VASHINGTON – Seshanba (25-yanvar) kuni Qoʻshma Shtatlar Moskvaning ulkan neft va gaz sanoatini “qurol sifatida qoʻllash” urinishlari teskari natija berishi mumkinligini aytib, Rossiya prezidenti Vladimir Putinga sanksiyalar qoʻllash bilan tahdid qildi.
2014-yilda Rossiya Ukrainaning Qrim hududiga bostirib kirganidan keyin koʻrilgan avvalgi choralardan ancha “jiddiyroq oqibatlarga olib keluvchi sanksiyalarni qoʻllashga tayyormiz”, dedi AQSHning yuqori martabali rasmiysi.
“Bu galgi choralar bosqichma-bosqich boʻlmaydi”, deb aytgan u jurnalistlarga oʻz ismini oshkor qilmaslik sharti bilan. Agar Rossiya yana Ukrainaga bostirib kirish buyrugʻini bersa, “biz tanglikning eng yuqorisidan boshlaymiz”.
Seshanba kuni AQSH prezidenti Jo Bayden agar Rossiya prezidenti Ukrainaga yangidan hujum qilish buyrugʻini bersa, shaxsan Putinga nisbatan iqtisodiy sanksiyalar qoʻllash masalasi koʻrib chiqilishini aytdi.
“Ha. Koʻramiz nima boʻlishini”, dedi Vashingtondagi jurnalistlar savoliga javob bergan Bayden.
Rossiya oʻziga qaram boʻlgan Yevropaga energiya eksportini cheklash orqali sanktsiyalarga javob qaytarishi mumkinligi haqidagi xavotirlarga toʻxtalar ekan, AQSH rasmiysi Rossiya bu bilan oʻziga ham zarar yetkazishini aytgan.
“Agar Rossiya tabiiy gaz yoki neft xomashyosi taʼminotidan qurol sifatida foydalanishga qaror qilsa, bu Rossiya iqtisodiyoti uchun zarar keltirmay qolmaydi”, dedi jurnalistlarga AQSHning yuqori martabali rasmiysi.
Yevropa Ittifoqi oʻz taʼminotining qariyb 40 foizini Moskvadan oladigan boʻlsa-da, Rossiyaning milliy budjeti ham asosan energiya sotuvidan tushgan daromadga tayanadi, yaʼni “bu oʻzaro qaramlikdir”, dedi rasmiy.
Qoʻshma Shtatlar va uning Yevropadagi ittifoqchilari har qanday mojarolar oqibatlarini yumshatish maqsadida muqobil energiya manbalarini izlash uchun global bozorlarni koʻrib chiqmoqda, zero Yevropa qish oʻrtalarida energiya narxining keskin koʻtarilishiga duch kelgan.
“Biz energetik xavfsizlikni taʼminlash va narxdagi oʻzgarishlarni yumshatish uchun dunyodagi turli mamlakatlar va kompaniyalar bilan ishlayapmiz”, dedi rasmiy.
“Favqulodda holatlar uchun rejalar” Shimoliy Afrika va Osiyodagi taʼminotchilar bilan “gaz qazib olishni vaqtincha oshirish” boʻyicha muzokaralarni oʻz ichiga oladi.
Rasmiyning soʻzlariga koʻra, suyultirilgan gaz ortilgan tankerlar allaqachon Osiyodan yoʻlga chiqqan va bu “Yevropadagi energiya taʼminoti barqarorligiga sezilarli taʼsir qiladi”.
Uning aytishicha, Rossiyaning Ukrainaga ehtimoliy bosqiniga javoban ishlab chiqilayotgan iqtisodiy sanksiyalar orasida AQSHning yuqori texnologiyali uskunalarini eksport qilishga kabi ilgari qoʻllanilmagan cheklovlar ham bor.
“Gap biz loyihalashtiradigan va ishlab chiqaradigan murakkab texnologiyalar haqida ketmoqda”, dedi u jurnalistlarga.
Bular sunʼiy intellekt, kvant hisoblash va aerofazoviy texnologiyalar boʻlib, “Putinning iqtisodiyotni sanoatlashtirishga oid strategik ambitsiyalariga jiddiy zarba beradi”.
