Karvonsaroy
Inson huquqlari

Rossiya inson huquqlari boʻyicha yirik xalqaro uchrashuvga toʻsqinlik qilmoqda

Karvonsaroy va AFP

Rossiyaning OMON askarlari Kreml tanqidchisi Aleksey Navalniyni qo‘llab-quvvatlab o‘tkazilgan namoyish chog‘ida ko‘chani to‘sib qo‘yishgan, Sankt-Peterburg markazi, 21-aprel. [Olga Malseva/AFP]

Rossiyaning OMON askarlari Kreml tanqidchisi Aleksey Navalniyni qo‘llab-quvvatlab o‘tkazilgan namoyish chog‘ida ko‘chani to‘sib qo‘yishgan, Sankt-Peterburg markazi, 21-aprel. [Olga Malseva/AFP]

VENA, Avstriya – G‘arb mamlakatlari Rossiyani inson huquqlari bo‘yicha yillik anjumanga to‘sqinlik qilishda ayblaganidan bir kun o‘tib, seshanba (7-sentabr kuni) Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti (YXHT) anjumanni tashkillashtirolmaganini tan oldi.

Shvetsiyalik rais Insoniylik o‘lchamlari bo‘yicha uchrashuv (HDIM) deb nomlangan yig‘ilishga oid «qarorlar bo‘yicha kelishuvga erishishda barcha imkoniyatlardan foydalandi», deyiladi AFP nashriga berilgan bayonotda.

«Ishtirokchi mamlakatlar bilan olib borilgan keng qamrovli maslahatlar va muzokaralarga qaramay, doimiy kengash rejaga ko‘ra HDIM uchrashuvini o‘tkazish bo‘yicha yakuniy qarorga kela olmagan.»

«Bu juda achinarli», deyiladi bayonotda va bu boradagi saʼy-harakatlarning davom ettirilishi taʼkidlanadi.

Jurnalistlar va ularni qo‘llab-quvvatlovchilarning «xorijiy agentlar» ro‘yxatiga qarshi namoyishida «Hammaning ovozini o‘chira olmaysiz!» deb yozilgan plakat ko‘tarib olgan ayol, Moskva, 4-sentabr. [Nataliya Kolesnikova/AFP]

Jurnalistlar va ularni qo‘llab-quvvatlovchilarning «xorijiy agentlar» ro‘yxatiga qarshi namoyishida «Hammaning ovozini o‘chira olmaysiz!» deb yozilgan plakat ko‘tarib olgan ayol, Moskva, 4-sentabr. [Nataliya Kolesnikova/AFP]

Politsiyachi Moskvada «Biz jurnalist bo‘lishdan to‘xtamaymiz» yozuvli plakat ushlagan jurnalistni qo‘lga olmoqda, 21-avgust. U Kremlning «xorijiy agentlar» ro‘yxatiga kiritilgan hamkasblarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida bir kishilik namoyish uyushtirgan. [Natalya Kolesnikova/AFP]

Politsiyachi Moskvada «Biz jurnalist bo‘lishdan to‘xtamaymiz» yozuvli plakat ushlagan jurnalistni qo‘lga olmoqda, 21-avgust. U Kremlning «xorijiy agentlar» ro‘yxatiga kiritilgan hamkasblarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida bir kishilik namoyish uyushtirgan. [Natalya Kolesnikova/AFP]

Rossiyaning qoniqarsiz tarixi

Prezident Vladimir Putin yetakchiligidagi Rossiya rejimiga nazar solinsa, Moskva nima sababdan YEXHTning inson huquqlari bo‘yicha anjumaniga to‘siqlik qilayotgani oydinlashadi.

AQSH Davlat departamentining mart oyida eʼlon qilingan 2020 yilda inson huquqlari amaliyoti bo‘yicha mamlakatlar bo‘yicha hisoboti: Rossiya deb nomlangan hujjatida Putin iqtidorda bo‘lgan vaziyatga baho berilgan.

«Inson huquqlari bilan bog‘liq muhim masalalar quyidagilarni o‘z ichiga oladi: sudsiz qatl qilish va qatlga urinishlar... insonlarni kuch bilan yo‘qotish, huquq-tartibot idoralari tomonidan ayrimlari o‘lim bilan yakunlangan keng qamrovli qiynoqlar... qamoqxonalardagi og‘ir va hayot uchun xavfli sharoitlar, o‘zboshimchalik bilan hibsga olish... so‘z erkinligi va matbuot erkinligini bo‘g‘ish...»

