TOSHKENT – Rossiya Evroosiyo iqtisodiy ittifoqiga (YOII) qoʻshilishi uchun Oʻzbekistonga bosim oʻtkazishda davom etmoqda – qozogʻistonlik va qirgʻizistonlik tahlilchilar bu qadam siyosiy va iqtisodiy xatarlarga olib kelishi haqida ogohlantirgan.
YOII Rossiya, Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Armaniston va Belarusdan tarkib topgan. 2020-yil dekabr oyida Oʻzbekiston ittifoqda kuzatuvchi maqomiga ega boʻldi.
17-noyabr kuni Rossiya prezidenti Vladimir Putin Oʻzbekistonni toʻlaqonli aʼzo boʻlishga koʻndirish yoʻlidagi soʻnggi urinishida Toshkent “(YOII doirasida) faolroq rol oʻynash” bilan “hamkorlikni yanada mustahkamlashi” mumkinligini aytgan.
“Bu Oʻzbekiston va YOIIga aʼzo barcha davlatlar uchun foydali boʻladi”, dedi Putin Rossiya-Oʻzbekiston ikkinchi mintaqalararo hamkorlik forumi ishtirokchilariga murojaatida.
Putinning bu soʻzlari Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 19-noyabr kuni Moskvaga rasmiy tashrifidan ikki kun avval yangradi – bu Mirziyoyevning oktabr oyida ikkinchi besh yillik muddatga qayta saylanganidan keyin xorijga ilk tashrifi boʻlgan.
2016-yil sentabrdan beri prezident boʻlgan Mirziyoyev uchun Rossiyaning YOIIga qoʻshilish haqidagi chaqiriqlari begona emas.
U hokimiyatga kelganidan koʻp oʻtmay, Rossiya korxonalari faol ravishda Oʻzbekiston bozoriga kira boshladi, rossiyalik siyosatchilar esa Oʻzbekistonni YOIIga qoʻshilishga koʻndirish umidida mamlakatga serqatnov boʻlib qoldilar.
Rossiya parlamentining yuqori palatasi raisi Valentina Matviyenko 2019-yil oktabr oyida yanglish tarzda Mirziyoyev YOIIga kirishga qaror qilganini aytgan edi.
U Toshkentga safari chogʻida shunday bayonot bergan edi.
Oradan ikki kun oʻtib, Oʻzbekiston Senati raisi oʻrinbosari Sodiq Safoyev uning daʼvosini rad etib, “Hozircha bu borada qaror qabul qilinmaganini” taʼkidladi.
Oʻzbekiston hukumati maʼlumotlariga koʻra, Rossiya Oʻzbekistonning Xitoydan keyingi ikkinchi eng yirik savdo hamkoridir.
Rossiya garovidagilar
Oʻzbekiston qaysidir maʼnoda Rossiya bosimiga egilayotgan koʻrinadi.
2022-yilda mamlakat YOIIda amalda boʻlgan texnik reglamentlarning aksariyatini unifikatsiya qiladi, dedi Oʻzbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov 19-noyabr kuni Yevroosiyo hukumatlararo kengashi yigʻilishida.
U Oʻzbekistonning YOII aʼzolari bilan qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini oldi-sotdi qilish istagini tilga olgan.
Shunga qaramay, Oʻzbekiston uning iqtisodiga yordam bermaydigan bloklarga qoʻshilmoqchi emas, deydi AQSHda yashovchi sobiq oʻzbekistonlik siyosatchi Nigora Hidoyatova.
“Kreml uchun Oʻzbekistonni YOII ichiga tortish juda muhim”, deydi Hidoyatova.
Markaziy Osiyoning eng yirik respublikasi ishtirokisiz “Moskvaning shovinistik superdavlatga aylanish rejasi amalga oshmaydi”, deydi u.
“Bu esa 20 yildan ortiq vaqt davomida hokimiyatda boʻlgan va Rossiya boshchiligidagi kvazisovet ittifoqini yaratish haqidagi bemaʼni gʻoyadan umidvor Putin jamoasi uchun muvaffaqiyatsizlikdir”, deydi u.
“Bu ittifoqqa (YOII) aʼzo boʻlish bilan biz Rossiya tashqi siyosati va u bilan bogʻliq barcha mojarolarning tutquniga aylanamiz”, degan edi Toshkentdagi Iqtisodiy taraqqiyot markazi direktori Yuliy Yusupov 2020-yilda Kun.uz nashriga.
“YOII – teng huquqli aʼzolar hamjamiyati emas. Unda bitta davlat hukmronlik qiladi. Tashkilotning koʻplab qarorlari... aynan oʻsha davlatning siyosiy mulohazalariga asoslangan xohish-istaklarga mos keladi.”