“Bular Rossiyaning neft va gazdan tashqari iqtisodiyotini diversifikatsiya qilish yoʻli sifatida Putin tarafidan tanlangan tarmoqlardir”, dedi rasmiy.
“Va koʻp hollarda, agar Rossiya bu tarmoqlarni rivojlantirmoqchi boʻlsa, u faqat biz hamda ittifoqchi va sheriklarimiz ishlab chiqaradigan texnologiyalar va mahsulotlarni import qilishi kerak.”
Energiyadan geosiyosiy qurol sifatida foydalanish tarixi
Rossiya rejimi uning xohish-irodasiga qarshi boʻlgan mamlakatlarga qishda tabiiy gaz yetkazib berishni rad etish yoki toʻxtatish bilan tahdid qilgani uzoq tarixdan maʼlum.
Oʻtgan oktyabr oyida Rossiyaning “Gazprom” neft-gaz giganti Moldovaga bir-biriga bogʻliq boʻlmagan geosiyosiy maqsadlar yoʻlida tabiiy gazga oʻta yuqori narxlarni qoʻya boshladi.
“Gazprom” Moldova Yevropa Ittifoqi bilan erkin savdo kelishuvidan voz kechishga rozi boʻlsa, Bryussel bilan kelishilgan energiya bozoridagi islohotlarni toʻxtatib, Rossiya yetakchiligidagi Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqiga qoʻshilsa, gazni arzonroq narxda berishini maʼlum qilgan, deb yozgan edi Financial Times 26-oktyabr kuni muzokaralardan boxabar anonim manbalardan iqtibos keltirib.
Shu oyning oʻzida Moskva Yevropada gaz narxining rekord darajada oshishiga sabab boʻlgan energiya inqirozini kuchaytirishda ayblandi.
22-oktyabr kuni Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy Moskvani Yevropada energetik inqiroz keltirib chiqarishda aybladi va Rossiyaning “gaz tajovuziga” qarshi kurashda Yevropa Ittifoqini Kiyev bilan hamkorlik qilishga chaqirdi.
“Bu Yevropa Ittifoqiga qarshi haqiqiy gaz tajovuzidir”, deb aytgan Zelenskiy AFPga bergan yozma izohida. U Yevropaning “qoʻshma saʼy-harakatlar uchun mislsiz ehtiyoji” borligini taʼkidlab, muammolarga yechim topishda Bryusselni Kiyev bilan ishlashga undagan.
Avval ham qish oylarida Rossiyaning shu kabi yoki bundan-da yomonroq xatti-harakatlari Yevropaning koʻplab mamlakatlarini qiyin vaziyatda qoldirgan edi.
2006-yil 22-yanvarda Gruziyaning oʻsha vaqtdagi prezidenti Mixail Saakashvili Shimoliy Osetiyadagi Mozdok-Tbilisi tabiiy gaz quvurida yuz bergan va mamlakatga gaz taʼminotini uzib qoʻygan ikki portlashda Kremlni ayblab chiqqan edi.
Quvur taʼmirlangan, ammo bu voqeadan keyin Gruziya Ozarbayjonni jalb qilgan holda oʻzining gaz manbalarini diversifikatsiya qilgan.
Ukraina Rossiyaning 2014 va 2015-yillarda ham oʻz tabiiy gazini uzib qoʻyishi natijasida bir necha marta aziyat chekkan edi. 2009-yil yanvar oyidagi uzilish natijasida Yevropaning 18 davlati Ukraina orqali oʻtishi kerak boʻlgan Rossiya gazining qisman yoki toʻliq toʻxtab qolgani haqida xabar bergan.
Biz Ukraina bilan birgamiz! Chalajon Rossiya esa Ukrainaga qarshi urushishga jurʼat qilolmaydi.
Javob berishFikrlar 32
NATO Rossiyadan oʻz qoʻshinlarini Qrim, Abxaziya va Pridnestrovyedan olib chiqishni talab qilmoqda.
Javob berishFikrlar 32
Rossiya Ukrainaning vaqtincha bosib olingan hududlarida oʻz pasportlarini berishni boshladi va bu bilan Minsk protokolini buzdi. Demak, endi Ukraina kelishuvdan chiqishga toʻla haqli.
