Karvonsaroy
Iqtisodiyot

Rossiya va Xitoyning ortga chekinishi sharoitida AQSH Qozogʻistonga toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy investitsiyalarni jadallashtirmoqda

Kseniya Bondal

Qozogʻistondagi neft burgʻilash minoralari, sanasiz surat. AQSH Qozogʻiston neft sanoatiga 1990-yillarning boshidan beri sarmoya kiritib keladi. [Qozogʻiston energetika vazirligi]

Qozogʻistondagi neft burgʻilash minoralari, sanasiz surat. AQSH Qozogʻiston neft sanoatiga 1990-yillarning boshidan beri sarmoya kiritib keladi. [Qozogʻiston energetika vazirligi]

OLMAOTA – Qozogʻistonning eng yirik xorijiy investorlari uchligiga kiradigan AQSH bu mamlakatga borgan sari kamroq sarmoya kiritayotgan Xitoy va Rossiyani ortda qoldirmoqda.

Qozogʻiston Milliy banki maʼlumotlariga koʻra, koronavirus pandemiyasi oqibatida yuzaga kelgan global iqtisodiy inqirozga qaramay, Qozogʻistonga toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy investitsiyalar hajmi yiliga 9,7 milliard dollarga oshgan.

1-aprel holatiga koʻra, Qozogʻistonga toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy investitsiyalar hajmi 167,2 milliard dollarni tashkil etdi. Gollandiya, AQSH va Frantsiya sarmoyadorlar roʻyxatida birinchi oʻrinni egalladi, deb xabar beradi Milliy bank.

1990-yildan beri Qoʻshma Shtatlar Qozogʻistonga deyarli 38,7 milliard dollar sarmoya kiritdi, deb xabar bergan edi bank aprel oyida.

25-avgust kuni Olmaotadagi McDonaldʻs restoranlarining birida tamaddi qilayotgan shaharliklar. [Kseniya Bondal/Karvonsaroy].

25-avgust kuni Olmaotadagi McDonaldʻs restoranlarining birida tamaddi qilayotgan shaharliklar. [Kseniya Bondal/Karvonsaroy].

Qozogʻistondagi yagona Cadillac avtosaloni, 25-avgust kuni Olmaotada olingan surat. [Kseniya Bondal/Karvonsaroy]

Qozogʻistondagi yagona Cadillac avtosaloni, 25-avgust kuni Olmaotada olingan surat. [Kseniya Bondal/Karvonsaroy]

Gollandiya 63 milliard dollar, Frantsiya 13,4 milliard dollar investitsiya kiritgan.

Ajablanarlisi, bu vaqt ichida Xitoy investitsiyalari atigi 5,6 milliard dollarni tashkil etgan.

Tendentsiyalardan ham koʻp narsani anglash mumkin: 2021-yilning birinchi choragida AQSH, Gollandiya va Frantsiyaning yangi sarmoyalari 2020-yilning birinchi choragidagi investitsiyalardan koʻproq boʻlgan, Xitoyning yangi investitsiyalari esa yil sayin kamaygan, deb xabar beradi bank 2020 va 2021-yilgi raqamlarni ochiqlamay.

Bundan tashqari, Qozogʻistonning Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqidagi (YOII) asosiy savdo hamkori boʻlgan Rossiyaning toʻgʻridan-toʻgʻri investitsiyalari hajmi 1990-yildan beri atigi 5,3 mlrd dollarni tashkil etgan.

Qoʻshma Shtatlar 1990-yillar boshidan beri Qozogʻistonga, asosan neft va gaz sohasida sarmoya kiritib keladi, deydi Nur-Sultonlik moliyaviy tahlilchi Andrey Chebotarev.

“Bu sohadagi eng yirik korxonalardan biri – Atirau viloyatidagi “Tengiz” neft koni boʻlib, u “Tengizshevroil” xalqaro konsortsiumi tomonidan tadqiq qilinmoqda”, dedi mutaxassis.

“Shevron” bu konsortsiumning 50% aktsiyasiga egalik qiladi. ExxonMobil, Qozogʻistonning “KazMunayGaz” davlat kompaniyasi va LukArco Rossiya-Amerika qoʻshma korxonasining ulushi mos ravishda 25%, 20% va 5% ga teng, deydi u.

Ehtimol, “Tengizshevroil”ning konni rivojlantirish uchun oʻz budjetini kengaytirgani Amerikaning Qozogʻistonga investitsiyalari hajmining oʻsishiga sababchi boʻlgandir, deb qoʻshimcha qildi u.

“Men Qoʻshma Shtatlardan sarmoya oqimining oʻsganini ularning bizga Markaziy Osiyodagi strategik sherik sifatidagi qiziqishi bilan bogʻlagan boʻlardim”, dedi u.

Xitoyning uzoqlashuvi

Chebotarevga koʻra, Xitoy sarmoyasining kamaygani bir necha omillar bilan izohlanishi mumkin.

Birinchidan, qozoqlar Xitoyning Shinjon mintaqasidagi musulmonlar uchun qayta tarbiyalash lagerlarini keskin tanqid qilib keladilar, dedi Chebotarev.

“Shu boisdan Xitoy Qozogʻistonga kapital oqimini kamaytirgan boʻlishi mumkin”, dedi u.

“Boshqacha aytganda, yonimizda shunday katta sherik borligini har doim ham yaxshi deb boʻlmaydi – Xitoy nodoʻstona ritorikamizdan keyin biz bilan istagan bitimini bekor qilishi mumkin.”

