Karvonsaroy
Iqtisodiyot

10 yil ichida ilk bor Qirgʻizistondan Afgʻonistonga yoqilgʻi importi yoʻlga qoʻyildi

Karvonsaroy

Suratda: Hirot shahri chekkasidagi yoqilgʻi tankeri. [Orif Karimiy/AFP]

Suratda: Hirot shahri chekkasidagi yoqilgʻi tankeri. [Orif Karimiy/AFP]

QUNDUZ, Afgʻoniston – Qirgʻiziston yoqilgʻisi soʻnggi 10 yil ichida ilk marta Sherxon-Bandar shahri orqali Afgʻonistonning Qunduz viloyatiga kirib keldi. Bu haqda chorshanba (15-dekabr) kuni Pajhwok Afghan News nashri mahalliy savdogarlarga tayanib xabar qildi.

Ijtimoiy tarmoqdagi xabarlarga koʻra, yoqilgʻi Qozogʻistonda ishlab chiqarilgan.

Import yoqilgʻisi mamlakatga Tojikiston orqali kirib kelgan – Qozogʻiston ham, Qirgʻiziston ham Afgʻoniston bilan chegaradosh emas.

Import qilingan yoqilgʻi miqdori va (toʻlangan) narxi haqida maʼlumot berilmagan.

Sherxon Bandar orqali yoqilgʻi importini qayta yoʻlga qoʻygan savdogarlar Afgʻoniston hukumatidan ularga omborlar ajratishini soʻramoqda.

Avgust oyida sobiq hukumat agʻdarilganidan beri iqtisodiy inqirozga yuz tutgan Afgʻoniston aholisi inflatsiya, oziq-ovqat va boshqa zaruriy mahsulotlarning jiddiy tanqisligidan aziyat chekmoqda.

“Inshaalloh, bu port orqali yoqilgʻi importi narxlarga ijobiy taʼsir koʻrsatadi”, deydi Qunduz savdo-sanoat palatasi direktori Matin Yusufzay Sherxon Bandar porti daromadlarining oshishiga umid bildirib.

Qunduz viloyati neft mahsulotlari agentligi direktori Habibulla Hamkor hukumatning yoqilgʻi importi boʻyicha hamkorlik qilishiga savdogarlarni ishontirgan.

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 0

Siyosat * Majburiy 1500 / 1500