Karvonsaroy
Namoyishlar

Xitoy taʼsiriga qarshi global noroziliklarning kuchayishi Markaziy Osiyoga ogohlantirish yoʻllamoqda

Karvonsaroy

Pokistonning Gvadar shahrida yashovchi minglab aholi 15-noyabrdan beri Xitoy loyihalariga qarshi norozilik namoyishi oʻtkazmoqda. [Jamoati Islomiy]

Pokistonning Gvadar shahrida yashovchi minglab aholi 15-noyabrdan beri Xitoy loyihalariga qarshi norozilik namoyishi oʻtkazmoqda. [Jamoati Islomiy]

Dunyo mamlakatlarida Xitoy taʼsirining kuchayishiga qarshi norozilik namoyishlari sonining ortib borayotgani Pekin iqtisodiy, siyosiy va harbiy taʼsirni oshirishga urinayotgan Markaziy Osiyoga uchun jiddiy ogohlantirishdir.

Iroq va Pokistondagi soʻnggi voqealar bunga yorqin misol boʻla oladi – koʻpchilik Xitoyning bu mamlakatlardagi taʼsirini ekspluatatsiyaviy va gʻarazli deb hisoblaydi.

Iroqdagi noroziliklar

Oʻtgan oy oxirida jangarilar Iroqning Ziqor viloyatidagi Xitoy neft shirkatiga hujum qilishgan. Mazkur voqea viloyatda bir necha hafta davom etgan norozilik namoyishlaridan soʻng yuz bergan, bu yerda mahalliy aholi ish oʻrinlari va asosiy xizmatlarni, shuningdek keng quloch yoygan korrupsiyaga chek qoʻyishni talab qilgan.

Siyosiy tahlilchi Aʼlo an-Nashovning aytishicha, 10 milliondan ortiq iroqliklar qashshoqlikda kun kechirmoqda, korrupsiya, uquvsiz boshqaruv va siyosiy mojarolar natijasida ishsizlik darajasi ortmoqda.

21-dekabr kuni Ziqor viloyatidagi al-Gʻarraf neft koniga kiraverishda toʻplanib, ish va asosiy xizmatlarni talab qilayotgan iroqliklar. [Tishreen Revolution/Facebook]

21-dekabr kuni Ziqor viloyatidagi al-Gʻarraf neft koniga kiraverishda toʻplanib, ish va asosiy xizmatlarni talab qilayotgan iroqliklar. [Tishreen Revolution/Facebook]

14-iyul kuni bomba portlashi tufayli togʻ darasiga qulagan avtobus qoldiqlari atrofida toʻplangan pokistonlik qutqaruvchilar va oddiy fuqarolar. Hodisada 12 kishi, jumladan 9 xitoylik ishchi halok boʻlgan, Yuqori Koʻhiston, Haybar-Paxtunxva viloyati. [Stringer/AFP]

14-iyul kuni bomba portlashi tufayli togʻ darasiga qulagan avtobus qoldiqlari atrofida toʻplangan pokistonlik qutqaruvchilar va oddiy fuqarolar. Hodisada 12 kishi, jumladan 9 xitoylik ishchi halok boʻlgan, Yuqori Koʻhiston, Haybar-Paxtunxva viloyati. [Stringer/AFP]

“Bugungi kunda [Iroqqa] investitsiya kiritayotgan, biroq bu loyihalarda mamlakat fuqarolarini ish bilan taʼminlamaydigan xorijiy kompaniyalardan aholining hafsalasi pir boʻlgan”, dedi u.

Mahalliy aholi orasidan ishchilar yollamaslik aksariyat shartnomalarga zid – ularda 40% ishchilar mahalliy xodimlardan iborat boʻlishi shart qilingan, deydi al-Nashov.

“Xitoy eng avvalo oʻz iqtisodiy maqsadlariga xizmat qiluvchi sarmoyaviy loyihalarni amalga oshirish orqali Iroqdagi mavqeini mustahkamlashga intilmoqda”, dedi u va Xitoy oʻzining xalqaro miqyosdagi nufuzini oshirish maqsadida xorijiy investitsiyalar jalb qilayotganini taʼkidladi.

