Karvonsaroy
Diplomatiya

Soxta hujum videosi Kremlning Ukrainada urush chiqarish yoʻlidagi hiylasi koʻlamini fosh etadi

Karvonsaroy va AFP

Ukrainaning Donetsk viloyati Tekstilshik tumanidagi otishma chogʻida vafot etgan farzandi ustida yigʻlayotgan ayol, 2015-yil, 4-fevral. Kreml “oʻta koʻrgazmali tashviqot videosini ishlab chiqishni rejalashtirmoqda, unda murdalar, goʻyoki motamdagi odamlar rolini oʻynagan aktyorlar, xarobaga aylangan binolar aks etadi”, deb xabar bergan AQSH harbiylari. [Dominik Faje/AFP]

Ukrainaning Donetsk viloyati Tekstilshik tumanidagi otishma chogʻida vafot etgan farzandi ustida yigʻlayotgan ayol, 2015-yil, 4-fevral. Kreml “oʻta koʻrgazmali tashviqot videosini ishlab chiqishni rejalashtirmoqda, unda murdalar, goʻyoki motamdagi odamlar rolini oʻynagan aktyorlar, xarobaga aylangan binolar aks etadi”, deb xabar bergan AQSH harbiylari. [Dominik Faje/AFP]

KIYEV, Ukraina – AQSH rasmiylari Moskva Ukrainaga haqiqatda bostirib kirishni oqlash uchun rossiyaliklarga qarshi ukrainaliklar hujumi aks ettirilgan soxta videoni suratga olishni rejalashtirayotgani haqida dalilga ega ekanliklarini aytganlar.

“Biz rossiyaliklar bostirib kirish uchun sabab qidirayotgani haqidagi maʼlumotga egamiz”, deb aytgan Pentagon vakili Jon Kyorbi payshanba kuni.

Vashington Rossiya hukumati Ukraina harbiylari yoki razvedka kuchlari “Rossiyaning suveren hududi yoki rusiyzabon aholiga qarshi” hujumni soxtalashtirishni rejalayotgani haqida maʼlumotga ega, deb aytgan u muxbirlarga.

Ukrainada rusiyzabon aholi soni talaygina.

Ukraina chegarasi yaqinida harbiy mashq oʻtkazayotgan rossiyalik askarlar, 29-yanvar. [Rossiya mudofaa vazirligi]

Ukraina chegarasi yaqinida harbiy mashq oʻtkazayotgan rossiyalik askarlar, 29-yanvar. [Rossiya mudofaa vazirligi]

Donetsk viloyati, Avdeyevka yaqinida Rossiya qoʻllovidagi ayirmachilarga qarshi front chizigʻidagi xandaq ichida imo-ishora qilayotgan ukrainalik harbiy xizmatchi, 3-fevral. [Anatoliy Stepanov/AFP]

Donetsk viloyati, Avdeyevka yaqinida Rossiya qoʻllovidagi ayirmachilarga qarshi front chizigʻidagi xandaq ichida imo-ishora qilayotgan ukrainalik harbiy xizmatchi, 3-fevral. [Anatoliy Stepanov/AFP]

“Ushbu soxta hujum doirasida Rossiya juda taʼsirli tashviqot videosini suratga oladi deb oʻylaymiz, unda murdalar, motamdagi odamlar rolini oʻynagan aktyorlar va xarobaga aylangan binolar aks ettiriladi”, deb aytgan u.

Bu Ukraina chegarasida 100 mingdan ortiq askar va ogʻir artilleriya toʻplagan Moskvaga bostirib kirish uchun bahona boʻlib xizmat qiladi.

Reja doirasida Ukraina foydalanayotgan harbiy texnika Gʻarb tomonidan yetkazib berilgandek qilib koʻrsatilishi kerak, deb aytgan Kirbi. Bu Rossiyaning Ukrainaga qarshi jazo choralarini oqlaydi.

Bu kabi ishlarni Rossiya avval ham amalga oshirgan va bunday holatni ochiqlashimiz kerak deb bilamiz”, deb aytgan u.

“Bizning tajriba shuni koʻrsatadiki, bunday harakatlarning aksariyati Rossiya hukumatining eng yuqori darajasida maʼqullanadi”, deb aytgan Kirbi reja haqida.

“Asossiz tajovuz”

Reja “Rossiya hukumatining Ukrainaga qarshi harbiy tajovuzni boshlash va uni oqlash uchun soxta sabab sifatida ishlab chiqayotgan bir qator variantlaridan biridir”, deb aytgan AQSH Davlat departamenti vakili Ned Prays.

