DUSHANBE – Tojikistonliklar Pekinning Afgʻoniston chegarasi yaqinida Tojikiston ichki ishlar vazirligi uchun baza qurish rejasidan koʻzlangan asl maqsadlarni shubha ostiga olmoqdalar.
27-oktabr kuni tojik parlamenti Tojikiston ichki ishlar vazirligi (IIV) va Xitoy jamoat xavfsizligi vazirligi oʻrtasida baza yuzasidan imzolangan kelishuvni ratifikatsiya qilgan.
Kelishuvga asosan, Xitoy IIVning Maxsus tezkor boʻlinmasi uchun 3500 gektar maydonda 12 ta bino, jumladan turarjoy va oʻquv inshootlaridan iborat xavfsizlik majmuasini qurish majburiyatini olgan.
Parlamentdagi manbalarga koʻra, baza Togʻli Badaxshon muxtor viloyatining (TBMV) Ishkoshim tumanida joylashadi.
“Qurilish ishlarining bari Xitoy tomoni tomonidan moliyalashtiriladi. Qurilish tugaganidan soʻng baza Tojikiston IIV ixtiyoriga topshiriladi”, dedi oʻz ismini oshkor qilishni istamagan parlament vakili telefon orqali AFPga.
Uning soʻzlariga koʻra, Xitoy bazaga yordam tariqasida 8,5 million dollar ajratadi.
“Ozodlik” radiosining tojik xizmati – “Ozodi” radiosi parlament quyi palatasi deputati Tolibxon Azimzoda bayonotiga asoslangan holda moliyalashtirish summasini tasdiqladi.
Azimzodaning soʻzlariga koʻra, xitoyliklar bu obyektni toʻliq jihozlab berishga rozi boʻlganlar.
“Yer ajratish va harbiy obyektni loyihalash bilan bogʻliq masalalar hal qilinmoqda”, dedi Azimzoda deputatlarga.
Ammo Tojikiston rasmiylari, jumladan, Azimzoda ham xitoyliklar buning evaziga nima olishi haqida hech qanday maʼlumot bermagan.
AFPning yangi militsiya bazasiga oid xabarlar haqidagi savoliga Xitoy tashqi ishlar vazirligi “Ishonch bilan aytamizki, Xitoyning Markaziy Osiyoda hech qanday harbiy bazasi yoʻq”, deb javob bergan.
Karvonsaroy nashri parlament yoki IIV orqali vaziyatga oydinlik kirita olmadi.
Tojikistonliklar kelishuvning mavhum tafsilotlari va Xitoy bilan biznes yuritishning haqiqiy bahosini shubha ostiga olmoqdalar.
“Xitoy bekorga pul bermaydi”, dedi Markaziy Osiyo boʻyicha ekspert Saidmuhiddin Doʻstmuhammadiyon.
“Buni Tojikiston hukumati ham tushunadi, biroq ular buni ommaga oshkor qilishmayapti, chunki jamoatchilik orasida aksilxitoy kayfiyati hukmron”, dedi u.
Qoʻshma loyiha parlamentda ratifikatsiya qilinishi oldidan bir nechta yetakchi mahalliy va xalqaro OAV u haqda maqolalar chop etib, tojikistonliklarning noroziligini keltirib chiqardi, ularning aksariyati Xitoyga ishonchsizlik bildirgan.
“Ular baza qurib, yerlarimizga koʻz tikadilar”, deb ogohlantirgan Naimchon Mavlonov «Ozodi» radiosining boʻlajak baza haqida oktabr oyidagi boshqa maqolasiga bildirilgan fikr-mulohazalarda.
“Qoʻrqqan narsalarimiz yuz berdi”, deb yozgan Ahmad Ali.
Nomaʼlum rejalar
Xitoy va Tojikiston harbiy aloqalari haqida bong urmasa-da, Pekin xavfsizlik va mudofaa sohasidagi bir qancha loyihalarga sarmoya kiritgani maʼlum.
Chegara postlarini qurish va mustahkamlash uchun ham Xitoy, ham AQSHdan moliyaviy yordam olgan Tojikiston oʻz hududida Rossiyaning yirik harbiy bazasini joylashtirgan.
Ayrim manbalarga koʻra, Xitoy va Tojikistonning terrorizmga qarshi kurash yoʻlidagi hamkorligi jadallashib bormoqda.
Xitoy Shinjon bilan chegaradosh TBMVda Tojikiston bilan qoʻshma harbiy inshoot loyihasini qoʻllab-quvvatlayotgan boʻlsa-da, tomonlardan hech biri uning mavjudligini rasman tan olmagan.
