OLMAOTA – Xitoy oʻzining Qozogʻiston eksportiga nisbatan siyosatini qatʼiylashtirmoqda – ayrim mutaxassislarning taʼkidlashicha, bu chora Xitoy rejimidan qochgan etnik qozoqlarga qochqin maqomini bergan Qozogʻistonni jazolashga qaratilgan.
Muammolar noyabr oyi oʻrtalaridan boshlangan – Xitoyning Shinjon viloyati maʼmurlari COVID-19 tarqalishiga qarshi kurash bahonasida bojxonadan olib oʻtiladigan mahsulotlar nazoratini kuchaytirganlar.
Xitoyga mart oyida yetkazilgan Qozogʻistonning don ortilgan vagonlari karantin cheklovlari sabab hali ham mamlakatga kiritilmagan. Bu haqda “Qozogʻiston temir yoʻllari” AJ boshqaruvi raisining oʻrinbosari Oralxan Kulakov 6-avgust kungi matbuot anjumanida maʼlum qilgan.
“Xitoy chegarasidan oʻtish muammoga aylandi”, dedi u Xitoyning 20-iyulga qadar imkon qadar koʻproq don import qilishga vaʼda bergani, unday qilmaganini eslatib.
Mart oyida XXRga yoʻnalgan “Qozogʻiston temir yoʻllari”ga qarashli yuk poyezdlari tekshiruvlarning kuchaygani sabab bir necha oy chegarada qolib ketar ekan, qozoq tomoni qoʻshni mamlakatga yuk tashishni toʻxtatib turishga majbur boʻlgan.
Oʻshanda chegarada toʻxtatilgan vagonlar soni 12 mingtaga yetgan. “Bu Qozogʻiston magistral tarmogʻi oʻtkazuvchanligiga salbiy taʼsir koʻrsatmoqda”, deb bayonot bergan Qozogʻiston temir yoʻllari.
Qozogʻiston temir yoʻllari “muammonni hal qilish uchun bir necha bor harakat qildi, ammo Xitoy imzolangan kelishuvlar va xalqaro bitimlarni pisand qilmayapti”, deyiladi Qozogʻiston temir yoʻllari xabarida.
Shu bilan bir vaqtda, Xitoyning qatʼiylashgan bojxona tekshiruvlari Xitoy va Qozogʻiston oʻrtasidagi chegara punktlarida katta tirbandliklarni keltirib chiqargan.
Qozogʻiston moliya vazirligining davlat daromadlari qoʻmitasiga koʻra, oʻtgan juma kunidan beri Qozogʻiston va Xitoy oʻrtasidagi “Baxti” chegara-nazorat punktida 150 ta transport vositasi turib qolgan.
“Nur Joli” chegara punkti kompyuterlarida 8 mingga yaqin yuk mashinasi kirish ruxsatnomasi olish uchun navbatga turgan, deb xabar bergan qoʻmita.
Qozogʻistonlik eksportchilar koʻrgan zarar
Qozogʻistonga nisbatan Xitoy bojxona siyosatining qatʼiylashuvi tizimli va davomli ekani oydinlashmoqda.
Oʻtgan yil noyabrdan beri Xitoy Qozogʻistondan 12 ming vagon turli mahsulotlarni qabul qilishdan bosh tortgan, deb xabar bergan Qozogʻiston temir yoʻllari.
Chegara nazoratiga oid choralar kuchaytirildi, deydi Qozogʻiston don birlashmasi vakili va “Severnoye Zerno” kompaniyalar guruhi asoschisi Yevgeniy Karabanov.
“Men sobiq xitoylik hamkorlardan biri bilan suhbatlashdim. U menga Xitoy hukumati uchrashuv oʻtkizgani, unda Shinjon hokimiga Qozogʻiston bilan chegarada nazoratni kuchaytirish buyurilganini aytdi”, deydi Petropavlovskda yashaydigan Karabanov.
Chegaradagi kechikishlar qozogʻistonlik eksportchilar va vagon egalarini hamkorlar oldidagi majburiyatlarini vaqtida bajarish imkoniyatidan mahrum qilgan va katta yoʻqotishlarga sabab boʻlgan.
Noyabr oyida Karabanov Xitoyga jami 670 ming AQSH dollariga (285 million tenge) teng 17 vagon zigʻir joʻnatgan, ammo Pekin tomonidan joriy qilingan cheklovlar yuk yuborilishini besh oyga toʻxtatib qoʻyib, mablagʻlarning muzlatilishiga olib kelgan.
“Oqibatda katta zarar koʻrildi, mening toʻlashim kerak boʻlgan qarzlarim bor”, deydi Karabanov.
Karabanovga koʻra, Pekin ayniqsa Qozogʻistonga nisbatan bojxona nazoratini qatʼiylashtirgan.
“Ular nimagadir bizni jazolashyapti, chunki Xitoyning boshqa mamlakatlarga nisbatan munosabati bunday emas”, deydi u.
Xitoydan hafsalasi pir boʻlgan
Pekinning xatti-harakatlari epidemiologik cheklovlar bilan bogʻliq boʻlishi ehtimoldan yiroq, deydi kuzatuvchilar.