“Rossiya vaziyatni yumshatish boʻyicha diplomatik muzokaralar olib borishga tayyorligini bildirgan boʻlishiga qaramay, bunday harakatlar aslida vaziyat boshqacha ekanini anglatadi”, deb aytgan Prays. AQSH razvedkasi Moskva haqiqatda ham bu rejaga asosan ish yuritishga qaror qilganidan bexabar ekanligini qoʻshimcha qilgan.

Kirbi ham, Prays ham taxmindagi reja yoki AQSH razvedkasi ixtiyoridagi dalillar tafsilotlarini maʼlum qilmagan.

Britaniya tashqi ishlar vaziri Liz Trass Moskvaning soxta operatsiyalari haqidagi AQSH daʼvosini “Rossiyaning asossiz tajovuzi” va Ukrainadagi vaziyatni beqarorlashtirish boʻyicha maxfiy faoliyatiga ochiq va hayratga soluvchi dalili” deb aytgan.

“Rossiya uchun yagona yoʻl – vaziyatni yumshatish, keskinlikni toʻxtatish va diplomatik yoʻldan borish”, deb yozgan u Tvitterdagi bayonotida.

Kreml bu ayblovlarni goʻyoki Ukrainani bosib olish rejasi yoʻqligi kabi rad etgan.

Gʻarb davlatlari Moskvaning qatʼiy inkoriga qaramay, yaqin orada Ukrainaning bosib olinishi xavfini bartaraf etish uchun diplomatik saʼy-harakatlar bilan birga, prezident Vladimir Putinning atrofidagilarga nisbatan sanksiyalar tahdidi bilan ogohlantirganlar.

Rossiya Gʻarbdan keng koʻlamli xavfsizlik kafolatlarini jumladan, Ukrainani hech qachon NATOga qabul qilmaslikni talab qilgan edi.

Kreml, shuningdek, NATO va Qoʻshma Shtatlar Rossiya chegaralari yaqinida raketa tizimlarini joylashtirishdan voz kechishini va Sharqiy Yevropadagi NATO kuchlarini ortga qaytarishini istaydi.

Gibrid urush

Aldov – mamlakatlarda buzgʻunchilik qilishda Kremlning tanish vositalaridan biri. Har safar qoʻshin yuborish oʻrniga, u koʻpincha dezinformatsiya va xakerlik hujumi orqali “nishonni zaiflashtiradi”.

Oʻtgan yili yevropalik siyosatchilar va tahlilchilar Ukrainada sodir boʻlayotgan voqealarga qarshi turish uchun davlatlar Rossiyaning gibrid urush strategiyasi haqidagi bilimlarini oshirishi kerakligi haqida ogohlantirgan edi.

Rossiyaning gibrid urush strategiyasi beshta asosiy yoʻnalishdan iborat, deydi Bryusseldagi Ukraina tahlil markazlari bilan aloqalar idorasining hammuassisi va ijrochi direktori Yelena Karbu.

U dezinformatsiya yoki axborot urushi bilan birga iqtisodiy, energetik, siyosiy va militaristik bosim qoʻllaydi, degan edi u oʻtgan yili.

“Ukraina va Gruziya bu urushning platsdarmiga aylandi”, dedi u.

Rossiya gibrid urush olib borayotgan mamlakatlarda bu vositalar doim mavjud boʻladi, deb tushuntirdi Karbou.

“Siyosiy taʼsir haqida gapiradigan boʻlsak, bu rossiyaparast siyosiy kuchlarni qoʻllab-quvvatlashdir. Bu siyosiy tuzilmani beqarorlashtirish va saylov jarayoniga aralashish”, dedi u.

“Gibrid urushning xavfi shundaki, tajovuzkor zaif jihatlardan foydalanadi”, dedi Karbou. “Davlat mustahkamlanishi kerak. U davlat institutlarini kuchaytirishi, korruptsiyaga barham berishi va aholining axborot savodxonligini oshirishi kerak.”

Hayratlanarli emas

Juma kuni Ukraina tashqi ishlar vaziri Dmitriy Kuleba Rossiya tajovuzining kuchayishi fonida Gʻarb mamlakatlarining qoʻllovini olqishladi.

Kulebaning aytishicha, taxmin qilingan rejaning “hayratlanarli” joyi yoʻq.

