TOSHKENT – Rossiyada yangi cheklovlarga duch kelayotgan Markaziy Osiyolik migrantlar COVID-19 boʻyicha tezkor (QR) kod joriy qilinishi tufayli qiyin ahvolda qolmoqda, deydi kuzatuvchilar.
QR-kod emlangan, COVID-19 bilan kasallanib tuzalgan yoki polimeraza zanjir reaksiyasi (PZR) testi manfiy boʻlgan Rossiya fuqarolariga beriladi.
QR-kodli “guvohnomalar”ga nisbatan shiddatli qarshilik migrantlarni bir necha oy davomida himoya qilgan boʻlsa-da, yangi choralar endi voqelikka aylanib bormoqda.
Dushanba kuni Rossiya Dumasi (parlament quyi palatasi) aviakompaniyalar va temir yoʻllardagi yoʻlovchilarni QR-kod koʻrsatishga majburlovchi qonun loyihasini kun tartibidan olib tashlagan boʻlsa, payshanba kuni savdo markazlari, muzeylar va konsertlarga tashrif buyuruvchi mijozlardan QR-kod koʻrsatishni talab qiluvchi qonun loyihasini birinchi oʻqishda qabul qilgan.
Ushbu choralar qabul qilingan taqdirda 2022-yilning fevralidan iyunigacha amal qiladi.
Bu shartlar QR-kodlarni olish qiyin boʻladi, degan xabarlar fonida Markaziy Osiyolik migrantlarning xavotiriga sabab boʻlmoqda.
Rossiyada xorijiy fuqarolardan faqat salbiy PZR testini koʻrsatish talab qilinadi. Mamlakatga Armaniston, Belarus, Oʻzbekiston, Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Tojikiston va Ozarbayjondan kiruvchilar “COVID-19siz sayohat” ilovasidan foydalanishlari mumkin.
Ammo aksar mehnat migrantlari har safar PZR testidan oʻtishda yaxshi xabarlarga umid qilishdan koʻra emlanishni afzal koʻrmoqda.
Olti oydan beri Moskvadagi qurilishlarning birida ishlayotgan oʻzbekistonlik 28 yashar Bobur Suyunov Karvonsaroy bilan suhbatda vaksina uchun qayerga bormasin, xorijiy mamlakat fuqarosi va mehnat migranti boʻlgani uchun rad javobi olayotganini aytadi.
“Rossiya rasmiylarining mantigʻini tushunmayapman. COVIDga chalinsam, Rossiya fuqarolariga ham yuqtirishim mumkin. Bu yerda menga oʻxshagan millionlab odamlar bor”, deydi u.
“Bir narsani aniq bilamanki, kasallik millat tanlamaydi. Bizning ham vaksinatsiyaga haqqimiz bor va buni Rossiya hukumati eshitishi kerak”, deydi Suyunov.
“Xorijiy fuqarolar uchun davlat infratuzilmasi mavjud emas. QR-kodlarni soddalashtirilgan tartibda olish imkoniyati yoʻq”, deydi moskvalik huquqshunos Bahrom Ismoilov Karvonsaroy bilan suhbatda.
“Vaksina olganlar davlat xizmatlari saytida murakkab roʻyxatga olish jarayonidan oʻtishi kerak. Bu veb-sayt esa har doim ham ishlamaydi”, dedi u.
“Hatto QR-kod olishga uringan Rossiya fuqarolari ham texnik muammolarga duch kelishi maʼlum. Xorijliklar uchun esa bu ikki karra qiyinroq”, deydi Ismoilov.
Qoʻshimcha cheklovlar
Vaksina olish imkoniyatining yoʻqligi rossiyalik siyosatchilarning Markaziy Osiyolik migrantlarga nisbatan ksenofobik takliflarni ilgari surayotgani bilan bogʻliq.
Noyabr oyida Moskva meri Sergey Sobyanin Rossiya poytaxtidagi qurilish loyihalarida ishlayotgan migrantlar sonini qisqartirish toʻgʻrisida farmoyish chiqarib, ayrim obyektlarga “yuqoriroq maoshga” loyiq boʻlgan “boshqa toifadagi odamlar” kerakligini aytgan edi.
Rossiya Tergov qoʻmitasi raisi Aleksandr Bastrikin noyabr oyida Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligi (MDH) mamlakatlaridan kelgan barcha migrantlarni genom boʻyicha roʻyxatga olish taklifini ilgari surgan edi.
Bu taklif migrantlar orasida jinoyatchilikning oldini olish maqsadida Rossiyada ishlash uchun ruxsatnoma olgan xorijiy fuqarolarni majburiy genom roʻyxatidan oʻtkazishni talab qiladi.
