Karvonsaroy
Iqtisodiyot

Toshkentda ayollarning iqtisodiyotdagi salohiyatini rivojlantirishga bagʻishlangan USAID cammiti oʻtkazildi

Karvonsaroy

Oʻzbek ayollari, 2019-yil 19-martda Toshkentda olingan surat. [Stanislav Xoʻjayev/AFP]

Oʻzbek ayollari, 2019-yil 19-martda Toshkentda olingan surat. [Stanislav Xoʻjayev/AFP]

TOSHKENT – 23-avgust (dushanba) kuni AQSH Xalqaro taraqqiyot agentligi (USAID) tomonidan Oʻzbekistonda ayollarning rasmiy iqtisodiyotdagi ishtirokini rivojlantirishga qaratilgan sammit oʻtkazdi.

“Ayollar kuchi: postpandemiya davri va undan keyingi tendensiyalar” deb nomlangan tadbir Toshkentda ayol rahbarlar, tadbirkorlar, faollar, inflyuyenserlar, blogerlar, biznes egalari va tegishli nodavlat tashkilotlari uchun tashkil etildi, deyiladi AQSHning Oʻzbekistondagi elchixonasi bayonotida.

Sammitda Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Tojikiston, Turkmaniston, Oʻzbekiston va Hindistondan 80 dan ortiq ishtirokchi qatnashdi.

Tadbirda COVID-19 pandemiyasining gender tengligiga taʼsiri, iqtisodning yuqori oʻsish surʼatlarini taʼminlash va ayollarning formal iqtisodiyotdagi ishtirokini yaxshilash zarurligi muhokama markazida boʻldi.

23-avgust kuni AQSH Xalqaro taraqqiyot agentligi (USAID) Toshkentda “Ayollar kuchi: pandemiya va undan keyingi davrdagi oʻsish tendensiyalari” mavzusida ayollar sammitini oʻtkazdi. [AQSHning Oʻzbekistondagi elchixonasi]

23-avgust kuni AQSH Xalqaro taraqqiyot agentligi (USAID) Toshkentda “Ayollar kuchi: pandemiya va undan keyingi davrdagi oʻsish tendensiyalari” mavzusida ayollar sammitini oʻtkazdi. [AQSHning Oʻzbekistondagi elchixonasi]

Oʻzbekistonlik Rayhona Qodirova 30-iyul kuni Tokio-2020 Olimpiadasida boks boʻyicha ayollar oʻrtasida yengil vazn (57-60 kg) toifasida oʻtkazilgan ilk bahsida gʻalaba qozondi. [Buda Mendes/AFP]

Oʻzbekistonlik Rayhona Qodirova 30-iyul kuni Tokio-2020 Olimpiadasida boks boʻyicha ayollar oʻrtasida yengil vazn (57-60 kg) toifasida oʻtkazilgan ilk bahsida gʻalaba qozondi. [Buda Mendes/AFP]

“Ayollar ishtiroki qayta qurish va iqtisodiyotni tiklash saʼy-harakatlarining tayanchi boʻlib qolmoqda”, deyiladi bayonotda.

Sammit Markaziy Osiyo va Hindistondan kelgan ayollarning pandemiyadan keyingi muammolar va COVID-19 oqibatlarini hal etishga qoʻshgan hissasini taʼkidlash uchun yuqori darajadagi muloqot platformasini yaratishga qaratilgan.

Shuningdek, ishtirokchilar kelajakdagi platformada ayollarning iqtisodiyotdagi salohiyati, pandemiyadan keyingi tendentsiyalar va gender tengsizligini bartaraf etish imkoniyatlarini muhokama qilish istagini bildirdilar.

“USAID uchun gender tengligi va ayollar imkoniyatlarini kengaytirish taraqqiyot sohasidagi saʼy-harakatlarimizning asosini tashkil qiladi”, dedi USAIDning Oʻzbekistondagi missiyasi rahbari Mikaela Meredit sammit ishtirokchilariga.

“Sammit davomida biz pandemiya va undan keyingi davr oqibatlariga qarshi kurashda ayollarning oʻziga xos rolini koʻrib chiqdik”, dedi u.

“Umid qilamanki, bu sammit doimiy ishlaydigan tarmoq platformasining yaratilishi uchun yoʻl ochadi va kelgusi yillar davomida ayollarning iqtisodiy integratsiyasi jarayonida ijobiy taʼsir qiladi”.

Tajriba almashinuvi

Soʻzga chiqqanlar pandemiya bilan bogʻliq muammolarni hal etish tajribasi va pandemiyadan keyingi voqelik sharoitida daromadni saqlab qolish va ish oʻrinlari yaratishda ayollarning oʻziga xos oʻrni bilan oʻrtoqlashdilar.

Ular butun Markaziy va Janubiy Osiyo boʻylab ayollarning saʼy-harakatlari, jumladan, COVID-19 vaktsinalarini ishlab chiqish, ijtimoiy innovatsiyalar, startaplar va ishchi kuchi talablarini qondirishga qaratilgan yangi taʼlim funktsiyalariga oid koʻplab misollar bilan tanishdilar.

Sammit USAID va Qozogʻiston xalqaro taraqqiyot agentligi tomonidan AQSH Savdo vazirligi bilan hamkorlikda tashkil etildi.

USAID mintaqadagi gender tafovutini kamaytirishni qoʻllab-quvvatlaydi va ayollarning bandligi bilan bogʻliq muammolarni hal etish bilan shugʻullanadi.

“Qizlar va ayollar uchun iqtisodiy imkoniyatlarning yaratilishi, taʼlim, savdo va iqtisodiy aloqalar imkoniyatlarining kengaytirilishi” taraqqiyot, oʻsish va farovonlikka ijobiy taʼsir koʻrsatadi, deyiladi xabarda.

Bayonotda aytilishicha, AQSH hukumati mintaqada ayollar rahbarligidagi korxonalarning uzoq muddatli iqtisodiy barqarorligi va raqobatbardoshligiga hissa qoʻshishga intilib keladi.

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 0

Siyosat * Majburiy 1500 / 1500