Javob berishFikrlar 32
Men uchinchi jahon urushi boʻlishiga ishonmayman. Katta ijrochilar uni Rossiya kabi kichik va qoloq oʻyinchi ustidan boshlamaydilar.
Javob berishFikrlar 32
Rossiya asosan ruslar tomonidan bosib olingan yerlardan tashkil topgan. Ular fashistik Rossiyadan ajralib chiqishga toʻla haqli. Rossiyaning har bir muxtor viloyati bu masalada referendum oʻtkazishi zarur.
Javob berishFikrlar 32
Ular Ukrainada Rossiyaning qimmat gazini sotib olishdan bosh tortib toʻgʻri qildilar. Demak, endi Rossiya Ukrainani gaz bilan shantaj qila olmaydi. Bu barcha Yevropa davlatlari uchun oʻrnak boʻlishi kerak. Yevropa allaqachon Ozarbayjondan koʻproq gaz sotib olishni boshlagan va Ozarbayjon orqali qozoq va turkman gazini koʻproq yetkazib berish mumkin.
Javob berishFikrlar 32
Bu choʻchqalar shuni yodda tutishsinki, ular oʻzlarining botqoqlarida uchragan eng baland qayin daraxtiga chiqishga muvaffaq boʻlishsa ham, balalayka bilan Bayroqdor dronini urib tushira olmaydilar.
Javob berishFikrlar 32
Rus choʻchqalari hech qachon jangchi boʻlishmagan. Ular nasliy qarol va krepostnoylardir. Rossiya har doim dushmanlarini rus askarlarining jasadlariga koʻmib urush olib borgan. Ular oʻz qoʻshinlarining jasadlarini koʻpriklar, dala istehkomlari uchun material sifatida ishlatishgan. Rossiya toʻpi yemi har doim bozordagi eng arzoni boʻlgan.
Javob berishFikrlar 32
Ukraina Rossiya qabristonlarining asosiy homiysiga aylanishi mumkin. Shuning uchun, Rossiyada dafn xizmatlari boʻyicha barcha tadbirkorlar Ukrainaga yaxshi foiz toʻlashlari kerak.
Javob berishFikrlar 32
Gʻarb Ukrainani qurol-yarogʻ bilan taʼminlay boshladi, ular zamonaviy. Ukraina armiyasi hozirda dunyodagi ikkinchi yirik “javelinlar” zaxirasiga ega. Angliya soddalashtirilgan va arzonroq, ammo shahar urushi uchun juda mos keladigan Javelin analogini yubordi. Uni kichkina xonadan turib ishga tushirish mumkin. Agar Rossiya armiyasi Ukrainaga kirsa, dastlabki ikki hafta ichida barcha tanklarini yoʻqotadi.
Javob berishFikrlar 32
Darvoqe, [urib tushirilgan] Boing boʻyicha sud tergovi davom etmoqda; juda yaxshi dalillar bazasi toʻplangan. Tez orada Rossiya samolyotni urib tushirgani uchun javobgarlikka tortiladi.
Javob berishFikrlar 32
AQSHda nihoyat Rossiyani soʻz bilan jazolash oʻrniga qattiqroq va keskinroq choralarni qoʻllamoqchi boʻlgan “lochinlar” yetakchi boʻla boshladi. Shundan keyin Rossiya ham ortga chekinishni boshladi. Demak, yo Putin agʻdarildi, toʻntarish boʻlyapti, yoki Putin dovdirab qoldi.
Javob berishFikrlar 32
Rossiya hatto farovon 2014-yilda ham Ukrainani zabt eta olmadi. Hozir Rossiya juda zaiflashgan, Ukraina esa aksincha kuchaygan, Rossiya hech narsa qila olmaydi. Shunday ekan, tek oʻtirsin.
Javob berishFikrlar 32
Men oʻzbekman, Rossiyaga qarshi hech narsa demoqchi emasman, lekin bu mojaroda haqiqat Ukraina tomonida deb hisoblayman. Ruslar Qrimning bosib olinishi va Ukrainaga qarshi urush provokatsiya va xato ekan boʻlganini tushunishlari kerak. Rossiya xalqini chiqish qiyin boʻlgan botqoqqa tushirishdi.