Putinning o‘z-o‘zini «umrbod prezidentga» aylantirish harakatini va hukumatdagi boshqa korrupsiya holatlarini fosh qilgan muxolifat arbobi Aleksey Navalniy bu bosimni birinchilardan bo‘lib his qildi.

2020-yilda asab tizimini falajlovchi Novichok moddasi bilan zaharlanishdan arang omon qolgan Navalniy hozirdasoxtalashtirilgan ayblovlar bilan ikki yarim yillik qamoq jazosini o‘tamoqda.

Shuningdek, joriy yilda Rossiya hukumati OAV erkinligini ham cheklagan va “Dojd” mustaqil telekanali hamda “Meduza” yangiliklar saytini «xorijiy agent», Proyekt surishtiruv nashrini esa «istalmagan tashkilot» deb topgan.

Bunday choralar natijasida «xorijiy agent» deb topilgan Rossiyaning bir qator ommaviy axborot vositalarini o‘z faoliyatini to‘xtatishga majbur bo‘ldi, chunki homiylar va reklama beruvchilarni topish deyarli imkonsiz bo‘lib qoldi, deb xabar bergan Reuters avgust oyida.

Rossiya bosh prokurori Igor Krasnov “Proyekt” loyihasini “istalmagan” deb qaror chiqargach, bu tashkilot o‘z xodimlarini jarima va qamoq jazosidan himoya qilish uchun darhol faoliyatini to‘xtatdi, deyiladi «Chegara bilmas muxbirlar» tashkilotining iyul oyidagi bayonotida.

Kreml javobgarlikdan bo‘yin tortmoqda

Dushanba kuni AQSHning YXHTdagi missiyasi Yevropa Ittifoqi, Buyuk Britaniya va boshqa bir qator Yevropa mamlakatlari tomonidan imzolangan, Rossiyaning xatti-harakatlarini qoralovchi bayonotni eʼlon qilgan.

Ular YXHTning shved raisi bilan birgalikda yil boshidan beri «inson huquqlari masalasi bo‘yicha mintaqadagi eng yirik tadbir» tafsilotlari ustida ishlab kelishayotgan edi, deyiladi hujjatda.

«Biz ko‘rsatgan qayishqoqlik, konstruktivlik va vijdonlilik Rossiya Federatsiyasi tarafidan munosib qarshilanmaganidan afsusdamiz.»

HDIM uchrashuvi yuzlab yuqori lavozimdagi davlat arboblari, sohaning xalqaro mutaxassislari, tashviqotchilar va huquqbon tashkilotlarni jamlaydi.

Tadbir davomida YXHTga aʼzo 57 ta davlat o‘z mintaqasidagi inson huquqlariga oid muammolarni tahlil qiladi.

Uning ahamiyatliligiga qaramay, Rossiya o‘z javobgarligidan bo‘yin tovlamoqda, deyiladi umumiy bayonotda. Imzolovchilar Moskvani o‘z pozitsiyasini o‘zgartirish va bahsli masalalarda kelishuvga kelishga chaqirdilar.

Odatda HDIM uchrashuvi sentabr oyida o‘tkaziladi, lekin o‘tgan yili COVID-19 pandemiyasi sababli bekor qilingan edi.

YXHT Sovuq urush davrida xavsizlik va inson huquqlari muammolarini hal qilish uchun tashkil etilgan edi. Unga Yevropa mamlakatlari, Turkiya, sobiq Sovet davlatlari, Qo‘shma Shtatlar va Kanada aʼzo.

O‘tgan yili dekabr oyida G‘arb mamlakatlari Rossiyaning Qozog‘istonni YEXHT yetakchiligidagi to‘rtta yuqori diplomatik lavozimlaridan biriga tayinlash haqidagi talabini qondirgan edi.

Ular bunga javoban Moskva inson huquqlari masalasida hamkorlik qilishiga ishongan edilar, Putin esa tashkilot inson huquqlaridan ko‘ra xavfsizlik masalasiga diqqat qaratishi kerakligini taʼkidlagan.

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 0

Siyosat * Majburiy 1500 / 1500