Karvonsaroy
Xavfsizlik

Rossiya bilan ziddiyat avj olar ekan, ukrainaliklar omon qolish va oʻz-oʻzini himoya qilish koʻnikmalarini oshirmoqda

Karvonsaroy va AFP

Ukrainaning Kiyev shahridagi tashlandiq zavodda Kalashnikov avtomatining yogʻochdan ishlangan namunalarini ushlagan fuqarolarga dars oʻtayotgan harbiy instruktor, 30-yanvar. [Sergey Supinskiy/AFP]

Ukrainaning Kiyev shahridagi tashlandiq zavodda Kalashnikov avtomatining yogʻochdan ishlangan namunalarini ushlagan fuqarolarga dars oʻtayotgan harbiy instruktor, 30-yanvar. [Sergey Supinskiy/AFP]

KIYEV, Ukraina – Bir guruh ukrainalik fuqarolar omon qolish boʻyicha tezkor mashqlar davomida Kiyev tashqarisidagi oʻrmonzorda qor va shox-shabbalardan boshpana yasadilar.

Chegarada rossiyalik askarlarning toʻplanishidan xavotir kuchayar ekan, ishtirokchilar uchun qanday qilib olov yoqish, noldan past haroratda omon qolish boʻyicha ikki kunlik mashgʻulotlar yangicha dolzarblik kasb etmoqda.

“Rossiya hujum qiladigan boʻlsa, bunday qobiliyatlarga ega boʻlish juda muhim”, deydi 29 yoshli kompyuter dasturchisi Artem Kuzmenko.

Urush holatiga koʻnikib qolgan Ukraina 2014-yildan beri mamlakat sharqida joylashgan Moskva qoʻllovidagi ayirmachilarga qarshi kurashib keladi. Bu nizolar tufayli shu kungacha 13 ming kishi halok boʻlgan.

Ukrainalik fuqarolar Kiyev chekkasidagi oʻrmonzorda omon qolish texnikasi boʻyicha tezkor saboq olishmoqda, 30-yanvar. [Genya Savilov / AFP]

Ukrainalik fuqarolar Kiyev chekkasidagi oʻrmonzorda omon qolish texnikasi boʻyicha tezkor saboq olishmoqda, 30-yanvar. [Genya Savilov / AFP]

Ukrainaning Kiyev shahridagi tashlandiq zavodda Kalashnikov avtomatining yogʻochdan ishlangan namunalarini ushlagan fuqarolarga dars oʻtayotgan harbiy instruktor, 30-yanvar. [Sergey Supinskiy/AFP]

Ukrainaning Kiyev shahridagi tashlandiq zavodda Kalashnikov avtomatining yogʻochdan ishlangan namunalarini ushlagan fuqarolarga dars oʻtayotgan harbiy instruktor, 30-yanvar. [Sergey Supinskiy/AFP]

Ammo yaqin vaqtdan beri Gʻarb Rossiya kuchlari tomonidan keng koʻlamli bosqin ehtimolidan ogohlantirar ekan, Kiyev kabi shaharlarda eng yomon vaziyatga tayyorgarlik koʻrayotgan fuqarolar soni koʻpaygan.

“Katta shaharlar aholisi toʻqnashuvlar ulardan uzoqroqda ekaniga koʻnikib qolgan edi”, deydi harbiycha kamuflyaj kiyimidagi 40 yashar yoʻriqchi Sergiy Vishnevskiy.

“Endi esa urush ularga ham yetib kelishi mumkinligini anglab yetmoqdalar.”

Fuqarolarga omon qolish mashqlarini oʻtishni boshlaguniga qadar Vishnevskiy front chizigʻida koʻngilli sifatida jang qilgan. U har qanday hujumdan keyin yuz berishi mumkin boʻlgan xaosni tasvirlaydi – chegaraga qarab qochgan odamlar, qurbonlar, vayron boʻlgan infratuzilma.

U ehtimoliy bosqin haqidagi gaplar kuchayishi ortidan soʻnggi haftalarda qiziqish ham oshganini aytadi.

U yaqin orada oʻtadigan onlayn-vebinarda ishtirok etish uchun 4000 ga yaqin ukrainalik roʻyxatdan oʻtgan.

“Oilasi uchun qanday qilib boshpana qurishni hamma bilishi kerak”, deydi u.