Oʻtgan oy “Ozodi” radiosi ikki davlat oʻrtasida imzolagan qoʻshma hujjatga tayanib, Tojikiston baza nazoratini toʻliq Pekin ixtiyoriga topshirishga va “harbiy yordam evaziga kelgusidagi ijara haqidan voz kechishga” tayyorligini xabar qilgan edi.
Xitoy soʻnggi yillarda, shuningdek Tojikistondagi Pomirda toʻrtta chegara blokposti, bitta harbiy oʻquv markazi, terrorizm, ekstremizm va ayirmachilikka qarshi kurash markazi va Dushanbedagi ofitserlar klubini qurib bergan.
Xitoyning manfaatlari ikki turli: Pekin milliy xavfsizlikdan tashqari, Markaziy Osiyoning tabiiy resurslaridan foydalanish siyosati ortidan erishiladigan sof iqtisodiy manfaatlarni koʻzlamoqda.
Tojikiston hukumati yangi militsiya bazasining aniq manzilini oshkor qilmagan boʻlsa-da, u Afgʻonistonning uchta togʻ tizmasi – Hindikush, Pomir va Qoraqarum oraligʻida joylashgan tor afgʻon vodiysi – Vohan yoʻlagi yaqinida joylashishi mumkin.
Uning kengligi 15, uzunligi esa 300 kilometrga choʻziladi.
Qadimda Ipak yoʻlining asosiy shaxobchalaridan biri Vohan yoʻlagi orqali oʻtgan boʻlib, u Markaziy Osiyoni Xitoy, Pokiston va Hindiston bilan bogʻlagani sababli Xitoy uchun strategik ahamiyatga ega boʻlib qolmoqda.
Qadimda Ipak yoʻlining asosiy shaxobchalaridan biri Vohan yoʻlagi orqali oʻtgan boʻlib, u Markaziy Osiyoni Xitoy, Pokiston va Hindiston bilan bogʻlagani sababli Xitoy uchun strategik ahamiyatga ega boʻlib qolmoqda.
Davlatning qayd etishicha, Xitoyning chuqur choʻntaklari va nochor mamlakatlarning tabiiy resurslarini Xitoy manfaatlari yoʻlida qazib olish va tashib ketishga xizmat qiladigan “Bir kamar, bir yoʻl” transchegaraviy loyihasini hisobga olgan holda, uning ushbu loyihaga qoʻshilish masalasi muhokama qilinmoqda.
Tojikistonning yuqori martabali transport mutasaddisi shaxsini ochiqlamaslik sharti bilan Karvonsaroyga shunday imkoniyat koʻrib chiqilayotganini tasdiqlagan.
“Hozir bizda bitta taklif bor. Biz uni oʻrganib chiqyapmiz. Nima boʻlishini koʻramiz”, deydi u.
Taklif Xitoydan kelib tushgan boʻlishi mumkin, deydi Davlat.
Davlatga koʻra, Xitoyning rejalari qanday ekanligini taxmin qilish qiyin emas.
“U hamma ishni kelajakni koʻzlagan holda amalga oshiradi”, deydi u. “Yoʻllar, harbiy inshootlar, gidroelektrostansiyalar qurishi yoki grantlar va qarzlar berishidan qatʼiy nazar”, deydi u.
“Yoʻllar qazilma boyliklarni olib oʻtish uchun kerak. Energiya sanoat korxonalarining ishlashi uchun zarur. Grantlarni ishonch qozonish uchun, kreditni qarzdorlik botqogʻiga botirish va ulardan foydalanib oʻz shartlarini talab qilish uchun beradi”, deb qoʻshimcha qildi u.
Shinjonga oid xavotirlar
Baza qurish rejalari Pekinning Shinjondagi vaziyatdan xavotirda ekani bilan bogʻliq boʻlishi ham mumkin.
Xitoy hukumati bir milliondan ortiq uygʻurlar va boshqa musulmonlar, jumladan etnik qozoq va qirgʻizlarni “siyosiy qayta tarbiyalash” lagerlari, tergov hibsxonalari va qamoqxonalarni oʻz ichiga olgan 400 ga yaqin muassasalarda saqlab kelmoqda.
Mustaqil tergovlar va sobiq mahbuslar bilan oʻtkazilgan suhbatlarda jismoniy va ruhiy qiynoqlar, ongni zaharlash, muntazam zoʻrlashlar, muslima ayollarning majburiy bichilishi, tana aʼzolarini majburan olish, jinsiy tahqirlash va boshqa dahshatli amaliyotlar tilga olingan.
