Karvonsaroy
Diplomatiya

Qozogʻistondagi rossiyalik askarlar harakatini “butun dunyo kuzatmoqda”

Karvonsaroy va AFP

5-yanvar kuni Olmaotada Qozogʻiston xavfsizlik kuchlari va namoyishchilarning toʻqnashuvi aks etgan AFPTV videolavhasi kadri. [Aleksandr Platonov/AFPTV/AFP]

5-yanvar kuni Olmaotada Qozogʻiston xavfsizlik kuchlari va namoyishchilarning toʻqnashuvi aks etgan AFPTV videolavhasi kadri. [Aleksandr Platonov/AFPTV/AFP]

VASHINGTON – Qoʻshma Shtatlar payshanba (6-yanvar) kuni Qozogʻistonga yuborilgan Rossiya harbiylarining huquqbuzarliklari butun dunyo tarafidan kuzatilishini aytib, postsovet respublikasidagi idoralarni nazoratga olishdan tiyilishga chaqirgan.

Qozogʻiston prezidenti Qosim-Joʻmart Toʻqayev shu kunlardagi umummilliy namoyishlar “terrorchilar” tarafidan uyushtirilganini aytib, KXSHTdan vaziyatga aralashishni soʻragach, Rossiya yetakchiligidagi Kollektiv xavfsizlik shartnomasi tashkiloti (KXSHT) kuchlari, jumladan rossiyalik desantchilar Qozogʻistonga kirganlar.

Juma kuni Rossiyadan qoʻshimcha askarlar, shuningdek Armaniston va Tojikistondan ham harbiylar kelishi kutilmoqda, deb xabar bergan Ozod Yevropa/Ozodlik radiosi.

Avvallari Markaziy Osiyoning eng barqaror davlati hisoblangan Qozogʻistondagi zoʻravonliklar Rossiya prezidenti Vladimir Putinga ham imkoniyat, ham tahdid tugʻdiradi.

6-yanvar kuni Kiyevdagi Qozogʻiston elchixonasi oldida “Diktatorlikka yoʻq, birdamlik ha deymiz”, “Ozodlik!” deb yozilgan plakatlarni koʻtarib olgan ukrainalik faollar. Ukrainaliklar Qozogʻistondagi namoyishlarni qoʻllab-quvvatlab, Markaziy Osiyo mamlakatiga Rossiya harbiylari aralashuvini toʻxtatishni talab qilganlar. [Sergey Supinskiy/AFP]

6-yanvar kuni Kiyevdagi Qozogʻiston elchixonasi oldida “Diktatorlikka yoʻq, birdamlik ha deymiz”, “Ozodlik!” deb yozilgan plakatlarni koʻtarib olgan ukrainalik faollar. Ukrainaliklar Qozogʻistondagi namoyishlarni qoʻllab-quvvatlab, Markaziy Osiyo mamlakatiga Rossiya harbiylari aralashuvini toʻxtatishni talab qilganlar. [Sergey Supinskiy/AFP]

Rossiyalik harbiy xizmatchilar Moskva boshqaruvidagi harbiy ittifoq – Kollektiv xavfsizlik shartnomasi tashkilotiga (KXSHT) aʼzo mamlakatlar bilan birga “Rubej-2021” harbiy mashgʻulotlarida ishtirok etmoqda, Qirgʻiziston poytaxti Bishkekdan 200 km uzoqlikdagi Baliqchi shahri, 2021-yil 9-sentyabr. Rossiya boʻlinmalari boshchiligidagi KXSHT kuchlari namoyishni bostirish uchun 6-yanvar kuni Qozogʻistonga kirgan. [Vyacheslav Oseledko/AFP]

Rossiyalik harbiy xizmatchilar Moskva boshqaruvidagi harbiy ittifoq – Kollektiv xavfsizlik shartnomasi tashkilotiga (KXSHT) aʼzo mamlakatlar bilan birga “Rubej-2021” harbiy mashgʻulotlarida ishtirok etmoqda, Qirgʻiziston poytaxti Bishkekdan 200 km uzoqlikdagi Baliqchi shahri, 2021-yil 9-sentyabr. Rossiya boʻlinmalari boshchiligidagi KXSHT kuchlari namoyishni bostirish uchun 6-yanvar kuni Qozogʻistonga kirgan. [Vyacheslav Oseledko/AFP]

U 2020-yilda Belarusda namoyishchilar saylovdagi soxtalashtirishlardan norozi boʻlib koʻchalarga chiqqanida Aleksandr Lukashenko rejimini qoʻllab-quvvatlagani kabi, Rossiyaning sobiq Sovet Ittifoqidagi vaziyatni boshqarishga qodir ekanligini yana bir bor koʻrsatishi mumkin.

