Karvonsaroy
Xavfsizlik

Markaziy Osiyo mamlakatlarining terrorchilardan himoyalanganlik darajasi baholandi

Kseniya Bondal

Mozori Sharifdan 82 km shimolda, Oʻzbekiston bilan chegaradosh Hayratonda Amudaryodan kirib kelgan shatakchi kema fonida turgan Tolibon jangarilari, 27-oktabr. [VAKIL KOHSAR/AFP]

Mozori Sharifdan 82 km shimolda, Oʻzbekiston bilan chegaradosh Hayratonda Amudaryodan kirib kelgan shatakchi kema fonida turgan Tolibon jangarilari, 27-oktabr. [VAKIL KOHSAR/AFP]

OLMAOTA – Markaziy Osiyo davlatlarining aksilterror siyosati ortidan sezilarli yutuqlarga erishilgan boʻlsa-da, mintaqa terrorchilar va ekstremistik gʻoyalarning kirib kelish xavfi oldida zaifligicha qolmoqda. Bu haqda 15-17-noyabr kunlari Nur-Sultonda xalqaro va mahalliy ekspertlar ishtirokida boʻlib oʻtgan anjumanda maʼlum qilindi.

Nur-Sultondagi Jahon iqtisodiyoti va siyosati instituti hamda Nursulton Nazarboyev jamgʻarmasi tomonidan tashkil etilgan anjumanda siyosatchilar, olimlar va xalqaro mutaxassislar jahon iqtisodiyoti, geosiyosat va xalqaro munosabatlar bilan bogʻliq muammolarni muhokama qildilar.

“Hozirgi Markaziy Osiyo jiddiy geosiyosiy oʻyinchi sifatida eʼtirofga loyiq”, deydi Italiya sobiq tashqi ishlar vaziri, Yevropa komissiyasi vitse-prezidenti, adliya, erkinlik va xavfsizlik boʻyicha Yevropa komissari Franko Frattini.

Ijobiy oʻzgarishlarga qaramay, Oʻzbekiston va Tojikiston kabi Qozogʻiston ham terrorchilar kirib kelishi xavfi oldida himoyasizligicha qolmoqda, zero Afgʻoniston bilan chegarada xavfli qaynoq nuqtalar hali ham mavjud, dedi u 16-noyabr kungi chiqishida.

Qozogʻiston Milliy xavfsizlik qoʻmitasi (KNB) askarlari “Sakkizoyoq-2020” aksilterror mashqlarida ishtirok etmoqda, Olmaota shahri, 2020-yil, 22-oktabr. [KNB]

Qozogʻiston Milliy xavfsizlik qoʻmitasi (KNB) askarlari “Sakkizoyoq-2020” aksilterror mashqlarida ishtirok etmoqda, Olmaota shahri, 2020-yil, 22-oktabr. [KNB]

Afgʻonistondagi “Islom davlati” jangarilari, surat qayerda olingani nomaʼlum. ID va boshqa radikal guruhlar Markaziy Osiyodagi yacheykalarini faollashtirib, uning chegaralarini kesib oʻtishga urinishi mumkin, deydi tahlilchilar. [Fayl]

Afgʻonistondagi “Islom davlati” jangarilari, surat qayerda olingani nomaʼlum. ID va boshqa radikal guruhlar Markaziy Osiyodagi yacheykalarini faollashtirib, uning chegaralarini kesib oʻtishga urinishi mumkin, deydi tahlilchilar. [Fayl]

“Oʻz koʻzim bilan guvoh boʻldimki, Qozogʻiston bu borada mintaqaning boshqa davlatlari qatori yutuqlarga erishdi”, deb aytgan u Zakon.kz xabariga koʻra.

“Ammo Markaziy Osiyo terrorchilarning kirib kelish xavfi oldida himoyasiz qolmoqda”, deydi Frattini. “Bunga sabab – olib borilayotgan saʼy-harakatlarga qaramay, haligacha izchil va mukammal mudofaa tizimi mavjud emasligi.”

Majmuaviy yondashuv

Markaziy Osiyoni ekstremizmdan himoyalash masalasi amaliy va kompleks choralarni taqozo etadi, deydi tahlilchilar.

Markaziy Osiyo davlatlarining terrorchi guruhlar oldidagi zaifligi haqida gap ketar ekan, bu murakkab jarayon ekanligini anglash zarur, deydi xavfsizlik boʻyicha bishkeklik ekspert, BMT Narkotiklar va jinoyatchilik boʻyicha boshqarmasining (UNODC) Qirgʻizistondagi Dasturiy idorasi xodimi Denis Toʻychiyev.

Bir nechta sabablar tufayli ekstremizm va terrorizmning kirib kelishiga butunlay barham berish juda qiyin, dedi u.

“Birinchisi – chegarani xorij fuqarosi boʻlgan jangarilar kesib oʻtishi. “Bu tahdid bilan kurashish ikkinchi sabab – mamlakatga tashqaridan ekstremizm va terrorizm gʻoyalari kirib kelishiga qaraganda osonroq.”

