Karvonsaroy
Salomatlik

AQSH COVID-19ga qarshi kurashda yordam tariqasida Qirgʻizistonga shaxsiy himoya vositalarini hadya qildi

Karvonsaroy

26-avgust kuni Bishkekda AQSH Mudofaa vazirligi Qirgʻiziston Favqulodda vaziyatlar vazirligiga shaxsiy himoya vositalarini topshirdi. [AQSHning Qirgʻizistondagi elchixonasi]

26-avgust kuni Bishkekda AQSH Mudofaa vazirligi Qirgʻiziston Favqulodda vaziyatlar vazirligiga shaxsiy himoya vositalarini topshirdi. [AQSHning Qirgʻizistondagi elchixonasi]

BISHKEK – Payshanba (26-avgust) kuni AQSHning Bishkekdagi elchixonasi tarafidan umumiy qiymati 44 ming dollardan ortiq individual himoya ashyolarini topshirishi marosimi boʻlib oʻtdi, deyiladi elchixonaning juma kungi bayonotida.

Xayriya yordami AQSH Mudofaa vazirligi va AQSH Markaziy qoʻmondonligi (CENTCOM) nomidan Qirgʻiziston Favqulodda vaziyatlar vazirligiga (FVV) taqdim etilgan.

Niqoblar, himoya koʻzoynaklari va butun tana uchun moʻljallangan kostyumlarni oʻz ichiga olgan jihozlar FVV xodimlarini COVID-19dan himoyalashga xizmat qiladi.

Marosimda Favqulodda vaziyatlar vazirining oʻrinbosari Kalis Axmatov va boshqa qirgʻiz rasmiylari bilan birga, elchixonaning mudofaa ishlari boʻyicha katta xodimi, podpolkovnik Keyt Makki ham ishtirok etdi.

Shaxsiy himoya vositalaridan iborat bu yetkazma COVID-19ga qarshi kurash boʻyicha AQSHning Qirgʻizistonga koʻrsatgan 5 million dollardan ortiqroq yordamining bir qismidir, dedi Makki. “Kelajakda Qirgʻiziston Respublikasi bilan birgalikda ishlash va tayyorlash imkoniyatlarining kengayishidan umidvormiz.”

Ahmatov shaxsiy himoya vositalarini topshirgani uchun Qoʻshma Shtatlarga minnatdorchilik izhor etgan.

“Bungacha vazirlik va Qirgʻiziston respublikasidagi AQSH elchixonasi oʻrtasidagi hamkorlik doirasida tabiiy ofatlar xavfini kamaytirish va Qirgʻiziston favqulodda qutqaruv xodimlari malakasini oshirish sohasida sezilarli natijalarga erishilgan edi”, dedi u.

“Fuqarolik muhofazasi tizimi rivojlangan kuchli xorijiy davlatlarning tajribasi favqulodda qutqaruv xodimlarining kasbiy malakasini oshirish, umuman vazirlik salohiyatini kuchaytirish nuqtayi nazaridan biz uchun doim qiziq”, deydi Ahmatov.

“Bu borada ikki tomonlama munosabatlarni yanada rivojlantirishdan juda manfaatdormiz”, deb qoʻshimcha qildi u.

30 yillik hamkorlik

Qoʻshma Shtatlar va Qirgʻiziston 30 yildan beri xavfsizlik sohasida hamkorlik qilib, tabiiy ofatlarga tayyorgarlik va transmilliy tahdidlarga qarshi kurash muammolarini hal etib kelmoqda.

Oʻtgan yilning dekabrida AQSH Kasalliklarni nazorat qilish va profilaktika markazlari (CDC) Qirgʻizistonning COVID-19ga qarshi kurashi doirasida Bishkek, Norin, Oʻsh shaharlari va Otboshi tumaniga jami 652 ming dollarlik (53,9 mln. qirgʻiz soʻmi) laboratoriya ashyolari va uskunalarini yetkazib berishni boshlagan edi.

Yetkazib berilgan jihozlar 10 dona PCR uskunasini ham oʻz ichiga olgan boʻlib, ularning umumiy qiymati 300 ming dollardan (24,8 million qirgʻiz soʻmi) oshadi.

Bu yordam Qirgʻizistonning kunlik COVID-19 test olish imkoniyatini 2700 taga yetkazishga qaratilgan.

Xayriya yordami Qirgʻizistonga CDC tomonidan vaʼda qilingan 1,38 million dollarlik (114,1 million qirgʻiz soʻmi) yordamning bir qismi hisoblanadi.

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 1

Siyosat * Majburiy 1500 / 1500

AQSH – buyuk mamlakat.

Javob berish