Karvonsaroy
Xavfsizlik

Qozogʻiston va Rossiyaning oʻzaro munosabatlari sezilarli yomonlashishi mumkin

Kseniya Bondal

9-yanvar kuni Ukrainaning Kiyev shahrida #PutingaYoʻqDeymiz shiori ostida oʻtgan namoyishda “Ozod Qozogʻiston” deb yozilgan plakatni ushlab turgan ayol, boshqa bir namoyishchi esa Qozogʻiston bayrogʻini koʻtarib olgan. [Sergey Supinskiy/AFP]

9-yanvar kuni Ukrainaning Kiyev shahrida #PutingaYoʻqDeymiz shiori ostida oʻtgan namoyishda “Ozod Qozogʻiston” deb yozilgan plakatni ushlab turgan ayol, boshqa bir namoyishchi esa Qozogʻiston bayrogʻini koʻtarib olgan. [Sergey Supinskiy/AFP]

OLMAOTA – Kuzatuvchilarga koʻra, Rossiya yetakchiligidagi Kollektiv xavfsizlik shartnomasi tashkilotining (KXSHT) shu oy boshidagi aralashuvi ortidan, Rossiya rasmiylarining Qozogʻiston ichki ishlariga aralashuvi kuchaygan va bu ikki tomonlama munosabatlarni xavf ostiga qoldirgan.

Qozogʻistonda yoqilgʻi narxining oshganiga qarshi boshlangan tinch namoyishlar chogʻida misli koʻrilmagan tartibsizliklar yuzaga kelishi ortidan joriy qilingan favqulodda holat oʻtgan hafta bekor qilindi.

Prezident Qosim-Joʻmart Toʻqayevni yordam soʻrab Moskvaga murojaat qilishga majbur etgan tartibsizliklar vaqtida kamida 225 kishi, jumladan 19 ta harbiy xizmatchi halok boʻlgan.

Toʻqayevning shoshilinch iltimosi bilan 6-yanvar kuni Qozogʻistonga Rossiya, keyinroq Armaniston, Belarus, Tojikiston, Qirgʻiziston askarlari yetib kelishgan. Mudofaa vazirligi xabariga koʻra, Rossiya harbiylari oʻtgan haftaning chorshanba (19-yanvar) kuni mamlakatni toʻliq tark etgan.

Rossiya prezidenti Vladimir Putin 10-yanvar kuni Moskva yaqinidagi qarorgohida Kollektiv xavfsizlik shartnomasi tashkiloti (KXShT) Kengashining Qozogʻistondagi vaziyat munosabati bilan chaqirilgan favqulodda videomajlisida ishtirok etmoqda. [Aleksey Nikolskiy/Sputnik/AFP]

Rossiya prezidenti Vladimir Putin 10-yanvar kuni Moskva yaqinidagi qarorgohida Kollektiv xavfsizlik shartnomasi tashkiloti (KXShT) Kengashining Qozogʻistondagi vaziyat munosabati bilan chaqirilgan favqulodda videomajlisida ishtirok etmoqda. [Aleksey Nikolskiy/Sputnik/AFP]

Olmaotadagi shahar avtobusi eshigida rus va qozoq tillaridagi yozuv, 20-dekabr kungi surat. [Kseniya Bondal/Karvonsaroy]

Olmaotadagi shahar avtobusi eshigida rus va qozoq tillaridagi yozuv, 20-dekabr kungi surat. [Kseniya Bondal/Karvonsaroy]

Qoʻshinlarning joylashtirilishi Kreml uchun ayniqsa, davlat tiliga oid qonunlar borasida Qozogʻiston hukumatiga bosimni kuchaytirish imkonini berdi.

Rossiyada Qozogʻistondagi rus tili diskriminatsiyaga uchrayotgani haqidagi gap-soʻzlar kuchaydi. Qozogʻistonning Rossiyadagi elchisi Yermek Kosherbayev chorshanba kuni Rossiyaning yetakchi internet-saytiga bergan intervyusida bu xavotirlarni aritishga harakat qildi.

“Takror aytaman, bizda rus tili bilan hech qanday muammo yoʻq”, dedi u. Qozogʻistonning deyarli butun aholisi rus tilidan foydalanmasa ham, uni yaxshi biladi.”