33 yashar psixolog-talaba Yana Kaminska kelajakda yuz berishi mumkin boʻlgan vaziyatga ham jismonan, ham ruhan tayyor boʻlish uchun darsda yigiti bilan ishtirok etmoqda.

U shoshilinch ketishi kerak boʻladigan holat uchun narsalarini tayyorlab qoʻygan va oʻzi uchun nima muhim ekanligini biladi.

“Eng avvalo oilamiz haqida qaygʻurishimiz kerak”, deydi u.

“Ular uchun xavfsiz joy borligiga amin boʻlish va keyin ortga qaytib uylarimizni himoya qilish.”

Dushanba (31-yanvar) kuni Rossiya va AQSH Birlashgan Millatlar Tashkiloti (BMT) Xavfsizlik kengashida Moskvaning Ukraina chegarasida qoʻshin toʻplayotgani masalasida uchrashuv oʻtkazgan. Gʻarb davlatlari Evropadagi ochiq mojaroning oldini olish uchun diplomatik muzokaralarni kuchaytirmoqda.

Rossiya 15 aʼzodan iborat kengashning yigʻilish oʻtkazishini butunlay taqiqlashga urinib koʻrdi – uning BMTdagi vakili Vasiliy Nebenzya esa Qoʻshma Shtatlarni Xavfsizlik kengashidagi debatlar orqali “jazava qoʻzgʻashga” urinayotganlikda aybladi.

Ammo Vashingtonning BMTdagi vakili Linda Tomas-Grinfildning aytishicha, Moskvaning qoʻshinlarni koʻpaytirayotgani bu chorani oqlagan va 15 aʼzodan 10 tasi Vashingtonni qoʻllab-quvvatlagani uchun Rossiyaning vetosi rad etilgan.

“Bu Yevropada soʻnggi oʻn yilliklar ichidagi eng yirik... jangovar safarbarlik”, dedi elchi. “Biz hozir soʻzlashib turgan paytimizda ham Rossiya u yerga yanada koʻproq kuch va qurollar yubormoqda”.

AQSH Davlat kotibi Entoni Blinken Birlashgan Millatlar Tashkilotidagi majlisga parallel ravishda seshanba kuni rossiyalik hamkasbi Sergey Lavrov bilan yangi muzokaralarga – Moskva, Vashington va Bryussel oʻrtasida Ukraina va Yevropa xavfsizligiga oid qoʻshimcha muammolarga doir navbatdagi diplomatik muloqotga tayyorgarlik koʻrayotgan edi.

Oʻz-oʻzini himoya qilish

Bu orada ukrainaliklar oʻz bilimini mustahkamlashga intilar ekan, Kiyev yaqinida borgan sari koʻproq mashgʻulotlar oʻtkazilmoqda.

Dam olish kunlari universitetlardan birining maʼruzalar zalida 150ga yaqin ayol qurollanmagan hujumchini boshi va boʻynidagi bosim nuqtalariga zarba berish orqali qanday qilib zararsizlantirish mumkinligini kuzatdilar.

Oʻz-oʻzini himoya qilish va omon qolish boʻyicha bepul darslar oʻtkazgan “Ukraina ayollar gvardiyasi” tashkiloti rahbari Yelena Biletskayaning taʼkidlashicha, kursda qatnashishga qariyb 1000 nafar ayol ariza yuborgan, ammo COVID-19 talablari tufayli ularning sonini cheklashga toʻgʻri keldi.

“Har bir inson oʻz hayoti va sogʻligʻi, oila aʼzolarining salomatligi va hayoti uning uchun shaxsiy masʼuliyat ekanligini tushunadi”, deydi huquqshunos.

“Siz kamida muayyan bilimlar va asosiy koʻnikmalarga ega boʻlishingiz kerak.”

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Amerika Qoʻshma Shtatlari tomonidan tobora kuchayib borayotgan xavotirlar sharoitida odamlarni tinchlantirishga urindi.

Kiyevda esa hayot odatdagidek davom etmoqda – doʻkonlar ochiq, restoranlar odamlar bilan toʻla.

Ammo kadrlar boʻyicha menejer, 25 yashar Aleksandra Kovalenkoning aytishicha, u har qanday ehtimolga tayyor boʻlishni istaydi.

“Siz yuz berishi mumkin boʻlgan eng yomon ssenariy – harbiy operatsiya haqida oʻylaysiz va rejalashtirasiz. Hujum ehtimoli real”, dedi u.

