Karvonsaroy
Xavfsizlik

Qozogʻiston Sovet davrining yadroviy sinovlari dahshatlarini yodga oldi

Kanat Altinbayev

Semipalatinsk (hozirgi Semey) yadro poligoni, sanasiz surat. 1949-yildan 1989-yilgacha Sovet Ittifoqi Semipalatinskda 456 ta yadro sinovi oʻtkazgan. [BMT]

Semipalatinsk (hozirgi Semey) yadro poligoni, sanasiz surat. 1949-yildan 1989-yilgacha Sovet Ittifoqi Semipalatinskda 456 ta yadro sinovi oʻtkazgan. [BMT]

OLMAOTA – Yakshanba (29-avgust) kuni Qozogʻiston rasmiylari Semipalatinsk (hozirgi Semey) poligoni yopilishining 30 yilligi va Xalqaro yadroviy sinovlarga qarshi kurash kunini turli tadbirlar bilan nishonladilar – ular Kreml sovet davridagi yadro sinovlarining halokatli oqibatlarini pasaytirib koʻrsatishda davom etayotgan bir paytda oʻtkazildi.

Oʻtgan juma kuni Belgiyaning Ipr shahrida Qozogʻistonning Belgiyadagi elchisi Margulan Baymuxan, Belgiya-Qozogʻiston parlamentlararo guruhi raisi Tim Vandenput, Ipr burgomistri (shahar hokimi) oʻrinbosari Filipp Boll hamda ilmiy doiralar va nodavlat tashkilotlar vakillari yadroviy sinovlar qurbonlari xotirasini yodga oldilar.

23-avgust kuni Qozogʻiston elchixonasi Shveytsariyaning Bern shahrida SSSR davrida Qozogʻiston shimoli-sharqidagi dashtda barpo etilgan Semipalatinsk poligoni yopilganining 30 yilligiga bagʻishlangan tadbirni oʻtkazdi.

Qozogʻistonning Shveytsariyadagi elchisi Alibek Baqoyev tadbirning asosiy maqsadi shveytsariyaliklarni yadroviy sinovlar oqibatlaridan xabardor qilish va yadroviy quroldan butunlay voz kechishga erishish uchun birgalikdagi saʼy-harakatlarni jadallashtirish ekanligini aytdi.

23-avgust kuni Vena shahridagi BMT binosining markaziy zalida oʻtkazilgan koʻrgazmada Qozogʻistondagi Semipalatinsk yadro poligoniga oid noyob fotosuratlar va tarixiy hujjatlarning nusxalari, jumladan, oʻsha paytdagi Qozogʻiston prezidenti Nursulton Nazarboyevning poligonni yopish toʻgʻrisidagi farmoni, shuningdek qurolsizlanishga oid bolalar rasmlari namoyish etilgan. [Qozogʻistonning Shveytsariyadagi elchixonasi]

23-avgust kuni Vena shahridagi BMT binosining markaziy zalida oʻtkazilgan koʻrgazmada Qozogʻistondagi Semipalatinsk yadro poligoniga oid noyob fotosuratlar va tarixiy hujjatlarning nusxalari, jumladan, oʻsha paytdagi Qozogʻiston prezidenti Nursulton Nazarboyevning poligonni yopish toʻgʻrisidagi farmoni, shuningdek qurolsizlanishga oid bolalar rasmlari namoyish etilgan. [Qozogʻistonning Shveytsariyadagi elchixonasi]

23-avgust kuni Qozogʻistonning Shveytsariyadagi elchixonasi Bern shahrida Qozogʻistondagi sovet davriga oid Semipalatinsk yadro poligoni yopilganining 30 yilligiga bagʻishlangan tadbir oʻtkazdi. [Qozogʻistonning Shveytsariyadagi elchixonasi]

23-avgust kuni Qozogʻistonning Shveytsariyadagi elchixonasi Bern shahrida Qozogʻistondagi sovet davriga oid Semipalatinsk yadro poligoni yopilganining 30 yilligiga bagʻishlangan tadbir oʻtkazdi. [Qozogʻistonning Shveytsariyadagi elchixonasi]

Shuningdek, Birlashgan Millatlar Tashkilotining (BMT) Vena shahridagi binosida yadroviy sinovlar mavzuiga bagʻishlangan koʻrgazma tashkil etilgan boʻlib, u yerga tashrif buyuruvchilar noyob fotosuratlar va tarixiy hujjatlar nusxalari bilan tanishishlari mumkin.

Qozogʻistonning oʻsha paytdagi prezidenti Nursulton Nazarboyevning poligonni yopish haqidagi farmoni, shuningdek, bolalarning qurolsizlanish mavzusiga oid rasmlari shular jumlasidandir.

Koʻrgazma, shuningdek, poligon faoliyati va uning yopilishi bilan bogʻliq nodir fotosuratlar va videolavhalar taqdimotini ham oʻz ichiga olgan.

1991-yilda Semipalatinsk poligonining yopilishi Qozogʻistonning yadroviy quroldan butunlay voz kechish hamda mahalliy aholi hayoti va sogʻligʻiga yetkazilayotgan zararni toʻxtatish yoʻlidagi ilk qadami boʻldi.

