Suriyaliklar oʻtgan hafta Dayr Az-Zor shahrida patrul nazorati olib borgan Rossiya kuchlari tomonidan suriyalik nogiron oʻsmirning oʻldirilishini qoralagan.
Viloyatning Subixon shahridan boʻlgan oʻn olti yashar Abdulaziz Xalil al-Hajar 9-dekabr kuni Dayr Az-Zor shahrining al-Jura tumanidagi Qubbo masjidi yaqinida oʻldirilgan.
Rus qoʻshinlari uni otib oʻldirib, jasadini mashina bilan bosib oʻtishgan. Bir necha manbalar, jumladan, Dayr Az-Zordagi Orient News nashri muxbiri va Tvitterdagi jamoatchilik faollariga koʻra, ular yigitni terrorchi deb gumon qilganlar.
Karvonsaroy bilan suhbatlashgan mahalliy aholining aytishicha, aqlan zaif Abdulaziz doim bir joyda boʻlgan.
Aytishlaricha, rus askarlari uni tanir edi.
“Qotillik yuz bergan joy... oʻldirilgan bolaning odatiy joyi edi”, deydi Dayr Az-zorlik savdogar Mustafo al-Akaydiy.
“Rossiyalik harbiylar bolani u yerda oʻnlab marta koʻrishgan”, dedi u.
Patrul askarlari oʻsmirga toʻxtashni buyurdi va buyruqqa boʻysunishini kutmasdan uni otib tashladi, dedi al-Akaydiy.
Uning soʻzlariga koʻra, askarlar shunchalik uzoqda ediki, agar ular Abdulazizni xavfli deb topganida ham, uni otib tashlash oʻrniga boshqa chora koʻrishi mumkin edi.
“Bola aqlan nosogʻlom boʻlgani uchun soʻralgan har bir narsaga juda sekin javob qaytarar edi”, dedi Abdulazizning ona shahri Subixondan boʻlgan Abdulhamid Hijoziy.
Chorvachilik bilan shugʻullanuvchi Hijoziy Karvonsaroyga Abdulazizning amakisi bilan tanish ekanligini aytgan.
“U bilan gaplashish juda qiyin edi. Uni juda yaqin boʻlgan oila aʼzolarigina tushuna olar edi”, deydi Hijoziy.
Ishonch yoʻq
Abdulazizning gʻayrioddiy xatti-harakatlari va kiyimi tufayli uni terrorchi deb gumon qilishgani haqidagi Rossiyaning bayonoti hech qanday asosga ega emas, deydi Dayr Az-Zordagi qurilish ishchisi Nasruddin Al-Farxon.
Uning taʼkidlashicha, rossiyaliklarning harbiy mashinasi bolaning jasadini bosib oʻtib, “uni ezib tashlagan... va odamlarni yanada junbushga keltirgan”.
Abdulazizning oilasi bu xatti-harakatlarni nafaqat haqoratomuz, balki ruslar uni terrorchi deb gumon qilgan taqdirda, gʻayritabiiy ekanligini ham aytmoqda, dedi Al-Farxon.
“Ular qanaqasiga unda portlovchi belbogʻ bor deb oʻylashgan? Nega mashina bilan uning ustidan yurib oʻtishgan? Jasadni bosib oʻtishsa, kamar portlab ketishidan qoʻrqishmaganmi?” deb savol bergan u.
Bundan tashqari, Abdulazizning jarohatlari uning xudkush-terrorchi boʻlishi mumkinligi haqidagi rossiyaliklarning xavotirlarini tasdiqlamagan, deb qoʻshimcha qildi al-Farxon va uning boshi, koʻkragi va belidan yuqori qismidan oʻq yeganini taʼkidlab. Uning belidan pastda jarohatlari boʻlmagan.
#Putin_bola_qotili
Suriyaliklar oʻsmirning bevaqt oʻlimi ortidan oʻz dahshatlarini oʻrtoqlashar ekan, Dayr Az-Zor koʻchalari ham, ijtimoiy tarmoqlar ham qotillik haqidagi xabarlardan larzaga kelgan.
Ayrim faollar ijtimoiy tarmoqlarda #Putin_bola_qotili tegini faollashtirganlar.
Bu xeshteg Rossiya harbiy mashinasi tomonidan Suriya xalqi va uning farzandlariga qarshi sodir etilgan jinoyatlar, xususan, Rossiya samolyotlarining havo hujumlariga eʼtibor qaratish maqsadida qoʻllanilgan.
Xeshteg ostida chop etilgan koʻplab postlarda Rossiya prezidenti Vladimir Putinning suratlari va “bolalar qotili” iborasi bor edi.
“Rossiya askarlari tomonidan aqli zaif bolaga nisbatan sodir etilgan jirkanch jinoyatdan Dayr Az-Zor shahri va unga yaqin joylashgan ayrim qishloqlardagi aholi junbushga keldi”, deydi qurilishda ishlovchi Al-Farxon.
Suriya rejimi Dayr Az-Zorning baʼzi tumanlarida Rossiyaning harbiy hozirligi va qotilliklarini qoralovchi ommaviy noroziliklarning oldini olish uchun patrul kuchlarini joylashtirgan, dedi u.
Patrul harbiylaridan biri Abdulazizning uyiga borib, uning otasiga “rossiyalik oʻrtoqlarga” qarshi hech qanday chora koʻrmaslik haqida ogohlantirgan, deb qoʻshimcha qildi Al-Farxon.
Shunchaki rus bosqinchilari va terrorchilari. Suriyaliklar ularni oʻz yurtlaridan haydab chiqarishi kerak.
Javob berishToʻgʻri, ruslar bosqinchi. Ruslarga qarzni toʻlash kerakligini eslatib qoʻyish kerak.
Javob berishFikrlar 2