Pekin boshqa xalqlar manfaatlarini inobatga olmay, oʻz strategik manfaatlarini himoyalash uchun hamma narsaga tayyor, dedi al-Nashov.

Iroqliklar 16-dekabr kuni hukumat Pekin bilan mamlakatda 1000 ta maktab qurishga oid shartnoma imzolaganini ham xavotir bilan qarshi olganlar. Bu bitimning xarajati neft sotishdan tushgan daromaddan qoplanishi nazarda tutilgan.

Ular Xitoyning vaziyatdan foydalanib, bu kabi loyihalar orqali Iroq iqtisodiyotida mustahkam oʻrin egallashi va yaqin yillar davomida oʻz investitsiyalaridan foyda olishga intilishidan choʻchimoqda.

Pokistondagi namoyishlar

Xitoy oʻz manfaati yoʻlidagi iqtisodiy loyihalari bilan yerlarni egallab olar ekan, Pokistonda ham xuddi shunday norozilik namoyishlari avj olgan.

Pekin soʻnggi bir necha yil ichida Pokiston bilan infratuzilmaviy loyihalar boʻyicha bir necha milliard dollarlik shartnomalar imzoladi, bu Xitoy taʼsiriga oid xavotirlarni kuchaytirib, Xitoyning oʻz fuqarolariga pokistonlik ishchilarga qaraganda koʻproq maosh toʻlash amaliyotidan norozilik keltirib chiqardi.

Pokistonning Gvadar port shahri Xitoyning “Bir kamar, bir yoʻl” tashabbusining muhim qismlaridan biri boʻlishi kutilmoqda.

15-noyabrdan buyon “Gvadarga oʻz huquqlarini bering” kampaniyasida ishtirok etayotgan minglab aholi mahalliy va xitoy ovchilik kemalari tomonidan dengiz tubida noqonuniy baliq ovlashni va Xitoy-Pokiston iqtisodiy yoʻlagi (CPEC) tarkibiga kiruvchi loyihalarga olib boradigan nazorat-oʻtkazish punktlarida mahalliy fuqarolarni taʼqib qilishni toʻxtatish talabini ilgari surmoqda.

Namoyishchilar, shuningdek, suv va elektr tanqisligiga barham berishni talab qilib, Gvadarda Xitoy tomonidan moliyalashtirilayotgan loyihalarni CPEC tashabbusiga qarshi boʻlgan Baluj ayirmachilaridan himoya qilishni koʻzlovchi toʻsiq oʻrnatilishiga qarshi chiqqanlar.

2021-yil yanvar oyida viloyat sudi Pokiston rasmiylariga Gvadar porti atrofida tikan simli panjara oʻrnatishni taqiqladi. Mahalliy aholiga koʻra, u tumanning 300 mingdan ortiq aholisi harakatini qiyinlashtirib, baliqchilarning dengizga chiqish nuqtalariga yetib borishiga toʻsqinlik qiladi.

Namoyishchilarning aytishicha, CPEC bilan bogʻliq loyihalar Gvadar aholisining hayotini yaxshilagani yoʻq. Ular uzoq vaqtdan beri davom etayotgan suv va elektr taqchilligi muammosini hal qilishga ham yordam bermagan.

“Xitoyning Gvadardagi hozirligi mahalliy aholini oʻz yerida begonaga aylantirdi”, deydi 15-noyabrdan beri har kuni namoyishlarda qatnashib kelayotgan baliqchilar vakili Bashir Xout.

Oʻtgan haftada Balujistonning Boʻston shaharchasidagi mahalliy pushtun qabilalari muhim magistralni toʻsib qoʻyishi ortidan CPEC bilan bogʻliq qurilish ishlari toʻxtab qolgan.

“Yerlarimizda CPEC loyihasi doirasidagi rivojlantirish ishlari bahonasida milliardlab rupiylik qishloq xoʻjaligi ekinlari vayron qilindi”, deydi mahalliy qabila boshligʻi Farmon Xon.

