Karvonsaroy
Ommaviy axborot vositalari

Gʻarb ommaviy axborot vositalaridagi fikr-mulohazalarga hujum qilayotgan Rossiya trollari Kreml narrativini ilgari surmoqda

Karvonsaroy va AFP

Rossiya prezidenti Vladimir Putin 30-iyun kuni Moskvada mamlakat fuqarolari bilan “Vladimir Putin bilan bevosita aloqa” televizion suhbatida ishtirok etmoqda. [Sergey Savostyanov/Sputnik/AFP]

Rossiya prezidenti Vladimir Putin 30-iyun kuni Moskvada mamlakat fuqarolari bilan “Vladimir Putin bilan bevosita aloqa” televizion suhbatida ishtirok etmoqda. [Sergey Savostyanov/Sputnik/AFP]

Rossiyaparast trollar Gʻarbdagi yangiliklar veb-saytlariga hujum qilib, u yerda Kremlni qoʻllab-quvvatlovchi tashviqot va dezinformatsiyani yoyinlamoqda, deyiladi dushanba (6-sentyabr) kuni Britaniya universiteti chop etgan tadqiqotda.

Kardiff universiteti qoshidagi Jinoyat va tadqiqot xavfsizligi institutiga koʻra, (CRSI) 16 mamlakatdagi 32 ta yirik OAVning oʻquvchilar fikr-mulohazalari boʻlimi manipulyativ harakatlar bilan bilan nishonga olingan.

Ular orasida Britaniyaning Daily Mail, Daily Express va Times, Qoʻshma Shtatlarning Fox News va Washington Post, Fransiyaning Le Figaro; Germaniyaning Der Spiegel va Die Welt hamda Italiyaning La Stampa nashrlari bor.

Tadqiqotchilar Rossiyaga aloqador maqolalar ostida 242 ta “provokatsion rossiyaparast va Gʻarbga qarshi fikrlar” qoldirilganini aniqlagan.

16 mamlakatdagi 32 ta yirik nashr safiga kiruvchi Britaniyaning Times, AQSHning Washington Post, Fransiyaning Le Figaro va Germaniyaning Der Spiegel nashrlarining fikr-mulohazalar ruknlari rossiyaparast trollar manipulyatsiyasi nishoniga aylangan. [File]

16 mamlakatdagi 32 ta yirik nashr safiga kiruvchi Britaniyaning Times, AQSHning Washington Post, Fransiyaning Le Figaro va Germaniyaning Der Spiegel nashrlarining fikr-mulohazalar ruknlari rossiyaparast trollar manipulyatsiyasi nishoniga aylangan. [File]

Rossiya prezidenti Vladimir Putin 30-iyun kuni Moskvada mamlakat fuqarolari bilan “Vladimir Putin bilan bevosita aloqa” televizion suhbatida ishtirok etmoqda. [Sergey Savostyanov/Sputnik/AFP]

Rossiya prezidenti Vladimir Putin 30-iyun kuni Moskvada mamlakat fuqarolari bilan “Vladimir Putin bilan bevosita aloqa” televizion suhbatida ishtirok etmoqda. [Sergey Savostyanov/Sputnik/AFP]

Shundan soʻng rusiyzabon OAVlar Gʻarb jamoatchiligi ichida Rossiya siyosati va prezident Vladimir Putinni qoʻllab-quvvatlovchilar bor, deb koʻrsatish uchun “Daily Mail oʻquvchilarining fikricha...” degan sarlavhalardan foydalangan.

“Bu mulohazalar va pozitsiyalarni ishonchli axborot tashuvchi sifatida va asosiy jamoatchilik fikri koʻrinishida uzatish orqali Gʻarb media brendlari obroʻsiga putur yetkazish” usulidir, deyiladi hujjatda.

Rus tilidagi bunday maqolalar Markaziy Osiyo va Sharqiy Yevropada, ayniqsa Bolgariyada ham tarqatiladi.

Shuningdek, kichik nashrlar hamda tashviqot va dezinformatsiyaga ixtisoslashgan veb-saytlar yordamida Gʻarb auditoriyasini nishonga olgan maqolalarda “qayta aloqa halqasi” effekti boʻyicha cheklangan dalillar ham aniqlangan.

