Karvonsaroy
Xavfsizlik

Oʻzbekiston AQSHdan yadroviy materiallar kontrabandasiga qarshi kurashga moʻljallangan 1 mln dollarlik jihozlarni qabul qildi

Karvonsaroy

AQSH Energetika vazirligi Oʻzbekistonga qiymati 1 million dollardan ortiq boʻlgan nurlanishni aniqlovchi mobil tizimni taqdim etdi. Ular Oʻzbekistonning yadroviy va radioaktiv materiallar kontrabandasining oldini olish salohiyatini oshirishga qaratilgan. AQSH va Oʻzbekiston rasmiylarining Toshkentda hadya qilingan jihozlar oldida tushgan surati. [AQSHning Oʻzbekistondagi elchixonasi]

TOSHKENT – AQSH elchixonasining juma (28-yanvar) kungi bayonotida aytilishicha, AQSH tarafidan sovgʻa qilingan uskunalar Oʻzbekiston chegaralarida yadro kontrabandasiga qarshi kurashga yordam beradi.

Oʻtgan hafta Amerika Qoʻshma Shtatlari tarafidan Oʻzbekiston Davlat bojxona qoʻmitasiga hadya qilingan jihozlarni virtual topshirish marosimi boʻlib oʻtgan.

Dekabr oyida Qoʻshma Shtatlar Tojikistonga ham xuddi shunday jihozlarni taqdim etgan edi.

AQSH Energetika vazirligi (DOE) Oʻzbekiston davlat bojxona qoʻmitasiga qiymati 1 million dollardan ortiq nurlanishni aniqlovchi mobil tizimni taqdim etdi. Ushbu tizimlar Oʻzbekiston chegaralari orqali yadroviy va radioaktiv materiallar kontrabandasining oldini olishda DBQ salohiyatini kuchaytirishga xizmat qiladi.

Toshkentda AQSHning yadroviy kontrabandaga qarshi kurash uskunalari topshirish chogʻida qoʻl siqishayotgan AQSH va Oʻzbekiston rasmiylari. [AQSHning Oʻzbekistondagi elchixonasi]

Toshkentda AQSHning yadroviy kontrabandaga qarshi kurash uskunalari topshirish chogʻida qoʻl siqishayotgan AQSH va Oʻzbekiston rasmiylari. [AQSHning Oʻzbekistondagi elchixonasi]

AQSH Energetika vazirligi va Davlat departamenti DBQga, shuningdek videokonferensiya va sinxron tarjima uskunalarining yangi toʻplamini ham taqdim etgan.

Ular DBKning xorijiy hamkorlar va mamlakat boʻylab masofaviy xodimlar bilan virtual trening va seminarlarini zamonaviylashtirishga yordam beradi.

Uskunalar AQSH hukumatining hamkor mamlakatlar uchun yadro kontrabandasiga qarshi kurash imkonini beradigan uzoq muddatli va koʻp milliard dollarlik tashabbusi doirasida taqdim etilgan.

Kontrabanda va ommaviy qirgʻin qurollarga qarshi kurash uchun 36 million dollarlik yordam

AQSH hukumati Oʻzbekistonda yadro kontrabandasiga qarshi kurash salohiyatini shakllantirish uchun hozirgacha 16 million dollardan ortiq pul ajratgan.

Ikki hafta avval AQSH Energetika vazirligi va Oʻzbekiston Favqulodda vaziyatlar vazirligi hamkorlikda yadroviy kontrabanda holatlariga qarshi Oʻzbekistonning idoralararo javob choralarini takomillashtirish boʻyicha seminar oʻtkazdi.

AQSH Energetika vazirligi boshqaruvidagi yana bir dastur doirasida 2000-yildan buyon Oʻzbekistonga 20 million dollardan ortiq asbob-uskunalar hadya qilinib, treninglar tashkil etildi. Bu dastur hamkor mamlakatlarga “ommaviy qirgʻin qurollarining [OQQ] tarqalishi, ularni yetkazib berish tizimlari, tegishli texnologiyalar va qurollarga qarshi kurashga oid boshqa muammolarni hal qilishda yordam beradi”, deyiladi elchixona xabarida.

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 1

Siyosat * Majburiy 1500 / 1500

Rahmat AQSH. Birinchi raqamli qudratli davlat!

Javob berish