Karvonsaroy
Siyosat

Xitoy “ayolsifat” yigitlarni askarlikka yollash orqali “erkaklik inqiroziga” qarshi kurashmoqda

Karvonsaroy

Sport kiyimidagi Xalq ozodlik armiyasi (XOA) askarlari Pekinda harbiycha qadam tashlab yurmoqda, 2020-yil, 22-may. Oʻsha yili hukumat harbiy budjetni 6,6 foizga oshirgani haqida xabar bergan. [Nicolas Asfouri/AFP]

Sport kiyimidagi Xalq ozodlik armiyasi (XOA) askarlari Pekinda harbiycha qadam tashlab yurmoqda, 2020-yil, 22-may. Oʻsha yili hukumat harbiy budjetni 6,6 foizga oshirgani haqida xabar bergan. [Nicolas Asfouri/AFP]

PEKIN – Xitoy kommunistik partiyasi (XKP) yetakchilariga koʻra, 1980-2015-yillar davomida amalda boʻlgan “Bir oilaga bir farzand” bahsli siyosati natijasida erkaklar soni ayollardan 30 milliondan koʻproqqa oshgan Xitoy “erkaklik inqiroziga” uchragan.

Pop-madaniyatining “ayollashgan” erkaklari avlodlarni zaharlamoqda, deydi yuqori lavozimdagi rasmiylar. XKP jarchisi boʻlgan People's Daily nashriga koʻra, yosh yigitlar “matonatli va kuchli” boʻlishi kerak.

Xitoylik erakalarni “matonatli qilish” kampaniyasi Xitoy yetakchisi Si Szinpinning Xitoyning superqudrat sifatida qad koʻtarishi, bunga birinchi galda mamlakatning harbiy imkoniyatlarini kuchaytirish orqali erishish rejasining oʻzagi hisoblanadi.

2021-yilning yanvar oyi oxirlarida Taʼlim vazirligi xitoylik yigitlarning maʼlum qismini askarlarga aylantirish boʻyicha yangi siyosatini eʼlon qilgan.

Xitoy shimoli-gʻarbidagi Shinjon viloyatining Qashgʻar shahridagi Pomir togʻlarida mashgʻulot oʻtkazish uchun toʻplangan Xitoyning XOA askarlari, 2021-yilning 4-yanvar kuni olingan surat. [STR/AFP]

Xitoy shimoli-gʻarbidagi Shinjon viloyatining Qashgʻar shahridagi Pomir togʻlarida mashgʻulot oʻtkazish uchun toʻplangan Xitoyning XOA askarlari, 2021-yilning 4-yanvar kuni olingan surat. [STR/AFP]

Xitoyning Chendu shahridagi AQSH konsulligi oldida Xitoy bayrogʻini hilpiratayotgan bolakay, 2020-yil, 26-iyul. [Noel Celis/AFP]

Xitoyning Chendu shahridagi AQSH konsulligi oldida Xitoy bayrogʻini hilpiratayotgan bolakay, 2020-yil, 26-iyul. [Noel Celis/AFP]

Yuqori lavozimli davlat maslahatchisining taklifiga javoban, Taʼlim vazirligi oʻgʻil bolalarni “erkaklashtirish” taʼlimini kuchaytirishga qaratilgan rejalarini ochiqladi.

“Yosh yigitlar feminizatsiyasining oldini olish taklifi” deb nomlangan bildirishnomaning maqsadi haqida uning nomi ham aytib turibdi.

Bildirishnoma matnida maktablarda jismoniy tarbiyani isloh qilish, buning uchun “oʻquvchilarda erkaklikni shakllantirish” tajribasiga ega nafaqadagi sportchilar va sportga aloqador boshqa xitoyliklarni jalb qilish kerakligi aytiladi.

Jumladan, unda 2050-yilda Xitoyning “futbol sohasida oʻta qudratli davlatga” aylanishiga umid bildirgan Sining sevimli sport turi – futbolni jadal rivojlantirish haqida soʻz boradi.

Onalari, buvilari, asosan ayol oʻqituvchilar tomonidan tarbiyalangan oʻgʻil bolalar juda nozik, uyatchan va ayolsifat boʻlib qolishgan, deyiladi vazirlik xabarida.

