CHEBOKSARI, Rossiya – Rossiya rasmiylari xitoy-rus qoʻshma korxonasini Rossiyaning Chuvashiya Respublikasida ekologik meʼyorlarni buzganlikda aybladi. Bu mintaqaga Xitoy investitsiyalari oqimining jadallashuvi ehtimoliy korruptsiyaga oid noroziliklarni keltirib chiqargan.
Rasmiylar Sichuan-Chuvashiya xitoy-rus agrokorxonasini ijaraga berilgan qishloq xoʻjaligi yerlarini qarovsiz qoldirganlikda ayblaganlar. Hozirgi vaqtda bu yer maydoni yovvoyi oʻtlar bilan qoplangan boʻlib, oʻrmon yongʻinlari xavfini paydo qilmoqda, deb aytgan Rossiyaning qishloq xoʻjaligini tartibga soluvchi “Rosselxoznadzor” mahalliy idorasi rasmiylari 20-avgust kuni Ozodlik radiosiga.
Endi qoʻshma korxonaga 700 ming rublgacha (9500 AQSH dollari) jarima solinishi kutilmoqda.
Bundan ikki haftacha oldin Chuvashiyaning Bolshiye Algashi qishlogʻi raisi Maksim Medvedev 2019-yilda Sichuan-Chuvashiya qoʻshma korxonasiga yer maydonini ajratish boʻyicha jamoatchilik muhokamasiga oid hujjatlarni soxtalashtirgani uchun uch yildan koʻproq muddatga shartli qamoq jazosiga hukm qilingan edi.
Chuvashiya davlat kengashi deputati Aleksandr Andreyev Chuvashiyaning yuqori lavozimli amaldorlarini ushbu korxonaga noqonuniy ravishda yer ajratilishiga aloqadorlikda ayblagan.
Soʻnggi yillarda Chuvashiya aholisi mintaqani rivojlantirish bilan shugʻullanayotgan Xitoy kompaniyalariga qarshi qator namoyishlar oʻtkazib, mahalliy hokimiyatni bu loyihalar bilan bogʻliq korruptsiyada ayblaganlar.
Yuqori xatarli investitsiyalar
Xitoy turli mintaqalar, xususan Markaziy Osiyoda investitsiyaviy imkoniyatlardan faol foydalanib kelmoqda, lekin bunday loyihalar xatardan xoli emas.
Tahlilchilarning ogohlantirishicha, Xitoy mahsulotlarini tashishga koʻmaklashuvchi koʻp tarmoqli infratuzilma barpo etishga qaratilgan “Bir kamar – bir yoʻl” tashabbusi natijasida Markaziy Osiyo mamlakatlari Pekin oldida katta qarzga botishi mumkin.
Pekinning iddaosiga koʻra, avtomobil yoʻllari, temiryoʻl, dengiz portlari va boshqa infratuzilmalar qurilishini, shuningdek, Xitoy tarafidan moliyalashtiriladigan sanoat va taʼlim loyihalarini oʻz ichiga oluvchi bu loyiha unda ishtirok etuvchi mamlakatlarning boyishiga xizmat qilishi lozim.
Ammo voqelik shuni koʻrsatmoqdaki, “Bir kamar – bir yoʻl” loyihasi asosan Xitoy manfaatlariga, xususan, ichki energiya ehtiyojlarini qondirish, xalqaro bozorlarni egallash va eksportni oshirish kabi maqsadlarga xizmat qiladi.
“Bir kamar – bir yoʻl” Xitoyning geosiyosiy ambitsiyalarini amalga oshirish yoʻlidagi muhim vositadir, deyiladi Vashingtondagi Yangi Amerika xavfsizligi tadqiqot markazining 2019-yil apreldagi hisobotida.
Unga koʻra, “mezbon tarafning nazoratni boy berish, noshaffoflik, qarz, ikki marta qoʻllash ehtimoli va korrupsiya kabilarga olib keluvchi majburiyatlari Pekinning strategik aktivi hisoblanadi”.
Xitoyning qarz sirtmogʻi
Ayniqsa, loyihaga qoʻshilgan Markaziy Osiyo davlatlari milliardlab dollar qarzga botish xavfi ostida qolmoqda.
Masalan, mart oyi holatiga koʻra, Qirgʻizistonning tashqi qarzi 5 milliard dollarni tashkil etgan boʻlib, uning katta qismi (40% dan koʻprogʻi) Xitoyning Eksimbankiga tegishli, deb xabar beradi mamlakat moliya vazirligi.
Xavf ostidagi mamlakatlardan yana biri – Tojikiston.
2018-yilning bahorida u “Dushanbe-2” elektrostansiyasining modernizatsiyasi boʻyicha 330 million dollarlik qarzni toʻlash uchun Soʻgʻd viloyatidagi Yuqori Qumarg oltin konini 50 tonna oltin zaxirasi bilan Xitoyga bergan.
“Tojikiston qarz tufayli Pekinga qaram boʻlib qoldi”, degan edi oʻshanda dushanbelik huquqshunos olim Shokir Hakimov EurAsia Daily bilan suhbatda. Shu sababli, rasmiylar qarzlarni toʻlay olmasliklarini anglab, Xitoyning taklifiga rozi boʻlishdi va unga oltin konini topshirishdi”, dedi u.
Bu orada Qozogʻiston qishloq xoʻjaligi yerlarini chet elliklarga sotishni taqiqlovchi yangi qonun bilan voqealarning shu kabi rivojiga yoʻl qoʻymaslik choralarni koʻrmoqda.
13-may kuni prezident Qosim-Joʻmart Toʻqayev imzolagan qonun mamlakatga nisbatan Xitoyning hududiy tajovuzi va investitsiyaviy rejalari borasidagi xavotirlarni tasdiqlagan.
Bizda javobgarlik yoʻq demak rahbarlar qarzni olib investitsiya kiritib uni qaytarishni va shartlarini xech qachon oʻylamaydi eng katta jazo ishdan boʻshatishku bizda. Qarz shartnomalarini ham oʻqimasa kk bizdagilar xalqimiz mehnatkash oʻzi toʻlaydi.
Javob berishFikrlar 5
Zudlik bilan xitoyliklarni quvib chiqarish lozim, aks holda yaqiiinn kelajakda Xitoy hamma joylarni egallab olishadi
Javob berishHirotni kirgizmaslik kerak
Javob berishFikrlar 5
Nega endi “Rossiyaning” Chuvashiya respublikasi, shunchaki Chuvashiya respublikasi emas?
Javob berishFikrlar 5
Chuvashiya Rossiyadan ajralib chiqish tarafdori!
Javob berishFikrlar 5