Karvonsaroy
Fan va texnologiya

F-35 jangovar qiruvchi samolyotlarining universalligi AQSH va ittifoqchilar xavfsizligini mustahkamlaydi

Karvonsaroy

Ikkita F-35 qiruvchisi yoqilgʻi quyilganidan keyin qoʻnmoqda, 2019-yil. [CENTCOM]

Ikkita F-35 qiruvchisi yoqilgʻi quyilganidan keyin qoʻnmoqda, 2019-yil. [CENTCOM]

Zamonaviy F-35 Lightning II qiruvchi samolyotlarining imkoniyatlari Qoʻshma Shtatlar va uning ittifoqdoshlariga dunyo boʻylab oʻz manfaatlarini himoya qilishga koʻmaklashmoqda.

2015-yilda ishlab chiqarilgan F-35 qiruvchisi Qoʻshma Shtatlardan tashqari yana 13 ta mamlakatda ishlatiladi: Buyuk Britaniya, Italiya, Gollandiya, Avstraliya, Norvegiya, Daniya, Kanada, Isroil, Yaponiya, Janubiy Koreya, Polsha, Belgiya va Singapur, deyiladi samolyotlarni ishlab chiqaruvchi Lockheed Martin mudofaa pudratchi kompaniyasining sanasi nomaʼlum bayonotida.

Samolyotni sotib olishni rejalashtirayotgan soʻnggi mamlakatlardan biri Shveytsariya iyun oxirida F-35A qiruvchilari bilan F-5 va F/A-18 samolyotlarini almashtirish niyatida ekanligini bildirgan. Qarrorning yakuniy tasdigʻi sentabr oyida oʻtajak referendum va parlamentga bogʻliq, deb xabar bergan Military.com.

Shveytsariya federal kengashi F-35 samolyotlarining mustahkamligi va vaziyatga moslashuvchanligi Shveytsariya qurolli kuchlarining havodagi kuzatuv missiyalari uchun muhimligini taʼkidlagan, deb xabar beradi Defence News iyun oyida.

AQSH bazasidan parvozga tayyorlanayotgan F-35, 2021-yil, may. [CENTCOM]

AQSH bazasidan parvozga tayyorlanayotgan F-35, 2021-yil, may. [CENTCOM]

“Samaradorlikka kelsak, havo maydonini muhofaza qilishda va kuzatishda F-35A eng yaxshi natijalarga erishishining sababi – uning eng yangi, juda kuchli va har tomonlama tarmoqli tizimlarni oʻz ichiga olganidir”, deb aytgan kengash.

Lightning II qiruvchisining uch turi bor.

AQSH havo kuchlari foydalanadigan F-35A anʼanaviy uchish va qoʻnish imkoniyatlariga ega.

AQSH dengiz piyodalari korpusi F-35B qiruvchisidan foydalanadi, u “xuddi vertolyot kabi havoga vertikal ravishda koʻtarila oladi va juda qisqa masofada qoʻna oladi”. Lockheed Martin kompaniyasiga koʻra, bu qiruvchidan murakkab, tor maydonli bazalarda va bir qator samolyot tashuvchilarda foydalanish imkoniyatini beradi”.

Uchinchi turi AQSH dengiz kuchlarining F-35C qiruvchisi boʻlib, u dunyoning istalgan burchagidagi AQSH aviatashuvchilarida faoliyat olib boradi.

Universallik

Bunday imkoniyatlari bilan F-35 uchuvchilari boshqa samolyotlarning imkoni boʻlmagan turli yuzalardan, platformalardan havoga koʻtarila oladi va qoʻna oladi hamda dushmanga istalgan tarafdan zarba berishi mumkin.

Beshinchi avlod qiruvchisining eng yuqori tezligi 1,6 Maxga teng (bu tovush tezligidan 1,6 ga yuqoriroq), jangovar masofasi esa – 1410 km.

Shu bilan birga, F-35 qiruvchisida “maxluq rejimi” boʻlib, bunda qurol nafaqat qanotda balki samolyotning ichki qismida ham saqlanadi, bu unga yanada halokatli kuch beradi.

Oddiy koʻrinmas rejimda, samolyot ichki qismida 2,6 tonna qurol-yarogʻ tashishi mumkin.

Maxluq rejimida esa bu imkoniyat toʻrt martaga oshib, 10 tonnaga yetadi, ayniqsa dushmanlarning havo hujumiga qarshi mudofaa tizimlari yoʻq qilinganidan keyin, F-35 oʻzining koʻrinmas rejimidan foydalanishi shart boʻlmay qoladi.

Oʻz qurol-yarogʻidan tashqari, qiruvchi boshqa qurol tizimlari imkoniyatlaridan ham foydalana oladi va oʻqotar salohiyatini kuchaytiradi.

F-35 hamkorlaridan biri – Aegis Combat System nishonlarga zarba berishda turli qurollarni boshqarish uchun kompyuter va radarlardan foydalanadigan birlashgan dengiz qurollari tizimidir.

F-35ning Aegis tizimiga qoʻshgan hissasi nishonlarni aniqlash radiusini kengaytirish orqali dushman hududida koʻrinmas missiyalarni amalga oshirishdir. Shu bilan birga, F-35 toʻgʻri jihozlansa Aegis boshqargan hujumlarni qoʻllab-quvvatlashda bombardimonchilik ham qilishi mumkin.

F-35 Aegis tizimining bebaho koʻmakchisi boʻlishi bilan bir qatorda, Tomahawk qanotli raketalari quvvati va masofasini oshiradi.

AQSH armiyasi Tomahawk raketalariga maʼlumotlarni qator manbalardan yetkazib turadi: samolyotlar, dronlar, sunʼiy yoʻldoshlar, askarlar, tanklar va kemalar. Bu samolyotlar orasida F-35 ham boʻlib, u nishonlarni koʻrinmas rejimda aniqlaydi.

Janglarda sinalgan

F-35 janglarda oʻz samaradorligini isbotlagan.

2018-yil may oyida Isroil birinchilardan boʻlib F-35Ani jangovar sharoitlarda qoʻllagan.

Shu yil may oyida Isroilning sakkizta F-35 qiruvchisi Gʻazo sektori shimolidagi Xamasga qarashli raketa uchiruvchi 50-70 ta punktni yoʻq qilishda ishtirok etdi.

2018-yil sentabrda AQSH dengiz piyodachilari korpusi F-35B yordamida Yaqin Sharqda birinchi jangovar missiyani olib bordi, hujumda Afgʻonistondagi Tolibonlarning ochiqlanmagan nishoniga zarba berilgan, deb xabar qiladi Military Times.

Defence News xabariga koʻra, AQSH havo kuchlari oʻzining F-35A qiruvchisidan 2019-yil aprel oyida foydalangan, unda “Islom davlati” (ID) tunellari tarmogʻi va Iroqdagi qurol-yarogʻ bazasiga zarba berilgan.

Aprel oyida Lockheed Martin oʻz bayonotida AQSH havo kuchlari AQSH markaziy qoʻmondonligi (CENTCOM) hududlarida 18 oy davomida F-35 samolyotlarini joylashtirgani haqida xabar bergan.

Bu vaqt mobaynida F-35 qiruvchilari 1319 ta jangovar parvozni amalga oshirdi. Ular “352 dona qurol tashlagan” va 25 mm kalibrdagi 3774 ta oʻq otgan, deyiladi bayonotda.

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 1

Siyosat * Majburiy 1500 / 1500

Ruslarni oʻrish uchun yaxshi oʻroqlar ekan.

Javob berish