Karvonsaroy
Siyosat

Ittifoqchilari Kreml fitnasi haqida ogohlantirishi ortidan Ukraina urushga hozirlik koʻrmoqda

Karvonsaroy va AFP

21-yanvar kuni Ukraina chegarasi yaqinidagi mashgʻulotlarda ishtirok etayotgan Rossiyalik askar. [Rossiya mudofaa vazirligi]

21-yanvar kuni Ukraina chegarasi yaqinidagi mashgʻulotlarda ishtirok etayotgan Rossiyalik askar. [Rossiya mudofaa vazirligi]

KIYEV, Ukraina – Moskva Kiyevda Kremlga moyil prezident qoʻyishga intilayotgani haqidagi razvedka maʼlumotlari ortidan Ukraina Rossiyaning mamlakatning siyosiy va iqtisodiy sohalaridagi beqarorlashtiruvchi taʼsiriga qarshi turishga vaʼda berdi.

Shanba (22-yanvar) kuni Birlashgan Qirollik (Buyuk Britaniya) Moskva Ukrainada “rossiyaparast liderni qoʻyishga intilayotgani” haqida maʼlumotga ega ekanligini aytib, Kiyevdagi bir nechta sobiq siyosatchilarni Rossiya razvedkasi bilan yashirin aloqada aybladi.

Bu daʼvolar Rossiya va Gʻarb oʻrtasida Yevropa xavfsizligiga oid munosabatlarda keskinlikni kuchaytirmoqda, zero yaqinda muvaffaqiyatsiz yakunlangan muzokaralar Ukraina atrofida Rossiya qoʻshinlarining toʻplanishi yuzasidan xavotirlarni aritmagan.

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy maʼmuriyati rahbarining maslahatchisi Mixaylo Podolyakning aytishicha, fosh etilgan bu maʼlumotlar Rossiyaning Ukrainaga nisbatan siyosatining ajralmas qismi boʻlib, Kiyev bunga qarshilik koʻrsatadi.

18-dekabr kuni Donetsk viloyatidagi Svitlodarsk kichik shaharchasi yaqinida Rossiya qoʻllovidagi ayirmachilarga qarshi front chizigʻida xandaqda oʻz pozitsiyalarini poylab turgan Ukraina harbiylari. [Anatoliy Stepanov/AFP]

18-dekabr kuni Donetsk viloyatidagi Svitlodarsk kichik shaharchasi yaqinida Rossiya qoʻllovidagi ayirmachilarga qarshi front chizigʻida xandaqda oʻz pozitsiyalarini poylab turgan Ukraina harbiylari. [Anatoliy Stepanov/AFP]

Ukrainalik sobiq deputat Yevgeniy Murayev 2019-yil 9-may kuni Kiyevda Gʻalaba bayramini nishonlash chogʻida “Oʻlmas polk” rossiyaparast tadbirida ishtirok etmoqda. Kreml Murayevni Ukrainaning ehtimoliy rahbari sifatida koʻrmoqda, deb maʼlum qildi Britaniya Tashqi ishlar vazirligi 2022-yil 23-yanvarda. [Sergey Supinskiy/AFP]

Ukrainalik sobiq deputat Yevgeniy Murayev 2019-yil 9-may kuni Kiyevda Gʻalaba bayramini nishonlash chogʻida “Oʻlmas polk” rossiyaparast tadbirida ishtirok etmoqda. Kreml Murayevni Ukrainaning ehtimoliy rahbari sifatida koʻrmoqda, deb maʼlum qildi Britaniya Tashqi ishlar vazirligi 2022-yil 23-yanvarda. [Sergey Supinskiy/AFP]

“Bizning davlatimiz Ukrainadagi vaziyatni beqarorlashtirishga urinadigan yoki Rossiyaga “yordam beradigan” har qanday oligarxik yoki siyosiy tuzilmalarni yoʻq qilish siyosatini davom ettiradi”, dedi u AFP ga yozma izohlarida.

Kremlь birmuncha vaqt biznes yoki siyosatdagi nufuzli shaxslarni tanlab olish va keyinroq ulardan “Rossiya manfaatlarini ilgari surish uchun foydalanish” rejasiga amal qilgan”, dedi Podolyak.

“Britaniyaning bu maʼlumotlari ushbu mantiqiy zanjirga toʻla mos keladi”, deb qoʻshimcha qildi u.

“Yangi siyosiy liderlar”

London ukrainalik bir qancha sobiq siyosatchilarning Rossiya maxsus xizmatlari bilan aloqada boʻlib turgani va sobiq deputat Yevgeniy Murayev ehtimoliy rahbar deb koʻrilganiga oid dalillar borligini maʼlum qidgan.

Rossiya maxsus xizmatlari bilan aloqada boʻlganlarning ayrimlari “hozirda Ukrainaga qarshi hujum rejasiga jalb qilingan”, deyiladi Buyuk Britaniya tashqi ishlar vazirligi bayonotida. Ammo dalillarga oid tafsilotlari oshkor qilinmagan.