Qozoq tilidan foydalanishni kengaytirish Konstitutsiyaga koʻra millatlararo muloqot tili boʻlib qolayotgan rus tilidan foydalanishni kamaytirish hisobiga boʻlayotgani yoʻq, deydi u.

“Bu derusifikatsiya masalasi emas. Biz faqat davlat tili boʻlgan qozoq tilini sifatli va toʻgʻri qoʻllash, unga nisbatan hurmat bilan munosabatda boʻlinishi uchun kurashyapmiz, xolos”, dedi Kosherbayev.

Qozoqlar vatanparvarligi

Rossiyaning ayrim ommaviy axborot vositalari Qozogʻistonda yashovchi etnik ruslar ikki davlat oʻrtasidagi yomon munosabatlardan aziyat chekishi haqida yozgan, biroq bu daʼvo faktlarni buzib koʻrsatishdir, deydi olmamatlik siyosatshunos Rasul Jumali.

“Ayrim rossiyalik oʻrtoqlar oʻz manfaatlari yoʻlida rusiyzabon aholidan foydalanishga urinmoqda”, dedi u.

“Shimoliy Qozogʻistondagi ruslar ularni qutqarish va “rus dunyosi”ni tiklash kerak, degan gʻoya bilan dasturlanmoqda”, deydi Jumali. “Qozogʻistonda Rossiya manfaatlarini saqlab qolish uchun shunday manipulatsiyadan foydalanish holatlari bor.”

“Koʻchada yursangiz yoki doʻkonlarga kirsangiz, hamma joyda sizga rus tilida javob berishadi-ku”, deydi u.

“Qozogʻistonda cheklanayotgan qandaydir til boʻlsa, u qozoq tilidir. “Deyarli hamma qozoqlar rus tilida gaplashadi, vatanparvarlar esa, keling, qozoq tilini bilish darajasini yaxshilaylik, hech boʻlmaganda rus tili darajasida boʻlsin, deyishadi”.

“Men rusiyzabon aholiga nisbatan hech qanday bosim koʻrmayapman. Qozogʻistonlik rus, qozogʻistonlik ozarbayjon yoki qozogʻistonlik qozoq degan tushuncha yoʻq”, deydi Jumali. “Barchamiz shu yurt odamlarimiz, bir xil huquqlarga egamiz, vatanimiz bir.”

Qozogʻistonliklar millatidan qatʼi nazar, Rossiya prezidenti Vladimir Putinning “manfaatlari va etnik masalalar boʻyicha asossiz gaplarni” emas, balki oʻz mamlakati manfaatlarini inobatga olishi kerak. “Agar ular bu tashviqotga berilmasalar, hech qanday muammo boʻlmaydi”.

Aloqalarning yomonlashuvi

KXSHTning aralashuvidan keyin dadillashgan rossiyalik rasmiylar ommaviy ravishda Qozogʻistonning ichki ishlariga aralasha boshladilar.

Ularning ayrimlari 11-yanvar kuni Toʻqayevning Asqar Umarovni axborot va ijtimoiy taraqqiyot vaziri etib tayinlaganiga eʼtiroz bildirib, uni oʻtmishdagi rusofob fikrlarda ayblagan.

“Rossotrudnichestvo” nomi bilan tanilgan Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligi ishlari boʻyicha federal agentlik rahbari Yevgeniy Primakov bu tayinlov haqidagi mulohazalarini tap tortmay bayon qildi.

“Rossotrudnichestvo rusofob yaramaslar bilan aloqa qilmaydi, ishlamaydi va hamkorlik qilmaydi, shu sababli bu vazir va uning boshqaruvidagi vazirlik bilan hamkorlikni istisno qiladi”, deb yozgan Primakov 12-yanvar kuni oʻzining Telegram kanalida Umarovni nazarda tutib.

Shu kunning oʻzida Rossiya fazoviy agentligi – “Roskosmos” rahbari Dmitriy Rogojin Tvitterda Umarovga Rossiya Qozogʻistondan ijaraga oladigan Boyqoʻngʻir kosmodromiga tashrif buyurishni rejalamaslikni maslahat bergan.

“Uni bu yerda hech kim kutayotgani yoʻq”, deb yozgan Rogozin.