Qozogʻistonning tashabbusi bilan, 2009-yil dekabr oyida Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasi yadroviy sinovlarning oqibatlari yuzasidan ogohlikni kuchaytirish maqsadida Yadroviy sinovlarga qarshi kurash xalqaro kuniga asos solgan edi.

Sovet hukumati 1949-yildan 1989-yilgacha Semipalatinskda 456 ta yadroviy qurol sinovlarini oʻtkazib, mahalliy aholi salomatligiga oʻnglanmas zarar yetkazdi.

Ularning koʻpchiligi jiddiy kasalliklardan vafot etgan yoki bugungi kungacha azob chekmoqda. Radioaktiv moddalar qoldiqlari koʻp yillar davomida yerni zaharlagan.

Rossiya tashviqoti

Semipalatinsk poligoni hududida odamlar yashaydigan dunyodagi yagona yadroviy poligon edi, deydi Qaragʻanda ekologik muzeyining taraqqiyot boʻyicha direktori Dmitriy Kalmikov Karvonsaroyga.

“Aslida SSSR yadroviy qurollarni oʻz fuqarolarida surbetlarcha sinovdan oʻtkazgan”, dedi u.

Kalmikovning soʻzlariga koʻra, Sovet hukumati hatto muntazam yadroviy portlashlar vaqtida ham mahalliy aholini xavfsiz hududlarga koʻchirmagan. Bu yerda hozirgacha bir necha ming kishilik aholi istiqomat qiladi, deb qoʻshimcha qildi u.

Ayni paytda, Rossiya tashviqot va “ekspertlar” yordamida Semipalatinskdagi yadroviy sinovlar oqibatlarini kamaytirib koʻrsatishga urinmoqda.

Rossiyalik qurollar tahlilchisi va Rossiya strategik raketa qoʻshinlari faxriysi Vladimir Yevseyev 2020-yil iyul oyida RIA Novostiga bergan intervyusida Semipalatinskni yopib qoʻygan qozogʻistonlik ekologlarni “haddan tashqari hissiyotga berilishda” ayblagan, sababi ular poligonning Qozogʻistonga tiklab boʻlmaydigan ziyon keltirganini daʼvo qilganlar.

U yerda kelib chiqqan tibbiy va ekologik zararga Qozogʻistonning oʻzi aybdor, deb taʼkidlagan u.

“Muammolar keyinroq, poligon yopilganidan keyin paydo boʻlgan. Mahalliy rahbariyat bu hududni yetarli darajada nazorat qilmagan”, deb aytgan Yevseyev. “Odamlar poligonda rangli va qimmatbaho metallar izlaganlar, bu ularning salomatligiga jiddiy putur yetkazgan.”

Bu kabi bayonotlar Semipalatinskliklarni gʻazablantirgan.

Hududda saraton kasalliklari va tugʻma nuqsonlar koʻp uchraydi, deydi 16 yil avval Semeydan Olmaotaga koʻchib oʻtgan Nazira Ormanbayeva.

“Bularning bari SSSR oʻz xalqini oʻylamagani sababli, hozir Rossiya ham shu yoʻldan borib, oʻz xatolarini yashirishga harakat qilyapti”, deb aytgan u Karvonsaroy nashriga.

Sovet siyosatining takrorlanishi

Rossiya ham oʻz fuqarolari salomatligi va hayotidan koʻra yadroviy kuch-qudratni ustun qoʻyish bilan sovetlar siyosatini davom ettirmoqda.

Barents va Kara dengizlari oʻrtasida joylashgan Novaya Zemlya orolidagi Rossiyaning asosiy yadroviy poligonida 1954 va 1990-yillar oraligʻida 132 ta yadroviy sinov oʻtkazilgan. Hozirgi vaqtda bu yerda mavjud boʻlgan yadroviy jangovar kallaklarning ishonchliligini tekshirish uchun noyadroviy sinovlar oʻtkazib turiladi.

Tahlilchilarga koʻra, armiya agar texnik zaruriyat tugʻilsa, u yerda yangi jangovar kallaklarning yadroviy sinovlarini boshlab yuborishga doim tayyor.

Orolda askarlar va ularning oilalari uchun yangi uylar va infratuzilma barpo etilmoqda.

“Shu yilning oʻzida pudratchi harbiylar uchun 236 xonadonga ega ikkita koʻp qavatli bino, umumiy yotoqxona va bogʻchani foydalanishga topshiramiz”, deb aytgan Rossiya poligoni rahbari Andrey Sinitsin iyun oyida Rossiya qurolli kuchlarining “Zvezda” telekanaliga.

“Infratuzilmaning bunday rivojlantirilishi” Rossiyaning amaldagi rahbariyati aholi salomatligidan koʻra yadroviy maqsadlarini ustun qoʻyishini yana bir karra isbotlaydi, deydi Ormanbayeva.

“SSSR ancha oldin parchalangan boʻlsa-da, Rossiyaning siyosiy rejimi oʻzgargani yoʻq”, deb aytgan u.

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 1

Siyosat * Majburiy 1500 / 1500

Sovet jinoyatlari ruslardan boshqa barcha xalqlarga qarshi qaratilgan edi.

Javob berish