“Kelishgan superyulduz yigitchalarni kuzatishga moyil boʻlgan koʻpchilik Xitoy oʻspirinlari zaiflik, oʻzini past baholash, uyatchanlik tabiatiga ega”, deb aytgan Xitoy siyosiy maslahat kengashi aʼzosi Si Tszefu 2020-yil may oyida Global Times nashriga koʻra.

Endi ularning koʻpchiligi “harbiy qahramon” boʻlishni istamaydi, deb ogohlantirgan u.

Xitoy erkaklarining bu kabi feminizatsiyasi “samarali nazorat qilinmasa”, oxir-oqibat Xitoy millatining saqlanib qolishi va rivojlanishiga tahdid soladi, deb aytgan u.

“Gʻayriodatiy estetika”

Soʻnggi oylarla XKP “erkaklashtirish” siyosatini yanada kuchaytirgan.

Sentyabrda televideniye nazoratchilari zirak taqqan, yuzini yoki sochini boʻyagan kabi “nozik va boshqa gʻayriodatiy estetikaga ega” erkaklarni efirga uzatishni taqiqlagan, deb xabar bergan 31-dekabr kuni pekinlik Xelen Gaoga koʻra New York Times nashri.

Noyabr oyi oxirlarida nazoratchilar “gʻayriodatiy estetika” sababli mashhurlarning internetdagi profillari va fan-klublarini taʼqib qilib, XKP talablariga javob bermagan taqdirda ular yopish bilan tahdid qilgan.

Ayrim taniqli erkaklar, jumladan, Xitoyning eng yaxshi qoʻshiqchilaridan biri Tsay Syukun koʻpchilik ayol muxlislarining hafsalasini pir qilgan holda bu talablarga koʻnmoqda, deb yozgan Gao.

Avvallari ijtimoiy tarmoqlarda yuzini boʻyab, sariq soch bilan rasmga tushgan Tsay sentyabrdagi qaror eʼlon qilinganidan keyin jurnal muqovasiga keng jinsi shimda va mushaklarini koʻrsatib rasmga tushgan.

Bunday manmanlik va tashqi koʻrinishga asoslangan erkakcha talablar teskari natija beradi, deb yozgan Gao.

“Partiyaning noodatiy erkaklik deb hisoblaydigan alomatlarga qarshi kurashishi uning oʻz xalqiga xizmat qila olmayotgani va ayrim yirik shaharlarda yuqoriga intilish, karera imkoniyatlari, arzon uylarning yoʻqligi kabi jiddiy ijtimoiy-iqtisodiy muammolarni yecha olmayotganidan chalgʻitishning bir yoʻli”, deb yozgan u.

Bolalarni “chinakam” erkakka aylantirish

Darhaqiqat, xitoyliklarning bu talablarga nisbatan munosabati juda salbiy boʻlgan.

“Erkaklikning yetishmasligi haqidagi xavotirning oʻzi ayrim qarashlarga nisbatan diskriminatsiyadir”, deyiladi iFeng.com veb-saytining tahliliy maqolasida oʻtgan yil fevral oyida Echinacities.com saytidan iqtibos keltirib. “Bunday insonlar ong ostida “ayollik”, “qizlarga xos” narsalarni yomon va har bir jins hayotda maʼlum bir koʻrinishga ega boʻlishi kerak deb biladi.”

“Nima uchun taʼlim vazirligi jismoniy tarbiya qizlarni “erkaklashtirib” yuborishidan xavotirlanmayapti?”

“Feminizatsiya soʻzi endi kamsituvchi atamami?”, deb izoh qoldirgan Weibo foydalanuvchilardan biri va unga 200 mingta layk bosilgan, deb xabar bergan BBC nashri 2021-yil fevralda.

“Oʻgʻil bolalar ham odam. Hissiyotga berilish, uyalish yoki muloyim boʻlish ham insoniy xislatlar”, deb yozgan yana bir foydalanuvchi.

Ammo shunga qaramay, soʻnggi yillarda oʻgʻil bolalarni “matonatli boʻlishga” undash gʻoyasi kuchaymoqda.

“Bunday xotinchalish yigitlar tashqaridan hujum boʻlganida oʻz mamlakatlarini himoya qila olishini tasavvur qilish qiyin”, deb yozgan oʻtgan yil fevral oyida Reuters Weibo foydalanuvchilarining biridan iqtibos keltirib.

