Karvonsaroy
Siyosat

Qozogʻistondagi “qullik” voqeasi Rossiyaning tanglikni avj oldirishga qaratilgan rejalarini fosh qildi

Kanat Altinbayev

20 yil qozogʻistonlik fermer qoʻli ostida quldek ishlagani haqida yolgʻon soʻzlagan Aleksey Kotov kimligi nomaʼlum rasmiylardan biri bilan gaplashmoqda, noyabr oyida olingan surat. Yakunda u oʻz daʼvosidan qaytgan boʻlsa-da, Rossiya rasmiylari qozoq jurnalistlariga xuddi rossiyaliklarga nisbatan boʻlganidek, qoʻpol muomala qilganlar. [Vk.com/ombudsman76]

20 yil qozogʻistonlik fermer qoʻli ostida quldek ishlagani haqida yolgʻon soʻzlagan Aleksey Kotov kimligi nomaʼlum rasmiylardan biri bilan gaplashmoqda, noyabr oyida olingan surat. Yakunda u oʻz daʼvosidan qaytgan boʻlsa-da, Rossiya rasmiylari qozoq jurnalistlariga xuddi rossiyaliklarga nisbatan boʻlganidek, qoʻpol muomala qilganlar. [Vk.com/ombudsman76]

QARAGʻANDA VILOYATI, Qozogʻiston – Noyabr oyida Rossiyalik ishchining Qozogʻiston fermasida 20 yil zoʻravonlik va “qullik” ostida ishlagani haqidagi daʼvosi tezda chippakka chiqqan boʻlsa-da, Rossiya hukumati bu hodisadan taranglikni yanada kuchaytirish yoʻlida foydalanib qolgan.

Ushbu qisqa muddatli xalqaro mojaro, shuningdek, Rossiya hukumatining Qozogʻistondagi etnik ruslar duch keladigan yakka tartibdagi holatlarni Rossiyadagi Markaziy Osiyolik mehnat migrantlariga nisbatan tizimli va keng tarqalgan zoʻravonliklarga tenglashtirishga qaratilgan urinishlarini fosh etgan.

Kotovning choʻpchagi

Bu xabar 17-noyabr kuni ijtimoiy tarmoqlarda chiqqan videodan tarqalgan.

Unda oʻrta yoshlardagi rossiyalik Aleksey Kotov Qozogʻistonning Qaragʻanda viloyati Shet tumanida majburan ushlab turilganini aytgan.

Qozogʻistonlik fermer qoʻli ostida 20 yil qul boʻlib ishlagani haqida yolgʻon soʻzlagan Aleksey Kotov, noyabr oyida Vk.com platformasidagi videolavhadan olingan skrinshot. U keyinchalik oʻz iddaolaridan voz kechgan boʻlsa-da, xalqaro mojaro keltirib chiqarishga ulgurdi. [Vk.com/ombudsman76]

Qozogʻistonlik fermer qoʻli ostida 20 yil qul boʻlib ishlagani haqida yolgʻon soʻzlagan Aleksey Kotov, noyabr oyida Vk.com platformasidagi videolavhadan olingan skrinshot. U keyinchalik oʻz iddaolaridan voz kechgan boʻlsa-da, xalqaro mojaro keltirib chiqarishga ulgurdi. [Vk.com/ombudsman76]

Tushunarsiz gapirishidan uning mast holatda ekanini taxmin qilish mumkin.

“Oyi, dada, Qozogʻistondan chiqib ketishimga yordam beringlar”, deydi u kameraga.

Shovinistik Rossiya ommaviy axborot vositalari bu xabarni tezda tarqatib yubordi.

Qozogʻiston politsiyasi Rossiyaning Yaroslavl viloyatida tugʻilgan 44 yoshli Aleksey Kotovni tezlik bilan topgan. U politsiyaga 44 yashar qozogʻistonlik fermer uni 20 yil davomida qullikda saqlaganini aytgan.