“Bunday choralar... mehnat bozorimizga jinoiy unsurlarning kirib kelishiga yoʼl qoʻymaslik uchun qoʻshimcha toʻsiq qoʻyish, huquq-tartibot organlariga esa ular tarafidan sodir etilgan jinoyatlarni yanada samaraliroq fosh etishga yordam beradi”, deb yozadi Rossiyaning “Novaya gazeta” nashri Bastrikinning soʻzlaridan iqtibos keltirib.
Mehnat migrantlarini uchun genom boʻyicha roʻyxatga olish taklifi inson huquqlarining buzilishi boʻlib, fuqarolar shaxsiy hayotiga tajovuzdir, deydi Toshkentda yashovchi oʻzbekistonlik huquq himoyachisi Abdurahmon Tashanov.
Amaliyotda genom reyestrlari jinoyatchilar uchun qoʻllaniladi, dedi u.
“Inson huquqlari qayerda tugashi va xavfsizlik qayerdan boshlanishi bilan bogʻliq masalaga hukumatlarning yondashuvi turlicha”, deydi Tashanov. “Masalan, xavfsizlik masalasi Rossiya Federatsiyasi kabi rejimlar uchun yaxshi bahona – ularda inson huquqlariga joy yoʼq.”
“Insonning muhim shaxsiy maʼlumotlaridan iborat boʻlgan barmoq izlari va DNK xulosalari kabilarni talab qilish inson huquqlariga oid tushunchalarga ziddir”, deydi u.
Ish izlab kelgan migrantlar mamlakatga kirishda ularni goʻyoki jinoyatchi va jamiyat salomatligiga tahdid sifatida baholovchi yangi qoidalarga duch kelishmoqda.
29-dekabrdan boshlab, Rossiyaga mehnat qilish maqsadida kirib kelayotgan migrantlardan 30 kun ichida barmoq izlari, odam immunotanqisligi virusi (OIV) testi topshirish va narkotik moddalarga moyil emasligini tasdiqlash uchun tibbiy komissiyadan oʻtishga majbur.
Rossiyadagi irqchilik
Soʻnggi 30 yil ichida Rossiya oʻzbekistonlik ishchi-migrantlar uchun asosiy manzil boʻlib xizmat qilgan.
Birgina 2021-yilning ilk choragida Rossiyada 3,5 million, jumladan rasmiy roʻyxatdan oʻtib mehnat qilayotgan oʻzbeklar soni 1,5 millionni tashkil etgan, deb xabar beradi Migrantvisa.ru sayti.
Ular va Markaziy Osiyoning boshqa mamlakatlaridan kelgan migrantlar noxolis munosabat va huquqlarning buzilishiga duch kelishmoqda.
18-noyabr kuni Butunrossiya jamoatchilik fikrini oʻrganish markazi (VSIOM) Rossiyada migrantlarga munosabatga oid soʻrovnoma natijalarini chop etgan.
Rossiyaliklarning migrantlarga nisbatan munosabati turlicha boʻlib chiqdi. Ular haqida fuqarolarning 45 foizi salbiy, 28 foizi ijobiy fikrga ega.
Bu orada 44 foiz rossiyalik fuqarolar immigrantlar mehnat bozorida raqobat paydo qilayotgani va “mahalliy aholining ishini olib” qoʻyayotganini aytmoqda.
Mehnat migrantlari rossiyaliklar istamaydigan ishlarda – metro va hojatxonalarni tozalash, avtobus haydovchisi va quruvchi boʻlib ishlashiga qaramay, bu kabi munosabat saqlanib qolmoqda.
Rossiyadek davlatdan nimaniyam kutish mumkin? Qozogʻistonning YOIIga aʼzoligi va qozogʻistonliklarning koʻpchiligi Sputnik bilan emlanganiga qaramay, tubigacha chirib ketgan bu yolgʻonchi Rossiya hukumati Qozogʻistonning vaksinatsiya sertifikatini tan olmaydi. Qozogʻistondagi etnik rus, aytaylik, Sputnik vaksinasini olgan va Rossiyadagi qarindoshlarini koʻrib kelmoqchi boʻlgan odam uchun YOII qanday imtiyoz beradi? Hech qanday! Ammo Qozogʻistonning til siyosatiga aralashishni Rossiya sharmandalik deb hisoblamaydi. Shunday ekan, hurmatli qozogʻistonlik ruslar, esdan chiqarmang: siz Rossiyaga kerak emassiz. Siz Qozogʻiston bilan iflos oʻyinlarda shunchaki chaqa tangasiz, shuning uchun qaysi tomonda ekanligingizni aniqlashtirib oling. Oʻzbekistondan Rossiyaga koʻchib kelgan ruslar haqida Qozogʻiston yetarlicha biladi. Ularning ahvoli koʻpincha Oʻzbekistondan Qozogʻistonga koʻchib borgan ruslarnikidan ham yomonroq.
Javob berishFikrlar 2
Assalomu alaykum bilingchi uzbekisotnda olgan moderna vaksinasi rossiya mamlakatida inobatga olinadimi
Javob berishFikrlar 2