Taxmin qilinayotgan fitna “chuqur xavotir uygʻotadi”, deb bayon qilgan AQSH rasmiysi. Moskva bu ayblovlarni “dezinformatsiya” deb atab, Londonni “bemaʼni gaplar tarqatishni bas qilishga” chaqirgan.

Ukraina keng qamrovli siyosiy islohotlar va yangi davlat rahbariga muhtoj, deb yozdi Murayev yakshanba kuni ijtimoiy tarmoqlarda.

“Ukraina xalqiga qonun ustuvorligi, tinchlik, oqilona va pragmatik iqtisodiy-ijtimoiy siyosat, shuningdek, yangi siyosiy yetakchilar kerak”, deb yozadi u.

Murayev 2019-yilgi saylovlarda partiyasi 5% ovoz toʻplay olmagani sababli parlamentdagi oʻrnini yoʻqotgan edi. U rossiyaparast tashviqot olib borgani uchun oʻtgan yili yopilgan telekanal egasi ekani aytiladi.

Ukraina chegarasiga taxminan 100 mingga yaqin Rossiya askari, shuningdek, tanklar, harbiy mashinalar, artilleriya va raketalar zaxirasi toʻplanar ekan, xavotirlar kuchayib bormoqda.

Rossiya bosqinidan xavotirlar 2014-yilda Moskvaning Qrim yarimorolini anneksiya qilishi va Ukraina sharqida oʻzini-oʻzi boʻlginchi deb eʼlon qilgan ikki respublikani Kremlparast ayirmachilar tashkil etishi bilan kelib chiqqan.

Hukumat kuchlari va rossiyaparast isyonchilar oʻrtasidagi janglarda 13 mingdan ortiq odam halok boʻldi.

NATO qoʻshinlari “shay holatda”

Gʻarb Rossiyaga Ukrainaga bostirib kirishning oqibati halokatli boʻlishini tushuntirishga harakat qildi.

Qoʻshma Shtatlar oʻz ittifoqchilarini, agar Moskva oʻz kuchlarini koʻproq yuborsa, unga nisbatan misli koʻrilmagan sanktsiyalar paketini tayyorlash uchun jalb qilishga harakat qilarkan, Yevropa Ittifoqi aʼzolari esa, agar kerak boʻlsa, bir necha kun ichida Kremlga “katta oqibatlar” bilan zarba berishlari mumkinligini taʼkidlamoqda.

Dushanba kuni NATO Daniya, Ispaniya va Niderlandiyaning kuchlarni safarbar qilish boʻyicha yaqinda qabul qilgan qarorlariga ishora qilib, aʼzolarining Rossiya kuchayishiga javoban Sharqiy Yevropa mudofaasini kuchaytirish uchun qoʻshinlarini “shay holatga” qoʻygani hamda kema va reaktiv samolyotlar yuborayotganini aytdi.

Rossiya Ukrainaga bostirib kirsa, “yangi Checheniston”ni yaratish xavfi bor, dedi dushanba kuni Britaniya bosh vaziri Boris Jonson.

“Rossiya nuqtai nazaridan, Ukrainaga bostirib kirish ogʻriqli, zoʻravonlik va qonli ish boʻladi”, dedi u. “Menimcha, Rossiyadagi odamlar bu yangi Checheniston boʻlishi mumkinligini tushunishlari juda muhim”.

“Soxta bayroqlar” va kiberhujumlar

Yanvarь oyi boshida berilgan hisobotlarda Rossiya Ukrainaga ehtimoliy bosqin uchun zamin tayyorlash kampaniyasi doirasida qanday qilib soxta operatsiyalarni yoʻlga qoʻygani, kiberhujumlar uyushtirgani va dezinformatsiya tarqatayotgani batafsil bayon qilingan edi.

Ukrainaning Raqamli transformatsiyalar vazirligi Rossiyani 14-yanvar kuni Ukraina hukumatining muhim veb-saytlariga kiberhujum uyushtirganlikda aybladi.

“Barcha dalillar kiberhujum ortida Rossiya turganiga ishora qilmoqda”, - deyiladi vazirlik 16-yanvar kuni eʼlon qilgan bayonotda. “Moskva gibrid urushni davom ettirmoqda”.

Hujumdan oldin Yevropa tashqi ishlar vazirlari ham kiberhujumlar Rossiya rejalashtirayotgan harbiy bosqindan oldin yoki unga hamroh boʻlishi mumkinligi haqida ogohlantirgan edi.

Ayni paytda, Rossiya Ukrainaga bostirib kirish bahonasi oʻlaroq “soxta bayroq ostida” operatsiya oʻtkazish uchun portlovchi moddalar boʻyicha oʻqitilgan qoʻporuvchilarni joylashtirdi, deb ogolantirgan 14-yanvar kuni AQSH rasmiylari.

