OLMAOTA – Yuz bergan ayrim mayda-chuyda hodisalar bahonasida Rossiya rasmiylari Markaziy Osiyo mamlakatlarini rusiyzabon aholini “kamsitish va tahqirlashda” ayblamoqda.
Hammasi 2-avgust kuni Qirgʻiziston poytaxti Bishkekdagi savdo markazida mast xaridor u bilan qirgʻiz tilida emas, rus tilida gaplashgan kassirdan gʻazablanib, unga qarata kalkulyatorni irgʻitganidan boshlangan.
Bishkek politsiyasi mayda bezorilik holati boʻyicha jinoiy ish ochgan, chunki ayol jarohatlanmagan. Biroq, Rossiya ommaviy axborot vositalari bu voqea bahonasida Qirgʻizistonda rusiyzabon fuqarolarga zulm qilinayotgani haqida bong urmoqdalar.
Rossiya prezidenti huzuridagi fuqarolik jamiyatini rivojlantirish va inson huquqlari qoʻmitasi 8-avgust kungi bayonotida yuz bergan hodisani “Qirgʻizistondagi vatandoshlarga nisbatan nodoʻstona harakat” va “rusiyzabon aholini til va milliy belgilarga koʻra kamsitishga urinish” deb atadi.
Keyinroq kengash Rossiyada ishlab vatanidagi oilasiga pul yuborayotgan qirgʻiz diasporasi vakillari Rossiyada kamsitilmayapti, deyishgacha bordi.
“Rossiyada bu odamlarga nisbatan munosabat ularning millati yoki diniga qarab belgilanmaydi”, deyiladi bayonotda.
Kengash Qirgʻiziston hukumatini “vatandoshlarning kamsitilishi bilan bogʻliq barcha holatlarni imkon qadar tezroq va sinchkovlik bilan” tergov qilishga chaqirgan.
Rossiyalik deputatlar bu hodisaga mahkam yopishib oldilar.
10-avgust kuni Qirgʻizistonning Moskvadagi elchixonasi oldida norozilik tadbiri uyushtirgan Rossiya Davlat dumasi aʼzosi Vladimir Jirinovskiy qirgʻizistonlik migrantlarni Rossiyadan haydash va vataniga qaytarib yuborish kerakligini aytib tahdid qilgan.
“Bitta rusni uradigan boʻlsa, 10 mingta qirgʻizni haydash kerak. Ishsiz va pulsiz qolib koʻrishsin”, deb aytgan Jirinovskiy.
“Qandaydir muttahamlar Ukrainadan tortib, Markaziy Osiyogacha, butun postsovet makonida ruslarni tahqirlayapti, oʻldiryapti. Yana qachongacha chidaymiz?” deb hayqirgan u.
Davlat dumasining boshqa aʼzolari Vyacheslav Volodin va Leonid Slutskiy ham shunga oʻxshash istehzoli bayonotlar bilan chiqqan.
Natijada Qirgʻiziston tashqi ishlar vazirligi bunga munosabat bildirishga majbur boʻldi.
10-avgust kuni Qirgʻiziston tashqi ishlar vaziri Ruslan Kazakboyev bu masalani Rossiya elchisi Nikolay Udovichenko bilan muhokama qilib, “Rossiya rasmiylari alohida holatlarni Qirgʻizistondagi etnik ruslarning huquq va manfaatlarining tizimli buzilishi yoki fuqarolarni etnik va diniy belgilarga koʻra kamsitish deb baholamasliklari kerakligini” aytgan.
“Qirgʻizistonda rusofobiya yoki boshqa agressiv millatchilik koʻrinishlari mavjud emas, tarixni qayta yozishga urinishlar, haykallarga yoki rus tiliga qarshi kurash yoʻq”, dedi Kazakbayev rus tili mamlakatda rasmiy til ekanligini taʼkidlab.
Kazakbayev Rossiya elchisiga “ayrim rossiyalik siyosatchilarning muayyan provokatsion unsurlar manfaatiga xizmat qilgan holda bu kabi muammolar boʻyicha keskin bayonotlar berib, ularni omma oldiga olib chiqishi nomaqbul ish ekanini” aytgan.
Migrantlar gʻazabda
Rossiyaning bu reaksiyasi mamlakatdagi qirgʻizistonlik mehnat migrantlarining keskin eʼtiroziga sabab boʻldi. Ular Rossiyada har kuni duch keladigan mashaqqatlar oldida Bishkekdagi voqea arzimas ekanligini aytganlar.
