Karvonsaroy
Inson huquqlari

Qozogʻiston Shinjon qochqinlarni tan olar ekan, Xitoyga nisbatan bosim kuchayib bormoqda

Kanat Altinbayev

9-mart kuni Olmaotadagi Xitoy konsulligi oldida erining Xitoyda hibsga olinganiga norozilik bildirayotgan 48 yoshli Gulnur Kosdaulet (chapdan ikkinchi). [Abduaziz Madyorov/AFP]

9-mart kuni Olmaotadagi Xitoy konsulligi oldida erining Xitoyda hibsga olinganiga norozilik bildirayotgan 48 yoshli Gulnur Kosdaulet (chapdan ikkinchi). [Abduaziz Madyorov/AFP]

OLMAOTA – Faollarga koʻra, Qozogʻistonning Xitoydan kelgan etnik qozoqlarga qochqin maqomini berish bilan Pekinning inson huquqlarini buzayotganini tan olmoqda.

Yaqinda yuz bergan holatlarning birida, Xitoyning Shinjon mintaqasida yashagan etnik qozoq Rahidjon Zaynulla Xitoy qamoqxonasidagi 16 yillik mahbuslikdan soʻng, Qozogʻiston fuqaroligini tasdiqlovchi hujjatni oldi, deb xabar beradi Ozodlik radiosining qozoq xizmati 26-avgust kuni.

58 yoshli Zaynulla rafiqasi Farida Qobilbek bilan jurnalistlarga intervyu bosh tortgan – u buni Xitoy qamoqxonasida maʼlumotlarni oshkor qilmaslik toʻgʻrisida kelishuv imzolagani bilan izohladi.

Zaynulla Qozogʻistonga etnik qozoqlarni jalb qilish (avvalgi nomi “Oʻralman”, hozirgi nomi “Qondosh”) davlat dasturi doirasida 1990-yillar oxiridayoq koʻchib kelgan va 2004-yilda hukumat unga fuqarolik taqdim etish haqidagi arizani maʼqullagan.

Xitoy shimoli-gʻarbidagi Shinjon viloyati, Qashgʻardan shimolda joylashgan Artush shahridagi kasb-hunar taʼlimi markazi, 2-iyun, 2019-yil. Bu muassasa asosan musulmonlardan iborat etnik ozchiliklar saqlanadigan “qayta tarbiyalash” lageri deb ishoniladi. [Greg Beyker/AFP]

Xitoy shimoli-gʻarbidagi Shinjon viloyati, Qashgʻardan shimolda joylashgan Artush shahridagi kasb-hunar taʼlimi markazi, 2-iyun, 2019-yil. Bu muassasa asosan musulmonlardan iborat etnik ozchiliklar saqlanadigan “qayta tarbiyalash” lageri deb ishoniladi. [Greg Beyker/AFP]

Qozoq-xitoy chegarasining Qozogʻiston tarafidagi logistika markazi – “KTZE-Khorgos Gateway” quruqlik portining koʻrinishi, 2019-yil, 15-aprel. Oʻtgan yilning noyabridan beri Xitoy oʻz chegarasida 12 mingga yaqin Qozogʻiston temir yoʻl vagonlarini toʻxtatib qolgan. [Abduaziz Madyorov/AFP]

Qozoq-xitoy chegarasining Qozogʻiston tarafidagi logistika markazi – “KTZE-Khorgos Gateway” quruqlik portining koʻrinishi, 2019-yil, 15-aprel. Oʻtgan yilning noyabridan beri Xitoy oʻz chegarasida 12 mingga yaqin Qozogʻiston temir yoʻl vagonlarini toʻxtatib qolgan. [Abduaziz Madyorov/AFP]

Ammo fuqarolikni tasdiqlovchi hujjatni olguniga qadar, Shinjondagi qarindoshlarini ziyorat qilgani borgan Zaynulla u yerda josuslikda ayblanib hibsga olinadi va 13 yilga ozodlikdan mahrum etiladi.

Qamoq muddati tugagach, mahalliy huquq-tartibot idoralari Zaynullani ozod qilishadi, 2018-yilda esa qayta hibsga olib, uni 18 oyga “siyosiy qayta tarbiyalash lageriga” yuborishadi.

U Qozogʻistonga shu yil aprel oyidagina qayta oldi.

Pekin Shinjondagi musulmonlarga qarshi tazyiqlar doirasida bir milliondan ortiq uygʻurlar va boshqa turkiyzabon musulmonlar, jumladan etnik qozoqlarni “siyosiy qayta tarbiyalash” lagerlari, tergov hibsxonalari va qamoqxonalarni oʻz ichiga olgan 400 ga yaqin muassasalarda saqlab kelmoqda.

Yana millionlab odamlar qatʼiy kuzatuv va nazorat ostida yashayotgani aytiladi.

Avvaliga Shinjonda lagerlar mavjudligini inkor etgan Pekin keyinroq ularni terrorchilikka barham berish va bandlikni yaxshilashga qaratilgan “kasb-hunar taʼlimi markazlari” deya oqlashga urindi.