Oq uy matbuot kotibi Jen Psakining aytishicha, AQSH razvedkasi Rossiya harbiy bosqindan “bir necha hafta” oldin operatsiyalarni boshlashi mumkin, deb hisoblamoqda. Bu hodisa yanvar va fevral oyi oʻrtalarida boshlanishi ehtimoldan xoli emas.

“Bizda Rossiya Ukraina sharqida soxta bayroq operatsiyasini oʻtkazish uchun bir guruh operativ kuchlarni oldindan tayyorlab qoʻyganini tasdiqlovchi maʼlumotlar bor”, dedi u jurnalistlarga.

“Tezkor kuchlar shahar sharoitida urush olib borish va portlovchi moddalar yordamida Rossiyaning oʻz vositachi kuchlariga qarshi qoʻporuvchilik harakatlari uyushtirish boʻyicha tayyorgarlikdan oʻtgan”.

Bundan bir kun avval AQSHning Milliy xavfsizlik boʻyicha maslahatchisi Jeyk Sallivan Rossiya “bosqinchilikka bahona topish uchun zamin hozirlayotganini” aytgan edi.

Moskvaning gibrid urushi

Yevropalik siyosatchi va tahlilchilar oʻtgan yili Ukrainada sodir boʻlayotgan voqealarga qarshi turish uchun davlatlar Rossiyaning gibrid urush strategiyasi haqidagi bilimlarini oshirishi kerakligi haqida ogohlantirgan edi.

Bunday maʼlumotlar, ayniqsa, Markaziy Osiyo va Rossiya bilan chegaradosh boshqa davlatlar uchun dolzarbdir, chunki bunday tajovuz tez orada oʻz ostonasida paydo boʻlishi mumkin.

Rossiyaning gibrid urush strategiyasi beshta asosiy yoʻnalishdan iborat, deydi Bryusseldagi Ukraina tahlil markazlari bilan aloqalar idorasining hammuassisi va ijrochi direktori Yelena Karbou.

U dezinformatsiya yoki axborot urushi bilan birga iqtisodiy, energetik, siyosiy va militaristik bosim qoʻllaydi, degan edi u oʻtgan yili.

“Ukraina va Gruziya bu urushning platsdarmiga aylandi”, dedi u.

Rossiya gibrid urush olib borayotgan mamlakatlarda bu vositalar doim mavjud boʻladi, deb tushuntirdi Karbou.

“Siyosiy taʼsir haqida gapiradigan boʻlsak, bu rossiyaparast siyosiy kuchlarni qoʻllab-quvvatlashdir. Bu siyosiy tuzilmani beqarorlashtirish va saylov jarayoniga aralashish”, dedi u.

“Gibrid urushning xavfi shundaki, tajovuzkor zaif jihatlardan foydalanadi”, - dedi Karbou. “Davlat mustahkamlanishi kerak. U davlat institutlarini kuchaytirishi, korruptsiyaga barham berishi va aholining axborot savodxonligini oshirishi kerak.”

Kremlning taktikasi har bir mamlakatga xos alohida mavzular va yondashuvlarni oʻz ichiga oladi, dedi Tbilisilik siyosatshunos, Gruziya strategik tahlil markazi asoschisi Nodar Xarshiladze.

“Rossiya oʻzini yaxshi deb aytmaydi. U Yevropani yomon deydi”, dedi u.

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 7

Siyosat * Majburiy 1500 / 1500

Rossiya nimaga erishmoqchi ekanini tushunmayapman. Axlat ichida yashash yoqsa, yashayverishsin. Boshqalarni ham tortishning nima keragi bor.

Javob berish

AQSH hozir Rossiya nomli quturgan choʻchqaga tumshuqbogʻ taqishga urinayotgan veterinarga oʻxshab ketyapti.

Javob berish

Rossiyani inqiroz kutayotgani muqarrar

Javob berish

Gʻarb Rossiyaning oʻsha kulgili ultimatumiga ketini artganidan keyin Rossiya qanday javob berishini koʻrish qiziq. Rossiya orqaga chekinsa, qoʻrqoqligini koʻrsatgan boʻladi, ammo hujum qilishga uning kuchi yetmaydi. Keyin faqat pensionerlar emas, butun Rossiya aholisi axlat qutisidan ovqatlanishga oʻtadi.

Javob berish

Axlatxonaga aylangan Rossiya Gʻarbga qanday qilib nimadir oʻrgatishi mumkin? Rossiya kulbasiga kim chiroq berganini unutib qoʻygan koʻrinadi. Eslatib qoʻyish kerak.

Javob berish

Haqiqat toʻlaligicha Ukraina tarafida. Rossiyaning shoxini sindirib oladi.

Javob berish

Rossiya – bosqinchi va reyder.

Javob berish