“Markaziy Osiyolik migrantlarga munosabat qanday ekanligi hech kimga sir emas. Men bezorilar haqida emas, Rossiya hukumat idoralarida ishlaydigan odamlar, jumladan, pora bermagan migrantlarni noqonuniy qamab, kaltaklaydigan militsiya xodimlari haqida gapiryapman”, deydi Moskva supermarketida ishlaydigan, Qirgʻizistonning Chuy viloyati, Toʻqmoq shahridan kelgan Ulan Omorov.
“Shovinist bezorilarni esa gapirmasa ham boʻladi”.
Rossiyada radikal millatchilar – skinxedlar koʻp, ular migrantlarni terisining rangi va koʻzlarining shakli boshqacha boʻlgani uchungina metro va qorongʻi koʻchalarda ushlab olib, doʻpposlaydilar, deydi Omorov.
“Nima sababdan Rossiyalik huquq himoyachilari va siyosatchilar bu muammoni yashiradilar?” deydi u.
Rossiyada diskriminatsiya faqat migrantlar bilan sodir boʻlmaydigan koʻrinadi.
“Markaziy Osiyodan Rossiyaga kelganlar aeroportda pasport nazoratidan oʻtayotganidayoq ularga ikkinchi darajali odam kabi munosabatda boʻlishadi”, deb yozadi YouTube tarmogʻiga videolavhalarini joylab boradigan moskvalik sayohatchi bloger Ilya Varlamov oʻzining Telegram kanalida.
“Rossiya chegarachilari ularni sensirab gapiradi, haqorat qiladi, ularga baqiradi va qoʻpollik qiladi”, deb qoʻshimcha qildi u.
Ular Markaziy Osiyoliklarni kamsitib, “churka” deb atashadi, dedi u.
Rossiyada haqorat va kamsitish holatlari nafaqat Markaziy Osiyoliklar, balki kelib chiqishi osiyolik boʻlgan Rossiya fuqarolari bilan ham yuz beradi, deb yozgan Varlamov.
“Oʻzimizning rossiyalik yakutlar, buryatlar va qalmiqlardan soʻrab koʻring: vatanimiz poytaxtida ularga nisbatan qanchalik hurmat bilan munosabatda boʻlishadi, ijaraga kvartira olishi osonmi, koʻzlarining shakli boshqacha boʻlgani uchun “mentlar” tintuv qilishmaydimi?”
Sunʼiy muammolar
Bu orada Qozogʻistonda millatchilik ruhidagi blogger Kuat Axmetov mijozlarga faqat rus tilida xizmat koʻrsatadigan doʻkon va boshqa muassasalar aks etgan videolavhalarni joylagach, Qozogʻistonda ham rusiyzabon fuqarolarni himoya qilishga qaratilgan shu kabi kampaniya avj olgan.
Qozogʻiston qonunchiligi biznesga oid yozuvlarning faqat qozoq yoki ikki tilda boʻlishini talab qiladi.
Ruslar Axmetovning videolarini rus tilini Qozogʻiston ijtimoiy hayotidan siqib chiqarishga urinish deya baholaganlar.
Rossiya parlamentining yuqori palatasi – Federatsiya Kengashi spikeri oʻrinbosari Konstantin Kosachev gʻazabnok tanbeh bilan chiqdi.
“Qozogʻiston hukumati mamlakatlarimiz va xalqlarimiz oʻrtasidagi qoʻshnichilik munosabatlariga hech qanday aloqasi boʻlmagan bu jaydari millatchilarning sharmandali qilmishlariga baho berishi shart”, deb aytgan Kosachev 11-avgust kuni RIA Novosti axborot agentligiga.
Qozogʻiston ham Qirgʻiziston kabi Moskvadan kelgan ayblovlarni rad etdi.
Axmetovning xatti-harakatlariga Qozogʻiston huquq-tartibot idoralari “huquqiy jihatdan adolatli baho beradi”, ammo bunday hodisalar butun dunyoda sodir boʻlsa-da, “ular davlat tomonidan ragʻbatlantiradi yoki tendensiyaga aylangan” degani emas, dedi Qozogʻiston prezidenti Qosim-Joʻmart Toʻqayev administratsiyasi rahbarining birinchi oʻrinbosari Dauren Abayev 12-avgust kuni televideniyedagi suhbatda.
“Ikki-uch odamning noloyiq xatti-harakatlariga qarab, 19 million aholiga ega mamlakatdagi vaziyat haqida xulosa qilish mumkinmi? Menimcha yoʻq”, dedi Abayev.
