Karvonsaroy
Salomatlik

AQSH Oʻzbekistonga 3 million doza COVID-19 vaksinasi sovgʻa qildi

Karvonsaroy va AFP

AQSHning Oʻzbekistondagi elchisi Deniyel Rozenblyum (chapdan uchinchi) Oʻzbekiston va AQSH rasmiylari bilan, 30-iyul kuni erta tongda Toshkent aeroportida olingan surat. Bu yerga vaksina tarqatish boʻyicha COVAX xalqaro dasturi doirasida COVID-19ga qarshi 3 mln doza Moderna vaksinasi keltirilgan. [AQSHning Oʻzbekistondagi elchisi/Twitter]

AQSHning Oʻzbekistondagi elchisi Deniyel Rozenblyum (chapdan uchinchi) Oʻzbekiston va AQSH rasmiylari bilan, 30-iyul kuni erta tongda Toshkent aeroportida olingan surat. Bu yerga vaksina tarqatish boʻyicha COVAX xalqaro dasturi doirasida COVID-19ga qarshi 3 mln doza Moderna vaksinasi keltirilgan. [AQSHning Oʻzbekistondagi elchisi/Twitter]

TOSHKENT – Juma (30-iyul) kuni Qoʻshma Shtatlar Oʻzbekistonga uch million doza vaksina sovgʻa qildi, deb xabar beradi AQSH elchisi. Vashington Afgʻoniston bilan chegaradosh Markaziy Osiyo davlatlari bilan aloqalarni mustahkamlashga intilmoqda.

Juma kuni ertalab elchixona xodimlari Toshkent xalqaro aeroportida uch million doza Moderna vaksinasini olib kelgan samolyotni kutib oldilar, deb yozadi Twitterda AQSH elchisi Daniyel Rozenblyum.

“COVAX doirasida Amerika xalqidan Oʻzbekiston xalqiga sovgʻa! Barchamiz emlanmagunimizcha bu virusni yenga olmaymiz!”

Afgʻonistondan qoʻshinlar olib chiqilar ekan, Vashington Markaziy Osiyodagi beshta postsovet respublika bilan hamkorlikni kengaytirishga intilmoqda.

AQSH Oʻzbekistonga sovgʻa qilgan 3 million doza Moderna vaksinasining bir qismi, 30-iyul kuni erta tongda Toshkent aeroportida olingan surat. [AQSH davlat kotibi Entoni Blinken/Twitter]

AQSH Oʻzbekistonga sovgʻa qilgan 3 million doza Moderna vaksinasining bir qismi, 30-iyul kuni erta tongda Toshkent aeroportida olingan surat. [AQSH davlat kotibi Entoni Blinken/Twitter]

Afgʻoniston bilan chegaradosh Markaziy Osiyoning yana bir mamlakati – Tojikiston ham shu hafta boshida COVAX xalqaro dasturi doirasida 1,5 million doza AQSHda ishlab chiqarilgan Moderna vaksinalarini qabul qilgan edi .

9,5 mln. kishilik aholiga ega sobiq sovet mamlakati rasmiylari urush iskanjasidagi qoʻshni davlatdan qochqinlar qabul qilishi mumkinligini aytgan boʻlsa-da, tashqi ishlar vaziri Sirojiddin Muhriddinning shu haftada maʼlum qilishicha, raqamlar boʻyicha qandaydir majburiyatlarni olishga hali erta.

Tojikiston hukumati shu oy boshida kattalar uchun vaksina olishni majburiy qilib qoʻygan edi.

34 million kishilik aholiga ega Oʻzbekistonda esa vaksinatsiyadan bosh tortgan xodimni ishdan chetlatishni koʻzda tutuvchi qonun koʻrib chiqilmoqda.

Xitoy va Rossiyaning “past sifatli” vaksinalari

Bu orada Xitoy va Rossiya tanqidchilar “vaksina diplomatiyasi” deb ataydigan siyosatni qoʻllab, nochor mamlakatlarning moyilligini qozonish uchun vaksinalarni hadya qilishga vaʼda bermoqda.

Xitoy prezidenti Si Szinpin Xitoyda ishlab chiqarilgan vaksinalarni “global jamoat manfaati” deb nomlagan, ammo xalqaro sogʻliqni saqlash mutaxassislari yangi shtammlar tarqashi ortidan sifatsiz vaksinalar yanada koʻproq muammo keltirib chiqarishi mumkinligidan ogohlantirmoqda.

Shu bilan bir vaqtda, Xitoy Jahon sogʻliqni saqlash tashkilotining (JSST) koronavirus pandemiyasining kelib chiqish sabablariga oid tergovlariga qarshilik qilib kelmoqda.

Shuningdek, Rossiya rejimi Gʻarbda ishlab chiqilgan vaksinalarni obroʻsizlantirish kampaniyasi bilan birga oʻzining “Sputnik V” vaksinasini reklama qilish boʻyicha keng qamrovli tashviqot kampaniyasini ishga tushirgan.

Ammo, sogʻliqni saqlash sohasidagi xalqaro mutaxassislarning taʼkidlashicha, “birinchi” boʻlish istagi vaksinaning sifatiga taʼsir qilgan, bir qator mamlakatlar Rossiya vaksinasining tarkibi yuzasidan oʻz xavotirlarini bildirganlar.

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 2

Siyosat * Majburiy 1500 / 1500

shunday qiyin paytda qoʻllab-quvvatlagani uchun amerikaliklarga rahmat, MO davlatlari hukumatlari sukut saqlayotgan bir paytda Sharqiy Turkistondagi birodarlarimizni qoʻllab-quvvatlagani uchun ham. Uyat ularga.

Javob berish

Bu bizni “Sputnik V”dan qutqaradi.

Javob berish