Rossiyaning tajovuzining kuchayishi

Onlayn faollikka oid tadqiqot shu yil boshida Rossiya va Ukraina oʻrtasidagi keskinlashgan nizo vaqtida oʻtkazilgan.

Ammo CRSI xabariga koʻra, Gʻarb bilan keskinlikning ortishi fonida Rossiya taktikasi 2018-yildan beri ancha kuchaygan.

Rossiya trollari Gʻarb OAVini avval ham nishonga olib kelgan, ammo bu jarayon 2018-2019-yillarda kuchayganini tasdiqlovchi bir qancha belgilar bor”, deyiladi hisobotda.

“Xalqaro miqyosdagi ushbu yagona operatsiya bitta usuldan foydalanadi va bu davomiy “jonli” kampaniyaning ahamiyatini yanada oshiradi”, deb qoʻshimcha qilinadi unda.

Hisobotga koʻra, Gʻarb OAV veb-saytlarida chop etilgan fikr-mulohazalarning “sezilarli faollashuvi”ga “toʻliq spektrli” media yondashuv orqali erishilgan.

Bu strategiya “RIA Novosti” kabi Rossiyaning davlat ommaviy axborot vositalarini, shu bilan birga Evgeniy Prigojinga tegishli Patriot Media “Group” tarkibidagi Kremlga aloqador boʻlmagan bir qator tashviqot va dezinformatsiya OAVlarini oʻz ichiga oladi.

Shuningdek, u Federal xavfsizlik xizmatiga (FSB) aloqador boʻlgan News Front dezinformatsiya veb-sayti hamda asosiy platformalardagi ijtimoiy tarmoq akkauntlari va sahifalarini ham qamrab olgan.

Manfaatdor media narrativlari atrofida Gʻarb jamoatchiligi fikrini muntazam ravishda buzib koʻrsatishda inoSMI.ru veb-agregatori ham yetakchi rol oʻynaydi.

Gʻarb OAV veb-saytlarida rossiyaparast trollar fikr-mulohazalaridan foydalangan “oʻquvchilar fikr-mulohazalariga asoslangan maqolalarni” chop etish orqali bunga erishadi.

Trollar stsenariy asosida ish yuritadi

Rusiyzabon auditoriyani nishonga olgan bu kabi “oʻquvchilar fikr-mulohazalariga asoslangan maqolalar” ayrim fikrlarni ajratib olish orqali Gʻarbda oʻzgacha fikr mavjudligini koʻrsatishga urinadi.

Tanlab olingan alohida fikrlar Rossiya va Putinni keng miqyosda qoʻllab-quvvatlash mavjudligini yoki Gʻarb mamlakatlarida ham oʻz hukumatlaridan norozilik borligini yolgʻondan talqin qiladi.

CRSI hisobotida ushbu trollik faoliyati organik emas, balki ssenariyga koʻra boʻlayotgani taxmin qilingan.

“Keyingi tergovlar bir qator mamlakatlardagi Gʻarb OAVlari boʻylab keng miqyosda roʻy berayotgan takrorlanuvchi shablonlarni aniqlagan”, deyiladi unda.

Qoʻllanilgan metodologiya quyidagi tarzda olib boriladi:

“Nashrda Rossiya davlatining geosiyosati va pozitsiyasiga zid keluvchi sensatsion maqola chop etilganida, u goʻyoki nashr “oʻquvchilaridan” boʻlgan fikr-mulohazalarni jalb etadi”, deyiladi hisobotda.

Bu “oʻquvchilar” maqolaning asosini qoralashadi, unga hujum qilishadi, Gʻarb tashkilotlarini qoralashga, Putin va Rossiya davlat idoralarini oqlashga harakat qilishadi.

Shundan soʻng rossiyalik ijrochilar bu fikr-mulohazalarni toʻplaydilar va Rossiya davlat ommaviy axborot vositalari rus tilidagi maqolalari uchun ulardan asos sifatida foydalanishadi.