Biroq, mustaqil tergovlar, sobiq mahbuslar bilan oʻtkazilgan suhbatlarda jismoniy va ruhiy qiynoqlar, ongni zaharlash, muntazam zoʻrlashlar, jinsiy tahqirlash va boshqa dahshatli amaliyotlar tilga olingan.

200 kunlik norozilik amaliyoti

Qozogʻistonliklar yil boshidan beri Olmaota shahridagi Xitoy konsulligi oldida har kuni norozilik namoyishi oʻtkazib, Pekindan Shinjondagi musulmonlarga qarshi tazyiqlar doirasida hibsga olingan qarindoshlari va doʻstlarini qoʻyib yuborishni talab qilganlar.

Vlast.kz xabariga koʻra, 26-avgust – Olmaotadagi uzluksiz norozilik namoyishlarining 200-kuni boʻldi.

“Men bu yerda bir necha oydan beri turibman. Xitoy uch nafar aybsiz oʻgʻlimni qamoqdan ozod qilmagunicha turaveraman”, deydi may oyida politsiya tarafidan hibsga olinib, qoʻyib yuborilgan namoyishchi Xolida Akitxanqizi Karvonsaroyga.

“Hatto ular tirikmi-yoʻqmi, bilmayman.”

Hozirga qadar namoyishchilardan faqat bittasi – Farida Qobilbekning yaqin odami Qozogʻistonga qaytarilgan.

Qozogʻiston hukumati oʻtgan yilning oktabr oyida Xitoy hukumatining Shinjondagi tazyiqlaridan qochib kelgan toʻrt nafar etnik qozoqqa qochqin maqomini bergan edi.

Qozogʻiston inson huquqlari va qonun ustuvorligi xalqaro byurosi yuristi Gulmira Kuatbekova bu qarorni yaxshi siyosiy qadam deb atagan.

“Qozogʻiston davlat sifatidagi nufuzini oshirishi kerak. Axir ular bizning vatandoshlarimiz”, deydi u Karvonsaroy bilan suhbatda.

Qochqinlik maqomi yangi kelganlarga Qozogʻistonda ishlash va tadbirkorlik bilan shugʻullanish, shuningdek, tibbiy xizmat va taʼlim olish huquqini beradi, dedi u.

Keyingi qadam Qozogʻistonda yashash uchun ruxsat olishdir, dedi u. Ammo, Xitoydan kelganlar uchun bu amaliyot birmuncha murakkab, chunki ular migratsiya idoralariga Xitoy fuqaroligidan chiqqanliklarini tasdiqlovchi guvohnoma taqdim etishlari lozim.

Tushunarli sabablarga koʻra, Xitoy konsulligi bu hujjatni bermaydi, shu sabab Xitoydan kelganlar fuqarolik olish amaliyotlari oʻrniga qochqinlik maqomini izlashga majbur boʻladilar.

“Biz bu vaziyatdan chiqish yoʻllarini izlaymiz”, deydi Kuatbekova. Umid qilamanki, Qozogʻiston toʻgʻri yoʻnalish boʻylab yana bir qadam tashlaydi.

Xitoy qonunbuzarliklarining tan olinishi

Xitoy zulmidan qochganlarga qochqinlik maqomini berish bilan Qozogʻiston Xitoyda inson huquqlarining poymol qilinayotgani va qochqinlar hayoti xavf ostida ekanini rasman tan olmoqda, deydi “Nagyz Atajurt Yerіktіlerі” huquqbon tashkilotining AQSHda istiqomat qilayotgan rahbari, Pekin siyosatining ashaddiy tanqidchisi Serikjan Bilash.

“Shu tariqa Qozogʻiston Shinjonda bir necha yillardan buyon jahon hamjamiyati bong urayotgan konslagerlar borligini tan oldi”, dedi Bilash.

Nur-Sultonning bu qarori Pekinni ranjitgan, u oʻz qoʻshnisiga chegarada dushmanlik choralari bilan javob qaytargan.

Noyabr oyi oʻrtalarida Shinjon viloyati maʼmurlari COVID-19 tarqalishiga qarshi kurash bahonasida Qozogʻiston-Xitoy chegarasida bojxonadan olib oʻtiladigan mahsulotlar nazoratini kuchaytirganlar.

Oʻtgan yilning noyabr oyidan beri Xitoy qozoqlarga tegishli turli xildagi 12 mingta temiryoʻl vagonlarini mamlakatga kiritmagan. Bu esa qozogʻistonlik eksportchilar va vagon egalarini hamkorlar oldidagi majburiyatlarini vaqtida bajarish imkoniyatidan mahrum qildi va katta yoʻqotishlarga sabab boʻldi, deyiladi “Qozogʻiston temir yoʻllari” xabarida.

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 1

Siyosat * Majburiy 1500 / 1500

Barcha turkiy xalqlar birlashib, Xitoydagi lagerlardan musulmon tutqinlarini ozod qilishlikni, lagerlarni yoptirishni talab qilish kerak, Xitoy bilan hamkorlikni xam toʻxtatish kerak...

Javob berish