Bu kabi muammolarni hal qilish uchun ayrim badavlat oilalar oʻgʻillarini armiyaga xos mashgʻulotlar orqali “haqiqiy” erkakka aylantirishga vaʼda beradigan xususiy oʻquv lagerlariga yubormoqda.

Xitoy harbiy qudratini koʻz-koʻz qilmoqda

Ushbu ziddiyatli taklif dunyodagi eng yirik armiyalardan biri boʻlgan Xitoy armiyasi xorijda tobora tajovuzkor boʻlib borayotgan paytda yangramoqda.

2020-yilning oxirlarida, Si Pekinning “yangi Xitoyni” barcha tajovuzkorlardan himoya qilish yoʻlidagi jangovar qatʼiyatidan faxrlanib, ehtimoliy “bosqinchilarni” keskin ogohlantirgan edi.

23-oktyabr kungi muhim chiqishlarining birida Si bosqinning oldini olish uchun urush olib borilishi va zoʻravonlikka zoʻravonlik bilan javob qaytarilishi kerakligini aytgan.

Tayvan boʻgʻozining narigi tarafida, Kinmen orolining sohillaridagi tank “qopqonlari” Tayvanning doimiy ravishda Xitoy bosqini tahdidi ostida yashayotganini eslatib turadi – bugun mojaro qoʻrquvi soʻnggi oʻn yilliklar ichidagi eng yuqori nuqtaga yetgan.

Xitoy samolyotlari Tayvanning mudofaa hududini tez-tez buzib kirmoqda, Xalq ozodlik armiyasi esa orolga bostirib kirishni va hatto AQSHning Guamdagi bazalariga hujumni mashq qilmoqda.

Xitoy rejimi koʻp yillardan beri qator mamlakatlar tomonidan strategik tahdid oʻlaroq koʻriladi, ammo soʻnggi paytlarda Pekinning butun dunyodagi xatti-harakatlari bu xavotirlarni sezilarli darajada kuchaytirgan.

Gonkongning demokratik xatti-harakatlaridan xavfsirayotgan Pekin yarim muxtor shahardagi oʻzgacha fikrni boʻgʻib, Osiyodagi boshqa mamlakatlarga ogohlantirish yoʻllar ekan, bu yerlarda oʻzining siyosiy, iqtisodiy va madaniy taʼsirini kuchaytirishga urinib kelmoqda.

Pekin boshqa davlatlarning hududiy daʼvolari hisobiga janubiy Xitoy dengizida sunʼiy orollar barpo etgan holda harbiy hozirligini kuchaytirmoqda.

U Hind okeani boʻylab bir nechta portlar barpo etib, Janubiy Xitoy dengizidan Suvaysh kanaligacha yoqilgʻi quyish va taʼminot stantsiyalari tarmogʻini yaratgan. Goʻyoki tijoriy xarakterga ega bu portlar juda tez rivojlanayotgan dengiz floti qamrovini kengaytirishga imkon beradi.

AQSH razvedkasi rasmiylari soʻnggi oylarda Xitoyning Birlashgan Arab Amirliklari (BAA) Xalifa portidagi faoliyatidan xavotir bildirgan. Ular Xitoyning yashirincha harbiy obyekt barpo etayotganini aytganlar.

AQSH razvedka idoralari bir yilga yaqin vaqt mobaynida Xitoyning BAA portida yashirincha harbiy obyekt qurayotganidan xabardor boʻlishgan, deyiladi The Wall Street Journal (WSJ) nashrining noyabrdagi sonida.

Xuddi shunday taktikadan boshqa mamlakatlarda ham foydalangan Xitoy rejimi ayniqsa, Gvadar (Pokiston) va Jaskdagi (Eron) strategik hududlar va portlarni aniq harbiy maqsadlar uchun ishlatishda oʻz moliyaviy hukmronligidan foydalanmoqda.

Bu orada Xitoy harbiylari 10 yil ichida mamlakatning “200 donadan kamroq” jangovar kallaklardan iborat yadroviy salohiyatini ikki baravar oshirishni moʻljallamoqda – AQSH harbiy tahlilchilarining sentyabrda eʼlon qilingan hisobotida shu haqda soʻz yuritilgan.

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 0

Siyosat * Majburiy 1500 / 1500