“Tashkilotga aʼzo boʻlish shu sababdan ham xatarli”, deydi u.
Ayrim oʻzbek deputatlari mamlakatning YOIIga kirishiga faol qarshi chiqmoqdalar.
Oʻtgan yili YOIIga aʼzolik masalasidagi bahslar chogʻida Oʻzbekiston parlamenti deputati Gulbahor Saidgʻaniyeva ittifoqqa qoʻshilishning salbiy jihatlarini aytib oʻtgan edi.
Yevroosiyo ittifoqiga aʼzo boʻlish Rossiya tomonidan belgilangan shartlarni qabul qilishni taqozo etadi, deb aytgan u Kun.uz saytiga koʻra.
Bu Oʻzbekistonga sarmoya kiritmoqchi boʻlgan potensial investorlarni choʻchitishi mumkin, chunki Rossiya turli sanktsiya va bosimlar ostida qolgan, deb qoʻshimcha qildi Saidgʻaniyeva.
Rossiya 2014-yilda Ukrainaga qarashli Qrimni anneksiya qilganidan keyin xalqaro hamjamiyat unga qarshi sanksiyalar joriy qilgan edi.
“Hozirda biz xorijlik investorlar uchun bojlar miqdorini mustaqil ravishda belgilaymiz, biroq ittifoqqa kirganimizdan soʻng, uning qoidalariga amal qilishimiz kerak boʻladi”, dedi u.
“Biror-bir mahsulotimiz YOIIga aʼzo davlatlardan birining sanitariya meʼyorlariga javob bermasa, ittifoqqa aʼzo boshqa davlatlar bozorlariga chiqa olmaydi. Boshqacha aytganda, bozor va bojxona siyosatidagi mustaqilligimiz cheklanadi.”
Qoniqarsiz tajriba
Toshkentlik oʻzbek siyosatshunosi Kamoliddin Rabbimovning ishonishicha, Oʻzbekistonning YOIIga kirishi nafaqat foyda keltirmaydi, balki mamlakat manfaatlariga zarar yetkazadi.
Tashkilotning maqsadi Rossiya manfaatlariga “xizmat qilish”, dedi u Karvonsaroy bilan suhbatda.
YOIIga aʼzo Qozogʻiston va Qirgʻiziston bu saboqni allaqachon oʻzlashtirgan, deydi bu mamlakatlar tahlilchilari.
Olmaotalik tarixchi va siyosatshunos Anuar Galiyevga koʻra, Qozogʻistondagi ishlab chiqaruvchilar oʻz mamlakatining YOIIga aʼzoligidan faqat zarar koʻrdi.
“Qozogʻistonlik tadbirkorlar Rossiyadan kelayotgan arzon va sifatsiz mahsulotlar bizning mahsulotlar oʻrnini bosayotganidan shikoyat qilmoqda”, deydi u Karvonsaroy bilan suhbatda.
“Bugungi kunda Qozogʻiston sanksiyalarning barcha qiyinchiliklarini Rossiya bilan birga boshdan kechirmoqda: tenge rubl bilan birga qadrsizlanmoqda, chunki unga bogʻlangan”, deb qoʻshimcha qildi Galiyev Rossiyaning Qrimni anneksiya qilishiga javoban joriy qilingan sanksiyalarni koʻzda tutib.
Oʻzbekiston YOIIga qoʻshilmasligi kerak, aksincha, Yvropa Ittifoqi (YI) va AQSH bilan hamkorlikni kengaytirishi lozim, dedi Galiyev.
Ammo biz [Qozogʻiston] bu “ittifoq”da qolishga majburmiz”, deydi u.
YOII aʼzo davlatlar oʻrtasida kapital, tovarlar va odamlarning erkin harakatlanishini koʻzda tutadigan Yevropa Ittifoqining misoli oʻlaroq tuzilgan edi, deb taʼkidladi bishkeklik jurnalist va tahlilchi Odil Turdiqulov.
“Bizda esa doim migrantlar muammosi mavjud”, dedi u Karvonsaroy nashriga Rossiyadagi qirgʻizistonlik mehnat migrantlarining ogʻir ahvoliga ishora qilib.
“(Migrantlarni ushlashga qaratilgan) politsiya reydlari oʻtkazib turiladi. Migrantlar doim kamsitiladi. Ularning huquqlari Rossiya fuqarolari kabi himoya ostida boʻladi, deb taxmin qilingan edi”, dedi u.
“Yuklarni tashishda doimiy muammolarga duch kelamiz”, deb qoʻshimcha qildi u.