Rossiyaning Qozogʻiston ichki ishlariga bunday aralashuvi ikki davlat oʻrtasidagi munosabatlarda yaxshilikka olib kelmasligi aniq.

“Albatta, bu kabi jaydari xatti-harakatlar Qozogʻiston jamoatchiligida Rossiyaga nisbatan ijobiy munosabat shakllanishiga yordam bermaydi”, dedi Jumali.

Kremlning Oq oʻrda – Qozogʻiston prezidenti administratsiyasiga koʻplab savollari bor, u esa javob berishga shoshilmayapti, shu bois yaqin oylarda Moskva Qozogʻistonga nisbatan oʻz pozitsiyasini keskinlashtiradi, deydi olmaotalik siyosatshunos Maksim Kaznacheyev.

“Oʻylaymanki, Moskva maʼlum masalalarni: rus tilining Qozogʻistonda millatlararo muloqot tili sifatidagi maqomini saqlab qolish, Yevroosiyo iqtisodiy va siyosiy integratsiyasini, birinchi navbatda, atom elektrostantsiyasi qurish va Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqining (YOII) yagona valyutasini joriy etish kabi aniq tashabbuslar orqali kengaytirishni yanada qatʼiyroq talab qiladi”, dedi u Rossiyaning Qozogʻistonga yadro reaktorini sotish umidiga ishora qilib.

“Oq Oʻrda bu tashabbuslarning barchasini rad etadi va natijada, taxminan joriy yilning oʻrtalarida ikki tomonlama munosabatlar hozirgidan ancha yomonlashadi”, deydi Kaznacheyev.

Qozogʻistonning yangi rahbariyati Turkiya bilan ishlashga urinib koʻradi, bu esa Rossiya va Xitoy bilan munosabatlarda yangi keskinliklarga olib keladi, dedi u.

“Xitoy ushbu barcha voqealar natijasida hozir sahna ortida qolib ketgan boʻlsa-da, aslida uning Qozogʻistondagi manfaatlari haddan tashqari katta”, dedi Kaznacheyev.

Qozogʻiston oʻzining tashqi siyosatida Turkiyaga katta oʻrin ajratib, oʻzi uchun xavfsizlik yostiqchasini yaratmoqda, deydi deradikalizatsiya masalalari boʻyicha olmaotalik mutaxassis Asilbek Izbairov.

Toʻqayev “[sobiq prezident] Nursulton Nazarboyev olib borgan koʻp vektorli siyosatni davom ettirmoqda”, dedi u.

“Biz Qozogʻiston aholisining Rossiyaga munosabatini ham inobatga olishimiz kerak – u eski xafagarchiliklar, Golodomor [1930-yillarda Qozogʻistonda sovet davrida qasddan paydo qilingan ocharchilik] va genotsidni unutgani yoʻq”, dedi Izbairov.

“Shunday ekan, rossiyalik siyosatchilar Qozogʻiston haqida ehtiyot boʻlib gapirishlari kerak”, deydi u.

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 5

Siyosat * Majburiy 1500 / 1500

Rossiyada endi axlat qutilarini ham qulflab qoʻyadigan boʻlishdi, chunki mahalliy aholi u yerda ovqat izlashga kirishib ketdi.

Javob berish

AQSH Rossiya elchisini haydab yubormoqchi. Pistirmaga uchragan elchi bu.

Javob berish

Rossiyadan qanchalik uzoq boʻlinsa, shuncha yaxshi.

Javob berish

AQSH Rossiyadan ancha yaxshi. Haromzoda Rossiya mavjud boʻlishga ham haqli emas.

Javob berish

Men ukrainalikman! Bu yerda, Ivano-Frankovskda desantchi itlardan juda qoʻrqishadi, ruslar ularni maxsus tandem parashyutlari yordamida xodimlari bilan birga front chizigʻiga tashlab ketishi mumkin. Zirhli nimcha kiygan va qora koʻzoynak taqqan itlarni Mi-8 vertolyotlaridan 13 ming fut balandlikdan parashyutlarda tashlashadi. Yaxshi oʻrgatilgan hayvonlar darhol jangovar vazifalarini bajarishni boshlaydilar! Amerikada boʻlishni juda istayapmiz!

Javob berish