Karvonsaroy
Saylovlar

Qozogʻistonliklar Rossiya saylovlaridagi firibgarlikni qoralamoqda

Kseniya Bondal va AFP

Rossiya prezidenti Vladimir Putin davlat markaziy saylov komissiyasi raisasi Ella Pamfilova bilan video aloqa orqali suhbatlashmoqda, Moskva tashqarisidagi Novo-Ogaryovo davlat qarorgohi, 20-sentyabr. [Aleksey Drujinin/Sputnik/AFP]

Rossiya prezidenti Vladimir Putin davlat markaziy saylov komissiyasi raisasi Ella Pamfilova bilan video aloqa orqali suhbatlashmoqda, Moskva tashqarisidagi Novo-Ogaryovo davlat qarorgohi, 20-sentyabr. [Aleksey Drujinin/Sputnik/AFP]

OLMAOTA – Kreml Rossiyadagi parlament saylovlarida turli usullardan foydalangan holda soxtalashtirishlarni amalga oshirdi, deydi qozogʻistonlik tahlilchi va faollar.

Prezident Vladimir Putin tanqidchilariga nisbatan misli koʻrilmagan taʼqiblar ortidan oʻtkazilgan uch kunlik saylov 19-sentyabrda yakunlangan. Saylovlar oldidan Yagona Rossiya partiyasi oʻz tarixidagi eng quyi koʻrsatkichlarni qayd etdi, deb xabar beradi AFP.

Davlat tashabbusi bilan oʻtkazilgan ijtimoiy soʻrovlarga koʻra, “Yagona Rossiya” 30 foiz ovoz bilan gʻolib boʻlishi kerak edi. Ammo partiya 49,82 foiz ovoz toʻplab, parlament quyi palatasi – Davlat Dumasidagi oʻrinlarning uchdan ikkisini, yaʼni 450 ta oʻrindan 300 tasini egallagan.

Kommunistik partiya 18,93 foiz ovoz bilan ikkinchi oʻrinni olgan. Qozogʻistonni nishonga oluvchi imperialistik bayonotlari bilan tanilgan Vladimir Jirinovskiy yetakchiligidagi Rossiyaning liberal demokratik partiyasi 7,55 ovoz toʻplagan.

Rossiya parlamentiga oʻtkazilgan uch kunlik saylovlarning soʻnggi kunida Moskvaning Kazanskiy temiryoʻl bekatidagi saylov uchastkasida ovoz berayotgan ayol, 19-sentyabr. [Nataliya Kolesnikova/AFP]

Rossiya parlamentiga oʻtkazilgan uch kunlik saylovlarning soʻnggi kunida Moskvaning Kazanskiy temiryoʻl bekatidagi saylov uchastkasida ovoz berayotgan ayol, 19-sentyabr. [Nataliya Kolesnikova/AFP]

Uch kun davom etgan Rossiya parlamentiga saylovlarning oxirgi kunida saylov komissiyasi aʼzolari byulleten qutisini boʻshatmoqda, Moskva. [Aleksandr Nemenov/AFP]

Uch kun davom etgan Rossiya parlamentiga saylovlarning oxirgi kunida saylov komissiyasi aʼzolari byulleten qutisini boʻshatmoqda, Moskva. [Aleksandr Nemenov/AFP]

“Adolatli Rossiya” 7,46 foiz, “Yangi odamlar” 5,32 foiz ovoz olgan boʻlsa, qolgan 10 ta partiya quyi palatada oʻrin egallash uchun zarur boʻlgan 5 foiz ovozni toʻplay olmadi.

Qamoqdagi Kreml tanqidchisi, Rossiyaning yetakchi muxolifat arbobi Aleksey Navalniyning tarafdorlari natijalarni gʻayrioddiy deb atadi.

“Bunga aql bovar qilmaydi”, deydi Navalniyning vakili Kira Yarmish AFP nashriga. “2011-yili oʻtgan saylovlardagi firibgarliklarni eslayman. Xuddi oʻsha narsa hozir ham qaytarilyapti.”

