Karvonsaroy
Inson huquqlari

Xitoy tayvanliklarni “ovlab”, orolning suverenitetiga putur yetkazishga urinmoqda

Karvonsaroy va AFP

1-oktyabr kuni Gonkongdagi demokratik namoyishlarini bostirishga tayyor turgan Xitoy politsiyasi. [AYZEK LOURENS/AFP]

1-oktyabr kuni Gonkongdagi demokratik namoyishlarini bostirishga tayyor turgan Xitoy politsiyasi. [AYZEK LOURENS/AFP]

Pekin yuzlab Tayvan fuqarolarini Xitoyga deportatsiya qilish uchun xorijiy mamlakatlar hukumatlariga bosim oʻtkazgan – eʼlon qilingan yangi hisobotda inson huquqlari faollari bu holatni “tayvanliklar ovi” deb ataganlar.

2016-yildan 2019-yilgacha boʻlgan davrda 600 dan ortiq tayvanliklar “Tayvan suverenitetiga putur yetkazish” ayblovi bilan turli davlatlardan Xitoyga ekstraditsiya qilingan, deyiladi Safeguard Defenders huquqbon tashkilotining 30-noyabr kungi hisobotida.

Oʻz-oʻzini idora qiluvchi demokratik Tayvanni oʻziga tegishli hudud deb biladigan va uni qachondir (kerak boʻlsa, zoʻrlik bilan) tortib olishga tayyor boʻlgan Xitoy soʻnggi yillarda orolni diplomatik jihatdan ihotalash choralarini kuchaytirgan.

Xitoy kompartiyasi (XKP) Tayvan ustidan hech qachon hukm yuritmagan, garchi uni isyonkor viloyat deb hisoblasa ham.

2019-yil 1-oktyabr kuni Xitoy xalq respublikasi tashkil topganining 70 yilligi munosabati bilan Pekin osmonida uchayotgan Xitoy xalq ozodlik armiyasi harbiy-havo kuchlari samolyotlari. Soʻnggi oylarda Xitoy samolyotlari Tayvanning havo hujumidan mudofaa hududini muntazam ravishda buzgan. [Greg Beyker/AFP]

2019-yil 1-oktyabr kuni Xitoy xalq respublikasi tashkil topganining 70 yilligi munosabati bilan Pekin osmonida uchayotgan Xitoy xalq ozodlik armiyasi harbiy-havo kuchlari samolyotlari. Soʻnggi oylarda Xitoy samolyotlari Tayvanning havo hujumidan mudofaa hududini muntazam ravishda buzgan. [Greg Beyker/AFP]

1895-yildan 1945-yilgacha u Yaponiya mustamlakasi boʻlgan. 1945-yilda Ikkinchi Jahon urushida Yaponiya taslim boʻlgach, Xitoy milliy partiyasi hukumati Tayvan ustidan nazorat oʻrnatgan. 1949-yilda Gomindan Xitoy fuqarolar urushida magʻlub boʻlganidan keyin orolga qochgan edi.

Pekin rioya qilmaydigan 2009-yilgi kelishuv

Xitoy va Tayvan 2009-yilda ikkala tomon huquq-tartibot idoralari xorijdagi gumondorlarni oʻz hududiga qaytarishi masalasida kelishib olgan edi.

Biroq, 2016-yilda Tsay Inven Tayvan prezidenti etib saylanganidan keyin, Pekin bu kelishuvni tez-tez eʼtiborsiz qoldira boshladi, deyiladi NNT hisobotida.

Tsay orolning mustaqil ekanini isbotlashga urinar ekan, Xitoy Tayvanga nisbatan yanada tajovuzkorroq suratda daʼvo qila boshladi.

Safeguard Defenders tashkilotiga koʻra, Pekin xorijiy davlatlar hukumatlariga, jumladan Filippin va Kambodjaga, asosan telekommunikatsiya sohasiga oid firibgarlikda ayblangan yuzlab tayvanliklarni Xitoyga ekstraditsiya qilish uchun bosim oʻtkazgan. Bu amaliyotlar Tayvan hukumati va Birlashgan Millatlar Tashkiloti (BMT) Inson huquqlari boʻyicha Kengashining odamlarni majburiy topshirishga qarshi saʼy-harakatlariga zid ravishda olib borilgan.

