Karvonsaroy
Salomatlik

AQSH koʻmagi bilan Tojikiston va Oʻzbekistonda COVID-19ga qarshi kurash jadallashmoqda

Karvonsaroy

AQSH Xalqaro taraqqiyot agentligi – USAID Oʻzbekistonga COVID-19ga qarshi kurashda yordam tariqasida qoʻshimcha 2,5 million dollar ajratdi, deb xabar beradi AQSHning Toshkentdagi elchixonasi 12-noyabr kuni. Qoʻshma Shtatlar COVAX dasturi doirasida dunyoning turli mamlakatlariga allaqachon 200 milliondan ortiq COVID-19 vaksinalarini yetkazib bergan va yaqin orada ularning soni yanada ortadi. [AQSHning Oʻzbekistondagi elchixonasi]

AQSH Xalqaro taraqqiyot agentligi – USAID Oʻzbekistonga COVID-19ga qarshi kurashda yordam tariqasida qoʻshimcha 2,5 million dollar ajratdi, deb xabar beradi AQSHning Toshkentdagi elchixonasi 12-noyabr kuni. Qoʻshma Shtatlar COVAX dasturi doirasida dunyoning turli mamlakatlariga allaqachon 200 milliondan ortiq COVID-19 vaksinalarini yetkazib bergan va yaqin orada ularning soni yanada ortadi. [AQSHning Oʻzbekistondagi elchixonasi]

DUSHANBE/TOSHKENT – Qoʻshma Shtatlar COVID-19 pandemiyasiga qarshi kurashda yordam yuklari va vaksina xayriya qilish orqali Markaziy Osiyo davlatlariga koʻmaklashishda davom etmoqda.

Dushanba (15-noyabr) kuni Vashington 198900 doza Pfayzer vaksinasidan 117 mingini AQSH Xalqaro taraqqiyot agentligi (USAID) va COVAX markazi orqali Tojikistonga yetkazib berdi, deyiladi Dushanbedagi AQSH elchixonasi bayonotida.

Qolgan 81900 doza shu haftada yetib borishi kerak.

Ushbu xayriya yordami sentabr oyidagi 325260 doza “Pfayzer” va 2021-yil iyuldagi 1,5 million doza “Moderna”ga qoʻshimcha tarzda yetkazib berilgan. Umumiy hisobda AQSH hukumati Tojikistonga COVID-19ga qarshi kurash doirasida ikki million dozadan ortiq vaksina hadya qildi.

Ushbu yordam AQSH hukumatining 1,1 milliard dona COVID-19 vaksinasini xavfsiz, adolatli va hech qanday shartlarsiz eng muhtoj mamlakatlarga berish majburiyati doirasida yetkazilgan.

“Hamma COVID-19dan xavfsiz boʻlmagunicha hech kim unga chalinmaslikdan kafolatlana olmaydi. Vaksinalar esa bu maqsadga erishishning asosiy va muhim vositasidir”, deydi USAIDning Tojikistondagi missiyasi direktori Piter Rayli.

Bayonotda aytilishicha, ushbu vaksina dozalari Tojikiston sogʻliqni saqlash tizimini mustahkamlash boʻyicha muvofiqlashtirilgan choralar, jumladan, infeksiyalar profilaktikasi va ularga qarshi kurash uchun shoshilinch vositalarni xarid qilish hamda COVID-19 ustidan epidemiologik nazoratni yaxshilash, javob choralarini koʻrish va kasallanish holatlarini qayd etish tizimini takomillashtirishga oid saʼy-harakatlarning bir qismidir.

Bu saʼy-harakatlar, shuningdek, aholi salomatligi boʻyicha tushuntirish ishlarini olib borish, xavf-xatarlardan ogohlantirish va jamoatchilik ishtirokini kuchaytirish, shuningdek COVID-19 vaksinasini joriy qilishni qoʻllab-quvvatlashga qaratilgan.

Oʻzbekistonga yordam

Toshkentdagi AQSH elchixonasining 12-noyabr kungi bayonotida aytilishicha, Tojikistonga vaksina xayriyasidan avval USAID Oʻzbekistonga qoʻshimcha 2,5 million dollar ajratgan.

Taqdim etilgan mablagʻ bilan Oʻzbekistonning COVID-19ga qarshi kurashdagi saʼy-harakatlarini qoʻllab-quvvatlash uchun AQSH hukumati tarafidan safarbar etilgan toʻgʻridan-toʻgʻri sarmoya miqdori 16 million dollardan oshgan.

USAID ushbu qoʻshimcha mablagʻlarni dori-darmonlar sifatini yuqori darajada taʼminlash boʻyicha texnik yordam koʻrsatish va mamlakatda vaksinalarga qarshi ishonchsizlikni bartaraf etishga sarflaydi.

“Oʻzbekistonda toʻliq emlangan odamlar soni oshib bormoqda. Ammo kurash hali tugagani yoʻq – bu mamlakatda virus kuchayishdan toʻxtamagan va yangi shtammlar doimiy global xavf tugʻdirmoqda”, dedi USAIDning Oʻzbekistondagi missiyasi direktori Mikayela Meredit.

“Pandemiyaga barham berish barchaning xavfsizligini taʼminlash, odamlar hayotini saqlab qolish va global iqtisodiyotni tiklash uchun juda muhim”, deydi Meredit.

Vaksinalar bu choralarning asosiy vositasidir. Bayden maʼmuriyati yaqinda Qoʻshma Shtatlar butun dunyo boʻylab 200 milliondan ortiq doza COVID-19 vaksinasini xayriya oʻlaroq joʻnatgani haqida eʼlon qildi”, deb qoʻshimcha qildi u.

USAID pandemiya boshlanganidan beri Oʻzbekiston hukumati bilan keng koʻlamli sinovlar oʻtkazish, laboratoriyalar va sogʻliqni saqlash muassasalarida infeksiyalarning oldini olish va nazorat qilish uchun milliy laboratoriya tizimlarini mustahkamlash boʻyicha yaqindan hamkorlik qildi, deyiladi bayonotda.

Shuningdek, agentlik diagnostika salohiyati, COVID-19 ustidan epidemiologik nazorat va tezkor chora koʻrishni yaxshilashga, virusga chalingan odamlarni davolashni takomillashtirish va aholining COVID-19 haqidagi xabardorligini oshirish, bu ishga jamoatchilikni jalb qilish va koʻngillilarni safarbar etishga koʻmaklashdi.

COVID-19 tarqalishiga qarshi kurash chora-tadbirlarni qoʻllab-quvvatlashdan tashqari, USAID Oʻzbekiston hukumati bilan mamlakat iqtisodiyotini diversifikatsiya qilish va mintaqaviy savdo hajmini oshirish, sil va boshqa kasalliklarga qarshi kurash, boshlangʻich taʼlim sohasidagi saʼy-harakatlarni qoʻllab-quvvatlash va hukumatning aholi ehtiyojlarini taʼminlash salohiyatini oshirish boʻyicha hamkorlik qilmoqda, deyiladi bayonotda.

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 0

Siyosat * Majburiy 1500 / 1500