Karvonsaroy
Xavfsizlik

Qozogʻistondagi tartibsizlar ortidan Oʻzbekiston KXSHTga qoʻshilish masalasida yangi bosimga duch kelmoqda

Rustam Temirov

Rossiya prezidenti Vladimir Putin 10-yanvar kuni Moskva yaqinidagi qarorgohida Kollektiv xavfsizlik shartnomasi tashkiloti (ODKB) Kengashining Qozogʻistondagi namoyishlar munosabati bilan chaqirilgan favqulodda videomajlisida ishtirok etmoqda. [Aleksey Nikolskiy/Sputnik/AFP]

Rossiya prezidenti Vladimir Putin 10-yanvar kuni Moskva yaqinidagi qarorgohida Kollektiv xavfsizlik shartnomasi tashkiloti (ODKB) Kengashining Qozogʻistondagi namoyishlar munosabati bilan chaqirilgan favqulodda videomajlisida ishtirok etmoqda. [Aleksey Nikolskiy/Sputnik/AFP]

TOSHKENT – Kollektiv xavfsizlik shartnomasi tashkilotiga (ODKB) aʼzo davlatlar rasmiylari yaqinda Qozogʻistonda yuz bergan tartibsizliklar bahonasida ittifoqqa qayta qoʻshilishi uchun Oʻzbekistonga bosim oʻtkazmoqdalar.

Qozogʻiston va Rossiya shu oy boshida oʻnlab odamlar oʻlimi va deyarli 10 ming kishining hibsga olinishiga sabab boʻlgan norozilikni xorijlik “terrorchilar”ning hokimiyatni agʻdarishga urinishi deb atagan boʻlsa-da, bu iddaoni qoʻllab-quvvatlovchi dalillar keltirmagan.

Mamlakatning eng yirik shahri Olmaotada hukumat muxoliflari va xavfsizlik kuchlari oʻrtasidagi qurolli toʻqnashuvlar hamda talon-taroj avjiga chiqqach, Qozogʻistonga 2000 dan ortiq askardan iborat KXSHT missiyasi safarbar etilgan edi.

Oʻzbekiston KXSHTga ikki marta kirib chiqqan. U oxirgi bor ittifoqni 2012-yilda tark etgan boʻlib, oʻshandan beri unga qayta qoʻshilishdan qatʼiyan bosh tortib kelmoqda.

Toshkentdagi Xalqlar doʻstligi maydoni, oʻtgan yilning sentabr oyi. [Yuriy Korsuntsev]

Toshkentdagi Xalqlar doʻstligi maydoni, oʻtgan yilning sentabr oyi. [Yuriy Korsuntsev]

Rossiya prezidenti Vladimir Putin va uning belaruslik hamkasbi Aleksandr Lukashenkoning oʻtgan yil 29-mayda Qora dengiz boʻylab safari chogʻida yaxtada tushgan surati. Minsk Yevropa samolyotini boshqa tarafga yoʻnaltirganidan keyingi noroziliklar fonida ittifoqchilar oʻrtasidagi norasmiy muzokaralarning ikkinchi kuni oʻtkazilgan. [Sergey Ilin/Sputnik/AFP]

Rossiya prezidenti Vladimir Putin va uning belaruslik hamkasbi Aleksandr Lukashenkoning oʻtgan yil 29-mayda Qora dengiz boʻylab safari chogʻida yaxtada tushgan surati. Minsk Yevropa samolyotini boshqa tarafga yoʻnaltirganidan keyingi noroziliklar fonida ittifoqchilar oʻrtasidagi norasmiy muzokaralarning ikkinchi kuni oʻtkazilgan. [Sergey Ilin/Sputnik/AFP]

“Qozogʻistonda sodir boʻlgan voqealardan birinchi navbatda Oʻzbekiston saboq olishi kerak”, deb aytgan Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko ODKB davlatlari rahbarlarining dushanba (10-yanvar) kuni boʻlib oʻtgan favqulodda majlisida.

“Ular Oʻzbekistonga ham koʻz tikishyapti”, dedi Lukashenko kimni nazarda tutayotganiga aniqlik kiritmay.

Majlisda soʻzlagan Rossiya prezidenti Vladimir Putinning taxminicha, Qozogʻistonda tashqi kuchlar faoliyat olib bormoqda.

“Qozogʻiston davlatchiligiga tahdid ommaviy norozilik namoyishlari yoqi yoqilgʻi narxiga qarshi mitinglar tufayli yuzaga kelgani yoʻq. Bu ichki va tashqi buzgʻunchi kuchlarning ishi”, deb taʼkidladi Putin “Interfaks”ga koʻra.

“KXSHT davlatlari biz hech kimga mamlakatlarimizdagi vaziyatni beqarorlashtirishga va rangli inqilob deb atalgan ssenariylarni amalga oshirishga yoʻl qoʻymasligimizni ochiq bayon qildi”, dedi Putin soʻnggi oʻn yilliklar ichida postsovet mamlakatlarida yuz bergan inqiloblarga ishora qilib, deb yozadi Eurasia Daily.

Shu kunning oʻzida MDH davlatlari institutining Markaziy Osiyo va Qozogʻiston boʻlimi rahbari, moskvalik Andrey Grozin “Oʻzbekiston KXSHTga qaytishi kerak”, deb aytgan.

“Toshkentda Qozogʻistondagi kabi voqealarni bostirishning boshqa chorasi yoʻq”, dedi Grozin.

“Boshqa janubiy qoʻshnilarimiz kabi, Oʻzbekiston ham terror tahdidi mavjud “qizil hududda” joylashgan, dedi u dalilsiz.