Bu maqolalar jamoatchilik fikri Gʻarb hukumatini doim ham qoʻllab-quvvatlamasligini yoki jamoat fikri yakdil emasligini koʻrsatish uchun xizmat qiladi.

Internetdagi dezinformatsiyaga qarshi kurash

Jinoyat va tadqiqot xavfsizligi instituti (CRSI) direktori Martin Innesning aytishicha, Rossiyaning trolling operatsiyasi murakkabligi, hajmi va koʻlamini hisobga olgan holda “sezilarli” boʻlgan.

“Rossiya Gʻarb media-brendlarining sharhlar boʻlimiga hujum qilib, oʻz tashviqotini hukmron fikr sifatida koʻrsatishga muvaffaq boʻldi”, dedi u.

Tashqi ishlar vaziri Dominik Raabning aytishicha, Britaniya va uning ittifoqchilari “yolgʻon tarqatuvchi Kreml trollari”ga qarshi kurash choralari ustida ishlamoqda.

“Bu hisobot Internetda Rossiya davlati qoʻllovidagi dezinformatsiyaning bizning demokratiyamizga tahdidi alohida taʼkidlangan”, deb qoʻshimcha qildi u.

Hisobotda dezinformatsiya tarqatishi bilan tanilgan Rossiyaning davlatga qarashli ommaviy axborot vositalari va Gʻarb razvedkasiga koʻra, Rossiya xavfsizlik xizmatlariga aloqador deb koʻriladigan OAV ishtirokidagi muvofiqlashgan choralarga ishora qiluvchi dalillar keltirilgan.

“Asosiy ijtimoiy tarmoqlar platformalari xorijiy davlatlarning taʼsir operatsiyalarining xavfidan ogoh boʻla boshlagach, dezinformatsiya ijrochilari va tashviqotchilar OAV ekotizimidagi yangi zaifliklarni qidirmoqdalar”, dedi Innes.

Innesning aytishicha, jamoatchilik fikriga taʼsir qilish salohiyatini hisobga olgan holda, “ommabop veb-saytlarga egalik qiluvchi media-kompaniyalar dezinformatsiya bilan qanday kurashayotganlari borasida shaffofroq boʻlishlari va uning oldini olishda yanada faolroq boʻlishi zarur”.

Rossiya trollingiga misol

Butun Markaziy Osiyo mintaqasiga oid yangiliklar, shuningdek qator tahlillar, suhbat va sharhlani berib boradigan mazkur sayt – “Karvonsaroy” oʻquvchilari uchun maqolalar ostida fikr-mulohaza qoldirish imkoni yaratilgan.

Garchi bu rasmiy tadqiqotlar doirasida boʻlmasa-da, Karvonsaroy administratorlari yillar davomida sayt va ijtimoiy tarmoqlarda chop etilgan maqolalar ostida Rossiya tashviqotini yoyinlashga uringan “trollarning” yuzlab fikr-mulohazalarini aniqlaganlar.

Koʻp hollarda boshqa oʻquvchilar bu izohlarni va ularda bildirilgan fikrlarni qatʼiyan rad etadilar.

Masalan, 2020-yil aprel oyida chop etilgan Putinning Sovet ittifoqini qayta tiriltirishga oid fikr-mulohazalari Markaziy Osiyoda keskin tanqidga uchradi sarlavhali maqolada trollar va haqiqiy mushtariylar oʻrtasidagi jang yuzaga chiqqan.

Kremlparast trollardan biri yozadi: “Ular (amerikaliklar) ochlikdan oʻlmasliging va izohlarda kerakli narsalarni yozib turishing uchun pul berishdimi? Lekin qoʻshning va yoningdagi kampirga hech narsa berishmagan, ular qashshoqlikda yashayversin, shundaymi?”

Ammo bu kabi trollar “Tur yoʻqol Rossiyaga; kim ushlab turibdi seni?” va “Aroqxoʻr vatniklar Sovet Ittifoqini orzu qilib qolishibdi” kabi keskin javoblarni olishgan.

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 1

Siyosat * Majburiy 1500 / 1500

Rossiya oligarxlari oʻzlari qayerni orzu qiladi?!

Javob berish