Politsiya fermerni hibsga olib, jinoiy ish qoʻzgʻagan.

Biroq Qozogʻiston Ichki ishlar vazirligi (IIV) 18-noyabr – xabar chiqqanidan bir kun oʻtib, Kotov oʻz daʼvosidan voz kechganini maʼlum qildi.

IIV bayonotida aytilishicha, Kotov shunchaki uyini sogʻingan.

“U oʻz ixtiyori bilan fermada qolib ishlagan, uyali telefondan foydalangan va istagan paytda fermadan chiqib ketish imkoniga ega boʻlgan”, deydi Qaragʻanda viloyat politsiyasi boshligʻining oʻrinbosari Yernat Kaliakparov 17-noyabr kuni politsiyaning Kotovni soʻroq qilish yakunlariga bagʻishlangan videolavhada. Bu jarayonda Rossiya konsulligi xodimlari ham ishtirok etishgan.

Kotov fermerga qarshi hech qanday daʼvosi yoʻqligini aytdi, uning xalqaro miqyosda shov-shuv koʻtarishdan yagona maqsadi “uyiga qaytish” boʻlgan, deb qoʻshimcha qildi Kaliakparov.

Keyinroq qaragʻandalik jurnalistlar rossiyalik rasmiylar tarafidan “senzura va ularning professional faoliyatiga toʻsqinlik qilish” deb baholagan voqea yuz berdi.

Senzura sabogʻi

17-noyabr kuni Rossiya konsuli, Rossiya parlamenti deputati va IIV xodimi Kotovni olib ketish uchun Qaragʻandaga kelib, qozogʻistonlik jurnalistlarni uning oldiga yaqinlashtirmaslikka zoʻr berib harakat qilgan.

Politsiya idorasiga yoʻl olgan jurnalistlar Kotovga savol bera boshlaganida, uning hamrohlaridan biri “Hech narsa gapirma, Aleksey!” deb buyruq bergan.

Kotov unga itoat qilgan holda jurnalistlarni eʼtiborsiz qoldirib, kapyushoni bilan yuzini toʻsib olgan.

“Rossiya vakillari Kotovga jurnalistlar bilan gaplashishni taqiqladilar. Havaskorlik videolavhasida Rossiya vakillaridan birining oʻz hamyurtlarini oʻtkazib yuborib, politsiya idorasi eshigini ushlab turganini, Kotov binodan chiqib ketgunicha qozogʻistonlik jurnalistlarni kiritmayotganini koʻrish mumkin”, deb xabar beradi KazTAG axborot agentligi.

Kotovni kuzatib borganlardan biri, aftidan, rossiyalik politsiyachi boʻlib, u voqeani tasvirga olayotgan mahalliy jurnalist Aynur Balakeshovaning mobil telefonini tortib olgan.

“Rossiya IIV vakili telefonimni olib qoʻydi, videoyozuvni toʻxtatib, qaytarib berdi”, dedi Balakeshova Karvonsaroyga. “Rossiya politsiyachisining xatti-harakatlari vahimali edi. Men hech qachon bunday tajovuzkorlikni koʻrmaganman”.

Mahalliy politsiya xodimlari jurnalistlarning eʼtirozidan keyin vaziyatga aralashib, Rossiya vakilini eshik oldidan olib tashladilar, ammo vaqt oʻtib boʻlgan edi.

Jurnalistlar Kotov ortidan tashqariga chiqishganida, rossiyaliklar uni allaqachon olib ketishgan edi.

Rossiya vakillari bu xatti-harakatlari bilan axborot olish erkinligi va jurnalistik faoliyatga toʻsqinlik qilishni taqiqlovchi Qozogʻistonning bir qancha qonunlarini buzdilar, deydi Balakeshova Karvonsaroy nashriga.