“Yogʻochli Kalashnikovlar”

Shaharning boshqa joyida sharqda jang qilgan sobiq koʻngillilardan iborat 300 ga yaqin ukrainaliklar millatchilar partiyasi tomonidan tashkil etilgan boshlangʻich harbiy tayyorgarlik uchun sobiq zavod hududiga kelganlar.

Kurs “vahima qilma, tayyor boʻl!” deb nomlangan.

“Odamlar qanday chora koʻrishni, qanday qurol ishlatishni, oʻzini qanday himoya qilishni, otishma vaqtida nima qilish kerakligini bilmagani sababli sarosimada qoladilar”, deydi “Azov” batalonining sobiq qoʻmondoni, murabbiy Maksim Jorin ishtirokchilarga.

Ularning aksariyati Kalashnikov avtomatining yogʻochdan ishlangan namunalaridan foydalanib, qurolni ushlash, nishonga olish va harakatlanishni mashq qildilar.

Orasida farzandli, oilalilari boʻlgan kursantlar “dushmanlar tomonidan egallab olingan” tashlandiq binodan oʻtib, xonaga kirishni va choʻkkalab otishni oʻrganishdi.

“Chap oyogʻingni notoʻgʻri qoʻyding!” deb baqirdi murabbiy aylanib oʻtmoqchi boʻlgan yigitga.

Tashkilotchilarga koʻra, keyingi haftada takroran va boshqa hududlarda ham oʻtkazilishi rejalangan trening davomida tibbiy instruktaj ham koʻzda tutilgan.

“Bu mening yurtim, nega xavotirlanmas ekanman?” deydi vintovka ushlagan 20 yashar Yevgeniy Petrik.

U bu yerdagi hamma odamlar kabi, hujum haqiqatan ham boʻladimi-yoʻqmi, bilmasligini, lekin tavakkal qilgisi kelmayotganini aytadi.

“Buning ehtimoli bormi yoki yoʻqmi, buni men hal qilmayman”, dedi u.

“Men bashoratchi emasman, ammo tayyor turgan maʼqul.”

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 11

Siyosat * Majburiy 1500 / 1500

Ukrainaliklar mokshalar emas; ular yigʻlamaydilar. Ular hukumat uchun emas, oʻz yerlari uchun, oʻzlari uchun kurashadilar. Kreml bosqinchilariga oʻlim! Ukrainaga shon-sharaflar boʻlsin!

Javob berish

Putin xoʻjayiniga taʼzim qilish uchun Xitoyga bordi. Rossiya prezidentining barcha laganbardorliklariga qaramay, Xitoy Qrimni tan olmadi.

Javob berish

Germaniya mudofaa vaziri Kristin Lambrext Ukrainadagi mojaroni hal etishga oid muloqot hali ham davom etayotganini aytib, Kiyevga qurol yuborilishini istisno qildi.

Javob berish

“Sekinlashuv belgilari yoʻq:” Rossiya inflyatsiyasi olti yillik yangi rekordni qayd etdi. Bozor Markaziy bank stavkasining 9,5 foiz, ehtimol 10 foizgacha oshirilishini kutmoqda. rOSSIYA BILAN fAXRLANAMAN!

Javob berish

Ukrainalik esi past maktab oʻquvchilari yogʻoch miltiqlar bilan yugurib yurishibdi!

Javob berish

Ruslarning ajib prezidenti bor-da. Allaqachon 70 yashar erkak, lekin qiliqlari yosh yigitlarnikidek, Instagramdagi modellarga oʻxshab yuziga botoks urdiradi.

Javob berish

Rossiya – shoxi yoʻq suzongʻich sigirning oʻzi.

Javob berish

Rossiya ortga chekinishni boshlaganga oʻxshaydi :))

Javob berish

“Ruslar, Ukrainaga qarshi tish qayramang”

Javob berish

Mamlakatlar AQSH yoki Yevropa Ittifoqiga qoʻshilish uchun katta pul toʻlashga tayyor. Qashshoq, qoloq Rossiya tekinga ham hech kimga kerak emas. Shuning uchun u faqat harbiy tahdidlarni ishga solishi mumkin.

Javob berish

Ukrainaliklar Rossiyaning bir qismiga aylanib qolmaslik uchun jang qilishga tayyor. Bundan koʻrinib turibdiki, Rossiya jirkanch va rasvo joy )))

Javob berish