Karvonsaroy
Tahlil

Markaziy Osiyo sammiti mintaqaviy hamkorlik yoʻlida qoʻyilgan navbatdagi qadam boʻldi

Kanat Altinbayev

Tojikiston prezidenti Imomali Rahmon (chapda), Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhammedov (chapdan ikkinchi), Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev (oʻrtada), Qozogʻiston prezidenti Qosim-Joʻmart Toʻqayev (oʻngdan ikkinchi) va Qirgʻiziston prezidenti Sadir Japarov 6-avgust kuni Turkmanistonning Avaza shahridagi sammit doirasida milliy mahsulotlar koʻrgazmasiga tashrif buyurdilar. [Qozogʻiston prezidenti matbuot xizmati]

Tojikiston prezidenti Imomali Rahmon (chapda), Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhammedov (chapdan ikkinchi), Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev (oʻrtada), Qozogʻiston prezidenti Qosim-Joʻmart Toʻqayev (oʻngdan ikkinchi) va Qirgʻiziston prezidenti Sadir Japarov 6-avgust kuni Turkmanistonning Avaza shahridagi sammit doirasida milliy mahsulotlar koʻrgazmasiga tashrif buyurdilar. [Qozogʻiston prezidenti matbuot xizmati]

OLMAOTA – Oʻtgan hafta Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining mintaqaviy sammiti – mintaqaning besh mamlakati oʻrtasidagi aloqalar iliqlashib, hamkorlik kuchayib borayotganining navbatdagi belsigi boʻldi.

Bu xatti-harakatlar Afgʻonistondagi Tolibon tahdidlariga qarshi turishga qaratilgani daʼvo qilinayotgan boʻlsa-da, kuzatuvchilar Kremlning asl maqsadlariga shubha bilan qaraydilar.

Turkmaniston, Oʻzbekiston, Qirgʻiziston, Qozogʻiston va Tojikiston rahbarlari 6-avgust kuni Turkmanistonning Avaza shahrida uchrashib, mintaqaviy muammolarni muhokama qildilar. Bu voqea mintaqaviy hamkorlik yoʻlida navbatdagi qadam boʻldi.

Besh prezidentning maslahat uchrashuvi shu turdagi uchinchi sammit boʻldi – ularning birinchisi 2018-yil mart oyida Nur-Sultonda, ikkinchisi 2019-yil noyabr oyida Toshkentda boʻlib oʻtgan.

6-avgust kuni Turkmanistonning Avaza shahridagi Markaziy Osiyo sammiti doirasida uchrashgan Qirgʻiziston prezidenti Sadir Japarov (chapda) va uning qozogʻistonlik hamkasbi Qosim-Joʻmart Toʻqayev birga suratga tushmoqdalar. [Qirgʻiziston prezidenti matbuot xizmati]

6-avgust kuni Turkmanistonning Avaza shahridagi Markaziy Osiyo sammiti doirasida uchrashgan Qirgʻiziston prezidenti Sadir Japarov (chapda) va uning qozogʻistonlik hamkasbi Qosim-Joʻmart Toʻqayev birga suratga tushmoqdalar. [Qirgʻiziston prezidenti matbuot xizmati]

Kun tartibida tobora Tolibon tarafidan egallab olinayotgan Afgʻonistondagi xavfsizlik yuzasidan hamkorlik masalasi muhokama qilindi.

Tolibon shaharlar va qishloq tumanlarida, jumladan, Tojikiston, Turkmaniston va Oʻzbekiston bilan chegaradosh viloyatlarda Afgʻoniston hukumat qoʻshinlariga qarshi jang qilmoqda.

Avazadagi sammitda Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlari “Afgʻon jamiyatida fuqarolar tinchligi va totuvligiga erishish uchun hech qanday yordamni ayamasliklarini” bayon qildilar, deyiladi qoʻshma bayonotda.

Shuningdek, ular “Afgʻonistonda xavfsizlik va barqarorlikni taʼminlash, mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy infratuzilmasini qayta tiklash va mamlakatni jahon iqtisodiyotiga jalb qilishga qaratilgan barcha manfaatdor davlatlar va xalqaro tashkilotlarning saʼy-harakatlarini” qoʻllab-quvvatlashini eʼlon qildi.

Bu pozitsiya 15-16-iyul kunlari Toshkentda besh Markaziy Osiyo davlati va AQSHni oʻz ichiga oluvchi “C5+1” guruhi ishtirokida boʻlib oʻtgan xalqaro anjumanda belgilangan avvalgi maqsadlarni oʻzida aks ettiradi.

Mintaqaviy hamkorlik

Avazada uchrashgan davlat rahbarlari yanada yaqinroq siyosiy va iqtisodiy hamkorlik orqali Markaziy Osiyoni birgalikda rivojlantirish va mustahkamlash yoʻllarini muhokama qildilar.

Xavfsizlik va barqarorlik, savdo, iqtisodiyot va investitsiyalar, transport va yuk tashish, qishloq xoʻjaligi va oziq-ovqat xavfsizligi, suv va energiya resurslari, atrof-muhitni muhofaza qilish va gender tengligi kabilar hamkorlikning ustuvor yoʻnalishlari sifatida belgilangan.

Mintaqa davlatlari, ayniqsa moliyaviy tizimni rivojlantirish va investitsiyalar jalb qilish orqali iqtisodiy jihatdan kuchliroq boʻlishni istaydilar.

