Karvonsaroy
Inson huquqlari

AQSH Kongressi Shinjondagi musulmonlarga qarshi jinoyatlari uchun Xitoyni jazolashni yoqlab ovoz berdi

Karvonsaroy va AFP

Vakillar palatasi spikeri Nensi Pelosi har haftalik matbuot anjumanida ishtirok etish uchun 2-dekabr kuni Vashingtondagi Kapitoliy binosiga kelgan. [Jim Uotson/AFP]

Vakillar palatasi spikeri Nensi Pelosi har haftalik matbuot anjumanida ishtirok etish uchun 2-dekabr kuni Vashingtondagi Kapitoliy binosiga kelgan. [Jim Uotson/AFP]

VASHINGTON, KO – Chorshanba (8-dekabr) kuni AQSH Kongressining Vakillar palatasi musulmonlarga nisbatan bosimi tufayli Xitoyning Shinjon viloyatidan importni cheklovchi qonunni qabul qildi.

Palata aʼzolari “Uygʻurlar majburiy mehnatining oldini olish toʻgʻrisidagi qonun”ni qabul qilishga 428/1 nisbatda ovoz berdilar, unga koʻra korporatsiyalar mintaqadan olib kelingan har qanday mahsulotning majburiy mehnatdan xoli ekanligini “aniq va ishonchli dalillar bilan” isbotlashi zarur.

“Hozirda Pekin uygʻur xalqi va boshqa musulmon ozchiliklarga qarshi shafqatsiz va jadal repressiya choralarini qoʻllamoqda”, dedi spiker Nensi Pelosi ovoz berishdan oldidan parlament aʼzolariga.

“Shinjonda, butun Xitoyda millionlab odamlar inson huquqlarining qoʻpol ravishda poymol etilishiga – ommaviy kuzatuv va intizomiy nazoratdan tortib, keng koʻlamli qiynoqlar, jumladan, bir yakkalik kameralar va majburiy sterilizatsiya, haqiqatni ochiqlashga jurʼat etgan jurnalistlar va faollarning qoʻrqitilishi holatlariga duch kelmoqda”.

“Xitoy hukumatining majburiy mehnatdan foydalanishi okean osha bizning yurtimiz va butun dunyoga yetib bormoqda”, deb qoʻshimcha qildi u.

AQSH Senati ilgari ham shunga oʻxshash chorani maʼqullagan, endilikda bu ikkovini muvofiqlashtirish kerak boʻladi.

Shundan soʻng qonun loyihasi prezident Jo Bayden tomonidan imzolanishi lozim.

Ovoz berish jarayoni Oq uy Xitoyning uygʻur ozchiligiga nisbatan “genotsid” siyosati va boshqa inson huquqlarini poymol qilgani uchun 2022-yil Pekinda boʻlib oʻtadigan qishki Olimpiada oʻyinlariga diplomatik boykot eʼlon qilishi ortidan oʻtkazilgan – bu chora Pekinning keskin eʼtiroziga uchragan.

Avvalroq, shu yil yozda AQSH hukumati Pekinning uygʻurlarga nisbatan siyosati tufayli Xitoydan import qilinadigan ayrim mahsulotlar, jumladan quyosh panellari materiallariga ham shu kabi cheklovlar joriy qilgan edi.

Olimpiadani diplomatik boykot qilish

Vakillar palatasi, shuningdek 428/0 ovoz bilan boshqa bir rezolyutsiyani ham qabul qildi. Unda kommunistik partiyaning yuqori lavozimli amaldorini jinsiy zoʻravonlikda ayblagan xitoylik tennis yulduzi Pen Shuayning xavfsizligi shubha ostida qolishi ortidan Xalqaro Olimpiya qoʻmitasi “inson huquqlari sohasidagi majburiyatlarini bajarmagani” aytiladi.

Kampaniya ishtirokchilarining aytishicha, Xitoy shimoli-gʻarbidagi Shinjon lagerlarida kamida bir million uygʻur va boshqa turkiyzabon, asosan musulmon ozchiliklar vakillari hibsda saqlanmoqda.

Huquqbon tashkilotlar va xorijiy hukumatlar ommaviy hibslar, majburiy mehnat, siyosiy-mafkuraviy tarbiya, qiynoqlar va majburiy sterilizatsiya holatlariga oid dalillarni aniqlaganlar. Vashington buni genotsid deb atagan.

Avvaliga Shinjonda lagerlar mavjudligini inkor etgan Pekin keyinroq ularni terrorchilikka barham berish va bandlikni yaxshilashga qaratilgan “kasb-hunar taʼlimi markazlari” deya oqlashga uringan edi.

Ammo koʻp sonli mustaqil tekshiruvlar lagerlardagi voqelik ancha qaygʻuli ekanini koʻrsatadi.

BuzzFeed News nashrining 2020-yil avgust oyida oʻtkazgan tekshiruvi davomida Shinjon mintaqasida qamoqxona yoki hibsxonaga xos belgilarga ega yuzlab binolar aniqlangan boʻlib, ularning aksariyati soʻnggi uch yil ichida barpo etilgan.

Oʻtgan yil dekabr oyida oʻtkazilgan boshqa bir tekshiruvga koʻra, kommunistik davlat Shinjonda 100 dan ortiq yangi hibsxonalar qurgani maʼlum boʻldi.

Hibsxonalarning sobiq mahbuslari va qoʻriqchilari mazkur lagerlardagi musulmon ayollar muntazam ravishda zoʻrlanishi, qiynoqqa solinishi va jinsiy tahqirlanishini ochiqlagan edilar.

AQSHda joylashgan “Uygʻur inson huquqlari loyihasi” tashkiloti chorshanba kuni chop etilgan yangi hisobotida 2017-yildan beri Shinjonda 300 dan ortiq uygʻur va boshqa musulmon ziyolilari hibsda saqlanishini maʼlum qilgan.

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 2

Siyosat * Majburiy 1500 / 1500

Amerika bu foydasiz Rossiyadan ancha yaxshi.

Javob berish

Barakalla, AQSH. Turkiya va AQSH NATOning asosidir. Suriya zolim Asaddan ozod.

Javob berish