Karvonsaroy
Iqtisodiyot

Rossiya internet-doʻkonlari Qozogʻistonda joriy etilgan yangi soliq qoidalaridan shikoyat qilmoqda

Kseniya Bondal

Qozogʻistonda toʻlov tizimi va elektron tijorat sohasida yetakchi hisoblangan “Kaspi” xodimi 2020-yilning 5-noyabr kuni kompaniyaning Olmaotadagi bosh qarorgohida ishlamoqda. [Ruslan Pryanikov/AFP]

Qozogʻistonda toʻlov tizimi va elektron tijorat sohasida yetakchi hisoblangan “Kaspi” xodimi 2020-yilning 5-noyabr kuni kompaniyaning Olmaotadagi bosh qarorgohida ishlamoqda. [Ruslan Pryanikov/AFP]

OLMAOTA – Qozogʻiston va Belarusdagi onlayn-doʻkonlarga joriy etilgan yangi soliqlar Yevroosiyo Iqtisodiy Ittifoqi (EII) doirasida Kremlning shikoyatlarini keltirib chiqarishi kutilmoqda, deydi iqtisodchilar.

Ushbu mojaro Rossiya hukmronlik qiladigan ittifoqda sheriklik kayfiyati yetishmasligini koʻrsatmoqda.

Rossiyadagi internet doʻkonlari 2022-yil yanvardan Qozogʻistonda, iyuldan esa Belarusda kuchga kiradigan qoʻshilgan qiymat soligʻi (QQS) yuzasidan Rossiya bosh vaziri Mixail Mishustinga shikoyat qilgan.

Qozogʻistonda QQS stavkasi 12% ni tashkil etadi hamda tovar va xizmatlarning sotuv bahosiga nisbatan qoʻllaniladi – endilikda u xorijiy kompaniyalarning internetdagi elektron savdolariga ham taalluqli boʻladi.

3-dekabr kuni Olmaota gipermarketida Rossiya shirinliklarini koʻzdan kechirayotgan qozogʻistonlik xaridor. [Kseniya Bondal/Karvonsaroy]

3-dekabr kuni Olmaota gipermarketida Rossiya shirinliklarini koʻzdan kechirayotgan qozogʻistonlik xaridor. [Kseniya Bondal/Karvonsaroy]

Terma skrinshotda qozogʻistonlik mijozlarga mahsulot sotadigan Rossiyaning yirik internet-doʻkonlari bosh sahifalari aks etgan.

Terma skrinshotda qozogʻistonlik mijozlarga mahsulot sotadigan Rossiyaning yirik internet-doʻkonlari bosh sahifalari aks etgan.

Rossiya firmalari Rossiyada QQS toʻlashi va endilikda Qozogʻiston yoki Belorussiyada ham ikkinchi bor toʻlashga majbur boʻlayotganidan nolimoqda.

Rossiyaning onlayn-savdo kompaniyalari assotsiatsiyasi Mishustinga murojaat qilib, muammoni hal qilishda amaliy yordam berishni soʻragan, deb yozadi 25-noyabr kuni “Kommersant” nashri.

Rossiya Iqtisodiy taraqqiyot vazirligi bu muammodan xabardor ekanligini maʼlum qilar ekan, YOII ijrochi organi – Yevroosiyo iqtisodiy komissiyasiga (EOIK) “toʻsiqlar yaratishga yoʻl qoʻyib boʻlmasligini” aytgan.

Vazirlik yuzaga kelgan vaziyatning “YOII qonuniga zidligini” eʼtirof etib, Rossiya hukumati YOIK, Qozogʻiston va Belarus hukumatlari bilan bu masalani muhokama qilishi haqida xabar bergan.

Rossiya ommaviy axborot vositalari esa olovga moy purkamoqda.

“Rossiyaning onlayn doʻkonlari ikki tomonlama soliq toʻlaydi”, deyiladi noyabr oyida Rossiyaning “Sekret firmy” saytida chop etilgan “Belarus va Qozogʻiston Rossiya onlayn doʻkonlarining hayotini murakkablashtirmoqla” deb nomlangan maqolada.

“Ular Belarus va Qozogʻistonda sotilayotgan tovarlar uchun QQS toʻlashi talab etiladi”, deb yozadi maqola muallifi Rossiya firmalariga yanvar-iyul oylari uchun joriy etiladigan soliqlarni nazarda tutib. “Bundan tashqari, kompaniyalar bunday soliqlarni Rossiyada ham toʻlashi kerak.”

“Bozor ishtirokchilari yangi soliq yigʻimlari bu saytlarda sotilayotgan mahsulotlar narxining oshishiga sabab boʻlishini aytmoqda. Platformalardan undirilayotgan qoʻshimcha soliqlar yuklamasi 7,4 milliard rublga (100,6 million AQSH dollari) teng”, deyiladi yillik yuklamani nazarda tutib.

Iqtisodiy tovlamachilik

Tahlilchilar anchadan beri Moskvani Kreml boshqaruvidagi YOII teng boʻlmagan daromadlar olishni koʻzlab savdo cheklovlarini joriy etishda ayblashi fonida Rossiyaning soliq borasidagi shikoyatlari paydo boʻldi.

YOII Rossiya, Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Armaniston va Belarusdan tarkib topgan.

Rossiya YOII ichida muammolarni bosim oʻtkazish yoʻli bilan hal qilishga oʻrganib qolgan, deydi moliyaviy tahlilchi, olmaotalik Arman Beysembayev.