Shu sababli, tobora koʻproq qirgʻizistonliklar YOII “iqtisodiy emas, siyosiy tashkilot va u faqat Moskvaning... satellit davlatlarini nazorat ostida ushlab turishga qaratilgan” degan qarorga kelishmoqda”, dedi Turduqulov.
“Biz jamoatchilik faoli sifatida ittifoqqa kirish-kirmaslik masalasini referendum orqali hal qilishini taklif etamiz”, deb qoʻshimcha qildi Turdiqulov.
“[Uni] tark etish tartibi ham belgilanishi kerak, ammo bu ish bajarilmadi”, dedi u.
Rossiya Oʻzbekistonni 150 yil taladi. Boʻladi shuncha talagani, endi kerakmas. Oʻzbek oʻzligicha mustaqil davlat boʻlib qolishi kerak. Men seni sevaman OʻZBEKISTON.
Javob berishFikrlar 30
Monopollarga xizmat qiluvchi deputatlar fikri qoʻshilmaslik
Javob berishFikrlar 30
Xavfsizlikni taʼminlash toʻlaligicha Rossiyaning zimmasida, tashqi tajovuzga qarshi turish qobiliyati har qanday davlat uchun eng muhimi hisoblanadi.
Javob berishFikrlar 30
Monopolistlar hikoyasi
Javob berishFikrlar 30
Iqtisodiy mustaqil boʻlmagan davlat “hech qachon” siyosiy mustaqil bo‘la olmaydi!
Javob berishFikrlar 30
Qoʻshilmasin. Biz hech kimga qaram emasmiz.
Javob berishFikrlar 30
BIZ BOSHQA SIYOSIY ITTIFOQLARGA QOʻSHILISh UChH MUSTAQIL BOʻLGANIMIZ YOʻQ. I.A. KARIMOV
Javob berishFikrlar 30
YOIIga qoʻshilmaslik kerak
Javob berishToʻppa-toʻgʻri
Javob berishFikrlar 30
Bu tashkilotga qushilishshi muman keregi yu
Javob berishFikrlar 30
JSTga qoʻshilish kerak. Bu borada barcha ishlar amalga oshirilishi lozim
Javob berishToʻgʻri
Javob berishFikrlar 30
Men qarshiman
Javob berishFikrlar 30
Yeb toʻymaslar kemirib tugatyaptiyu baribir! Balki yaxshi boʻlar
Javob berishFikrlar 30
Tepadagi boylarga qiyin boʻlishi mumkin, ammo oddiy xalqqa yaxshi boʻlishi aniq
Javob berishFikrlar 30
Rossiya bilan hamkorlik qilmasak, Xitoyning ostida qolamiz. Rossiyaga qarshi boʻlganlar xitoy tilini oʻrganing.
Javob berishFikrlar 30
YOII bu KREML rahbarligi ostida barcha respublikalarga SIYOSIY VA IQTISODIY BOSIM OʻTKAZISH VA YOII aʼzolarini talon-taroj qilish demakdir.
Javob berishFikrlar 30
Qozogʻiston Rossiya tufayli tubsiz iqtisodiy jarlikka qulab bormoqda
Javob berishFikrlar 30
Ittifoqqa qo'shilmaslik kerak, chunki iqtisodiy qaramlikka olib keladi
Javob berishFikrlar 30
Mistaqillik cheklanadi
Javob berishFikrlar 30
Men qarshiman
Javob berishFikrlar 30
Toʻgʻri
Javob berishFikrlar 30
Hamma YOIIga qarshi. Bu ittifoq Rossiyadan boshqa hech kimga kerak emas. Biz uni tark etishimiz kerak.
Javob berishYOIIga qarshiman
Javob berishFikrlar 30
Keragi yoʻq!
Javob berishFikrlar 30
Qozogʻiston bu Tayga ittifoqida va buning oqibati nima boʻldi? Rossiya oʻz bozoriga hech qanday tovarlar kiritmayapti, lekin Qozogʻiston doʻkonlarini boshqa hech kim sotib olmaydigan sifatsiz tovarlari bilan toʻldirib tashladi. Shuning uchun naqd pul oqimi Rossiyaga ketmoqda.
Javob berishFikrlar 30
Yoʻq, Oʻzbekiston YOIIga qoʻshilmasligi kerak
Javob berishFikrlar 30
Bojxona Ittifoqi Rossiyaga Oʻzbekistonni talon-taroj qilish uchungina kerak.
Javob berishFikrlar 30
Rossiyada ishlab, oilasini boqayotgan koʻp sonli oʻzbeklar-chi? Qancha odam (qozoq, qirgʻiz, tojik, oʻzbeklar) ish bilan taʼminlangani-chi?
Javob berishFikrlar 30
Bu Tayga ittifoqi bizga kerak emas.
Javob berishFikrlar 30