Rossiyaliklar Kotovni tashqarida jurnalistlar kutib turganini bilib, oʻz harakatlarini rejalaganlar, sababi uning “qulligi” haqidagi xabar xalqaro mojaro keltirib chiqargan.

Rossiyada emas

Rossiya huquq-tartibot idoralari rossiyalik jurnalistlarga bosim oʻtkazishga oʻrganib qolgan va Qozogʻistonda ham shunday qilishdi, deydi Nur-Sultonlik bloger Yerlan Ismoilov.

“Ammo bu yer ularga Rossiya emas. Boshqa davlat fuqarolariga Qozogʻistondagi OAV xodimlariga shunday muomala qilishga kim huquq berdi?” dedi u Karvonsaroy bilan suhbatda. “Odatda Qozogʻistonda bunga jinoiy javobgarlik bor”.

Qozogʻistonda soʻz erkinligi masalasi ideal darajada emas, ammo “bu mamlakatda jurnalistlar huquqlari bilan bogʻliq vaziyat Rossiyadagidan ancha yaxshi”, dedi Ismoilov.

“Qozogʻistonda jurnalistlarning kasbiy faoliyatiga toʻsqinlik qilish qonunan taqiqlangan, bu yerda soʻz erkinligi kafolatlanadi, konstitutsiya esa senzurani taqiqlaydi”, deb yozgan KazTAG 17-noyabr kuni.

Axborot agentligi Qozogʻiston huquq-tartibot organlarini yuz bergan voqeani sharhlashga chaqirgan.

Kreml narrativlarining sugʻorilishi

Kotovning hikoyasi Kremlga qarashli “Rossiyskaya gazeta” Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrovning Qozogʻistondagi rusiyzabon ozchilikka nisbatan noxolis munosabatlar haqidagi maqolasini chop etganidan koʻp oʻtmay paydo boʻlgan.

Rossiya vakillarining qozoq jurnalistlarini Kotovga yaqinlashtirmaslikka uringani shubhali, deydi ayrim kuzatuvchilar.

“Rossiyalikning Qozogʻistondagi uzoq yillik qulligi” haqidagi virusli xabar Qozogʻistondagi rusiyzabonlarning zulmga uchrayotgani haqidagi Kreml narrativini mustahkamladi, deydi Korrupsiyaga qarshi xalq qoʻmitasining xalqaro siyosat boʻyicha tahlilchisi, chimkentlik Jonibek Asanov.

“Ammo Kotov yolgʻonining fosh etilishi Rossiyani noqulay ahvolga solib qoʻydi, shuning uchun [rasmiylar] bundan ham kattaroq ishkal chiqarmasidan uni tezroq uyiga olib ketishga harakat qilishdi”, deydi Asanov Karvonsaroyga.

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 10

Siyosat * Majburiy 1500 / 1500

CHURka (turkcha CHIRik, shirik) chirkin, chirigan degan maʼnoni bildiradi. Turk boboylari (ajdodlar) eski, chirigan, qurigan yogʻoch, chirigan yogʻoch boʻlagi – oʻtin, chirigan tarasha – na nasl-nasabi, na BAYROGʻI va na Vatani bor, qonunsiz, odobsiz, xotinining izmida yuradiganlar - XOTINQULI erkaklarni shunday deb atagan. Rus saytlarida qadimgi, majusiylik eʼtiqodlari haqidagi materiallarni oʻqing.