“Bir guruh odamlarni hibsga olsa boʻladi, lekin odamlarni radikal mentalitetdan xalos qilish amrimahol. Va bu nuqtai nazardan barcha davlatlar zaif”, deydi u.

Markaziy Osiyodagi vaziyatni mintaqa davlatlari oʻrtasida viza rejimining yoʻqligi murakkablashtiradi, dedi Toʻychiyev. Bundan tashqari, mintaqa boʻylab migrantlar, yuklar va gʻoyalarning ulkan oqimi kuzatilmoqda.

Bu holat monitoringni qiyinlashtiradi va mamlakatlar milliy xavfsizligi uchun xavf tugʻdiradi, dedi u.

Bundan tashqari, Markaziy Osiyo davlatlari huquq-tartibot idoralari oʻrtasida terrorizm, giyohvand moddalar va odam savdosiga qarshi samarali kurashishga toʻsqinlik qiluvchi maʼlumotlar almashinuvida ham qiyinchiliklar bor, deb qoʻshimcha qildi Toʻychiyev.

“Terrorizm global tahdid hisoblanadi, shu bois unga butun dunyo qarshi turmogʻi lozim”, deydi u.

Xavflarni bartaraf etish

Oʻz navbatida Qozogʻiston terrorchilik tahdidiga ancha jiddiy yondashadi, dedi Nur-Sultonlik siyosiy sharhlovchi Gaziz Abishev.

Soʻnggi yillarda u nafaqat mavjud terrorchilik tahdidlarini yoʻq qilish, balki ularning oldini olish ustida ham ishlayotganini koʻrsatdi, dedi u.

“Qozogʻiston kuch idoralari va maxsus xizmatlari ekstremizm va terrorizmga qarshi kurash nuqtai nazaridan ancha faol, kerak boʻlganda, ular tezda safarbarlikka jalb qilinishi mumkin”, dedi Abishev.

Agentura va texnik vositalar orqali bir vaqtning oʻzida bir nechta yoʻnalishlar boʻyicha ish olib borilmoqda, dedi u.

“Geografik nuqtai nazardan, Yevropa uchun Qozogʻiston Afgʻonistonga – beqarorlik manbaiga yaqin joylashgan va shu bois terrorchi guruhlarning kirib kelish ehtimoli ostida qolishi mumkin”, dedi u.

“Ammo men 100% aminmanki, Qozogʻiston rasmiylari har kuni ehtimoliy tahdidlarni zararsizlantirish choralarini koʻrmoqda”.

Yana bir xavotirli muammo – terrorchilarning tashqaridan kirib kelishi emas, balki Markaziy Osiyo davlatlarining ichidan yollanishi, deydi Qozogʻiston aksilterror qoʻmitasi raisi, nur-sultonlik Amanjol Oʻrazbayev.

“Hozirda terrorchi guruhlar radikal kayfiyatdagi fuqarolarni internet orqali oʻz safiga jalb qilmoqda, viloyatlarda esa boshqalarni [yuzma-yuz] yollab, ulardan terrorchi guruhlarni shakllantirmoqda”, dedi u.

Ekstremistik qarashlarning kirib kelishidan hech qaysi mamlakat himoyalanmagan, deydi u.

Qozogʻistonda internet foydalanuvchilarini himoya qiluvchi kuchli tizim yaratilgan boʻlib, Axborot va ijtimoiy rivojlanish vazirligi har oy taqiqlangan ekstremistik mazmundagi yuzlab veb-saytlarni fosh etmoqda, dedi Urazbayev.

Joriy yilning dastlabki sakkiz oyida Qozogʻistonda terroristik yoki ekstremistik tashviqotni oʻz ichiga olgan 80 mingdan ortiq bosma materiallar, jumladan varaqalar, fotosuratlar va kitoblar yoʻq qilindi, internetda 300 dan ortiq maqolalar bloklandi, dedi hukumatning Din ishlari boʻyicha qoʻmitasi raisi Yerjan Nukejanov 7-sentabr kungi brifingda.

Bunday materiallar hajmi yildan-yilga oshib bormoqda, dedi u.

Yanvar-iyul oylari davomida Qozogʻiston huquq-tartibot idoralari mamlakatda ekstremizm va terrorizmga aloqador 139 ta huquqbuzarlik holatlarini qayd etgan, deb yozadi Finprom sayti mamlakat Huquqiy statistika qoʻmitasiga tayanib.

Bu 2020-yilning shu davriga nisbatan 19,8 foizga koʻp. 2021-yil 2017-yildan beri shu turdagi huquqbuzarliklar sonining oshishi kuzatilgan birinchi yil boʻldi.

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 1

Siyosat * Majburiy 1500 / 1500

Bu barcha Markaziy Osiyo davlatlari, xususan, Tojikiston uchun juda dolzarb maqola. Tojikiston Afgʻoniston bilan juda uzun chegaraga ega.

Javob berish