Karvonsaroy
Xavfsizlik

AQSH elchixonasi Tojikiston chegara qoʻshinlariga 20 ta “Jip” hadya qildi

Karvonsaroy

5-oktabr kuni Dushanbeda AQSHning 20 ta “Jip” avtomobilini Tojikiston mudofaa vazirligiga topshirish marosimida AQSH elchisi Jon Mark Pommershaym (chapda) Tojikiston general-mayori Xisrav Bobozoda bilan qoʻl siqishmoqda. [AQShning Tojikistondagi elchixonasi]

5-oktabr kuni Dushanbeda AQSHning 20 ta “Jip” avtomobilini Tojikiston mudofaa vazirligiga topshirish marosimida AQSH elchisi Jon Mark Pommershaym (chapda) Tojikiston general-mayori Xisrav Bobozoda bilan qoʻl siqishmoqda. [AQShning Tojikistondagi elchixonasi]

DUSHANBE – AQSH tarafidan hadya qilingan 20 dona “Jip” Tojikiston chegaralarining yanada mustahkamlanishiga xizmat qiladi.

Seshanba (5-oktabr) kuni AQSHning Dushanbedagi elchixonasi Tojikiston mudofaa vazirligiga 20 ta “Jip” avtomobilini topshirdi.

Umumiy qiymati 1,4 million dollarga (15,8 mln. somoniy) teng avtomashinalar Tojikiston maxsus chegara qoʻshinlariga vaziyat ogʻir boʻlgan hududlarda operatsiyalar oʻtkazishga imkon beradi.

Ushbu xayriya yordami qoʻshni Afgʻonistonda hokimiyat tepasiga Tolibonlar kelganidan ikki oy oʻtar-oʻtmas taqdim etilmoqda.

Yordamni topshirish marosimida AQSH elchisi Jon Mark Pommershaym va tojikistonlik general-mayor Xisrav Bobozoda ishtirok etgan.

“Bu yordam Tojikistonga chegara xavfsizligini taʼminlash uchun koʻrsatayotgan koʻmagimizning bir misolidir”, dedi Pommershaym. “Biz terrorizm, narkotrafik va yadroviy qurol tarqalishiga qarshi kurashda sherik boʻlib qolamiz va birgalikda harakat qilsak yanada kuchliroq boʻlamiz.”

1992-yildan beri Qoʻshma Shtatlar Tojikistonga xavfsizlik sohasida 330 million dollardan ziyod yordam koʻrsatdi. 2020-yil yanvar oyida Tojikiston mudofaa vazirligiga umumiy qiymati 575 ming dollarlik (oʻsha paytda 5,5 mln. somoniy) yengil yuk avtomashinalari topshirilgan.

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 0

Siyosat * Majburiy 1500 / 1500