Javob berish

Endi harf haqida: CHUR(ka) - slavyan maʼbudi boʻlib, maʼbudning quruq xoda yoki toʻnkadan oʻyilgan timsoli. CHUR, CHURBAN i CHURKA - qadim zamonlardan maʼlum boʻlgan rus endonimlari. CHUR - qadimgi rus yarim maʼbudi, ruslar vafot etganida shu maʼbudga aylanadi deb eʼtiqod qilingan. Bu shuni anglatadiki, ruslardan kimdir oʻlsa, ularning eʼtiqodiga koʻra avtomatik ravishda yarim maʼbudga aylanib, oʻzidan keyin qolgan bolalarni himoyasiga oladi deb ishonilgan. Ruslar yogʻochdan CHUR haykalchalar yasab, uylari va bogʻlari atrofiga oʻrnatib, ularni CHUR va CHURBAN deb atashgan. Shunday qilib, mashhur eʼtiqodga koʻra, CHURKA - bu yogʻochdan oʻyilgan yoki yogʻoch boʻlagida gavdalangan rus buti, churban yoki CHURBANLAR (koʻplik) bu CHURKA - ular qoʻriqlash va himoya qilish uchun moʻljallangan uylar va bogʻlar atrofida joylashtirilgan. Odamlar bu soʻzlarni tasodifan ishlatishdi, lekin ularni unutishdi, chunki ular qilgan ishlarini UNUTDILAR. Kimdir CHURBAN tomonidan qoʻriqlanadigan hovlilar, uy xoʻjaliklari, bogʻlar va boshqa mulk chegaralarini kesib oʻtganida, egasi bosqinchiga “churning ustida oʻtma” deb aytgan [yaʼni,mening hududimdan oshib oʻtma], “CHUR men, CHUR men” deganida qandaydir xavf-xatardan himoya qilish uchun ota-bobolarining ruhlariga “yuzlangan”.

Javob berish

Va eng muhimi, inqilobdan oldingi statistika “millat” atamasini bilmagan. U til soʻzlashuvchilarini (sohiblari) hisoblagan. Turli mamlakatlarda fuqarolikni belgilashning ikki tamoyili mavjud: “qon tamoyili” va “er tamoyili”. Qon tamoyiliga koʻra, yangi tugʻilgan chaqaloqning fuqaroligi uning qayerda tugʻilganidan qatʼi nazar, ota-onasining fuqaroligi bilan belgilanadi. Yer tamoyili - biror davlat hududida tugʻilgan har qanday shaxs ota-onasining fuqaroligidan qatʼi nazar, shu davlat fuqaroligiga ega boʻladi. Fuqarolikni belgilashning qaysi tartibi toʻgʻri deb oʻylaysiz? Imperialistik boʻlgan narsa milliy (etnik) boʻlishi mumkin emas, postsovet hududidagi, jumladan Qirgʻiziston va Rossiyada odamlar imperiyaga va SSSR merosiga qarshi norozilik bildirsa, bu ruslarga qarshi chiqish emas; Bu birinchi navbatda Rus loyihasini emas, Gʻarb loyihasini ilgari suruvchi imperiyaga qarshi chiqishdir *** SSSR hech qachon oʻzini “Rossiya davlati” yoki Rossiya imperiyasining vorisi deb eʼlon qilmagan. Qaytanga, SSSR oʻzining Qizil Armiyasi bilan fuqarolar urushi chogʻida imperiya armiyasini (bir necha marta) yakson qilgan. Rus xalqining tabaqalari - dvoryanlar, imperiya harbiylari, savdogarlar va quloqlar yoʻq qilindi. SSSR (RSFSR) dastlab proletariat diktaturasi edi. Taʼkidlash kerak: DIKTATURA. SSSR tarkibida unitar Rossiya davlati ham, poytaxti ham, gerbi ham yoʻq edi (bu RSFSR edi, F – “federatsiya” degan maʼnoni anglatadi). Sizning “rus yerlarini berish” deganingiz...

Javob berish

Tushunmayapman. Biz Yekaterina Ikkinchi kimligini va nima uchun u dunyoga ravona boʻlganini bilamiz. U daho emas edi. Uni frantsuz-nemis-iyezuit jamoasi boshqargan. Biroq, Pyotr Birinchi almashtirilganidan soʻng, Rossiya imperiyasi tarixida Nikolay Ikkinchi hukmronligi davrida ham xuddi shunday boʻlgan. Ruslarning oʻzlari imperiyada krepostnoylar boʻlib, armiya va soliq toʻlovchilar uchun ozuqa boʻlgan. Iyezuit ordeni bilan tarbiyalangan avlod bugungi kungacha Rossiyani rus elitasi orasidagi beshinchi kolonna sifatida boshqarib keladi. Ular Rim klubini tuzishgan, u yerda Sovet Ittifoqining parchalanishini rejalashtirishgan va hokazo.