“2014-yildan beri biz Rossiya Federatsiyasining koʻplab makkorona harakatlariga guvoh boʻldik, ular yolgʻon toʻqib, Ukrainani ayblash uchun hech narsadan toymasligini koʻrdik”, dedi vazir.

“Rossiyaning har qanday rejalari, niyatlarining fosh boʻlishi juda muhim va biz ularni barbod qilishga muvaffaq boʻldik”, dedi u.

Rossiya 2014-yilda Kiyevdan Qrim yarimorolini tortib olib, mamlakat sharqida 13 mingdan ortiq kishining hayotiga zomin boʻlgan shiddatli ayirmachilik nizosini avj oldirgan.

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 13

Siyosat * Majburiy 1500 / 1500

Ukraina nafaqat Qrimni, balki Kubanni ham qaytarib olish huquqiga ega, chunki tarixan bu yer Rossiya tomonidan noqonuniy ravishda bosib olingan Ukraina yerlari.

Javob berish

Donetsk xalq respublikasi Ukrainaga tegishli.

Javob berish

Kim ruslarning miyasiga Rossiya superqudratli davlat degan fikrni singdirgan? Pensionerlari [oyiga] 250 dollar oladigan va axlat qutilarini titib yuradigan davlat superqudratli boʻla olmaydi.

Javob berish

Putin Xitoyda muhim yer uchastkasini Xitoyga berish toʻgʻrisidagi shartnomani imzoladi. Qizigʻi shundaki, oʻquvchilar Rossiyaning Xitoyga yerlarini qaytarib berayotgani haqida fikr bildira boshladilar. Ular tez fursatda Xabarovsk, Vladivostok va Amurni Xitoy tarkibida koʻrishni istayaptilar! Bularning bari tarixan Xitoyga tegishli yerlar hisoblanadi.

Javob berish

Germaniya mudofaa vaziri Kristin Lambrext Ukrainadagi mojaroni hal etishga oid muloqot hali ham davom etayotganini aytib, Kiyevga qurol yuborilishini istisno qildi.

Javob berish

Rossiyadan tizzalaridan oyoqqa turib oldi deyishyapti. Lekin, hali ham qorni bilan yerga sudralib yuribdi.

Javob berish

Ukrainadan ajabtovur yangiliklar, mantiq va sogʻlom fikrdan ancha uzoq. Xoxollar kelasi yil boshida Gʻarbiy Yevropa energiya tizimiga ulanishni sinab koʻrish uchun, fevral oyida 72 soat davomida Rossiya energiya tarmoqlaridan uzilishni rejalashtirmoqda. Germaniyada 1 kVt/soat narxi 0,3 yevroni tashkil qiladi, boshqa Yevropa Ittifoqi mamlakatlarida ham taxminan shunday. Rossiyada 1 kVt/soat narxi esa uch rubldan sal koʻproq yoki joriy kurs boʻyicha 0,038 yevro. Yaʼni, oʻn baravar kam. Ukrainada ham hozirgi narx shunday. Savol: nega unaqa qilishadi? Jin urgur tentaklar!

Javob berish

2004-yilda Rossiya prezidenti Vladimir Putin Xitoyga tashrifi chogʻida Katta Ussuriyskiy orolining bir qismi va Tarabarov orolini toʻlaligicha Xitoyga berib yuborish toʻgʻrisidagi hujjatni imzolagan edi. Unga koʻra, sobiq Rossiya hududining 337 kvadrat kilometri XXR ixtiyoriga oʻtadi.

Javob berish

Ukraina birinchilardan boʻlib Uzoq Sharqni Xitoy hududi sifatida tan oladi.

Javob berish

2021-23-yillarda Rossiyaning Ukrainaga asossiz toʻsatdan bostirib kirishi Obamaning Shimoliy Kosovoni ajratishga oid mashhur referendumi bilan bir qatorda munosib oʻrnini egallaydi.

Javob berish

Rossiya shoxi yoʻq suzongʻich sigirga oʻxshaydi.

Javob berish

Ukraina qurolli kuchlari bosh qoʻmondoni Ukraina hech qachon ukrainalik qotillarni boʻlginchi Donbass respublikalariga yuborish rejasini ishlab chiqmaganini maʼlum qildi. Ayni vaqtda Izvarinsk, Ilovaysk, Debaltsevo uchun olib borilgan janglar ruslarning tashviqoti, xolos.

Javob berish

Fashist Rossiyadan yana nima kutsa boʻladi? Hududiy jihatdan parchalanib ketishi kerak.

Javob berish