Ikkinchidan, Qozogʻiston neft sanoati bilan shugʻullanuvchi Xitoy kompaniyalari neft qazib olishni kengaytirmayapti, deydi u. Ular joylarda nisbatan arzon qurilish ishlarini olib bormoqda, xolos.

“Uchinchidan, Qozogʻiston Nur-Sultonda yengil relsli transport tizimini barpo etish uchun Xitoydan sarmoya ololmadi”, dedi u 2019-yilda Nur-Sultonda vaʼda qilingan, ammo amalga oshmagan transport loyihasi bilan bogʻliq mojaroga ishora qilib.

“Toʻrtinchidan, [Qozogʻistonga tegishli], Xitoyning “Bir kamar, bir yoʻl” tashabbusida faqat Xitoy va Qozogʻiston oʻrtasidagi nazorat-oʻtkazish punktlarini modernizatsiya qilish loyihasi bor edi. Lekin bu unchalik katta sarmoyalar emas”.

Rossiyaga kelsak, uning Qozogʻistonga kapital oqimi har doim kam boʻlgan, deb xulosa qildi Chebotarev.

Rossiyaning taʼsiri

Ammo Rossiya investitsiyalari kamayar ekan, Kreml Qozogʻistonni tobora oʻz izmiga solishga urinmoqda, deydi olmaotalik iqtisodchi Arman Beysembayev.

Avval bir vaqtning oʻzida AQSH, Rossiya, Xitoy, Turkiya va boshqa davlatlar bilan doʻstlik aloqalarini qoʻllab-quvvatlaydigan Qozogʻistonning koʻp qirrali siyosati samarali edi, biroq dunyo oʻzgarmoqda va yanada qutblashmoqda, deydi u.

“Endi esa bir tomonni tanlashimiz uchun bizga kuchliroq bosim oʻtkazilyapti. Yoki AQSHga yon bosib, hududimizga bostirib kiradigan Rossiyadek tajovuzkor qoʻshniga ega boʻlamiz yoki Rossiya taraf boʻlamiz va hech narsa qilolmaymiz”, dedi u.

Rossiya Qozogʻistonni YOIIni siyosiy ittifoq sifatida qabul qilishga majburlamoqda. Kreml YOII tuzilayotganda va yaqinda, hatto bir yil oldin uni iqtisodiy blok deb taʼriflagan edi, deya oʻz soʻzida davom etdi Beysembayev.

“Biz ularga geosiyosat va iqtisodni aralashtirmaslik kerakligini tushuntirishga urinyapmiz. Lekin Rossiya shunday pozitsiyani egallaganki, uning sanksiyalarga duchor boʻlishi va Gʻarb davlatlari bilan nizolaridan YOIIdagi sheriklari ham chetda qolmasligi kerakdek goʻyo”, dedi u 2014-yilda Rossiya Qrimni noqonuniy anneksiya qilganidan keyin kuchga kirgan xalqaro sanksiyalarga ishora qilib.

“[Iyun oyida] Sankt-Peterburgda Rossiya tashqi ishlar vaziri oʻrinbosari Aleksandr Pankin Rossiyaning YOII sanksiyalariga yagona javob choralari tayyorlayotganini aytib, bu haqda ochiq maʼlum qilgan edi”, dedi Beysembayev.

Qozogʻiston rahbarlari doim YOII majlislari paytida Rossiya belgilagan siyosiy dasturlardan voz kechishga muvaffaq boʻlib kelganlar, lekin ular buni qachongacha davom ettira olishi nomaʼlum, deydi u.

“Oxirgi bir yil ichida Rossiya bosh vaziri [Mixail] Mishustin Qozogʻistonga ikki marta tashrif buyurdi. Bu tasodif emas”.

“Rossiya bizga bu yerda nimalar boʻlayotganini kuzatib turganini va mamlakatda ham iqtisodiy, ham siyosiy manfaatlari borligini, endi Qozogʻiston mustaqil harakat qila olmasligini uqtirmoqchi”, dedi Beysembayev.

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 12

Siyosat * Majburiy 1500 / 1500

Agar amerikaliklarga ishonadigan boʻlsak, biz allaqachon shokoladda boʻlishimiz kerak, lekin aftidan, biz k...damiz

Javob berish

Shuncha vaqt Rossiya taʼsiri ostida yashadik, nima boʻldi? Oʻsha-oʻsha qashshoqlik. Amerika bilan doʻst boʻlgan yaxshiroq.

Javob berish

Qachongacha birovlardan umid qilib yashaymiz, endi odamlar sovxozlar yaxshi oʻylangan narsa ekanini tushunib yetganlarida, sovxozlarni tiklashi, barcha zaruriy narsalarni sotib olish uchun pul ajratish va shu sovxozda ishlashga rozi boʻlgan taxminan 7-9 kishidan iborat guruhni masʼul qilish kerak.

Javob berish

Qashshoq Rossiyada investitsiya uchun pulni qayerdan olarkin?

Javob berish

AQSH 75%ga ega, Qozogʻistonda esa 20%. Xo‘sh, buning nimasi yaxshi? Tushunmadim.

Javob berish

YOII tarkibidan chiqishimiz kerak, shunda mamlakatimiz toʻliq gullab-yashnaydi ☝️Rossiya

Javob berish

Yoʻq

Javob berish

Yoʻq

Javob berish

Bu Rossiya bilan birlashishdan koʻra yaxshiroq variant!

Javob berish

AQSH investitsiyalari yangi ish oʻrinlari, soliqlar, oylik maoshlar va boshqa iqtisodiy afzalliklarni anglatadi.

Javob berish

Yoʻq, gullab-yashnamaydi

Javob berish

Allaqachon gullab-yashnamoqda.

Javob berish