Javob berishFikrlar 32
Ruslar yaqindagina: “Takrorlay olamiz!” deb kulgili qichqirar edilar. Hozir jasoratni namoyish qilish uchun eng zoʻr vaqt edi, lekin ular hech narsani takrorlay olmadilar. AQSH Putin va Rossiyaga oyogʻini artishga haqli. Ular shunga loyiq.
Javob berishFikrlar 32
“Rossiya oʻzini super qudratli davlat deb koʻrsatishni biladi, xolos! Bundan boshqasini eplolmaydi.”
Javob berishFikrlar 32
AQSHning Ukrainadagi elchixonasi bayonotidan keyin dollar 80 [rubl], yevro esa 90 dan oshdi. Bularning barchasi amerikalik amaldorning qisqa bayonotidan keyin yuz berdi. Tasavvur qiling, AQSH oʻz sanksiyalari bilan zarba bergandan keyin nima boʻladi!
Javob berishFikrlar 32
Rossiyaliklarning xatti-harakatlarini tushunish uchun siyosatshunoslar emas, psixiatrlar kerak.
Javob berishPutin Rossiyasi – granata ushlagan maymunga oʻxshaydi. Shuning uchun Gʻarb aqldan ozgan bu bemorga sabrli va ehtiyotkor munosabatda boʻlishi kerak.
Javob berishFikrlar 32
Amerika Rossiyadagi barcha smartfon va kompyuterlarni oʻchirib qoʻyishga qaror qilsa, juda qiziq ish boʻlardi. Popkornni gʻamlab olamiz. Shou qiziqarli boʻlishi kutilmoqda.
Javob berishFikrlar 32
Rossiyaning barcha jazavaga tushishlariga qaramay, Yevropa qishni juda yaxshi oʻtkazdi, ular uning ikkinchi yarmida va ularning gaz omborlari boʻsh emas. Muqobil variantlarni har doim erkin, raqobatbardosh bozorda topish mumkin.
Javob berishFikrlar 32
Rossiyaning Gʻarbdan qutulish harakatlari oʻzini elektr tarmogʻidan uzishga urinayotgan lampochkadek gap.
Javob berishFikrlar 32
Rossiya shoxi yoʻq suzongʻich sigirga oʻxshaydi.
Javob berishFikrlar 32
Rossiya rahbariyatini zudlik bilan Yerga qaytarish kerak. Ularning hammasi 2014-yilda NATO bilan xayoliy urushga ketgani beri qaytib kelgani yoʻq, qolgan aholi esa ovqat topish uchun axlat qutilarini titib yuribdi.
Javob berishFikrlar 32
Ahmoq Rossiya AQSHni shu qadar oʻjarlik bilan va anchadan beri urushga undamoqdaki, endi bu chochqaxona Amerikadan oʻzi istagan hamma narsani oladi. Parchalanish, qashshoqlik, dollardan uzilish va paxta choynakka balalayka bilan zarbalar.
Javob berishFikrlar 32
Aftidan, hamma Moskvaning energetik shantajlaridan toʻygan va Yevropa Rossiyani chetlab oʻtadigan yechim izlay boshlagan. Ular Ozarbayjon, Norvegiya, AQSH va BAAdan gaz sotib olishni boshlamoqda.
Javob berishFikrlar 32
Rossiyaga katta dozada tinchlantiruvchi dori kerak
Javob berishFikrlar 32
AQSH Yevropa bozoriga suyultirilgan gaz yetkazib berish hajmini oshirdi. Rossiya oʻzining oyogʻiga oʻq uzdi. Bu ahmoqlar shunisi bilan mashhur oʻzi.
Javob berishFikrlar 32
Ukraina Rossiyaning qimmat gazisiz yashay olayotganidan Rossiyaning tepa sochi tikka boʻlib ketyapti. Rossiyadagilar Ukraina budjetidan xavotirda emish, masxarabozlar)))
Javob berishFikrlar 32
Ukraina yetti yildan beri Rossiya gazisiz yashab kelmoqda, Rossiya esa bundan jazavaga tushyapti.
Javob berishArzon gaz deysizmi? Gazprom uni 400 dollardan sotgan, Yevropa esa 200 dollardan. Shunday ekan, moskovitlar borib asbobini oʻynasin.
Javob berishFikrlar 32
Rus dunyosi negadir qattiq sasiy boshladi.
Javob berishFikrlar 32