“Rossiya internet doʻkonlariga Qozogʻistondek “uchinchi dunyo davlatida” soliq toʻlash manfaatli emasligini aniq. Shuning uchun ham shikoyat qilishmoqda: Mishustinning tezroq u yerga borib, soliq masalasida gaplashib qoʻyishini istamoqdalar”, deydi u.

“Mishustin rusiyzabon aholi siquvga olinayotgani borasida xavotir izhor etish uchun yo Qozogʻiston vazirini chaqirtiradi, yo oʻzi shaxsan Qozogʻistonga tashrif buyuradi”, deb bashorat qilgan Beysembayev.

Rossiyaning oʻzida Markaziy Osiyolik migrantlarga qarshi diskriminatsiya kuchayib borayotganiga qaramay, Rossiya rasmiylari soʻnggi oylarda Markaziy Osiyoda etnik rus ozchiligiga nisbatan ksenofobiya va bosim ortgani haqidagi daʼvolarni kuchaytirgan.

Rossiya rasmiylari oʻz mamlakati uchun manfaatli shartlarni koʻzlar ekan, muntazam savdo cheklovlari haqida gapiradi, deydi u. Rossiya doim shu uslubdan foydalanadi, deydi Beysembayev.

“Rossiyaliklar bizning sut mahsulotlarimizning kirishiga yoʻl qoʻymaydi, ammo biz Qozogʻistonga ularning goʻsht mahsulotlarini kiritmasak, savdo cheklovlarini yaratishda ayblashadi”, deb qoʻshimcha qilgan u.

“YOIIda siyosiy va iqtisodiy tovlamachilik juda keng tarqalgan.”

QQS bahsi YOII ichida shaxsiy manfaatlar ustuvorligi va birdamlik yoʻqligini yaqqol namoyish qiladi.

YOII avvaldan omonat poydevor ustiga qurilgan edi, har bir aʼzo davlat boshqa aʼzo mamlakatlar hisobiga foyda koʻrishga harakat qilib keladi. Ammo, yakunda Rossiya qolgan barcha aʼzolar ortidan foyda koʻradi, deydi u.

Hamma soliq toʻlashi kerak

Qozogʻistonda savdo qilayotgan Rossiya veb-saytlaridan undirilayotgan soliqlarni aksar qozogʻistonliklar qoʻllab-quvvatlaydi.

Barcha kompaniyalar qayerda tovar sotsalar ham, soliq toʻlashi talab qilinadi, deydi Office-Expert.kz onlayn doʻkoni egasi Kayrat Desupov Karvonsaroy nashriga.

“Biz oʻz mamlakatimizda QQS toʻlaymiz, nima uchun Rossiya kompaniyalari boshqacha yoʻl tutishi kerak? Agar ikki tomonlama soliq solinishidan shikoyat qilishar ekan, QQSni toʻlash muammosini Rossiyada hal qilishsin, Qozogʻistonda emas”, deydi Desupov.

“Ular oʻz hukumatidan Rossiyada QQSni kamaytirishni soʻrashi mumkin. Nima uchun soliqlar toʻplanib, Rossiya budjetiga tushishini taʼminlashi kerak ekanu, Qozogʻistonda oladigan foydasi uchun hech nima toʻlamas ekan?”

“Rossiya oʻz kompaniyalari uchun ikki tomonlama soliq solish muammosini hal qilishi kerak, ammo bu Qozogʻiston hisobidan boʻlmasligi kerak”, deydi Desupov.

Mishustin Qozogʻistonning ichki soliq qonunchiligiga aralashmasligi kerak va bunga haqqi yoʻq, deb qoʻshimcha qilgan u.

Rossiya allaqachon xorijiy firmalardan QQS oladi

Gap rossiyaliklar uchun savdo cheklovlarida emas, deydi Uchet.kz konglomerati asoschisi, olmaotalik Maksim Barishev.

“Savdo platformalari QQS toʻlashi kerak, bu standart xalqaro amaliyot, pul Qozogʻistondan kelayotgan ekan, soliq ham shu yerda toʻlanishi kerak”, deb aytgan Barishev Karvonsaroy nashriga.

“Aslida Rossiya bunday soliqni joriy qilgan, uni koʻpchilik “Google Tax” nomi orqali biladi. Mishustin esa buning tashabbuskorlaridan biri boʻlgan”, deb aytgan Barishev 2017-yilda Rossiyada kuchga kirgan elektron xizmatlar uchun toʻplanadigan soliqni nazarda tutib.

“Norasmiy “Google Tax” nomi bilan tanilgan qonun rossiyaliklarga onlayn xizmat koʻrsatuvchi xorijiy kompaniyalarga 18 foiz QQS joriy etilishini nazarda tutadi”, deb tushuntirib oʻtgan AQSHning Abbott, Stringham & Lynch kompaniyasi 2017-yilda.

Agar Rossiya onlayn doʻkonlari zarardan xavotir olishsa, buning yechimi oddiy, deb taʼkidlagan u.

Ular soliq yukini kamaytirish uchun “Qozogʻistonda yuridik shaxs boʻlib roʻyxatdan oʻtishlari mumkin”, deydi u.

“Qozogʻistondagi soliq qonunlari shunday ishlaydi, bizning bozorda ishlamoqchi ekansiz, ularga rioya qilishingiz kerak”, deb aytgan Barishev.

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 2

Siyosat * Majburiy 1500 / 1500

Ha

Javob berish

Unda Rossiya doʻkonlari uchun soliqlarni 3 baravar oshirish kerak.

Javob berish