Qozogʻistonliklarning 90 foizi rus tilini biladi, qozogʻistonlik maktab oʻquvchilarining uchdan biri rus tilida taʼlim oladi, dedi Abayev bu statistik maʼlumotlar Qozogʻistonda rus tili hurmat qilinishi va unga talab yuqori ekanini tasdiqlashini aytib.
Qozogʻistonda mutaassiblikka oid muammolar haqiqatdan koʻra uydirmaga yaqinroq, deydi siyosiy sharhlovchi va Turan Times axborot portalining bosh muharriri, Nur-sultonlik Gaziz Abishev.
Boshqa tomondan, Rossiyada shovinizm va irqchilik keng tarqalgan va hukumat ularning mavjudligiga koʻz yumadi, dedi Abishev.
“Bagʻrikenglik va insoniylikni oʻzingiz amalda qoʻllab-quvvatlasangizgina, boshqalarni bunga chaqirishga haqlisiz”, dedi Abishev Karavansaroy bilan suhbatda.
Sirkni mas’haraboz (kloun)siz tasavvur qilib boʻlmaganidek, Rossiya va MDHda yashayotgan ruslarning himoya va muhofazasi Jirinovskiyga qolibdimi. Sharqda maqol bor "It hurar, karvon oʻtar"
Javob berishFikrlar 21
Rossiyada Oʻrta Osiyo fuqorolariga juda yomon muomalada boʻlishadi, Rossiyaga kirgan kunidan boshlanadi, yaʼni Aeroportdan, buni hamma biladi
Javob berishFikrlar 21
Jirinovskiyga oʻxshaganlarni yoqvorish kerak.
Javob berishFikrlar 21
RUS TILINI SIQUVGA OLISH YO‘Q. FAQATGINA ONA TILI BO‘LGAN QOZOQ TILIDAGI MAʼLUMOT OLISH TALABI BOR. BU TABIIY, AXIR SIZ HAM O‘Z TILINGIZNI HIMOYA QILASIZKU? BIZ HAM SHU
Javob berishFikrlar 21
Haromilar
Javob berishFikrlar 21
Klounlarga shu kerak. Jamiyatda boʻlmaganidan keyin ularga (jamiyatda), xuddi Jirikka (Vladimir Jirinovskiy) oʻxshagan va hokazo arzimas nufuzli odam kerak kerak.
Javob berishFikrlar 21
Ular Rossiyada hammasini oʻylab topishgan, oʻzlari igʻvo qilishadi. Yaxshi emas...
Javob berishFikrlar 21
Saroy masxarabozlari (Kreml buyrugʻi bilan) rossiyaliklar boshqa tomonga qarashini xohlashi aniq.
Javob berishFikrlar 21
Toʻliq qoʻshilaman
Javob berishFikrlar 21
Muhim va kerakli maqola
Javob berishFikrlar 21
Men Moskvada oʻqiganman va doim rus shovinizmiga duch kelganman. Ular avval Rashkadagi hayotni yaxshilab olishsa boʻlardi. Aks holda, ketlari toʻla axlat boʻla turib, boshqalarni ozodalikka chaqirayotgandeklar.
Javob berishFikrlar 21
Ha
Javob berishFikrlar 21
Qoʻllab-quvvatlayman
Javob berishFikrlar 21
Markaziy Osiyo davlatlari birlashib ruslarga koʻrsatib qoʻyish kerak kim ekanligimizni...
Javob berishFikrlar 21
Gaziz Abishev maqola oxirida chiroyli gapirgan va nuqta qoʻygan, menimcha.
Javob berishFikrlar 21
“Ponayexali” soʻzining oʻzi koʻp narsani anglatadi
Javob berishFikrlar 21
Bu pakana Rossiya xalqi va boshqalar oʻrtasiga nizo soladi yaqinda
Javob berishFikrlar 21
Qoʻshnilarimizning imperialistik ambitsiyalari keragidan ortiq! Bu ketishda Rossiya yolgʻizlanib qoladi, butun dunyo undan yuz oʻgirib boʻldi!
Javob berishBoltiqboʻyi va Ukraina xalqlari ham ishni shundan boshlagan. Ular oʻz tili va erkinligi uchun kurashdi. Nega Rossiyada tepadagilardan hech kim ular haqida gapirmaydi?
Javob berishFikrlar 21
Rossiya postsovet makonda shovinizm markazi hisoblanadi.
Javob berishFikrlar 21
Ha, Rossiyada migrantlar va hatto mamlakatning rus boʻlmagan fuqarolari ham diskriminatsiya va haqoratlarga duch kelishadi.
Javob berishFikrlar 21