Yana millionlab odamlar qatʼiy kuzatuv va nazorat ostida yashamoqda.
TBMVdagi baza qurilishini moliyalash evaziga Xitoy Afgʻonistondagi “Islom davlati” (ID) yoki boshqa jangarilarning Shinjon tomon harakatlanishi uchun yoʻl ochadigan Vohan yoʻlagi yaqinida harbiy hozirligini kuchaytirishga ruxsat olishi mumkin, deydi Tojikiston media-ittifoqi direktori Abdumalik Qodirov.
Ayni vaqtda Vohan yoʻlagida yoʻllar yoʻq.
“Bir necha yillardan beri, Vohandan uncha uzoq boʻlmagan joyda kichik xitoy otryadi mavjud boʻlib, u Afgʻonistondan uygʻur ayirmachilarining kirib kelishiga qarshi kurashib kelmoqda”, dedi u TBMVdagi yarim maxfiy Xitoy bazasini nazarda tutib.
“Bu Xitoy rahbariyatini qoʻrqitadi”, deydi Qodirov.
“Xitoy armiyasi buni tushunadi va oʻzini himoya qilmoqda”, deydi u. “Qurilish ishlari va maxsus tezkor boʻlinmani jihozlash orqali Xitoy, kerak boʻlsa, milliy xavfsizlikka tahdid yuzaga kelganida undan foydalanishi mumkin.”
“Harbiy hozirlikka ruxsat berish bilan Tojikiston bazaning qurilish haqini toʻlayotgan boʻlishi mumkin”, deydi siyosatshunos Andrey Zaxvatov.
“Xitoy bitta oʻq bilan ikkita quyonni oʻldirish niyatida – oʻzini Vohan yoʻlagi orqali uygʻur ayirmachilari tomonidan amalga oshirilishi mumkin boʻlgan ehtimoliy hujumlardan himoya qilib, Afgʻoniston va Tojikistondan qimmatbaho metallarni oʻz ichiga olgan qazilma boyliklarni olib kelish uchun eng qulay transport yoʻllarini qurmoqchi”, deydi Zaxvatov.
Bu kitayozalar allaqachon hamma narsani 150 yil oldinga hisob-kitob qilib qoʻyishgan. Biz esa har doimgidek hech qachon besh yildan koʻproqni rejalashtirmaymiz. Men barcha siyosatshunoslarning fikriga qoʻshilaman, ularning fikrlari bir-birini toʻldirgan va aytilganlarning bari chin haqiqat ekaniga ishonish uchun hamma asoslar bor. Xitoyliklar uchun bu imtiyozlarning barchasi bir vaqtda belgilanmoqda. Shuning uchun bu oʻjar kitayozalar 2003-yilgi strategik rejasiga amal qilgan holda nima qilib boʻlsa ham oʻz maqsadiga erishish payida boʻladi. Bu rejaning bandlaridan biri Markaziy Osiyoga imkon qadar chuqurroq kirib borish va buning uchun uygʻurlar sonini 10 milliongacha kamaytirishmoqchi. Xitoy statistikasiga koʻra, 1996 yilda Xitoyda 58 million uygʻur, shuningdek, 3 million qozoq, 500 ming qirgʻiz va boshqalar bor edi. Sharqiy Turkistondagi uygʻurlar esa Markaziy Osiyo uchun qalqon boʻlib kelgan va hozir ham shunday. Uygʻurlarni qirishi bilan kitayozalarning mutloq ekspansiyasi boshlanadi. Ular hamma joyda oʻz manfaati uchun qanday ishlayotganiniga oʻzim guvoh boʻlib turibman. Ular oʻz rejasiga koʻra, Qozogʻiston va Qirgʻizistonga nisbatan hududiy daʼvolarni ilgari suradi, “Bir kamar, bir yoʻl” loyihasini qurib va bu yoʻnalishdagi hamma narsani nazorat qiladi, barcha mamlakatlarga iqtisodiy taʼsir koʻrsatadi, siyosiy masalalarda oʻz qoidalarini oʻtkazadi, va nihoyat. 2025 yilga borib birinchi raqamli superdavlatga aylanadi. Chuqurroq mulohaza qiladigan boʻlsak, bularni uzoq da
Javob berishFikrlar 2
Tojikiston zaiflashib borayotgan Rossiyaga uncha ishonmay, Xitoy bazasini ehtiyot chorasi sifatida koʻrmoqda.
Javob berishFikrlar 2