Karvonsaroy
Inson huquqlari

Diniy peshvolar Xitoyning musulmon ozchiliklarga qarshi zulmi borasidagi AQSH pozitsiyasini qoʻllab-quvvatlamoqda

Sulton Al-Barey

24-mart kuni havodan olingan surat: Xitoyning Shinjon viloyatidagi Tumushuke shahrida paxta dalasida ishlayotgan seyalka. [STR/CNS/AFP]

24-mart kuni havodan olingan surat: Xitoyning Shinjon viloyatidagi Tumushuke shahrida paxta dalasida ishlayotgan seyalka. [STR/CNS/AFP]

Islom ulamolari Shinjondagi musulmonlarga nisbatan shafqatsiz munosabati uchun Xitoyga qarshi joriy qilingan AQSH sanksiyalarini qoʻllab-quvvatlashini va musulmon davlatlari Vashingtondan oʻrnak olishi kerakligini aytmoqda.

16-dekabr kuni Qoʻshma Shtatlar Xitoyga qarshi bir qator choralar koʻrdi: qonun chiqaruvchilar savdoni cheklash uchun ovoz berib, maishiy dronlar ishlab chiqaruvchi dunyodagi eng yirik kompaniyaga qarshi yangi sanksiyalar joriy qildilar.

AQSH Senati mamlakatni majburiy mehnat bilan bogʻliq xavotirlar tufayli Xitoyning Shinjon mintaqasidan deyarli barcha mahsulotlar importini taqiqlagan ilk davlat boʻlishini bir ovozdan maʼqulladi va AQSH prezidenti Jo Bayden 23-dekabr kuni qonunni imzoladi.

Hisob-kitoblarga koʻra, har yili Amerika Qoʻshma Shtatlariga import qilinadigan kiyim-kechaklarning taxminan 20 foizida Shinjon paxtasidan foydalaniladi.

3-noyabr kuni Kaliforniyaning Los-Anjeles shahridagi Xitoy konsulligi oldida miting oʻtkazgan faollar Xitoyda inson huquqlari bilan bogʻliq vaziyat borasidagi xavotirlar tufayli Pekinda 2022-yilda oʻtadigan qishki Olimpiya oʻyinlarini boykot qilishga chaqirganlar. [Frederik J. Braun/AFP]

3-noyabr kuni Kaliforniyaning Los-Anjeles shahridagi Xitoy konsulligi oldida miting oʻtkazgan faollar Xitoyda inson huquqlari bilan bogʻliq vaziyat borasidagi xavotirlar tufayli Pekinda 2022-yilda oʻtadigan qishki Olimpiya oʻyinlarini boykot qilishga chaqirganlar. [Frederik J. Braun/AFP]

Xitoy gʻarbida joylashgan Shinjon mintaqasidagi lagerlarda kamida bir million uygʻur va asosan musulmonlardan iborat boshqa turkiyzabon ozchiliklar vakillari hibsda saqlanadi.

Inson huquqlari tashkilotlari va xorijiy davlatlar hukumatlar ommaviy hibslar, majburiy mehnat, siyosiy-mafkuraviy tarbiya, qiynoqlar, majburiy sterilizatsiya va jinsiy zoʻravonlik holatlari haqidagi dalillarni keltirgan.

Xitoy, shuningdek, islom madaniyati anʼanalarini tag-tomiri bilan yoʻq qilishga va ularni Xitoyda koʻpchilik boʻlgan xanlarga majburan assimilyatsiya qilishga urinmoqda.

Vashington bu kampaniyani genotsid deb atagan, Pekin esa bu obyektlarni kasbiy taʼlim markazlari deb taʼriflaydi.

Bayden maʼmuriyati, shuningdek, Xitoy uygʻurlarni kuzatib borish uchun sunʼiy intellekt va DNK kuzatuvi boʻyicha yangi texnologiyalarni takomillashtirayotgan Shinjondagi kuzatuvlar uchun bir qator sanksiyalar joriy qilgan.

AQSH moliya vazirligining sanksiyalariga uchragan kompaniyalar orasida dunyodagi eng yirik maishiy dronlar ishlab chiqaruvchi SZ DJI Technology ham bor.

Shuningdek, telefonlardagi fayllarni kuzatuvchi mobil ilovani ishlab chiqqan Xiamen Meiya Pico Information, uygʻurlar va tibetliklar yuzlarini aniqlash tizimini ishlab chiqib, takomillashtirish maqsadida uni Zimbabve ishga tushirgan Cloudwalk Technology kompaniyalari ham sanksiyalar ostiga tushgan.

“Bu sakkiz kompaniya XXRdagi etnik va diniy ozchiliklar, asosan Shinjondagi musulmon uygʻurlarni kuzatish va nazorat qilishni faol qoʻllab-quvvatlaydi”, deb aytgan AQSH davlat kotibi Entoni Blinken Xitoy Xalq Respublikasini nazarda tutib.