Liderlar bir qator tashabbuslar yuzasidan kelishuvga erishdilar.

Markaziy Osiyo davlatlari Qozogʻistondagi Ostona xalqaro moliya markazidan (AIFC) bir-biri va chet ellik investorlar bilan oʻzaro aloqalar uchun iqtisodiy platforma sifatida foydalanishga qaror qilganlar.

Markaziy Osiyo davlatlari, shuningdek, toʻsiqsiz yuk tashishni taʼminlash, yangi xalqaro yoʻnalishlar yaratish va mavjudlarini modernizatsiya qilish orqali transport va tranzit sohasida yanada yaqinroq hamkorlikni rejalaganlar.

Shuningdek, ular iqlim oʻzgarishi oqibatlarini yumshatish, sahrolashuvga qarshi kurash, suvdan oqilona foydalanish, muzliklarni saqlab qolish va Sovet davridan qolgan uran chiqindixonalarini tozalash masalalarini ham muhokama qildilar.

Markaziy Osiyo davlatlari Sovet rejimi odamlar salomatligi va atrof-muhitga zararini inobatga olmay, 40 yil yadroviy poligon sifatida ishlatgan Qozogʻistonning Semey (sobiq Semipalatinsk) shahri ekologiyasini qayta tiklashda Birlashgan Millatlar Tashkiloti bilan hamkorlik qilish niyatida.

Rossiyaning mintaqaviy ambitsiyalari xavf ostida

Sammit Markaziy Osiyo davlatlari oʻrtasidagi hamkorlikning kuchayib borayotganidan dalolat beradi. Mintaqa 2016-yilda Oʻzbekistonda Mirziyoyev hokimiyatga kelguniga qadar, yigirma yildan koʻproq vaqt davomida asosan tarqoq boʻlib kelgan.

Oʻshandan beri Mirziyoyev mintaqaviy integratsiyani oʻz tashqi siyosatining asosiy yoʻnalishi qilib belgilagan.

Markaziy Osiyoning zaif va qaram boʻlishini xohlaydigan Kreml mintaqa saʼy-harakatlarining birlashuvidan manfaatdor emas, deydi Nur-Sultondagi Yevroosiyo integratsiyasi instituti direktori Urazgali Selteyev.

“Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlari haqiqatan ham oʻzaro til topib, murosaga kelishmoqda va har qachongidan ham yaqinroq hamkorlikka qiziqish bildirmoqda”, deydi Selteyev Karvonsaroy bilan suhbatda.

Ammo mintaqani oʻz orbitasiga yaqinlashtirmoqchi boʻlayotgan Rossiya esa Tolibon tahdidini bu maqsadga erishish yoʻlidagi qulay bahona deb biladi.

“Rossiya mintaqa xavfsizligi kafolati sifatidagi mavqeini mustahkamlash uchun Afgʻoniston tahdidlarini Markaziy Osiyo davlatlariga muntazam eslatib turadi”, degan edi Olmaotadagi risklarni baholash konsalting guruhi rahbari Dosim Satpayev Karvonsaroyga.

Moskva Markaziy Osiyo davlatlarini Rossiya hukmronligidagi Kollektiv xavfsizlik shartnomasi tashkiloti (KXSHT) tarkibida satellit davlatlarga aylantirish uchun Afgʻonistonni bahona oʻlaroq qoʻllab kelgan.

Boshqa muammolar

Markaziy Osiyolik tahlilchilar boshqa inqiroz va muammolarga ham ishora qilganlar.

Mintaqa mamlakatlari Afgʻonistonga emas, balki qurgʻoqchilik va suv tanqisligi kabi ichki muammolarga eʼtibor qaratishlari lozim, deydi Qozogʻiston milliy ishonch kengashi aʼzosi, siyosatshunos Marat Shibutov.

“Bu muammolar hal etilmas ekan, keskin mintaqaviy ziddiyatlarga olib kelishi mumkin”, dedi Shibutov Karvonsaroyga.

“Mamlakatlarimizda taraqqiyotning asosiy sohalarida integratsiyalashuv zarurligini tushunish tobora mustahkamlanib bormoqda”, deb yozadi 6-avgust kuni Markaziy Osiyo xalqaro institutining boʻlim boshligʻi, toshkentlik Alisher Sobirov.

U marhum qirgʻiz yozuvchisi Chingiz Aytmatovdan iqtibos keltirib shunday dedi: “Tarixiy birdamlik, tillarning oʻxshashligi va mushtarak urf-odatlarning mavjudligi bizga bir safda boʻlish va birgalikda yangi dunyoni, yagona sivilizatsiyalashgan jamiyatni barpo etish uchun son-sanoqsiz imkoniyatlar beradi”.

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 5

Siyosat * Majburiy 1500 / 1500

KAMAYTIRISH EMAS UMUMAN YO‘Q QILISH KERAK QARAMLIKNI.

Javob berish

Nihoyat, Markaziy Osiyo davlatlari oʻrtasida katta hamkorlik boshlanmoqda.

Javob berish

Birga boʻlinglar. Osonroq boʻladi. Birovingizda yoʻq narsa boshqangizda bor va aksincha. Qirgʻiziston va Tojikistonda suv bor, Qozogʻistonda don bor.

Javob berish

Rossiya orqavarotdan buzgʻunchilik qilib, zarar yetkaza boshlaydi. Ehtiyot boʻlishimiz kerak.

Javob berish

Sharq – nozik masala

Javob berish