Shunday boʻlsa-da, Putin qoʻshnilardagi noroziliklar rossiyaliklarga gʻoyaviy taʼsir oʻtkazishini istamaydi.

“Qozogʻistonda yuz berishi mumkin boʻlgan bunday hodisa Rossiyada ham ehtimoldan yiroq emas”, deydi Qozogʻiston va boshqa Markaziy Osiyo mamlakatlaridagi rasmiylarga maslahat berish boʻyicha 20 yillik tajribaga ega Kolumbiya universitetining huquq boʻyicha maʼruzachisi Skott Xorton New York Times nashriga.

Huquqbuzarliklarni kuzatish

Ammo soʻnggi yillarda Rossiya askarlarining qoʻshni davlatlardagi mojarolarga, jumladan Ukrainadagi davomli nizoga, 2020-yilda Togʻli Qorabogʻ bahsli hududi uchun urushga aralashuvi va Kremlning Afgʻoniston va boshqa joylarda tahlika qoʻzgʻashga urinishi odamlarning yodidan koʻtarilgani yoʻq.

“Qoʻshma Shtatlar va umuman olganda butun dunyo inson huquqlari buzilishini kuzatib boradi”, deb aytgan Davlat departamenti vakili Ned Prays muxbirlarga.

“Shuningdek, biz Qozogʻistondagi tashkilotlarni qoʻlga olishga yetaklovchi har qanday harakatlarni ham kuzatib boramiz.”

Prays KXSHTni taklif qilish sabablarini izohlashni “Qozogʻiston hukumatiga qoldirishini” aytib oʻtgan.

Rossiya yetakchiligidagi KXSHTga olti sobiq Sovet respublikasi: Rossiya, Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Tojikiston, Belarus va Armaniston kiradi.

Guruh raisi Armaniston bosh vaziri Nikol Pashinyanga koʻra, alyans “tashqi aralashuv”ga doir soʻrovga javob qaytargan.

“Terrorchilik” daʼvosini rad etish

Prays Qozogʻistonni Pashinyanning daʼvosiga toʻxtalmay, namoyish sabablari bilan mashgʻul boʻlishga chaqirdi. Norozilik yoqilgʻi narxlarining koʻtarilishi bilan bogʻliq kutilmagan ommaviy namoyishlar sababli kelib chiqqan.

“Qozogʻiston hukumati asosan iqtisodiy va siyosiy xarakterdagi muammolarni hal qiladi degan umiddamiz”, deb aytgan Prays Qoʻshma Shtatlarning Markaziy Osiyodagi “hamkoriga” qarata.

Praysning soʻzlari Toʻqayevning noroziliklarni terrorchilar boshqarayotgani haqidagi daʼvolariga zid.

Davlat kotibi Entoni Blinken payshanba kuni qozogʻistonlik hamkasbi Muxtar Tleuberdi bilan telefon orqali soʻzlashib, muammoni tinch yoʻl bilan hal qilish va OAV erkinligini hurmat qilishga chaqirdi.

Blinken “Qoʻshma Shtatlar tomonidan Qozogʻistondagi konstitutsiyaviy institutlar, soʻz erkinligi, nizoning tinchlik va oʻzaro hurmat yoʻli bilan hal qilinishini qoʻllab-quvvatlashini taʼkidlagan”, deb aytgan Prays.

Shuningdek, Praysga koʻra, Blinken muloqot chogʻida Rossiya askarlari yana bir sobiq Sovet mamlakati Ukraina yaqinida harakat qilayotganidan xavotirda ekanini bayon qilgan. U yerda 2014-yilda Rossiya kuchlari Qrimni anneksiya qilib, Ukraina sharqini bosib olganidan beri 14 mingga yaqin kishi halok boʻlgan.

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 4

Siyosat * Majburiy 1500 / 1500

KXSHT, uyingga joʻna

Javob berish

Quidquid id est, timeo danaos et dona ferentes/Nima boʻlganda ham, hadya keltiruvchi Danaylardan qoʻrqaman.

Javob berish

Sizga qozoqlar Rossiya qoʻshinlarining Qozogʻistonga kiritilishiga ijobiy munosabatda ekanini aytsalar, ishonmang; bu YOLGʻON! QOZOQLARNING AKSARI RUS QOʻSHINLARINING KIRITILISHIGA QARSHI! BIZ VATANIMIZ SUVERENITINI YOʻQOTIShDAN QOʻRQAMIZ!

Javob berish

Rossiya – bosqinchi

Javob berish