2011-yilda keng qamrovli soxtalashtirishlar yuz bergani haqidagi daʼvolar Navalniy yetakchiligidagi namoyishlarni keltirib chiqargan edi. U oʻzining zaharlanishida Kremlni ayblagach, joriy yilning yanvar oyida qoʻlga olingan va firibgarlikka oid eski ayblovlar bilan qamalgan edi.

Navalniyning tashkilotlari soʻnggi saylovlardan avval “ekstremistik” deb topilib, taqiqlangan, uning yetakchilari hibsga olingan yoki mamlakatni tark etgan, ular bilan har qanday aloqada boʻlganlar saylovda ishtirok eta olmagan.

Uning ittifoqdoshlariga koʻra, hukumat saylovlarni keng miqyosda soxtalashtirgan, ayniqsa muxolifat tarafdori boʻlgan Moskvada elektron ovoz berish natijalarini eʼlon qilish kechiktirilgan.

Saylovdagi firibgarliklar

Rossiyalik kuzatuvchilar saylovlarda qator soxtalashtirish usullari qoʻllanilganini qayd etganlar.

Hukumat pandemiya sababli odamlar bir joyda toʻplanishining oldini olish uchun saylov jarayonini uch kunga uzaytirganini daʼvo qilar ekan, tanqidchilar bu kabi uzoq muddat manipulyatsiyaga keng imkon yaratib berganini aytmoqdalar, deb xabar beradi Ozod Yevropa/Ozodlik radiosi.

Mamlakat ichidagi saylov kuzatuvchilari byulleten qutilarining toʻldirilishi va “karusel usulida ovoz berish” holatlarini qayd etarkan, bunda maxsus tashkil etilgan guruh avtobuslarda yurib, turli saylov uchastkalariga borib ovoz berganini aytgan.

Davlat idoralari xodimlari va harbiy xizmatchilar ovoz berish buyrugʻini olgani haqida xabarlar bor.

Shuningdek, natijalarni qalbakilashtirish uchun uydan turib ovoz berishdan ham foydalanilgan, deb aytgan rossiyalik kuzatuvchi roʻyxatga olishdagi nomutanosibliklar va “soxta talabnomalarga” ishora qilib.

Hukumat tarafilan yollangan “titushki” nomli qalloblar Moskva, Krasnodar viloyatlari va Sankt-Peterburg shahrida ishlagan, deydi Rossiyaning yagona mustaqil saylov guruhi – “Golos” kuzatuvchisi aʼzosi Vitaliy Averin.

Eng koʻp saylovchilar shu uch hududda joylashgan, deydi u.

Bu “titushkalar” karusel ovoz berishda ishtirok etishgan, ijaraga olingan avtobuslarda turli saylov uchastkalariga borib, bir martadan koʻp ovoz berishgan, deydi Averin “Dojd” telekanaliga.

“Shuningdek, ulardan soxta kuzatuvchilar sifatida ham foydalanishgan, ularning maqsadi – kuch ishlatib boʻlsa ham qarshilik qilish”, dedi u.

Rossiyadagi saylovlar hech qachon qatʼiy belgilangan qoidalar asosida oʻtmaydi, yangi uch kunlik saylov jarayoni esa firibgarlikka imkon yaratib beradi, deydi saylovlarda kuzatuvchi sifatida ishtirok etgan Yekaterinburgning sobiq hokimi Yevgeniy Royzman.

Birinchidan, yirik kompaniyalar xodimlari yashash joylarida emas, balki ishlaydigan joylarida ovoz berishgan, deb aytgan u Dojd telekanaliga. Yoʻlboshchilari ularni saylov uchastkalariga olib borib, nazorat qilib turishgan.

Royzman uyda ovoz berishni saylov natijalarini qalbakilashtirish vositasi deb taʼrifladi.

