Karvonsaroy
Salomatlik

AQSH Oʻzbekistonga 1,2 million dozadan ortiq Pfizer vaksinasini xayriya qildi

Karvonsaroy

AQSH hukumati tarafidan Oʻzbekistonga hadya qilingan 1214460 doza Pfizer koronavirusga qarshi vaksinasi. [AQSHning Oʻzbekistondagi elchixonasi]

AQSH hukumati tarafidan Oʻzbekistonga hadya qilingan 1214460 doza Pfizer koronavirusga qarshi vaksinasi. [AQSHning Oʻzbekistondagi elchixonasi]

TOSHKENT – Amerika Qoʻshma Shtatlari COVID-19 virusiga qarshi kurash doirasida Oʻzbekistonga 1,2 million dozadan ortiq Pfizer vaksinalarini begʻaraz taqdim etdi. Bu haqda Toshkentdagi AQSH elchixonasi shu hafta boshida xabar bergan.

1214460 doza vaksina oʻzbekistonliklar hayotini himoyalash va virusning yangi turlari tarqalishining oldini olishga xizmat qiladi, deyiladi bayonotda. Xayriya yordamining sanasi maʼlum qilinmagan.

Mazkur yordam COVID-19 vaksinalarini yetkazib berish boʻyicha COVAX dasturi doirasida AQSH hukumati tarafidan dunyo mamlakatlariga xayriya qilingan 500 million dona vaksinaning bir qismidir.

“Biz imkon qadar koʻproq odamga xavfsiz va samarali vaksina yetkazib berishga harakat qilyapmiz. Vaksinatsiya qamrovini dunyo miqyosida kengaytirish pandemiyadan chiqishning eng yaxshi yoʻlidir”, deydi AQSH elchisi Daniyel Rozenblum.

13-sentabr kungi surat: Toshkent xalqaro aeroportida koronavirusga qarshi Pfizer vaksinasi ortilgan yuk mashinasi oldida suratga tushayotgan mutasaddilar. Qoʻshma Shtatlar yaqinda Oʻzbekistonga 1,2 million dozadan ortiq vaksinani hadya qilgan. [AQSHning Oʻzbekistondagi elchixonasi]

“Bu vaksina yordamlari odamlar hayotini saqlab qolish, jahon iqtisodiyotini tiklash va yangi COVID-19 turlari xavfini bartaraf etishga xizmat qiladi”, dedi u.

Ushbu xayriya yordamidan oldin, iyul oyida ham AQSH Oʻzbekistonga 3 million doza Moderna vaksinasini begʻaraz taqdim etgan edi.

COVAX dasturi doirasida Oʻzbekistonga shuningdek, AQSH hukumati tomonidan qisman moliyalashtirilgan qariyb 1 million doza AstraZeneca vaksinasi ham yetkazib berilgan.

AQSH butun dunyo boʻylab jami 140 milliondan ortiq COVID-19 vaksinalarini yetkazib berdi, yana yuz millionlab vaksina yetkazish jarayonida. Amerika Qoʻshma Shtatlari COVAX dasturining eng yirik donori hisoblanadi.

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 0

Siyosat * Majburiy 1500 / 1500