“Oʻzbekiston tashqi siyosatda ketma-ket xatolar qilmoqda... Afsuski, bunday sezgi kuchayib bormoqda”, deb davom etgan Grozin seshanba kuni Rossiyaning Regnum axborot agentligiga bergan intervyusida.

Qozogʻistonda yaqinda yuz bergan hodisalarda oʻzbekistonlik jangarilar ham ishtirok etgan, deb iddao qilgan Grozin hech qanday dalilsiz. U Mirziyoyev oʻtmishdoshini oʻz xalqiga qarshi kuch ishlatganini maqtagan.

“Islom Karimov davrida Oʻzbekiston xalqaro terrorizmga mutlaqo toqatsiz edi. Masalan, 2005-yilda Andijonda boʻlib oʻtgan voqealarda jangarilar bilan faqat Kalashnikov avtomati orqali muloqot qilinishi maʼlum boʻldi”, dedi Grozin oʻshanda hukumat kuchlari shahardagi namoyishchilarni qirgʻin qilganini nazarda tutib.

“Ammo hozir vaziyat yomonlashgan va biz buning Qozogʻistonga salbiy taʼsirini koʻrib turibmiz, u yerga Oʻzbekistondan jangarilar kirgan”, dedi Grozin.

Oʻzbekiston – Qozogʻiston emas

Rasmiy shaxslarning bayonotlari Toshkentga yangi bosim kampaniyasi boshlanganidan dalolat beradi, deydi Londonda yashaydigan Markaziy Osiyo boʻyicha tahlilchi Alisher Ilhomov.

“Va bu kampaniyada Kreml xabarchi rolini prezident Lukashenko zimmasiga yuklagan koʻrinadi, chunki (2020-yildagi) ommaviy noroziliklardan soʻng, uning oʻtirgan oʻrni ham gʻimirlab qolgan”, dedi u Karvonsaroyga.

Kreml sobiq ittifoq respublikalari ustidan nazoratni kuchaytirish nuqtai nazaridan KXSHT qadrini yaqqol anglab yetgan, chunki KXSHT, yaʼni Rossiya qurolli kuchlarining yordami tekinga emas, sodiqlik evaziga taqdim etiladi, deydi u.

“KXSHTning qiymatini yanada oshirish uchun Putin rejimi Oʻzbekistonni tashkilotga jalb qilmoqchi ekanligini aniq”, deydi AQSHda yashovchi oʻzbekistonlik tahlilchi Nigora Hidoyatova Karvonsaroyga.

Ogohlantirishlarga qaramay, Oʻzbekiston shimoliy qoʻshnisidan tubdan farq qiladi, dedi dushanba kuni rossiyalik olim, Postsovet tadqiqotlar markazi katta ilmiy xodimi Stanislav Pritchin Kun.uz bilan suhbatda.

“Agar Oʻzbekistondagi joriy vaziyatni (Qozogʻiston bilan) solishtiradigan boʻlsak, u Qozogʻistondagidan tubdan farq qiladi. Oʻzbekistonda Qozogʻistondagi fojiali hodisalar oldidan boʻlgani kabi siyosiy ixtilof yoʻq”, dedi u Lukashenkoning bayonotiga javoban.

Oʻzbekistondagi vaziyat barqaror, chunki hukumat oʻz siyosatining turmush darajasiga qanday taʼsir qilishini inobatga oladi, dedi Pritchin u yerda hozircha beqarorlik uchun hech qanday sharoit yoʻqligini qoʻshimcha qilib.

Lukashenko oʻzbek razvedkasi salohiyati va Oʻzbekiston harbiylarining mamlakatni himoya qilish boʻyicha 30 yillik tajribasini shubha ostiga olgan boʻlsa-da, mamlakat mustaqil ravishda milliy xavfsizlikni taʼminlash va ichki terrorizmga qarshi kurashga qodir, deydi oʻzbekistonlik jurnalist Shuhrat Shokirjonov.

“Oʻzbekiston Respublikasi mudofaa doktrinasiga koʻra, mamlakat harbiy-siyosiy bloklarda ishtirok etmaydi va har qanday davlatlararo tuzilma harbiy-siyosiy ittifoqqa aylanadigan boʻlsa, undan chiqish huquqini oʻzida saqlab qoladi”, deydi Shokirjonov.

Londonlik tahlilchi Ilhomovning taxminicha, Oʻzbekiston yaqin orada Qozogʻistondagi kabi ommaviy noroziliklarga duch kelishi dargumon.

Mirziyoyevning ikkinchi muddati endigina boshlandi va u hamon jamoatchilik koʻz oʻngida oʻz legitimligini mustahkamlashga astoydil harakat qilmoqda, dedi u.

Mirziyoyev oʻtgan yil oxirida ikkinchi muddatga saylangan edi.

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 6

Siyosat * Majburiy 1500 / 1500

Qrim Ukrainaniki!

Javob berish

Hozirda AQSH bilan harbiy hamkorligimiz yaxshi. Shuning uchun ham O‘zbekiston KXSHTga emas, NATOga aʼzo boʻladi.

Javob berish

Faqat NATOga emas, YI va G7ga ham!

Javob berish

Rossiyani yakson qilamiz.

Javob berish

Orzu qilishda davom etishsin. Bizning Oʻzbekiston armiyasi butun ODKBdan kuchliroq

Javob berish

Lukashenko Tojikistonni nazarda tutgan boʻlsa kerak, chunki Rahmon va Nazarboyev o‘rtasida ko‘plab o‘xshashliklar bor. Lukashenko “Bu yerda yoʻqlar haqida gapirmayapmiz!” degan tamoyilga amal qilgan holda Rahmon bilan bahslashishni istamadi.

Javob berish