Xitoyga noqonuniy ravishda ekstraditsiya qilinganlar “oʻzboshimchalik bilan hibsga olish, qiynoqlar, gʻoyib boʻlish va televideniye orqali majburiy iqror” holatlariga duch kelganlar, deyiladi Safeguard Defenders bayonotida.

Hisobotga koʻra, Ispaniya inson huquqlari boʻyicha Yevropa konventsiyasiga qoʻshilganiga qaramay, eng koʻp majburiy topshirish holatlari – (200 dan ortiq) aynan shu davlat hissasiga toʻgʻri kelgan.

2017-yilda Ispaniya sudi firibgarlikda gumon qilingan 121 kishidan iborat xitoylik va tayvanliklar guruhi Xitoyga ekstraditsiya qilinishi mumkinligi toʻgʻrisida qaror chiqarar ekan, Tayvanni diplomatik jihatdan Xitoyning bir qismi deb hisoblovchi Pekinning keng miqyosidagi “Yagona Xitoy siyosati”ga ishora qilgan.

Buning muqobili oʻlaroq, oʻtgan yili Chexiya Oliy sudi qiynoqlar xavfi va Pekinning inson huquqlari sohasidagi yomon holatini roʻkach qilib, sakkiz nafar Tayvan fuqarosini ekstraditsiya qilish toʻgʻrisidagi Xitoy soʻrovini rad etgan.

Ushbu hisobotga javoban, oʻtgan hafta Tayvan hukumati Xitoyning xorijdagi jinoiy ishlarga aloqador Tayvan fuqarolariga nisbatan “yurisdiktsiyaga ega emasligini” va ular javobgarlikka tortilishi uchun Tayvanga qaytarilishi kerakligini aytdi.

Xitoy rejimi mamlakat ichida va butun dunyoda xalqaro qonunlar va meʼyorlarni nazar-pisand qilmay keladi.

Davlat tarafidan ruxsat etilgan eng ashaddiy qonunbuzarlik Pekinning Shinjondagi musulmon ozchiliklarga nisbatan tazyiqlaridir . U bir milliondan ortiq uygʻurlar va boshqa turkiy musulmonlarni, jumladan qozoq va qirgʻizlarni “siyosiy taʼlim” lagerlari, tergov izolyatorlari va qamoqxonalardan iborat 400 ga yaqin muassasada hibsda saqlab kelmoqda.

Xitoyning kuchayib borayotgan tahdidlari

AFP maʼlumotlar bazasiga koʻra, noyabr oyida Xitoy harbiy samolyotlari Tayvanning havo mudofaasi hududini 159 marta buzib kirgan, Pekinning demokratik orolga harbiy bosimni kuchaytirishi bilan bogʻliq ikkinchi eng faol oy boʻlgan .

Tayvan uni oʻz hududi deb biladigan va uni qachondir (kerak boʻlsa, zoʻrlik bilan) tortib olishga tayyor boʻlgan Xitoyning doimiy tajovuzi ostida yashamoqda.

2016-yilda Tayvan prezidenti Tsay Inven saylovda gʻalaba qozonganidan keyin Pekinning bu mamlakatga bosimi kuchaydi, sababi u orolning “yagona Xitoy” hududi ekanligini tan olmaydi. Tsay Inven 2020-yilda qayta saylangan.

Soʻnggi 14 oy ichida harbiy qudratni koʻz-koʻz qilish avjiga chiqar ekan, Pekin Tayvanning havo mudofaasi hududiga tobora koʻproq jangovar samolyotlar yubora boshlagan – avvalroq Xitoy harbiy aviatsiyasi koʻpincha bundan oʻzini tiyar edi.

Zoʻravonlik choralarining kuchayishi garchi hozircha buning ehtimoli kam deb hisoblansa-da, AQSH va Yaponiya kabi Gʻarbiy ittifoqchilar orasida “Xitoy Tayvanga bostirib kirishga buyruq berishi mumkin”, degan xavotirlarni kuchaytirgan.

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 0

Siyosat * Majburiy 1500 / 1500