“Hukumatning kuchli muxoliflaridan hech biriga saylovda qatnashishga ruxsat berilmadi”, deb qayd etdi u. “Poygada gʻolib chiqa oladiganlar roʻyxatga ham olingani yoʻq.”

Gʻirrom saylovlar

Kreml muxolifatning saylovlardagi ishtirokini qiyinlashtirish uchun barcha choralarni koʻrgani – barcha, jumladan rossiyalik kuzatuvchilar uchun ham ayon edi, deydi Nur-Sultonlik siyosiy sharhlovchi Gaziz Abishev Karvonsaroyga.

“Muxolifatchilarni hibsga olish, hukumat siyosatidan norozilarni mamlakatdan siqib chiqarish va Aleksey Navalniyning “Aqlli ovoz berish” tizimiga qarshi uning mobil ilovasini bloklash orqali kurashish hukumatning ishi ekanligi aniq”, dedi u Navalniyning saylovchilarni har bir poygada hukmron partiyaga eng koʻp zarar yetkazuvchi nomzodni tanlashga chaqirish strategiyasiga ishora qilib.

Saylov kampaniyasining bu kabi gʻirrom usullari “[hukumatga] rasman qonunga amal qilgan holda saylovlar qonuniyligi ruhini buzish imkonini beradi”, dedi Abishev.

“Prezident administratsiyasi rahbarining birinchi oʻrinbosari Sergey Kiriyenko uchun ovozlarni ochiqdan-ochiq qalbakilashtirishga yoʻl qoʻymay, Davlat Dumasidagi konstitutsiyaviy koʻpchilikni saqlab qolish muhim edi”.

“Ehtimol, qoʻpol qonunbuzarliklar soni kamdir, lekin Dumaga saylovlar mutloq erkin va xolis oʻtdi, deyish yaramaydi”, dedi u.

“Fikrimcha, saylovga strategik tayyorgarlik oʻtgan yili yoki shu yil boshida olib borilgan”, deydi Abishev.

Rossiya liderlari “barchasini obdon oʻylab, saylovning soxtalashtirilgani haqidagi iddaolarga yoʻl qoʻymaslik uchun unga tashqaridan aralashuvni minimallashtirish boʻyicha kontseptual qaror qabul qilishgan”, dedi u. Soʻng Putinning sodiq tarafdorlari bu rejani amalga oshirganlar.

“Putinizm davri deb atalgan soʻnggi 20 yil mobaynida demokratiyadan uzoqlashish va oʻzgacha fikrni boʻgʻish yuz bermoqda”, deydi olmaotalik siyosiy faol Rasul Jumali.

“Bu ekspertlarga ham, kuzatuvchilarga ham maʼlum”, dedi u Karvonsaroyga. “Boʻlib oʻtgan saylovlar hukmron partiyani ilgari surish va nazoratni qatʼiylashtirish siyosatiga ham mos keladi.”

Hukumat bu safar ham avvalgi saylov jarayonidagi usullarini qoʻlladi, deydi u – muxolifatga tazyiq oʻtkazish va dissidentlarni taʼqib qilish.

Navalniy va uning tarafdorlariga nisbatan kuchli bosimdan tashqari, Rossiya hukumati “ xorijiy agentlar” toʻgʻrisidagi aksildemokratik qonunlarni qabul qildi, dedi Jumali.

“Bu yil Rossiya boshqa bir amaliyotni – uch kunlik ovoz berishni joriy qildi, lekin shunday katta hududda bir necha yuz nafar xorijlik kuzatuvchi bor edi”, dedi u.

“Ularning vakolatlari cheklangan va bilishimcha, ismlari ham maxfiy edi”, dedi u kuzatuvchilarning Putinga moyil postsovet davlatlar vakillari boʻlgani, shu bois ham oʻz faoliyatini ochiqlamaganini nazarda tutib.

“Bu qandaydir bemaʼnilik”, deb xulosa qildi u Rossiyadagi saylovlar borasida.

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 0

Siyosat * Majburiy 1500 / 1500