OLMAOTA – Oʻtgan hafta mamlakatni larzaga keltirgan namoyishlar toʻxtagani aytilsa-da, Rossiya Qozogʻistonda oʻz harbiy hozirligini kuchaytirishda davom etmoqda.
Qozogʻiston prezidenti Qosim-Joʻmart Toʻqayev dushanba (10-yanvar) kuni ichki tartibsizliklarga barham berilgani va mamlakat kuch tuzilmalari vaziyatni nazoratga olganini aytdi.
Shu oyda mamlakat gʻarbida yoqilgʻi narxlarining oshishiga qarshi norozilik namoyishlari bilan boshlangan mislsiz tartibsizliklar Qozogʻistonni larzaga keltirgan.
Zoʻravonliklarda oʻnlab odamlar halok boʻlgani aytilmoqda. Ichki ishlar vazirligi (MVD) dushanba kuni qariyb 8000 kishi hibsga olinganini maʼlum qilgan.
Moskva boshchiligidagi Kollektiv xavfsizlik shartnomasi tashkiloti (KXSHT) rahbarlari bilan videoselektor majlisida qatnashgan Toʻqayev mamlakatda “davlat toʻntarishiga urinish”ning oldi olinganini aytgan.
Unga koʻra, “qurollangan jangarilar” namoyishlardan foydalanib, hokimiyatni qoʻlga olishga uringanlar.
“Asosiy maqsad aniq: konstitutsion tuzumga putur yetkazish, boshqaruv idoralarini vayron qilish va hokimiyatni egallash boʻlgan”, dedi u.
Rossiyalik harbiylar Qozogʻistonga oqib kirmoqda
Bu orada mamlakatga rossiyalik askarlar oqib kirmoqda.
Rossiya mudofaa vazirligi yakshanba kuni Rossiyadan Qozogʻistonga askarlarni yetkazish uchun 75 dan ortiq harbiy transport samolyotlari “kechayu kunduz” parvoz qilayotgani haqida xabar bergan.
Dushanba kuni oʻtkazilgan video-anjumanda Rossiya prezidenti Vladimir Putin KXSHT Toʻqayevning talabidan keyin askarlar yuborganini aytib oʻtdi, sababi mamlakat “xalqaro terrorchilik tajovuziga yuz tutgan”.
Toʻqayev KXSHTning 2030 askar va 250 ta texnika yuborgani, ammo Rossiya yetakchiligidagi askarlar “tez orada” qaytib ketishlarini aytgan.
Putin Qozogʻistondagi “tinchlikparvar” kuchlar “qisqa muddatga” joylashtirilganini aytar ekan, ularning chiqib ketish vaqtiga aniqlik kiritmagan.
Ammo tarix shuni koʻrsatadiki, ruslar istalganidan uzoqroq vaqt qolishlari mumkin.
“Yaqin oʻtmishdan oʻrganishimiz kerak boʻlgan saboq shuki, rossiyaliklar uyingizga kirib kelganidan keyin ularni chiqarish juda mushkul”, deb aytgan AQSH davlat kotibi Entoni Blinken.
Rossiyaliklar oʻz vakolatidan ortiqcha qolishiga yana bir sabab – noroziliklar tarqalishini nazorat qilish boʻlishi mumkin.
Shu hafta Qozogʻistonda yuz bergan shiddatli namoyishlar prezident Vladimir Putin mamlakat iqtisodiyoti va kelajagidan chuqur norozi boʻlgan aholi bilan toʻqnash kelayotgan qoʻshni Rossiyaga mujda yoʻllagan.
Rossiya uchun ogohlantirish
Qozogʻistondagi vaziyat Kreml uchun ogohlantirishdir: tashqaridan barqaror boʻlib koʻrinsa-da, har qachon portlashga tayyor boʻlgan norozilik oʻchogʻi yetilayotgan boʻlishi mumkin.
Shu tariqa, postsovet mamlakatlardan askarlar yuborilishi bu davlatlar liderlarining “inqiloblar” yuz berishiga yoʻl qoʻymasligidan dalolat beradi, deb aytgan Putin.
“KXSHT qabul qilgan choralar shuni koʻrsatadiki, biz hech qachon hech kimga oʻz uyimizdagi vaziyatni beqarorlashtirishga va “rangli inqiloblar” senariysini amalga oshirishga yoʻl qoʻymaymiz”, deb qoʻshimcha qilgan u.
Rossiya yetakchiligidagi KXSHTga olti sobiq sovet respublikasi: Rossiya, Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Tojikiston, Belarus va Armaniston kiradi.
Putin 2020-yilda Belarusda namoyishchilar saylovdagi soxtalashtirishlardan norozi boʻlib koʻchalarga chiqqanida Aleksandr Lukashenko rejimini qoʻllab-quvvatlagani kabi, yana bir bor Rossiyaning sobiq Sovet Ittifoqidagi vaziyatni boshqarishga qodir ekanligini koʻrsatishi mumkin.
Soʻnggi yillarda Rossiya askarlarining qoʻshni davlatlardagi mojarolarga, jumladan Ukrainadagi davomli nizoga, 2020-yilda Togʻli Qorabogʻ bahsli hududi uchun urushga aralashuvi va Kremlning Afgʻoniston va boshqa joylarda tahlika qoʻzgʻashga urinishi dunyo miqyosida xavotirlarga sabab boʻlgan.
“Qoʻshma Shtatlar va umuman olganda butun dunyo inson huquqlari buzilishini kuzatib boradi”, deb aytgan oʻtgan hafta Davlat departamenti vakili Ned Prays muxbirlarga.
“Shuningdek, biz Qozogʻistondagi idoralarni egallab olishga yetaklaydigan har qanday harakatlarni ham kuzatib boramiz.”
“Qozogʻiston hukumati asosan iqtisodiy va siyosiy xarakterdagi muammolarni hal qiladi degan umiddamiz”, deb aytgan Prays Qoʻshma Shtatlarning Markaziy Osiyodagi “hamkoriga” qarata.
Badboʻy ruslarning nima keragi bor bu yerda?
Javob berishFikrlar 3
Quyida ruscha shovinizm qanday ekanligini aks ettiradigan sharhni koʻrdingiz. Amerika, iltimos, Putindan qutulishga yordam bering! Bizga Qozogʻistonda rus yoki boshqa askarlar kerak emas!
Javob berishFikrlar 3
Bu bosqinchilar Qozogʻistondan haydab chiqarish kerak. Chivinga toʻla botqoqlariga qaytsin.
Javob berishFikrlar 3