17-dekabr kuni Pekin bunga “qatʼiyan qarshi” ekanligi va Xitoy kompaniyalarini himoya qilish uchun “barcha zarur choralarni” koʻrishini aytdi.

Jamoaviy pozitsiya

“Al-Azhar” universitetining shariat va fiqh professori, shayx Naif Abd Rabbuning aytishicha, Xitoydagi musulmonlar huquqlarini poymol qilgani uchun AQSHning Xitoy hukumatiga nisbatan sanksiyalari “munosib insonparvarlik pozitsiyasi” hisoblanadi.

Sanksiyalar “boshqa mamlakatlar ham shunday chora koʻrishi va Xitoy hukumatining ushbu qatlamga nisbatan irqiy zoʻravonligini toʻxtatish uchun unga bosim oʻtkazishda samarali vosita boʻladi”.

Xitoy rasmiylarining sanksiyalar siyosiy sabablarga ega ekanligi haqidagi daʼvolari “yolgʻon va oʻrinsiz”, deydi u. “Chunki faktlar bu huquqbuzarliklarni tasdiqlaydi va ularning koʻpchiligi hujjatlashtirilgan.”

AQSHning Xitoyni musulmonlar huquqlarini poymol qilgani uchun jazolash qarori AQSHning diniy erkinlikni tan olishidan kelib chiqadi, deb aytgan Saudiya Arabistoni al-Ahsa viloyatidagi shia ulamosi shayx Hoshim al-Mujhid.

Qoʻshma Shtatlar etnik, irqiy yoki diniy mansublikdan qatʼi nazar, islomiy mamlakatlar bilan oʻzaro hurmatga asoslangan yaqin aloqalarga ega va ular bilan xavfsizlikdan tortib, iqtisodiy sohalargacha strategik hamkorlik olib boradi, deb aytgan u.

Musulmonlar huquqlari toptalishini toʻxtatishda dunyo boʻylab imomlar samarali va muhim vosita sifatida xizmat qilishlari mumkin, deb aytgan al-Mujhid.

“Bu nafaqat arab, Yaqin Sharq va Fors koʻrfazi mamlakatlariga, balki eʼtiqod va din erkinligini taʼminlovchi va qoʻllab-quvvatlovchi Yevropa davlatlariga ham taalluqli.”

“Jamoaviy pozitsiya Xitoy musulmonlarining kamsitilishi, hibsga olinishi va majburiy sterilizatsiya qilinishini toʻxtatilishida Xitoyga nisbatan muhim va samarali taʼsir koʻrsatadi.”

Xalqaro katalizator

“Al-Azhar” universiteti bitiruvchisi, Bahrayn poytaxti Manamadagi Hudaybiya masjidi imomi shayx Abdulloh al-Husayniy sanksiyalar “arab, islom va hatto Yevropa mamlakatlari ham shunday chora koʻrishi uchun turtki boʻlishiga” umid qilishini aytgan.

“Dunyodagi hech qaysi diniy ozchilik ularga nisbatan olib borilayotgan adolatsizlikka xalqaro aralashuvsiz barham bera olmaydi”, deydi u.

“Musulmonlar koʻp mamlakatlar va jamiyatlarga integratsiyalashib, ayniqsa Yevropa mamlakatlarida nufuzli yetakchi oʻrinlarni egallagan”, deydi u.

“Shu tariqa Xitoy musulmonlari huquqlarini himoyalash ularning huquqlari poymol boʻlishini toʻxtatishda zaruratga, ular chekayotgan aziyatni yengillatish, ularga Xitoyning boshqa fuqarolari kabi barqaror hayotni taʼminlashda asosiy omilga aylandi”, deydi u.

“Islom mamlakatlari va aholisining aksari musulmonlardan iborat yurtlar Xitoydagi musulmonlar uchun qilinishi kerak boʻlgan ishni qilmaganlar”, deydi al-Husayniy.

“Ehtimol, bu siyosiy-iqtisodiy hisob-kitoblar va ikki tomonlama kelishuvlar bilan bogʻliqdir, ammo jamoaviy pozitsiya doirasida ozchilik huquqlarini himoya qilib, bu mamlakatlar manfaatlarini xavf ostiga qoʻymagan holda ushbu toʻsiqlarni bartaraf etish mumkin.”

Arab va islom tashkilotlari hammani qoniqtiradigan va xitoylik musulmonlarga normal yashash sharoitini taʼminlaydigan yechimlarni taklif qilishi mumkin, deydi u.

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 2

Siyosat * Majburiy 1500 / 1500

XXI asrda Xitoy insoniyat uchun asosiy tahdiddir. Bu sariq vaboni birlashibgina toʻxtata olamiz.

Javob berish

Xitoy fashizmiga faqat birlashib barham bera olamiz

Javob berish