchun tez orada yana uchrashishni rejalamoqda.

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 0

Siyosat * Majburiy 1500 / 1500