Balujistonning Chagʻay tumanidagi Sayindak shaharchasida Xitoy kompaniyalari hech qanday mahalliy, milliy va xalqaro nazoratsiz mis va oltin qazib olgan.

Mahalliy aholi va siyosiy liderlarning taʼkidlashicha, Xitoy kompaniyalari milliy va xalqaro qonunlarga zid ravishda Chagʻay tumanidagi taʼlim, sogʻliqni saqlash yoki infratuzilma obyektlariga investitsiya kiritmagan.

Dastur doirasidagi koʻmir qazib olish loyihalari Janubiy Osiyoda havoni ifloslantiruvchi asosiy omil boʻlib, mahalliy aholi salomatligiga jiddiy xavf tugʻdirishi tadqiqotlardan maʼlum boʻlgach, Sind viloyatidagi “Bir kamar, bir yoʻl” bilan bogʻliq loyihalar ham Tar choʻli mintaqasi aholisining noroziligiga sabab boʻlgan.

Xitoyning qatʼiy hozirligi Pokistonda zoʻravonliklar keltirib chiqargan – isyonchi guruhlar Pekinga qarshi birlashganlar.

Pokistonning “Tahriki Tolibon” (TTP) guruhi Xitoyda musulmonlarga nisbatan munosabatni qoralovchi bayonotlar chiqarib, Pokistonning turli hududlarida Xitoy manfaatlarini nishonga oldi.

Islomobod va Pekin 14-iyul kuni Haybar-Paxtunxvaning Koʻhiston tumanidagi gidroelektrostansiya loyihasida ishlayotgan toʻqqiz xitoylik muhandisning oʻlimiga sabab boʻlgan xudkushlik hujumi uchun javobgarlikni “Tahriki Tolibon” zimmasiga yukladi.

Aprel oyida “Tahriki Tolibon” Balujiston viloyatidagi Kvetta shahrida Xitoy elchisi joylashgan hashamatli mehmonxonada sodir etilgan halokatli portlash uchun javobgarlikni oʻz zimmasiga olgan edi.

Ikki alohida viloyat – Balujiston va Sindda harakat qiluvchi Baluji Raji Aajoi Saangar (BRAS) va Sindxudesh inqilobiy armiyasi hozirda mintaqadagi joriy vaziyat sharoitida birgalikda ish olib bormoqda, chunki Baluj va Sind xalqlari Xitoy taʼsirining kuchayishidan norozi”, deyiladi BRASning 2020-yil iyul oyidagi bayonotida.

Har yerda Xitoyning vayronkor kreditlari

Xitoyning ulkan, qaramlik paydo qiluvchi va qaytarish deyarli imkonsiz boʻlgan kreditlari tobora koʻproq mamlakatlarni oʻz domiga tortmoqda.

Jahon bankidan keyin Xitoydan eng koʻp qarz olgan Keniyada ham Xitoyning bir qator qimmat infratuzilma loyihalarini moliyalashtirgani Nayrobi toʻlay olmaydigan qarzlar olayotgani yuzasidan xavotir keltirib chiqargan.

Mamlakat janubidagi port qurilishi uchun olingan 1,4 milliard AQSH dollariga teng qarz tufayli 2017-yilda Shri-Lanka bu inshootni 99 yil muddatga Xitoy kompaniyasiga ijaraga topshirishga majbur boʻlgan.

Hatto Suriya ham 12-yanvar kuni shartnoma imzolab, “Bir kamar, bir yoʻl”ga qoʻshildi. Urush tufayli inqirozga uchragan bu davlat qarzni toʻlash muddati kelganida Xitoy talablari oldida zaiflik qiladigan koʻrinadi.

“Suriya kelajakda infratuzilma uchun olingan ulkan kreditlarni toʻlash imkoniyatiga ega boʻlishi dargumon”, degan edi Tashqi aloqalar kengashining tadqiqotchisi Devid Saks yanvar oyi boshida “Amerika ovozi” bilan suhbatda.

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 0

Siyosat * Majburiy 1500 / 1500