Xitoy bojxona nazoratining qatʼiylashuvi shubhali tarzda oktyabr oyida, Qozogʻiston Shinjondan qochgan toʻrt nafar etnik qozoqqa boshpana berganidan keyin boshlangan.
Pekin bir milliondan ortiq uygʻurlar va boshqa turkiyzabon musulmonlarni “mafkuraviy tarbiya” lagerlari, hibsxona va qamoqxonalarni oʻz ichiga oluvchi 400 dan ortiq muassasalarga joylashtirgan.
Yana millionlab odamlar qatʼiy nazorat va kuzatuv ostida yashaydi.
Xitoyning bu choralari uning bosimidan qochayotgan etnik qozoqlarni himoya qilayotgan Qozogʻistonning hatti-harakatlaridan norozi ekanligini anglatadi, deydi xalqaro munosabatlar boʻyicha Nur-sultonlik tahlilchi Ruslan Nazarov.
“Bunga shubha yoʻq”, deydi u.
Nazarov iyun oyida Pekin Ukraina hukumatining Xitoydagi inson huquqlari vaziyatiga oid bayonotni imzolashiga qarshilik qilib, koronavirus vaktsinasi yetkazib berishni toʻxtatish bilan tahdid qilgan edi.
Xitoy bilan savdoda koʻpchilik qozogʻistonlik tadbirkorlarning avval-boshdan hafsalasi pir boʻlgan.
“XXR (Xitoy xalq respublikasi) bilan ishlash imkonsiz”, deb aytgan Nur-Sultonlik qurilish mollari yetkazib beruvchisi Daulet Ahmetov Karvonsaroy nashriga.
“Mahsulotlarni eksport qilishda u yerda turli tekshiruvlar va taftish idoralari kabi koʻplab toʻsiqlar borligidan tashqari, ularning harakatlarini ham avvaldan taxmin qilib boʻlmaydi”, deydi u.
“Mahsulotingizning barcha talab etilgan hujjatlari boʻlsa ham, juda koʻp xatarlarga duch kelasiz.”
Axmetov ham besh yil avval Xitoyga mahsulot eksport qilishga urinib, sezilarli zarar koʻrgan va qoʻshni davlat bilan boshqa hamkorlik qilish niyatida emas.
Karabanov ham Xitoy bilan kelishuvlarni toʻxtatgan.
“Men Xitoyga ortiq hech nima yubormayapman. Shundan keyin ham ular bilan ishlash uchun gʻirt ahmoq boʻlish kerak”, deydi u.
Xitoyga oʻxshagan insofsiz sheriklar uzoqroq yurish kerak. Don kerak boʻlmasa, ochidan oʻlsin.
Javob berishFikrlar 9
Xitoylar bilan umuman chegarani yopib tashlash kerak, oʻtlab kelishsin! ))
Javob berishFikrlar 9
Xitoy bilan savdo-sotiqni juda ehtiyotkorlik bilan kamaytirish kerak. Oʻz mamlakatimizda ishlab chiqarish va sanoatni rivojlantirishimiz kerak.
Javob berishFikrlar 9
Bizning qogʻozbozlarimiz Xitoy bilan savdo munosabatlaridagi muvaffaqiyatsizlik va omadsizlikni tan olishni istashmayapti. Xitoyliklar juda ayyor; ular Qozogʻistonda hayotni ogʻirlashtirmoqchi va oʻz shartlarini belgilashni xohlashadi. Rasmiylarimiz esa Xitoyga “qarzdorligi” uchun itoat qilishyapti. Gapning qisqasi, hammasi chatoq!
Javob berishFikrlar 9
Xitoy dunyoning savdo-sotigʻi va ishlab chiqarishini nazorat qilishiga ishonadi; Xitoy bilan juda ehtiyot boʻlishimiz kerak. Biz ham oʻz shartlarimizni bayon qilishimiz kerak.
Javob berishFikrlar 9
Hamma xitoy va dungan uygʻurlarini elchi bilan birga Xitoyga qayta joʻnatib yuborish kerak. Ularsiz ham kunimiz oʻtadi. Ular bilan savdo va barcha aloqalarni toʻxtatish kerak. Ular oʻzlarini oliy xalq deb hisoblaydilar. Korona [virus] ham ularning ishi. Tajribalari boshlariga yetadi bir kun.
Javob berishFikrlar 9
Manfaatli emas; Xitoy inson huquqlarini poymol qilmoqda. Shuning uchun hamkorlik qilish axloq qoidalariga zid
Javob berishFikrlar 9
Xitoy bilan barcha bitimlar FCA shartlariga muvofiq tuzilishi lozim: yuborish nuqtasi (Qozogʻistonda erkin yuk ortilgan transport vositalari nazarda tutilmoqda), shuningdek ularga xomashyo, qora va rangli metall rudalar va qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini sotish toʻxtatilishi kerak!
Javob berishFikrlar 9
Chin sulolasi davridayoq, Xitoy moʻgʻul zodagonlari oʻzini “notoʻgʻri” tutgan deb hisoblasa, koʻchmanchilar uchun muhim hisoblangan presslangan choy yetkazib berishni toʻxtatgan.
Javob berishFikrlar 9