Karvonsaroy
Ommaviy axborot vositalari

Twitter Xitoy tashviqoti bilan shugʻullangan minglab akkauntlarni oʻchirib tashladi

Karvonsaroy va AFP

22-aprel kungi surat: Xitoy shimoli-gʻarbidagi Shinjon viloyatining uzoq Oltoy tumanida yashovchi koʻchmanchi chorvadorlar uchun hukumat siyosati va qonunlarni eʼlon qilishga tayyorlanayotgan politsiyachilar va xodimlardan biri ot minib ketmoqda. [STR/AFP]

Payshanba (2-dekabr) kuni Twitter olti davlat, jumladan, Xitoy va Rossiyada hukumat tashviqotini yoyinlash bilan shugʻullangan 3500 ga yaqin akkauntni yopganini maʼlum qildi.

Hisoblarning aksariyati “Xitoy kommunist partiyasining Shinjondagi uygʻurlarga nisbatan munosabati bilan bogʻliq narrativini kuchaytirayotgan” tarmoqning bir qismi boʻlgan, deb bayonot beradi Twitter.

Asosan musulmonlardan iborat Shinjon viloyatida Xitoy hukumati bir milliondan ortiq uygʻurlar va boshqa musulmonlar, jumladan etnik qozoqlar va qirgʻizlarni “siyosiy qayta tarbiyalash” lagerlari, tergov hibsxonalari va qamoqxonalarni oʻz ichiga olgan 400 ga yaqin muassasalarda saqlab kelmoqda.

Yana millionlab odamlar qatʼiy kuzatuv va nazorat ostida yashaydi.

Suratda: Markaziy Afrika Respublikasi prezidenti Fosten-Arkanj Tuaderaning shaxsiy qoʻriqlash boʻlinmasi aʼzosi, Berengo, 2018-yilning 4-avgusti. (Boʻlinma tarkibida Rossiyaning Sewa Security xususiy qoʻriqlash kompaniyasi xodimlari ham bor). Rossiyalik harbiy maslahatchilar MARga qurol yetkazib berib, mamlakat armiyasi va ichki xavfsizlik kuchlarini tayyorgarlikdan oʻtkazgan. [Floran Vern/AFP]

Mustaqil tergovlar va sobiq mahbuslar bilan oʻtkazilgan suhbatlarda jismoniy va ruhiy qiynoqlar, ongni zaharlash, muntazam zoʻrlashlar, muslima ayollarning majburiy bichilishi, tana aʼzolarini majburan olish, jinsiy tahqirlash va boshqa dahshatli amaliyotlar tilga olingan.

Pekinparast kampaniyaga aloqador 2048 ta akkauntdan tashqari, Twitter Shinjon hududiy maʼmuriyati bogʻliq Changyu Culture kompaniyasining 112 ta akkauntini ham oʻchirib tashlagan.

Rossiyaning trollar fabrikasi

Xitoydan tashqari, Twitter shuningdek hukumatparast onlayn taʼsir kampaniyasini olib boradigan, tanqidchilar “trollar fabrikasi” deb atagan Internet tadqiqotlari agentligiga (ITA) aloqador akkauntlarni ham yopib qoʻygan.

ITA 2016 va 2020-yillarda AQSHdagi saylovlarga aralashuvda, shuningdek Britaniya, Germaniya, Fransiya kabi xorijiy mamlakatlardagi saylovlar va referendumlar chogʻida buzgʻunchi tashviqot olib borganlikda ham ayblangan.

“Ushbu operatsiya Markaziy Afrika siyosiy munozaralarida rossiyaparast qarashlarni singdirish boʻyicha soxta va haqiqiy akkauntlarga tayangan”, deb xabar bergan Twitter.

2018-yilda armiyani tayyorgarlikdan oʻtkazish uchun Markaziy Afrika respublikasiga koʻplab “yoʻriqchilar” yuborganidan beri, Rossiyaning bu mintaqadagi taʼsiri tobora kuchayib bormoqda.

“Bundan tashqari, Liviya fuqarolik hukumati va uni qoʻllab-quvvatlagan tomonlarga hujum qilib, Liviya va Suriyada Rossiyaning geosiyosiy qarashlarini yoqlagan 50 ta akkauntni ham oʻchirib tashladik”, deb qoʻshimcha qilgan Twitter.

Bloklanganlar orasida Meksikada hukumatparast kontentni ulashgan 276 ta, shuningdek “Venesuelada hukumat va uning rasmiy narrativlarini qoʻllab-quvvatlagan hisoblar, xeshteglar va mavzularni kuchaytirgan 277 ta” akkaunt ham bor.

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 0

Siyosat * Majburiy 1500 / 1500