Javob berish

P.S. Gap xat haqida, soʻz oʻyini; almashtirish; johilona johillardan foydalanish haqida ketmoqda; fitnali zamon; Nemislar - yahud yahudiylarining taxtga chiqishi = malikalar, generallar, gubernatorlardan tortib kotiblargacha boʻlgan nemislar. *Rossiya guslar uchun* [sharhlovchchi yahudiylar qattiq “R”ni toʻgʻri talaffuz qila olmasligini koʻrsatib, antisemit hazilni qoʻllamoqda]. Golshteyn-Gottorp, Yudenich, Kolchak, Kappel, Vrangel kim “sobiq” yoki “gus” ekanligini yaxshiroq bilishardi. Rossiya imperatorlari Rossiya davlatining asoschilari bilan bir qabiladan edi! Nestorning “Rus yilnomasini” oʻqing: bizning kelib chiqishimiz ruslardan. Karl Inegeld. Farlof. Veremud. Rulav. Aktevu. Truan. Lidulfost. Stemir. Romanovlar (haqiqiy familiyasi - Kobilinlar, Romanov Rim dunyosini sharaflash uchun berilgan Rossiya = Rim) sobiq Stargorod-Oldenburg va uning yerlaridan kelgan nemis ritsarlari bilan qarindosh boʻlib ketishgan. Novgorodda Ryurikni chaqirgan slavyanlar qayerdan boʻlsin? Yoqmayaptimi? Demak, sen “gus” emassan. Gʻarbdagi birinchi rus migrantlari keyingi migrantlar toʻlqinlari bilan aloqa qilmadi va ularga ruslardek munosabatda boʻlmadi; ularni sovetlar deb hisoblagan. Biz rus ajdodlarimiz: Karl, Inegeld, Farlof, Veremud, Rulav, Guds, Ruald, Karn, Frelav, Ruar, Aktevu, Truan, Lidulfost, Stemir. Vilgelm Ikkinchi qirolicha Viktoriyaning nabirasi edi, ammo bu uning nemis imperialisti boʻlishiga toʻsqinlik qilmadi. Buyuk Yekaterinaning tomirlarida bir tomchi ham rus qoni yoʻq ed

Javob berish

Qozoqlar qul sifatida sotilgan https://old.newsroom.kz/ru/4006-rabotorgovlya-kazakhami-v-sibiri.html

Javob berish

Qozogʻiston Rossiyaning tajovuziga uchrashi yoki Qozogʻistonga zarar keltiruvchi shartnomalarni imzolashdan birini tanlash vaqti kelganga oʻxshaydi. Shimoldagi qoʻshnilarimizni yovuz odamlar boshqarmoqda.

Javob berish

Rusiyzabon maktablar sonini tezroq qisqartirish kerak, chunki u yerda 70 foiz qozoqlar oʻqiydi

Javob berish

[Qozoq tilida: Doʻsting oʻrus boʻlsa, bolta olib yur!] Rossiya badjahl ahmoqlar va qoʻshnisidagi narsaga koʻz tikib yuradigan doimiy mast tajovuzkorlar mamlakati! Rossiyaning atrofida dushmanlari koʻp, chunki u hammaga nisbatan dushmanona munosabatda va hammaga yolgʻon gapiradi!

Javob berish

Qiziq, Rossiyada qancha Markaziy Osiyoliklar qullikda ekan? Qozogʻistondagi ruslar sonidan koʻproq ekanligi aniq.

Javob berish